85
🇺🇿 O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Ellikqal'a tuman Kengashi. 🚩Manzil: Ellikqal'a tumani Bo'ston shahar To'rtkul shox ko'chasi 2 uy. 👨💻 Admin: @ergash_allabergenov 🇺🇿O'zbekiston Yoshlar ittifoqi rasmiy sayti www.yi.uz
📽 Video
#Yoshlar_ittifoqi
#Tuman_Kengashi
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Ellikqal’a tuman mahalliy Kengashining Konferensiyasi yuqori darajada o'tkazildi.
🌐 @ellikqala_uz
🔥 Besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumi doirasida “Quvnoqlar va zukkolar” turnirining 20-29-sentabr kunlari boʻlib oʻtadigan mahalla bosqichiga start berildi.
👋 Turnirda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 14 nafar a’zodan iborat mahalla jamoasi bilan ishtirok etishlari mumkin.
🎭 Eslatma: Musobaqada ishtirok etish uchun mahallangizdagi yoshlar yetakchisi bilan bog‘laning. Yoshlar yetakchisining aloqa ma’lumotlarini @Smartmahallabot telegram boti orqali olishingiz mumkin.
🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
"Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiyot festivalining Ellikqal'a tuman bosqichi bo'lib o'tdi.
✅ Ellikqal'a tumanida "Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiyot festivalining tuman bosqichi o'tkazildi. Festivalda iqtidorli va iste'dodli bolalar 6-10 yosh hamda 11-14 yosh doirasida 6 ta yo'nalish bo'yicha o'z iqtidorlarini nomoyon qilishdilar. Festivalda 420 nafar iste'dodli ishtirokchilar ro'yhatdan o'tib faol ishtirok qildi
🥇 Festival yakunida tuman bosqich g'oliblari yani 13 nafar ishtirokchi Qoraqalpog'iston Respublikasi yani hududiy bosqichga munosib deb topildi hamda diplom bilan taqdirlandilar.
@ellikqala_uz
📝Bugun O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Ellikqal’a tuman Kengashi tomonidan Ellikqal’a kasb hunar maktabi binosida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📍Yig‘ilish kun tartibiga asosan quydagi masalalar ko‘rib chiqildi.
1. Boshlang‘ich tashkilot tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlarini baholash to‘g‘risida
2. Boshlang‘ich tashkilot Kengashi tarkibi, yetakchisini saylash to‘g‘risida.
3. Boshlang‘ich tashkilot faoliyatining navbatdagi o‘quv yilidagi ustuvor yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida.
4. Ittifoqning mahalliy Kengashi konferensiyasiga delegatlarni saylash to‘g‘risida.
5. Boshqa masalalar.
✍️Yig‘ilishda Ellikqal’a kasb hunar maktabi yetakchisi, Kengashi a’zolari va yo‘nalish sardorlari hamda 90 nafardan ortiq o‘quvchi yoshlar va o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Dastlab, boshlang‘ich tashkilot tomonidan yil mobaynida amalga oshirilgan hisobotlar tinglandi. So‘ngra, nomzodlarning saylovoldi dasturi eshitildi va ovozga qo‘yildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘plagan Ellikqal’a kab-hunar maktabi o‘qituvchisi Atadjanov Allanazar Bekchan o‘g‘li boshlang‘ich tashkilot yetakchisi lavozimga loyiq deb topildi. Shuningdek boshlang‘ich tashkilotning ish rejasi tasdiqlanib, yig‘ilishda ishtirok etuvchi delegatlar tomonidan ma’qullandi.
❗️ O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi yuqori darajada o'tkazildi.
🌐 @ellikqala_uz
Yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi.
Bugun Yoshlar ittifoqi Ellikqal'a tumani Kengashi tashabbusi bilan yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi qo'riqlash boshqarmasining Ellikqal'a tumani qo'riqlash bo'limi xodimlari bilan uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvda Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi Ergash Allabergenov hozirgi kunda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatida eng yuqori darajada ekanligi hamda yurtboshimiz tomonida yoshlarga berilayotgan e'tibor va imkoniyatlar to'g'risida gapirib o'tdi. Shunga qo'shimcha tariqasida yoshlar tamonida jinoyatlar sodir bo'lishini oldini olishda tungi paytlarda ko'chada yoshlar maqsadsiz harakatlanishini oldini olish va shubxali holatlar aniqlanganda hamkorlikda ish olib borish bo'yicha kelishib olindi. Bunday uchrashuvlar va hamkorliklar Ichki ishlar bo'limi va Mudofaa bo'limi bilan ham o'tkazilishi aytib o'tildi.
@ellikqala_uz
#ELON
🔔Ellikqal'a tumanida “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyot festivalining tuman bosqichi bo'lib o'tadi.
‼️👉 TANLOV YO'NALISHLARI BILAN TANISHING! 👈
📍Tanlov bo'lib o'tadigan manzili:
✍️2022 yil 14-sentyabr kuni soat 10:00 da Ellikqal'a ixtisoslashtirilgan san'at maktab binosi.
👨👩👧👧Yosh toifasi:
✍️Festival ishtirokchilari 2 (ikki) yosh toifasida ishtirok etishadi:
6-10 yosh 11-14 yosh
〽️Tanlovni o'tkazishdan maqsad:
✍️“Kamalak yulduzlari” tanlovini oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad iqtidorli bolalarni aniqlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, isteʼdod va mahoratlarini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratib berish, yosh avlodning maʼnaviy olamini boyitish, madaniy saviyasini yuksaltirish, sanʼat va goʻzallikka boʻlgan intilishini kuchaytirish, milliy sanʼat anʼanalari va yoʻnalishlarini asrash, rivojlantirish hamda davom ettirishdir. Unda 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan iqtidorli bolalar ishtirok etishlari mumkin.
👉 @ellikqala_uz 👈
⚡️Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Ellikqal’a tuman mahalliy
Kengashining Konferensiyasi bo'lib o'tdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 310-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturi”ning 16-bandiga asosan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining navbatdagi Qurultoyi hamda hududiy va mahalliy Kengashilarining navbatdagi konferensiyalari oʻtkazilishi belgilangan. Shu asosda joriy yilning 7-oktyabr kuni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Ellikqal’a tuman mahalliy Kengashining navbatdagi Konferensiyasi tashkil etildi.
📌Konferensiyasida quydagi 3 ta masala ko'rib chiqildi.
1-masala: Yoshlar itifoqi Ellikqal’a tuman mahalliy
Kengashi hamda nazorat-taftish komissiyasining 2017-2022 yillarda amalga oshirilgan ishlari bo'yicha hisoboti.
2-masala: Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi ustaviga ko'ra nazorat-taftish komissiyasi hamda Kengash a'zolari saylab olindi. Delegatlar bergan ovozga ko'ra Yoshlar ittifoqi Ellikqal'a tuman Kengashi raisi lavozimiga Allabergenov Ergash Komiljanovich saylandi.
3-masala: Hududiy Kengash Konferensiyasi uchun delegatlar saylab olindi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Ellikqal’a tuman mahalliy Kengashining Konferensiyasi yuqori darajada o'tkazildi.
🌐 @ellikqala_uz
🌈"Kamalak yulduzlari" ijodiyot festivalining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Читать полностью…
🌈"Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiyot festivalining Ellikqal'a bosqichi yuqori darajada o‘tkazildi.
🌐 @ellikqala_uz
Ellikqal’a kasb hunar maktabida O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Читать полностью…
“Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyot festivaliga start berildi:
“A” yoʻnalish: fortepiano, torli cholgʻular, damli va zarbli cholgʻular;
“B” yoʻnalish: estrada cholgʻu ijrochiligi, xalq cholgʻulari, anʼanaviy cholgʻu ijrochiligi;
“C” yoʻnalish: anʼanaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi, folklor va xor jamoalari;
“D” yoʻnalish: xoreografiya - Raqs - milliy, ball raqsi hamda zamonaviy raqslar:
1) yakkaxon raqs ijrochiligi;
2) jamoaviy raqs ijrochiligi (2-10 nafargacha);
“E” yoʻnalish:
1) tasviriy sanʼat - grafika, rang tasvir (natyurmort), haykaltaroshlik;
2) amaliy sanʼat - kulolchilik, zardoʻzlik, quroqchilik, gilamdoʻzlik, biser toʻqish, dizaynerlik, yumshoq oʻyinchoqsozlik, naqqoshlik, kashtachilik, yogʻoch oʻymakorligi;
“F” yoʻnalish:
1) nasr - hikoya, ertak;
2) nazm yoʻnalishiga - sheʼr, gʻazal, doston.
▫️ Festival ishtirokchilari 2 (ikki) yosh toifasida ishtirok etishadi:
6-10 yosh 11-14 yosh
👉 @ellikqala_uz 👈