Uddaburon
— Mening o'g'lim shunaqa uddaburonki, tegirmonga tushsa, butun chiqadi!
— Meniki tegirmonga tushsa bir qop un orqalab chiqadi!
©️O’tkir Hoshimov (Daftar hoshiyasidagi bitiklar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hayotimga yangi kirib kelgan va uni go'zal bo'lishiga hissa qo'shgan barcha odamlardan minnatdorman. Va hayotimdan chiqib ketib uni yanada yorqinroq bo'lishiga sababchi bo'lganlar oldida esa ta'zim qilib rahmat aytaman.
©️Rey Bredberi
Telegram | Instagram | Audiokitob
Raqamli dunyoda qancha ko'p vaqt sarflaydigan bo'lsak, diqqatni jamlash xususiyatimiz yomonlashgani sababli idrokimiz shunchalik pasayib boradi.
© Klaus Shvab (To'rtinchi sanoat inqilobi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Demokratiya odamzod o'ylab topgan eng dabdala siyosiy tizim, agar boshqa siyosiy tizimlarni hisobga olmasa.
©️Uinston Cherchill
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yurakka har oqshom o'g'ri mushukday uyalmay sog'inching kirib keladi...
©️Xurshid Abdurashid
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ko'klarda ko'k kaptar qushdaymiz, jonim,
Qayg'urma kel ko'ngil "xushlaymiz" jonim,
Mening tanishim yo'q narigi dunyoda
Baribir "Jannatga tushmaymiz jonim"...
Yorug' dunyoda kim yashaydi to'yib,
Umr o'tib ketgay kiprik qoqquncha:
Onang ko'ksiga bir boshingni qo'yib,
Bolang ko'ziga bir kulib boqquncha...
©️Muhammad Yusuf
Telegram | Instagram | Audiokitob
Inson atom bombasini yaratdi. Hozirgacha hech bir sichqon qopqon yasash haqida o'ylab ko'rmagan.
©️Verner Mich
Telegram | Instagram | Audiokitobt
Namoz besh mahal, odob esa yigirma to'rt soat farzdir.
©️Marziya Saydam (Fantom og'rig'i
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Biz salom xasislari, sevgi baxillarimiz.
©️Marziya Saydam (Fantom og'rig'i
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
😢 Talaba bo’lish va orzularingizni amalga oshirishni istaysizmi? Abituriyentlik joningizga tegdimi? Nima qilishni bilmayapsizmi?
✔️ Xavotir olmang, biz bilan universitetga kirish endi oson! Yuqoridagi barcha savol va muammolaringizga bizda yechim mavjud.
🔖 Yechimni bilish uchun 10avgust.uz ga kiring va bizga qo’shiling. Siz uzoq kutgan yangilik 10-avgust kuni e’lon qilinadi.
Ko'rib qo'ydim umrimda
Qancha qalamqoshlarni.
Qancha yolg'on kulgi-yu,
Qalbaki ko'z yoshlarni.
Bildim, soxta hammasi -
Barchasi bir daqiqiy.
Faqatgina xotinim
Tuqqan o'g'il haqiqiy.
©️Anvar Obidjon
Telegram | Instagram | Audiokitob
Agar farzandlaringiz sizdan pul emas, maslahat kutsalar, demak, ularni to'g'ri tarbiya qilibsiz.
©️Abu Nasr Farobiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ikki narsaning aynishi muqarrardir: Tuzlanmagan go'sht va tarbiyalanmagan bola.
©️Ikrom Sharif
Telegram | Instagram | Audiokitob
Xulq-atvor katta masalalarni hal qiluvchi kichkina omil.
©️Uintson Cherchill
Telegram | Instagram | Audiokitob
- O'g'lim, suvni kamroq ochib ishlat, qanchasi bekor oqib ketyabdi, pul ketyabdi axir. - ODAT.
- O'g'lim, suvni kamroq ochib ishlat, hojatingdan oshig'i isrof bo'ladi. - IBODAT.
©️Ikrom Sharif
Telegram | Instagram | Audiokitob
Uzr aytishga "usta" bo‘lgan odam kamdan-kam hollarda boshqa ishni ustasi bo'ladi.
©️Benjamin Franklin
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sening yerdagi vaqting chegaralangan. Shu sababli, boshqalarning hayotiga aralashib, uni birovlarning hayotida behuda sarflama. Odamlarning fikri bilan yashashdek tuzoq aqidadan uzoqda bo'l!
©️Stiv Jobs
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sovchi der: - Otaxon, beringiz duo,
Juda to'g'ri yigit bo'lg'usi kuyov.
Ota der: - To'g'rilik yaxshi-yu, ammo
Bundaylar ro'zg'orin boqolmaydi-yov.
©️Abdulla Oripov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ko'pchilik insonlar kelgan omadga rad javobini berib yuborishadi, chunki uning ko'rinishi mehnat degan narsani eslatadi.
©️Tomas Edison
Telegram | Instagram | Audiokitob
📚 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 4-mavsumini e’lon qiladi!
Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
Optimist yomg'irda qolib ketmaydi,
u bulut tagida dush qabul qiladi.
©️Tomas Romanu
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sochlarimni silaydi qorlar,
Yuzlarimga tomchilar yomg'ir.
Mening ko'kdan tushganim yolg'on
Sen ham yerlik emassan axir.
Uzoqlarda qolganliging rost,
Yolg'on mening baxtiyorligim.
Sening shodon kulgilaring rost,
Albat yolg'on vafodorliging.
Ishqsizligim rostligi rostdir,
Malakliging yolg'ondir sening.
Men bilaman sendaylar ozdir,
Topilmaydi seni ham tenging.
Yolg'izlikka o'rganganim chin,
Lekin aslo sensizlikkamas.
Sen ham ko'nik bari-bariga,
Lekin aslo mensizlikkamas.
©️Ahad Muhammad (Eski daftar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Agar o'tinni o'zingiz yorsangiz , u sizni ikki marta isitadi.
©️Fridrix Nitsshe
Telegram | Instagram | Audiokitob
EGIL, O‘ZNI PANA QIL
Egil, o‘zni pana qil,
Borligingni bildirma.
Yo‘talganga o‘n besh yil,
Aksirganga yigirma.
Kar bo‘l, ko‘r bo‘l, tishla til,
Boshga balo keltirma.
Gapirganga o‘n besh yil,
Eshitganga yigirma.
Qalamingni dushman bil,
Qog‘oz uzra jildirma,
Roman yozsang – o‘n besh yil,
Doston yozsang – yigirma...
©️Erkin Vohidov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ayollar erkaklardan kechroq o’lishlarining sababi — ular doimo kech qolib yurishadi.
©️Faina Renevskaya
Telegram | Instagram | Audiokitob
Non yut, suv yut, havo yut.
Ammo birorta so'zni ichingga yutma.
U hech qachon hazm bo'lmaydigan luqma.
©️Yofas Alpin
Telegram | Instagram | Audiokitob
Oldinlari urush sababidan qurol-yarog' yasalardi. Hozir esa qurol tufayli urushlar yasalyapti.
©️Arundati Roy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ko'r ko'rmasa ham, kunduzi kunduzidir. Kishilarga ma’lum bo'lmasa ham, haqiqat haqiqatdir.
©️Al-Xorazmiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yillar uzoq yashashlikdan guvohlik berolmaydi. Inson hayoti nima ish qilganligi va nimani tuyganligi bilan oʼlchanadi.
©️Samuel Smaylz
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sig‘ar bir hujrag‘a o‘n ikki mehmon,
Bir iqlima sig‘ishmas ikki sulton.
©️Sadiy Sheroziy
Telegram | Instagram | Audiokitob