🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi Facebook: http://surl.li/uuaepu Instagram: https://www.instagram.com/fan_olimpiadalari_markazi Youtube: http://bit.ly/olimpdep
ELO: Ingliz tili olimpiadasiga saralashda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar aniqlandi
✅ Xabaringiz bor, "Senior" yosh toifasidagi o‘quvchilar o‘rtasida Terma jamoaga nomzodlarni aniqlash bo‘yicha Ingliz tili olimpiadasiga (ELO) saralash bosqichi o‘tkazildi.
❗️Saralashda har bir hududdan 11 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar jamoa shaklida ishtirok etib, mutlaq g‘olib va sovrindorlar aniqlandi:
🥇1-o‘rin: Farg‘ona viloyatining "Dominion" jamoasi;
🥈2-o‘rin: Buxoro viloyatining "Bukhara Dynamos" jamoasi;
🥉3-o‘rin: Namangan viloyatining "Namcity" jamoasi.
Eslatib o‘tamiz, ishtirokchilar “Sport” mavzusida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bellashdilar:
✔️Test sinovi;
🔰 Loyiha taqdimoti;
🎭 Teatr (sahna ko‘rinishi).
👏Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
Bizni kuzating:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook📺YouTube
#Foydali_manbaa
⚡️FAN OLIMPIADALARI MARKAZI TOMONIDAN TAQDIM ETILGAN FOYDALI MANBALAR
✅ IX Kavkaz matematika olimpiada TOPSHIRIQLARI hamda YECHIMLARI;
✅Bolqon matematika olimpiadasi TOPSHIRIQLARI va YECHIMLARI;
✅Virtual laboratoriya: Fizika 1-qism;
✅Olimpiadaga tayyorlanish uchun praktik TOP 10 MASLAHATLAR;
✅Virtual laboratoriya: Fizika 2-qism;
✅Oʻsmirlar oʻrtasidagi Bolqon matematika olimpiadasining TOPSHIRIQLARI hamda YECHIMLARI;
✅Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari oʻquvchi qizlari oʻrtasida matematika fanidan olimpiadaningsi Agentlik bosqichi TEST savollari;
✅Al-Xorazmiy nomidagi aniq fanlar olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi TEST SAVOLLARI;
✅Al-Xorazmiy nomidagi aniq fanlar olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi test savollariga VIDEO-YECHIMLAR;
✅Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasi tuman (shahar) bosqichi TEST SAVOLLARI;
✅Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi test savollariga VIDEO-YECHIMLAR;
✅Fizika fanidan O'qituvchilar o'rtasida Respublika olimpiadasi TEST SAVOLLARI va VIDEO-YECHIMLAR;
✅Kimyo fanidan O'qituvchilar o'rtasida Respublika olimpiadasi TEST SAVOLLARI va VIDEO-YECHIMLAR;
✅VIRTUAL LABORATORIYA: Kimyo fani;
✅Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasining hududiy bosqichi SAVOLLARI;
✅Al-Xorazmiy nomidagi ANIQ fanlar olimpiadasining hududiy bosqichi TEST SAVOLLARI va VIDEO-YECHIMLAR;
✅Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining hududiy bosqichi TEST SAVOLLARI va VIDEO-YECHIMLAR;
✅Xalqaro matematika olimpiadasi topshiriqlari;
✅VIRTUAL LABORATORIYA: Biologiya fani;
✅Xalqaro fizika olimpiadasi topshiriqlari;
✅VIRTUAL LABORATORIYA: Kimyo fani;
✅Yevropa fizika olimpiadasi topshiriqlari;
✅VIDEO-DARS: Xalqaro Kimyo Olimpiadasi topshiriqlari tahlili
✅Fizika fani boʻyicha Oʻqituvchilar olimpiadasining Respublika bosqichi yozma ish topshirig‘i;
✅Kimyo fanlari boʻyicha Oʻqituvchilar olimpiadasining Respublika bosqichi LABORATORIYA ISHI YECHIMLARI;
✅KIMYO FANIDAN OʻQITUVCHILAR OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHI YOZMA ISH TOPSHIRIQLARI YECHIMLARI;
✅FIZIKA FANIDAN OʻQITUVCHILAR OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHI LABORATORIYA ISHI YECHIMLARI;
✅VIRTUAL LABORATORIYA: Matematika fani;
✅VIDEO-DARS: Garmonik tebranishlar;
✅2024-YILGI ASOSIY FAN OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHI MATERIALLARI;
✅2024/2025-o‘quv yilidagi ASOSIY OLIMPIADANING RESPUBLIKA BOSQICHI YOZMA ISH TOPSHIRIQLARI;
✅2024/2025-o‘quv yilidagi Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichida fanlar kesimida ishtirokchilarga taqdim etilgan TEST SAVOLLAR;
✅Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining Respublika bosqichi yozma ish topshiriqlari;
✅Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining Respublika bosqichi yozma ish topshiriqlari VIDEO-YECHIMLAR;
BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
👍👍👍
ELO: Ingliz tili olimpiadasiga saralash qizgʻin DAVOM ETMOQDA!
📢Bugun "Senior" yosh toifasidagi o‘quvchilar o‘rtasida Terma jamoaga nomzodlarni aniqlash bo‘yicha Ingliz tili olimpiadasiga (ELO) saralash bosqichini 2-turi o‘tkazilmoqda.
⚡️Ayni paytda ishtirokchilar “Teatr chiqishi” boʻyicha bellashmoqda.
✨Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat va omad tilaymiz!
Bizni kuzating:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook📺YouTube
#Ishtirokchilar_fikri
✅ELO: "Senior" yosh toifasidagi o'quvchilar o'rtasida o‘tkazilayotgan saralash bosqichining 1-kuni muvaffaqiyatli yakunlandi.
📢Saralash jarayonlari haqida ishtirokchilar qanday fikrda ?
Batafsil intervyuda koʻrishingiz mumkin.
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
👍👍👍👍👍👍👍
Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga salkam 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi!!!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi. Unga koʻra:
2025-yil 1-iyundan nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.
Masalan, endi eng nufuzli 5 ta olimpiadada (IMO — matematika, IBO — biologiya, IChO — kimyo, IPhO — fizika, IOI — informatika) g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilarga quyidagicha mukofot pullari beriladi:
🥇1-o’rin: 937 mln 500 ming so‘m (2500 baravar);
🥈2-o’rin: 562 mln 500 ming so‘m (1500 baravar);
🥉3-o‘rin: 375 mln so‘m (1000 baravar).
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
ASOSIY OLIMPIADA: HUDUDLAR KESIMIDA - INTELLEKTUAL REYTING
📢Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.
🇺🇿Yakuniy natijalarga koʻra eng yetakchi hududlarni aniqlash maqsadida reyting tuzildi.
🔶Reyting bilan batafsil postda tanishing!
📌Ma’lumot uchun olimpiadada Respublikamiz boʻylab 787 nafar 11-sinf oʻquvchilari ishtirok etdi.
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
#Al_Xorazmiy
#tabiiy_fanlar
#1_kun
🔥👍👍👍
Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining Respublika bosqichi BOSHLANDI
⚡️Olimpiada ishtirokchilari ayni paytda yozma ish topshiriqlarini bajarmoqda.
🔴 Jonli kuzatuv
💫 OLIMPIADANING BARCHA ISHTIROKCHILARIGA OMAD YOR BOʻLSIN!
🗣Ma’lumot uchun olimpiadaning 2-turi ertaga, 29-mart kuni bo’lib o’tadi.
⚡️ Olimpiada haqida batafsil rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
🎉 #Euler2025: Terma jamoamizning ilk ishtiroki muvaffaqiyatli yakunlandi!
📍24-27-mart kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan Leonard Eyler nomidagi matematika olimpiadasida yurtimiz terma jamoasi ilk bor ishtirok etdi va munosib natijalarga erishdi!
📢Natijalar:
🥈 1 nafar o‘quvchimiz II darajali diplom
🥉 3 nafar o‘quvchimiz III darajali diplom
🎖 1 nafar o‘quvchimiz Diplom bilan taqdirlandi
📊Qiziqarli fakt:
Bu yil terma jamoamiz ushbu olimpiadada ilk bor qatnashgan bo‘lsa-da, yuqori saviyada ishtirok etib, kuchli raqobatchilar orasida o‘z o‘rnini egallashga muvaffaq bo‘ldi!
Euler olimpiadasi haqida:
📌Leonard Eyler nomidagi olimpiada 2004-yildan buyon har yili o‘tkazilib kelinadi va o‘quvchilarning chuqur matematik bilimlarini sinovdan o‘tkazadi.
📌Asosiy ishtirokchilar – matematika bo‘yicha iqtidorli 8- sinf o‘quvchilari.
📌Olimpiada ikki bosqichdan iborat: nazariy masalalar va mantiqiy yechimlar bo‘yicha baholanadi.
📌Tashkilotchilar: Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vazirligi hamda Olmaota fizika-matematika maktabi.
📌G‘oliblar uchun imkoniyatlar: Eyler olimpiadasida yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar xalqaro miqyosdagi matematika musobaqalarida ishtirok etish uchun yo‘llanma oladilar.
Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.
#Mirziyoyev #taqdimot #taʼlim #iqtidorliyoshlar
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
📢Asosiy olimpiada – Respublika bosqichi
📍Samarqand viloyati
✅Samarqand viloyatida Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchilar o‘rtasida Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
✅Bunda, ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning 145 nafar 11-sinf o‘quvchilari matematika, ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti hamda tarix fanlaridan bilimini sinovdan o‘tkazib, mutlaq g‘oliblar aniqlandi.
Matematika fanidan
🥇1-o‘rin: Ziyodulla Eraliyev - Surxondaryo viloyati, Angor tumani "Nurli maskan" o‘quvchisi,
🥈2-o‘rin: Jamolxon Ergashev - Namangan viloyati, Kosonsoy tuman 45-sonli "Nurli maskan " MMI o‘quvchisi,
🥉3-o‘rin: Shomurod Keshnimjayev - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahar 10-son "Nurli maskan" MMI
Ona tili va adabiyot fanidan
🥇1-o‘rin: Nazokatxon Butunboyeva - Samarqand shahar 59-son "Nurli maskan" o‘quvchisi,
🥈2-o‘rin: Tolibjon To‘raxonov - Xorazm viloyati, Xiva shahar 121-sonli "Nurli maskan" o‘quvchisi,
🥉3-o‘rin: Mashhura Egamova - Buxoro shahar 24-son "Nurli maskan" o‘quvchisi.
Rus tili va adabiyoti fanidan
🥇1-o‘rin: Iroda Kushayeva - Sirdaryo viloyati, Guliston tumani 11-son MMI o‘quvchisi,
🥈2-o‘rin: Farida Ramanova - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahar 10-son "Nurli maskan" MMI o‘quvchisi,
🥉3-o‘rin: Sultonbek Turambetov - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahar 10-son "Nurli maskan" MMI o‘quvchisi,
Tarix fanidan
🥇1-o‘rin: Elshod Ismatov - Buxoro shahar 24-sonli Nurli maskan o‘quvchisi,
🥈2-o‘rin: Navro‘zbek Qo‘yliyev - Samarqand shahar 59-sonli Nurli maskan o‘quvchisi,
🥉3-o‘rin: Xolbek O‘ljayev - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri 18-son Nurli maskan o‘quvchisi.
🎁Gʻoliblar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Ilm yo‘lida zafarlar tilaymiz! ✨
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
#Asosiy_olimpiada
#Respublika_bosqichi
#2_kun
👍👍👍
Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi o‘tkazilmoqda!
📢Qashqadaryo viloyatida Asosiy olimpiadaning IV (Respublika) bosqichi 2-turi bo‘lib o‘tmoqda.
✔️Olimpiada informatika hamda matematika fanlaridan 2 turda tashkil etildi.
💫 OLIMPIADANING BARCHA ISHTIROKCHILARIGA OMAD YOR BOʻLSIN!
⚡️ Olimpiada haqida batafsil rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
📢Asosiy olimpiada – Respublika bosqichi
📍Navoiy viloyati
📢Joriy yilning 25-26-mart kunlari Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 22-maktabda o‘tkazildi.
✅Olimpiadaning Respublika bosqichi taqdirlash marosimiga Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri oʻrinbosari T.Komilov, Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari J.Xodjayev, viloyat MMTB boshqarma boshlig‘i R.Hayitova hamda Fan olimpiadalari markazi mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Olimpiadaning Respublika bosqichida:
✅Ona tili va adabiyot, tojik, qozoq, qoraqalpoq tillari fanlaridan – 2 turda,
✅Geografiya fanidan – 1 turda tashkil etildi.
✅Xususan, 25-mart kuni ona tili va adabiyot, tojik, qozoq hamda qoraqalpoq tillardan yozma ish sinovlari bo‘lib o‘tdi. 26-mart kuni esa barcha fanlardan test sinovlari o‘tkazildi.
🎁Gʻoliblar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Ilm yo‘lida zafarlar tilaymiz! ✨
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
#Asosiy_olimpiada
#Tabiiy_fanlar
#Gʻoliblar
Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi tabiiy fanlar boʻyicha GʻOLIBLARI ANIQLANDI
📌 Joriy yilning 25-26-mart kuni Qoraqalpog'iston Respublikasida Asosiy olimpiadaning fizika, kimyo, biologiya fanlari boʻyicha Respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.
📢Qizgʻin kechgan ushbu olimpiadada fanlar kesimida mutlaq gʻolib va sovrindorlar aniqlandi:
Fizika fani bo‘yicha
🥇1-o‘rin: Shavkatjonov Nozimjon - Farg‘ona viloyati, Dang'ara tuman 1-IDUM o‘quvchisi,
🥈2-o‘rin: Rajapov Dilshodbek - Xorazm viloyati, Hazorasp tumani ITMA IM o‘quvchisi,
🥉3-o‘rin: Ildar Xashayev - Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek 71-sonli maktabi o‘quvchisi.
Kimyo fani bo‘yicha
🥇1-o‘rin: Abdurshidov Abdulaziz - Toshkent shahar, Nekov NTM o‘quvchisi,
🥈2-o‘rin: Rahimov Daler - Toshkent shahar, Olmazor tumani ITMA ibn Sino maktab o‘quvchisi,
🥉3-o‘rin: Temurov Ibrohim - Toshkent viloyati, Olmaliq shahri Buxoro maktabi o‘quvchisi.
Biologiya fani bo‘yicha
🥇1-o‘rin: Hamroyev Fazliddin - Buxoro shahar 24-maktabi o‘quvchisi,
🥈2-o‘rin: Yoqubjonov Abdurahmon - Toshkent shahar, Olmazor tumani ITMA ibn Sino TIM o‘quvchisi,
🥉3-o‘rin: Yoqubova Farangiz - Qashqadaryo viloyati, G'uzor tumani 68-sonli maktab o‘quvchisi.
👏Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
❗️Eslatib o‘tamiz Olimpiada natijalariga ko'ra g‘oliblikni qo’lga kiritgan o'quvchilar Vazirlar Mahkamasining 562-son qaroriga muvofiq g‘oliblikni qo'lga kiritgan fanidan OTMlarga kirish imtihonlarida maksimal ball beriladigan imtiyozga ega bo‘ladilar.
✔️Shuningdek, g'olib o‘quvchilar va ularning ustozlari belgilangan tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
#Asosiy_olimpiada
#Gʻoliblar
Navoiy viloyatida oʻtkazilgan Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi boʻyicha GʻOLIBLARI ANIQLANDI
📌Joriy yilning 25-26-mart kunlari Navoiy viloyatida oʻtkazilgan Asosiy olimpiadaning boʻyicha Respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.
📢Qizgʻin kechgan ushbu olimpiadada fanlar kesimida mutlaq gʻolib va sovrindorlar aniqlandi:
Geografiya fani bo‘yicha
🥇1-o‘rin: Qalijanbayev Aqilbek - Qoraqalpog'iston Respublikasi, Chimboy tumani 20-sonli maktab o'quvchisi,
🥈2-o‘rin: Saidov Ulug'bek - Xorazm viloyati, Urganch shahar IIV Xorazm AL o'quvchisi,
🥉3-o‘rin: Turdiyeva Durdona - Surxondaryo viloyati, Jarqo'rg'on tumani 54-sonli maktab o'quvchisi.
Ona tili va adabiyot fani bo‘yicha
🥇1-o‘rin: Ziyatova Hilola - Jizzax viloyati, Jizzax shahar ITMA ijod maktabi o'quvchisi,
🥈2-o‘rin: Jo'rayeva Jasmina - Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani 36-sonli maktab o'quvchisi,
🥉3-o‘rin: Muhammadshokirova Ziyoda - Andijon viloyati, Andijon shahar ITMA ijod maktabi o'quvchisi.
Tojik tili va adabiyoti bo‘yicha
🥇1-o‘rin: Iskandarova Farxunda - Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani 38-sonli maktab o'quvchisi,
🥈2-o‘rin: Amonov Zafar - Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani 10-sonli maktabi o'quvchisi
🥉3-o‘rin: Negmatov Izzatillo - Samarqand viloyati, Samarqand tumani 43-sonli maktab o'quvchisi.
Qozoq tili va adabiyoti fani bo‘yicha
🥇1-o‘rin: Zinaddinova Aqmarjan - Qoraqalpog'iston Respublikasi, Qo'ng'irot tumani 21-sonli maktab o'quvchisi,
🥈2-o‘rin: Ermekbayeva Nursuluv - Qoraqalpog'iston Respublikasi, Beruniy tumani 18-sonli maktab o'quvchisi,
🥉3-o‘rin: Ilesova Diyora - Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani, 2-sonli maktab o'quvchisi.
Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani bo'yicha
🥇1-o‘rin: Artikova Dinara - Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahar 16-sonli maktab o'quvchisi,
🥈2-o‘rin: Reypnazarova Gozzal - Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahar ITMA ijod maktabi o'quvchisi,
🥉3-o‘rin: Qidirbayeva Guldana - Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahar ITMA ijod maktabi o'quvchisi.
👏Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
❗️Eslatib o‘tamiz Olimpiada natijalariga ko'ra g‘oliblikni qo’lga kiritgan o'quvchilar Vazirlar Mahkamasining 562-son qaroriga muvofiq g‘oliblikni qo'lga kiritgan fanidan OTMlarga kirish imtihonlarida maksimal ball beriladigan imtiyozga ega bo‘ladilar.
✔️Shuningdek, g'olib o‘quvchilar va ularning ustozlari belgilangan tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Yoshlar TV| Xalqaro informatika olimpiadasida ishtirok etish uchun saralashda qatnashayotgan o‘quvchilar Raqamli texnologiyalar vaziri bilan uchrashdi.
✅Batafsil "Davr" informatsion dasturining videolavhasida kuzatishingiz mumkin.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#al_Xorazmiy
#Respublika_bosqichi
#tabiiy_fanlar
OLIMPIADANING TEST SAVOLLARI E'LON QILINMOQDA
⚡️Bugun al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining Respublika bosqichi 2-turi bo‘lib o‘tdi.
✔️Olimpiadaning 2-turida o‘quvchilar uchun tabiiy fanlar bo‘yicha test savollari taqdim etildi.
Mazkur yozma ish topshiriqlarini e'tiboringizga havola etamiz:
7-sinf - test savollari
8-sinf - test savollari
🔴TEZ ORADA OLIMPIADA SAVOLLARINING VIDEO-YECHIMLARI E'LON QILINADI!
⚡️ Olimpiada haqida batafsil rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
ASOSIY OLIMPIADANING RESPUBLIKA BOSQICHI G‘OLIBLARIGA EKSKLYUZIV IMKONIYATLAR!
📢Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi g‘oliblari hamda ishtirokchilari uchun 7 ta nufuzli xalqaro hamda xususiy universitetlar grant ajratdi!
Bu nimani anglatadi?
✅Universitetga grant asosida qabul qilinish
✅Eng ilg‘or ta’lim muassasalarida o‘qish imkoniyati
✅Akademik va ilmiy faoliyatni rivojlantirishga sharoit
✅O‘z sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lish uchun keng yo‘l
📌Bilim va intellekt – eng katta sarmoya! G‘oliblarni tabriklaymiz va ularga kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!
⚠️ Ajratilgan grantlar faqat ushbu universitetlarda tahsil olish uchun amal qiladi.
#al_Xorazmiy_olimpiadasi
#tabiiy_fanlar
AL-XORAZMIY OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHI UCHUN TABIIY FANLAR BO‘YICHA 7-8-SINF YOZMA ISH TOPSHIRIQLARIGA VIDEO-YECHIMLAR
⚡️ Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining respublika bosqichi bo'lib o'tdi.
🔔Mazkur olimpiadaning 7-8-sinf yozma ish topshiriqlari bo‘yicha murojaat va savollarga batafsil javob berish maqsadida ekspertlar ishtirokida maxsus video-yechimlar tayyorlandi.
7-sinf - 1-qism
7-sinf - 2-qism
7-sinf - 3-qism
_________
8-sinf - 1-qism
8-sinf - 2-qism
8-sinf - 3-qism
📺Video-yechimlar bilan Fan olimpiadalari markazining YouTube platformasidagi rasmiy sahifasida tanishishingiz mumkin.
Bizni kuzatishda davom eting!
BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
#al_Xorazmiy
#Respublika_bosqichi
#tabiiy_fanlar
OLIMPIADANING YOZMA ISH TOPSHIRIQLARI E'LON QILINMOQDA
⚡️ Xabaringiz bor bugun al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasi boʻlib oʻtdi.
✔️Olimpiadada o‘quvchilar uchun tabiiy fanlar bo‘yicha yozma ish topshiriqlari taqdim etildi.
Mazkur yozma ish topshiriqlarini e'tiboringizga havola etamiz:
7-sinf - tabiiy fanlar
8-sinf - tabiiy fanlar
🔴TEZ ORADA OLIMPIADA SAVOLLARINING VIDEO-YECHIMLARI E'LON QILINADI!
⚡️ Olimpiada haqida batafsil rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
#Asosiy_olimpiada
#Aniq_fanlar
#Gʻoliblar
Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi aniq fanlar boʻyicha GʻOLIBLARI ANIQLANDI
📌 Joriy yilning 26-27-mart kunlari Qashqadaryo viloyatida Asosiy olimpiadaning matematika va informatika fanlari boʻyicha Respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.
📢Qizgʻin kechgan ushbu olimpiadada fanlar kesimida mutlaq gʻolib va sovrindorlar aniqlandi:
Matematika fani bo‘yicha
🥇1-o‘rin: Asadbek Boboqulov - Toshkent shahar, Chilonzor tumani Artel Tech. school NTM,
🥈2-o‘rin: Ozodbek Axtamov - Toshkent shahar, ITMA al-Xorazmiy TIM,
🥉3-o‘rin: Maqsadbek Egamberdiyev - Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani ITMA IM.
Informatika fani bo‘yicha
🥇1-o‘rin: Asilbek Sunnatov - Toshkent shahar, Yashnobod tumani ITMA al-Xorazmiy TIM,
🥈2-o‘rin: Javohir Toshtemirov - Toshkent shahar, Yunusobod tumani ITMA M.Ulug‘bek TIM,
🥉3-o‘rin: Ismoilmirzo Inoyatov - Buxoro shahri ITMA PM.
👏Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
❗️Eslatib o‘tamiz Olimpiada natijalariga ko'ra g‘oliblikni qo’lga kiritgan o'quvchilar Vazirlar Mahkamasining 562-son qaroriga muvofiq g‘oliblikni qo'lga kiritgan fanidan OTMlarga kirish imtihonlarida maksimal ball beriladigan imtiyozga ega bo‘ladilar.
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
👍👍👍
ELO: Ingliz tili olimpiadasiga saralash BOSHLANDI!
⚡️Bugun "Senior" yosh toifasidagi o‘quvchilar o‘rtasida Terma jamoaga nomzodlarni aniqlash bo‘yicha Ingliz tili olimpiadasiga (ELO) saralash bosqichi o‘tkazilmoqda.
⚡️Ayni paytda ishtirokchilar test sinovlarini bajarmoqda.
➡️Bundan tashqari saralash davomida ishtirokchilar “Sport” mavzusida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bellashadilar:
🎭 Teatr chiqishi – Mavzuga mos sahna ko‘rinishi tayyorlash,
🔰 Loyiha taqdimoti – Belgilangan mavzuga doir loyiha ishlab chiqish va taqdimot qilish.
✨Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat va omad tilaymiz!
Bizni kuzating:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook📺YouTube
#Bizning_qahramonlar
⚡️ XALQARO OLIMPIADA G‘OLIBLARI KUTIB OLINDI
🔴Qozog‘istonning Olmota shahrida bo‘lib o‘tgan Leonard Eyler nomidagi matematika olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan o‘quvchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
➖ Eslatib o‘tamiz, ushbu olimpiadada terma jamoamiz ilk bor qatnashib, 1 ta II darajali diplom, 3 ta III darajali diplom hamda 1 ta diplom qo‘lga kiritdi.
🚀G‘oliblarni tabriklaymiz!
Ular ilm yo‘lida yanada yuksak marralarni zabt etishlariga ishonamiz!
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
📢Asosiy olimpiada – Respublika bosqichi
📍Qashqadaryo viloyati
✅Qashqadaryo viloyatida Asosiy olimpiadaning aniq fanlar boʻyicha Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
✔️Tadbirda Fan olimpiadalari markazi direktori Toʻraboy Shermatov, Qashqadaryo viloyat MMTB boshqarma boshligʻi Ubaydulla Oripov hamda oʻquvchilar va mutasaddilar ishtirok etdi.
🎁G‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Eslatib o‘tamiz:
Olimpiadada matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan 84 nafar o‘quvchi ishtirok etdi va 2 tur doirasida o‘tkazildi.
Ilm yo‘lida zafarlar tilaymiz! ✨
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
Asosiy olimpiada – Respublika bosqichi
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📢Qoraqalpog‘iston Respublikasida Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
✅Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Gulistan Kojabayeva, Fan olimpiadalari markazi direktori To‘raboy Shermatov hamda o'quvchilar va mutassaddilar ishtirok etishdi.
🎁Tadbir davomida gʻoliblar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Ilm yo‘lida zafarlar tilaymiz! ✨
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
#Asosiy_olimpiada
#Gʻoliblar
Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi tabiiy fanlar boʻyicha GʻOLIBLARI ANIQLANDI
📌 Joriy yilning 25-26-mart kunlari Surxondaryo viloyatida Asosiy olimpiadaning tarix, rus tili, o‘zbek tili hamda davlat va huquq asoslari fanlari boʻyicha Respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.
📢Qizgʻin kechgan ushbu olimpiadada fanlar kesimida mutlaq gʻolib va sovrindorlar aniqlandi:
O‘zbek tili bo‘yicha
🥇1-o‘rin: Sobirjonova Gulshoda - Namangan viloyati, Сhust tumani 13-sonli maktabi o‘quvchisi,
🥈2-o‘rin: Nurlabaeva Durdana - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Chimboy tumani 36-sonli maktabi o‘quvchisi,
🥉3-o‘rin: Ablaqulova Rayxona - Jizzax shahar DPU AL o‘quvchisi.
Rus tili bo‘yicha
🥇1-o‘rin: Yun Darʻya - Fargʻona shahar, 2-sonli maktab o‘quvchisi,
🥈2-o‘rin: Sanoqulova Sumayya - Buxoro shahar, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti akademik litsey o‘quvchisi,
🥉3-o‘rin: Suncheleyeva Sabina - Farg‘ona viloyati, Qoʻqon shahar 20-sonli maktab o‘quvchisi.
Davlat va huquq asoslari fani bo‘yicha
🥇1-o‘rin: Qurbonova Parizodabonu - Buxoro tumani 7-sonli maktabi o‘quvchisi,
🥈2-o‘rin: Yusupova Zuhraxon - Andijon viloyati, Paxtaobod tumani 37-IDUM o‘quvchisi,
🥉3-o‘rin: Hoshimova Dilora - Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani 45-sonli maktab o‘quvchisi.
Tarix bo‘yicha
🥇1-o‘rin: Qahramonova Sabrina - Navoiy shahar 11-sonli maktab o‘quvchisi,
🥈2-o‘rin: Toshmonova Aziza - Qashqadaryo viloyati, Koson tumani 27- sonli maktab o‘quvchisi,
🥉3-o‘rin: Safarov Shohjahon - Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani DXX ChQ AL o‘quvchisi.
👏Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
❗️Eslatib o‘tamiz Olimpiada natijalariga ko'ra g‘oliblikni qo’lga kiritgan o'quvchilar Vazirlar Mahkamasining 562-son qaroriga muvofiq g‘oliblikni qo'lga kiritgan fanidan OTMlarga kirish imtihonlarida maksimal ball beriladigan imtiyozga ega bo‘ladilar.
✔️Shuningdek, g'olib o‘quvchilar va ularning ustozlari belgilangan tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
📢Asosiy olimpiada – Respublika bosqichi
📍Andijon viloyati
✅Andijon viloyatida Asosiy olimpiadaning xorijiy tillar boʻyicha Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
✅Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Andijon viloyat MMTB boshqarma boshlig‘i O‘tkir Shukurov hamda Fan olimpiadalari markazi mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
🎁Gʻoliblar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
➡️Batafsil videolavhada.
Eslatib o'tamiz:
Olimpiadada ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha 126 nafar o‘quvchilar ishtirok etib, 1 tur doirasida o‘tkazildi.
Ilm yo‘lida zafarlar tilaymiz! ✨
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
#Ishtirokchilar_fikri
🤩Surxondaryoda Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi yakunlandi
❓Olimpiadaning yakuniy bosqichi haqida ishtirokchilar qanday fikrda ?
Batafsil intervyuda koʻrishingiz mumkin.
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
Asosiy olimpiada – Respublika bosqichi
📍Surxondaryo viloyati
📢Joriy yilning 25-26-mart kunlari Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi 16-maktabda oʻtkazildi.
Bunda,
✔️O‘zbek tili hamda Rus tili va adabiyot fanlaridan – 2 turda;
✔️Tarix hamda Davlat va huquq asoslari fanlaridan – 1 turda boʻlib oʻtdi.
Ma’lumot uchun:
25-mart kuni o‘zbek va rus tili fanlaridan yozma ish sinovlari o‘tkazildi. 26-mart kuni esa barcha fanlardan test sinovlari bo‘lib o‘tdi. Umumiy hisobda 168 nafar iqtidorli yoshlar bilimini sinovdan o‘tkazdi.
#Test_savollari
#2025_yil
ASOSIY OLIMPIADANING RESPUBLIKA BOSQICHI TEST SAVOLLARI
⚡️ 2024/2025-o‘quv yilidagi Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichida fanlar kesimida ishtirokchilarga taqdim etilgan TEST SAVOLLARini e'tiboringizga havola etamiz:
➡️ Ona tili va adabiyot - test savollari,
➡️ Qozoq tili va adabiyot - test savollari ,
➡️ Qoraqalpoq tili va adabiyot - test savollari,
➡️ Rus tili va adabiyot - test savollari,
➡️ O‘zbek tili - test savollari,
➡️ Tarix - test savollari,
➡️ Geografiya - test savollari,
➡️ Davlat va huquq asoslari - test savollari
➡️ Kimyo - test savollari
➡️ Fizika - test savollari
➡️ Biologiya - test savollari
_____________
➡️ Matematika - yozma ish
BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#OAV_biz_haqimizda
O‘zbekiston 24 | Samarqand viloyatida Asosiy olimpiada o‘tkazilmoqda
✅ Batafsil O‘zbekiston 24 telekanalining "Axborot 24" informatsion dasturi orqali ko‘rishingiz mumkin.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE