Telegramdagi yetakchi kutubxona kanaliga xush kelibsiz! 🎶 Audio™ | @Audio_Kutubxona_uz 📮Takliflar | @Kutubxona_Elektron_bot 📈 Reklama | @Marketolog1 📩 Instagram.com/Elektron_Kutubxona
Bir odamning qanday xarakterga ega ekanini eng yaxshi ko‘rsatadigan narsa — u nimaga kulishidir.
©️Gyote
Telegram | Instagram | Audiokitob
Keng olamga sig'maydigan buyuk zot bo'lib ketganingda ham tor quchog'imda yig’lab yotganingni unutma!
©️O’tkir Hoshimov (Daftar Hoshiyasidagi Bitiklar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Biz o'zimizni boshqalarga qaraganda ko'proq sevamiz, lekin o'zimiznikidan ko'ra ularning fikriga ko'proq e'tibor beramiz.
©️Mark Avreliy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Odatda odam oʻzi qiynalib erishgan narsasi bilan koʻproq faxrlanadi. Buni esingdan chiqarma.
©️Bodo Shefer (Pul alifbosi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ko‘nglimda bir yorug‘ chiroq yoqdim men,
Hamma chiroqlardan yiroq yoqdim men.
O‘yladim ko‘zimning chirog‘i o‘chsa,
Bunyodim – so‘zimning chirog‘i o‘chsa,
Tungi zahmatimni tonglar o‘chirsa,
Kungi mehnatimni shomlar o‘chirsa –
Borayin – tentimay umrimda sarson –
Ko‘nglimga, ko‘nglimga, ko‘nglimga tomon...
Ko‘nglimda bir yorug‘ chiroq yoqdim men,
Oh, nega bunchalar yiroq yoqdim men?..
©️Usmon Azim
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?😊
🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT sohasida ish boshlash mumkin. Buni Japan Digital University ilk bitiruvchilari uddalashdi.
Siz- chi ? Yapon tili va IT ni o'rganib 🇯🇵 Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?😊
👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN
Qabul davom etmoqda ! Kirish imtihonlari matematika, ona tili va adabiyoti fanlaridan bo'lib o'tadi.
📞 71-200-05-95
Telegram | Instagram | Facebook | JapanDigitalUniversity">YouTube | Web site
Qalblari o‘zaro oshno insonlar bir-birlarini so‘zsiz ham tushunaveradilar. Aksincha, qalblari begonalar minglab so‘zlar bilan ham yuraklarga yo‘l topa olmaydilar.
©️Ikrom Sharif
Telegram | Instagram | Audiokitob
Menga yoshligimda berilgan yagona maslahat – ko‘proq kitob o‘qish edi. Bu menga butun umrga yetdi.
©️Albert Eynshteyn
Telegram | Instagram | Audiokitob
Inson ixtiro qilgan eng samarali texnologik mexanizm - bu kitobdir.
©️Nortrop Fray
Telegram | Instagram | Audiokitob
Xayol olamimda hamma narsa taxt, faqat sen yetishmayapsan!
©️Shermin Yashar (Kelishda non olib keling
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Eh, fan hech taraqqiy etmayapti-da. Biz hali ham seni qaytarib olib kelishning formulasini topa olmadik…
©️Shermin Yashar (Kelishda non olib keling
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Mukammal insonni izlashdan voz kech, baribir topa olmaysan.
Senga eng muhimi, sen bilan bir safda ekanidan o‘zini baxtli his qiladigan insondir, shuni topsang qadriga yet!
©️Hulkar Vafo
Telegram | Instagram | Audiokitob
CHARCHOQ
Ko'ngil qaytib kelgan xarobatlardan,
Joynamoz to'riga cho'kdim nihoyat:
Butkul charchaganman talofatlardan,
Allohdan so'rovim faqat ofiyat...
©️Xayrulla Hamidov
Telegram | Instagram | Audiokitob
“Yo‘q” desang – yo‘qlikdaman,
“Xa” desang – jonim borlik.
Sendan boshqa kengliklar
Ruhimga etgay torlik.
Sening yorug‘ shuʼlangga
Faqat jonimni sotsam.
Bor dunyomni yo‘qotib,
Yolg‘iz seni-da topsam!..
©️Usmon Azim
Telegram | Instagram | Audiokitob
Qiyinchiliklar ko'pincha oddiy odamlarni g'ayrioddiy taqdirlarga tayyorlaydi.
©️Lyuis Kerrol
Telegram | Instagram | Audiokitob
Agar bu dunyoni oxiratga sotgan bo‘lsang, ikkisini ham yutasan, agar oxiratni bu dunyoga sotgan bo‘lsang, ikkisini ham boy berasan.
©️Hasan Basriy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bu dunyoda haqiqatni gapirishdan qiyinroq narsa yo'q, xushomad qilishdan osonroq narsa yo'q.
©️Dostoyevskiy (Aka-uka Karamazovlar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Taqillatgan har bir eshiging ochilaverganida edi umid, sabr va orzu kabi tushunchalarning darajasi buyuk boʻlmay qolardi.
©️Jaloliddin Rumiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Qazo chavgonida koptokdek nuqul,
Chap-u o'ng yumala, dema: noma'qul.
Seni yumalashga solgan kim bo'lsa,
U bilgay, U bilgay, U bilgay: ha, Ul!
©️Umar Xayyom
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yaxshi kitoblar bilan o‘tkazilgan vaqt – bu hayotning eng toza, eng go‘zal lahzalaridir.
©️Lev Tolstoy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ko'zlaring umidvor boqar ziyoda,
Barcha kuch aslida ojiz sukutdir..
Qalbingni ovutgin: "Yorug' dunyoda
Alloh so'nggi emas, tanho umiddir!”
©️Xayrulla Hamidov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Kitobni yoqtirmaydigan odam bir emas, minglab hayotlarni yo‘qotadi.
©️Umberto Eco
Telegram | Instagram | Audiokitob
Gul tikandan xoli bo'lmaganidek, yaxshi kishi ham g'amu ozordan ozod emas.
©️Alisher Navoiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa kerak; diqqat, intizom va harakat.
©️Jaloliddin Rumiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Odamdagi toqatning ham chegarasi bor. Inson quvonchni ham, dard-u alamni ham ma'lum bir chegaragacha ko'tara oladi, o'sha chegaradan o'tdimi, bas u so'zsiz halok bo'ladi...
©️Gyote (Yosh Verterning iztiroblari
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Insonlar orasidagi urushda tanaffus bo'lishi mumkin. Nafsga qarshi jangda nafas rostlash bo'lmaydi. Bir kunda eng kamida besh marta qarshi hujumga o'tilsa, nafsning zarbalariga dosh berish mumkin.
©️Tohir Malik (Ayovsiz ilon
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Haqsizlikka indamay bo'yin egadiganlar - haqsizlik qilganlar bilan tengma-teng aybdordirlar.
Chunki haqsizlikning yoyilishiga va kuch olishiga unga bo'yin egadiganlar sababchi bo'ladilar.
©️Robindranat Tagor
Telegram | Instagram | Audiokitob
O‘zgalar qalbini sindirib qo‘yishdan ehtiyot bo‘lib, har bir so‘zini tanlab gapiradigan odamdan ham go‘zalroq kim bor.?
©️Ikrom Sharif
Telegram | Instagram | Audiokitob
"Agar erkak sizga yoqsa, unga o‘zingizning barcha qobiliyatlaringizni ko‘rsating!
Agar u bularga bardosh bersa - demak, u siz izlagan erkak!"
©️Faina Renevskaya
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bo'ronli kunda ham
Tinch kunlarda ham,
Ezgan chog'ida ham xijron-u hasrat,
Oddiy bo'lib qolmoq
Kulmoqlik beg'am,
Dunyoda eng oliy, eng buyuk san'at...
©️Sergey Yesenin
Telegram | Instagram | Audiokitob