e_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал e_kutubxona - Elektron kutubxona

62245

O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot

Subscribe to a channel

Elektron kutubxona

#Soyabon

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Soyabon

Ali ibn Jobir al-Fayfiy, "Soyabon" kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar

• 01. Hissiyotlaringni so‘ndirib tashlama, fikrlaringni tiyib qo‘yma, kechinmalaringni ko‘mib yuborma. Ularni o‘zing ishonadigan yaqinlaring bilan baham ko‘r. Balki ulardan muammolaring yechimini yoki ularni yengillatish yo‘lini topasan. Yoki chin dildan sening haqqingga duo qilishar yoki g‘am-tashvishlaringni unuttirib yuboradigan tilaklar bildirishar!

• 02. Qisqa qiling. Chunki hayot barcha tafsilotlarni gapirishingizdan ko‘ra qisqaroq.

• 03. Ibn Abbos roziyallohu anhuning so‘zi naqadar rost: “Yaxshilik qiluvchi hech qachon toyilmaydi. Mabodo toyilsa ham tayanch topadi”.

• 04. Sen qilgan narsangning evazi haqida o‘ylama. Bunday o‘ylashingning o‘zi chin ko‘ngildan bajarmaganingning birinchi dalili hisoblanadi. Sen g‘ayratli bo‘l. Shuning o‘zi yetadi. Sen Muso alayhissalom kabi bo‘l. Savobni qilginu, soyaga o‘t. Senga Alloh taolodan mukofot o‘z oyog‘i bilan keladi.

• 05. O‘ziga gapirayotgan kishini ko‘zidan nima demoqchiligini anglab oladigan nafs qanday pokiza, zakiy nafsdir.

• 06. Sen hamma hidlaydigan, lekin hech kim ko‘rmaydigan atir bo‘l!

• 07. Mo‘minlarning amiri Umar ibn Hattob bunday degan: “Men aldoqchi emasman va yolg‘on meni aldab qo‘yishiga ham yo‘l qo‘ymayman”.

• 08. O‘ylamasdan, shoshib-pishib ish qilish, shijoatdan ko‘ra ahmoqlikka yaqindir!

• 09. Qo‘lingdagi mevaning lazzati oyog‘ing ostidagi chohni unuttirib qo‘ymasin!

• 10. Hayotingizda kimdandir afzal bo‘lish hissi yoki kimdandir chiroyliroq bo‘lishga nisbatan urinishlaringizga nuqta qo‘ying. Qanday bo‘lsangiz shunday yashashga o‘rganing. Mana shu ishning o‘zi inson hayotidagi saodat eshiklaridan biri hisoblanadi.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

📓 "Buxoro tarixi"
✍ Abu Bakr Narshaxiy

⚖ 0.5 MB
📄 63 sahifa

Ushbu «Buxoro tarixi»ni O‘rta Osiyoning yerli xalqlari tomonidan qachonlardir yozilib, endi o‘tmish asrlar sahifalarini yoritish uchun xizmat qilib kelayotgan nodir yozma yodgorliklarning eng qadimiylaridan biridir deyilsa, xato qilinmagan bo‘ladi. Darhaqiqat, bundan 1000 yil muqaddam O‘rta Osiyoning o‘zida, o‘z farzandi qo‘li bilan yozilib, tugal bir asar holida bizning kunlargacha yetib kelgan boshqa tarixiy manba hozir bizga ma’lum emas. Shuning uchun ham «Buxoro tarixi»ni O‘rta Osiyo xalqlari tarixnavislik fanidagi eng dastlabki asarlardan biri deb hisoblaydilar.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Nima uchun biz "OK" so‘zini ishlatamiz?
Klaviatura nega aynan qwerty shaklida?
Stalin va Gitler bir shaharda yashashganini bilarmidingiz?
Oskar marosimidagi 12 daqiqalik qarsaklar kimga chalingan?
Gitler Tinchlik bo'yicha Nobel mukofotiga nominant boʻlganmi?

Shu va boshqa qiziq faktlar bilan Ilmalogiyada tanishing:

Havola: /channel/ilmalogiya

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Maqola

📓 "Overton tuynugi": Taqiqlangan tushunchalarning majburiyatga aylanishi
⚙ Maqola

"Overton tuynugi" yoki diskurs oynasi – jamiyatda, media va siyosatda gʻoyalarning doirasini tasvirlash uchun sotsiologik nazariyadir. Sodda qilib aytganda, bu jamiyatda, media va siyosatda nomaqbul hamda tabu gʻoyalarning qanday qilib maqbul va meynstrimga aylanishini tushuntiradigan gʻoya hisoblanadi. Aytishlaricha, odamxoʻrlikni jamiyat uchun maqbul hodisaga aylantirish hodisasini ham ayni shu gʻoya orqali modellashtirish mumkin.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#SOS

Talaba NSlari:
• “Nega o‘qituvchim meni tushunmaydi?”
• “Qachon ota-onam meni ko‘proq qo‘llab-quvvatlaydi?”
• “Baholarimni yaxshilashda kim menga yordam beradi?”

SOSlar:
✓ “Qanday qilib diqqatni bir joyga jamlashni o‘rgansam bo‘ladi?”
✓ “Yaxshi o‘quv ko‘nikmalarini shakllantirish uchun nima qilishim mumkin?”
✓ “Qanday qilib o‘z baholarimni nazorat qila olaman?”


O‘qituvchi NSlari:
• “Nima uchun jarayonga ota-onalar ko‘proq jalb qilinmagan?”
• “Qachon bolalar mas’uliyatni ko‘proq his qila boshlaydi?”
• “Kim menga yaxshiroq o‘quvchini topib beradi?”
• “Nega ko‘p ishlayman-u, arzimagan maosh olaman?”

SOSlar:
✓ “Qanday qilib sinfimdagi har bitta bolani ko‘proq qo‘llab-quvvatlay olaman?”
✓ “O‘quvchilarning o‘zlashtirishini nazorat qilib borish uchun nima qilsam bo‘ladi?”
✓ “Qanday qilib dars berishga ijodiyroq yondashsam ekan?”
✓ “O‘qitishga bo‘lgan ishtiyoqimni qayta uyg‘otish uchun nima qilishim kerak?”


- Jon G. Miller, «SOS! Savol ortidagi savol» kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Loyallik

S.N.: — Misol uchun davlat olimlarga katta oylik berib, xalqni mana bunday yo‘ldan olib bor, mana bunday tushuntir deb o‘z manfaati yo‘lida foydalanishi ham mumkinmi?

Hamid Sodiq: — Mumkin. Asosiy masala shunda. Oylikni katta qilib qo‘ysangiz, hech narsa deyish shart emas, o‘zlari tushunib yetadi. Chunki ularning siyosiy ongi bor. 
Siz dissertatsiyalar qayerga ketayapti deyishingiz mumkin. Dissertatsiya yoki yozilgan maqola loyallik hujjati. Avtoritar davlatlarda berilgan har qanday diplom bilim uchun emas, loyallik uchun beriladi. Ya’ni sizga diplom berildimi, demak siz loyal ekaningizni isbotladingiz. Loyal degani rejim belgilagan chegaradan chiqmaysiz. Hokimiyat nima desa ho‘p deysiz, hatto, professor bo‘lsangiz ham buning farqi yo‘q.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Qanday_buyuk_boʻlishgan

   Shayx Ali Tantoviy rohimahullohdan hikoya qilinadiki, u kishi: “Agar sizning oldingizga nahv ilmini oʻrganmoqchi boʻlgan biror kimsa kelsa, unga 3 kun ichida: "Buning iloji yo‘q", - deya ko‘rmang. Chunki uning qatʼiyati, azm-u qarori so‘nib qolishi hamda himmati sinib qoʻlishi mumkin. Aksincha, unga taʼlim bering hamda nahv ilmiga muhabbatli qilib qoʻying. Shoyad, uning ilmga bo‘lgan muhabbati inib, o‘qib-o‘rganishga zo‘r berib ishlab ketar",- deydi.

- Sa'd Saud al-Kariboniy, "Qanday buyuk bo'lishgan"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

O‘qidingizmi?

1. Manipulyativ diktatorlar
2. Vatandoshlik dasturi
3. Buyuk shaxmat taxtasi
4. Mamlakatlar tanazzuli sabablari
5. Mazaxchini o‘ldirish
6. Alvido, Vatan
7. O‘tkan kunlar
8. Turkiston qayg‘usi
9. Yumshoq kuch
10. Katta o'yin. Ikki imperiya to'qnashuvi
11. Lolazor
12. Qora oqqush
13. Telba
14. Xaloskor Sulton Sayfiddin Qutuz
15. Madaminbek: Qonli gullar vodiysi
16. Qonunlar ruhi haqida
17. Qalblardan so‘rang
18. Uchinchi dunyodan birinchi dunyoga. Singapur tarixi
19. Molxona
20. Tarixi Muhammadiy
21. G‘oyam
22. Mening hayotim
23. Baxtiyor oila
24. Tazkirat ul-avliyo
25. MEN: Bas qil, ey nafs!
26. Sohilsiz dengiz
27. Amerika fojiasi
28. Kitoblar qanday o‘qiladi
29. Mukoshafat-ul qulub
30. Urush va tinchlik
31. Stiv Jobs
32. Farg‘ona tong otguncha
33. Muqaddima
34. Aka-uka Karamazovlar
35. Boburnoma
36. Uliss
37. Ijtimoiy odoblar
38. Kulayotgan odam
39. Ruhiy tarbiya
40. Bir olimning kundaligi
41. Sarmoyador
42. Olim, odam va olam
43. Atom odatlar
44. Mo‘jiza sodir bo'lmaydi
45. Diqqat: Chalgʻituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari
46. Mening otim qirmizi
47. Siyosatnoma
48. Jinlar bazmi yoxud katta o'yin
49. Kecha va kunduz
50. Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti
51. Farengeyt bo'yicha 451 daraja

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Qanday_buyuk_boʻlishgan

   Sa'd Saud al-Kariboniy, "Qanday buyuk bo'lishgan" kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar

• «Biz bu muvaffaqiyat uchun 15 yildan beri tayyorlanayotgan edik. Bu mukofotni qoʻlga kiritish uchun uzoq yillik tayyorgarliklar kerak boʻldi. Biz mashgʻulotlarni 6 yoshlik chogʻimizdan boshlaganmiz».

• Oʻz oldingizga ruhingiz birga parvoz qiladigan va uni amalga oshirganingizda sizni baxtiyor qiladigan, sizga kundalik ish va nafaqadagi mashaqqatlardan kelib chiqadigan zanglashi yengga olishingizni kafolatlay oladigan maqsadlar qoʻying.

• Odamlarning eng yomoni ayblar bilan mashgʻul boʻlganlaridir. Xuddi pashshalar kasallikdan oʻzini saqlaydigandek.

• Buyuklar nimani talab qilishni bilishgan. Talab qilgan narsalariga erishgunlaricha sabr qilishgan va mehnat qilishdan toʻxtab qolishmagan.

• Maqsadlarga eng afzal vaqtlaringizni baxshida qiling, maqsadlar uchun shirin uyqularingizdan voz keching. Quruq gaplardan iborat majlislarni va oʻyin-kulgilardan voz keching va Allohdan yordam soʻragan holda Oʻziga tavakkul qiling.

• Ibn Javziy deydi: «Himmat xorlansa, unga yigʻlash kerak».

• Agar nafslar kibrli boʻlsa, Tana oʻz maqsadi yoʻlida toliqadi.

• Kim oʻzi harakat qilayotgan ishda jiddu jahd qilsa koʻtariladi. Zafarga erishish uchun sabrdan boshqa hech narsa lozim emas.

• Ular boshqalardan koʻra koʻproq e'tiborliroq va diqqatliroq boʻladilar. Ular nimani talab qilishni va nimani tark qilishni bilishadi.

• Jasadning rohati bilan ilmga qodirlik yo‘q. (Ibn Abu Hotim)

• Ibn Javziy o‘ziga o‘zi shunday degan: "Agar men mutolaa qilishni 20 ming mujalladdan kamaytirsam, ilm talabidan uzoqlashib qolaman». U kishi ta'lif etgan kitoblariga ishora qilib: «Men shu ikki barmog‘im bilan 2 ming mujallad kitob yozdim», - degan edi.

• Hech qachon nasl-nasabim dema, yigitning nasli u erishgan narsalardadir.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Burun"
Nikolay Gogol
⚙ Qissa
⚖ 0,7 MB
📄 41 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Saodat kalitlari

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

"Moliyaviy yordam — boylik yig‘ish va sarmoya kiritishdan ko‘ra, isteʼmol qilishga rag‘batlantiradi".

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Koʻrilma

"Bo‘ylab" turkumidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Men kitoblarni do‘stlarga almashtirgan kishiman. Ammo kitoblardek vafodor do‘stni topmadim!

- Ahmad Shavqiy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Hamma aytadi...

Hamma aytadi: qanchalik erta investitsiya qilsangiz, shunchalik ko‘p boylik to‘playsiz — buni murakkab foiz mo‘jizasi deb atashadi. Bugun bu fikrni yana ko‘rib, o‘ylab qoldim: bu hayotning har bir sohasiga tegishli.

• Sog‘ligingizga qancha erta qarashni boshlasanigz, eng zarur bo‘lgan paytda eng zor holatda bo'lasiz, Xudo xohlasa.
• Qanchalik erta aql idrok, intizom, fokusni va matonatni rivojlantirsangiz — hayot sinovlariga shunchalik vaqtli tayyor bo‘lasiz.
• Munosabatlaringizga qancha erta e’tibor bersangiz, ular vaqt o‘tgan sayin shunchalik chuqur va mazmunli bo‘ladi.
• Qanchalik erta ko‘nikmalaringizni rivojlantirsangiz, imkoniyatlar paydo bo‘lganida ustunlik shunchalik katta bo‘ladi.
• Qanchalik erta o‘zligingizni anglash va ruhiy sog‘ligingizni e’tiborga olsangiz, ichki xotirjamlik yillar o‘tib shunchalik kuchli bo‘ladi.

Va nihoyat: Qanchalik erta hayot maqsadini anglasangiz, ruhiy o‘sishingiz shunchalik tez bo‘ladi. Qalbning pokligi va Iymonning mustahkamligi dunyoviy va oxiratdagi barcha ishlaringizga baraka keltiradi.

Har bir qo’ygan kichik qadamingiz — sog’ligingiz, aqlingiz, qalbingiz, boyligingiz yoki munosabatlaringiz uchun — to‘lqinlar yaratib, katta o‘zgarishlarga olib keladi. Erta boshlang, hoziroq boshlang.

- Xondamir Nusratxo‘jayev

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Bloger ukamiz ushbu fikrlarida bitta asosiy va muhim savolni o‘ziga berishni unutib qo‘ygan.

Sovet olimlari tarixiy manbalarni qayerdan olgan? Marsdanmi, vahiydanmi, ilhomdanmi yoki kayfdanmi?

Tarix fani uch narsani o‘rgatadi.
1. Manbalarni aniqlash.
2. Ularni talqin qilish.
3. Talqin asosida ibrat olish.

Agar birinchi manba bo‘lmasa, uni talqin qilib va xulosa chiqarib bo‘lmaydi.

Sovet tarixchiligi, xususan Bartold asos solgan maktab asosan mahalliy manbalarni tartiblash va qayta tizimlashtirishdan iborat bo‘lgan.
Shundan so‘ng uni o‘z mafkurasiga ko‘ra talqin qilgan.

Keyingi davrlarda esa faqatgina arxeologik qazilmalar orqali ma’lumotlar to‘ldirilgan va aniqlangan.

Sovet davri bo‘ladimi, mo‘g‘ul davri bo‘ladimi hozirgi davr bo‘ladimi, tarix fanining rivojlanishiga hissa qo‘shgan har qanday ilmiy faoliyatlarni qadrlab, fanni sovetlarning va hozirgi "progressiv" qatlamning axlatlaridan tozalaymiz.

Aytgancha Narshahiy "Tarixi Buxoro" asarini yozganda sovetlarning ajdodlari hali paytavaga nima o‘rashni ham bilishmas edi.

- Said Komil

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Soyabon

O‘QISH

Yaxshi o‘qing. Chunki o‘qish lug‘at boyligini egallashning dastlabki bosqichidir. Bu munosib og‘zaki uslublarni ishlatishga yordam beradi. O‘qish fikrlaringizni boshqalarga aytishingizdan avval to‘g‘ri tuzishingizga imkon beradi.
   O‘qimasangiz shaxsiy tajribalaringizga suyanasiz. Odatda shaxsiy tajribalar kuchsiz va zaif bo‘ladi. Chunki siz bir ko‘z bilan ko‘rasiz. Bir quloq bilan eshitasiz. Bir muhitni his qilasiz. O‘qish davomida boshqa hayotlarda yashash, boshqa zamonlarni tushunish, avval mushohada qilmagan jihatlaringizni o‘ylash imkoniyati ham tug‘iladi.
   Odob-axloq kitoblari (albatta Allohning Kitobi, aqida va sunnat kitoblaridan keyin) sizning ma’naviy va lug‘aviy boyligingizni yanada boyitadi. Ulardan ko‘proq o‘qishni, saralab-saralab o‘qishni tavsiya etaman.
   Lekin o‘qish uslubini yengillashtiradigan kitob o‘qimay turib qiyinidan boshlamang. Kitob o‘qishni boshlashda imkon qadar chigal va tushunilishi qiyin adabiyotlardan uzog‘roq yuring. Chunki ularning uslubida anchayin chalkashasiz. Ularning ichidagilari boshlang‘ich o‘quvchi tushunmaydigan muqaddimalarga to‘la. Boshqacha qilib aytganda, mualliflar olim sifatida yozgan odob kitoblaridan saqlaning, adib sifatida yozilganlari bo‘laveradi.
   Zamondosh ulamolarning kitoblariga kelsak, Ali Tantoviyning kitoblarini o‘qimasdan yoshlik davringiz o‘tib ketmasin. Bu olimning qaysi kitobi bo‘lsa ham juda foydali. Ali Tantoviy sizga qaysi kitobni o‘qishni tavsiya qilgan bo‘lsa, o‘qing, foydadan holi emas.
   Yana yuqoridagilarga yangi davr yozuvchilarining kitoblarini ham qo‘shing. Tilingiz to‘g‘rilanib, malakangiz jilolanib boradi.

- Ali ibn Jobir al-Fayfiy, "Soyabon" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Nazm

Yaratganga shukur, sen yana kelding,
Hamma qonunlarning o‘zgardi kuchi.
Men senga uzundan uzun ot qo‘ydim:
«Ey, eski dardlarni yangilatuvchi!»

Barmoqlar barmoqlar uchini sezdi,
Ko‘ngil bir ilohning kuchini sezdi,
Yurak allanening o‘chini sezdi,
«Ey, uzoq yo‘llarni yaqinlatuvchi!»

Yana ikki ko‘zdan sirqildi namlar,
Billurni yuvdilar pokiza g‘amlar.
Qani ul Sir, Amu mavj urgan damlar,
Ey, sen dengiz tubin dolgalatuvchi?!

Asli, qayda bo‘lsang, men ko‘ngli to‘qman,
Kunchiqarim ishqdir, nur o‘chsa — yo‘qman,
Bilaman, kimgadir juda suyukman,
Ey sen, xotirani poklantiruvchi!

Kim aytdi, yo‘l ancha o‘tildi deya,
Kelgan ketdi, kutgan kutildi deya,
Shodman — yana menga duch bo‘ldi deya,
Ishqi omonlarni yashartirguvchi!

Yaratganga shukur, sen yana kelding,
Hamma qonunlarning o‘zgardi kuchi.
Senga men uzundan uzun ot qo‘ydim:
«Ey, ko‘hna dardlarni yangilatuvchi!»

- Omon Matjon

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Savdogarlar_ustozi

- Hazrat, bizning diyorlarda insonlar ko‘p yeydi, ammo sizlarda g‘oziy emas, baquvvat emas. Sababiga qiziqdik, nima uchun ularning
tanalari sizlarga qaraganda zaif? Axir sizlar bir kunda ikki martadan yoki bir marta taomlanasiz-ku.
— O‘g‘lim, yaxshi savol berding, - deya so‘zida davom etdi Abdulloh. - Minglab Hadisi shariflarni o‘rganib, medani (oshqozonni) to‘ldirmaslik salomatlikning kaliti ekaniga
amin bo‘ldik. Musulmonlardan boshqalar, kuniga kamida uch yoki to‘rt marta ovqatlanadi. Oz-ozdan tez-tez yesak, sog‘lom bo‘lamiz, salomatlik cho‘qqisiga chiqamiz, deb o‘ylaydi. Bizlarda aytganingizdek aksi. Endi yaxshilab tushunib olishingiz lozim. Kam yeyish degani, kun davomida oz-ozdan yeb yurish emas, kun mobaynida ikki martadan ortiq yemaslikdir. Va yana inson ko‘p yegani uchun emas, yegani tanasiga singgani bilan salomat va baquvvat bo‘ladi. Kam yegan insonning fikri tiniq, tanasi baquvvat, ruhi yengil va harakati tez bo‘ladi.
   Eng muhimi kam yegan kishi qo‘rqmas bo‘ladi. Ko‘p yegan odamning nafsi semirib, ko‘p narsa xohlaydi, dinini va dunyosining muzovanatini ushlolmay, ochko‘z bo‘lib qoladi va natijada qo‘rqoqqa aylanadi. Lazzatlardan voz kecholmaydigan, dinini va dunyosini qo‘riqlamaydigan bo‘ladi. Azamatlarim, ko‘p yeganlarning ko‘p kasal bo‘lishi tajribadan ma’lum. Bu zamonni tabiblari taomlanish ortidan xasta bo‘lganlarni emas, jangda yaralanganlar, mashg‘ulotda lat yeganlar, zaxarlanganlar, issiq yo sovuq urganlar va boshqalarni davolaydi. Ustozlaringizning etagiga mahkam tutib, aytganiga amal qiling. Kamharakat bo‘lgan ilm toliblari uchun kam ovqatlanish kifoya. Ammo jang san’ati, tijoriy safarlar bilan ham mashg‘ul bo‘lganlar bir kunda ikki marta taomlansa bo‘ladi. O‘zingiz va nasllaringiz g‘ayratli bo‘lishi uchun kam yeyishni odat qiling.

- «Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti 2» kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

✈️ Eski yilda ochilgan guruhlar bo'lsa sotib olaman.

✅2016=  2020 = 100 000 UZS

✅ 2023 = 70 000 UZS

✅ 2024= yanvar-fevral 50 ming

✅ 2024= mart 25 ming

⚠️ Guruhda kamida 10 ta eski sms bo'lishi kerak, CHAT TARIXINI TOZALAMANG!!! Faqat yili koʻrinadigan guruhlar arzonroq.

🎙 Guruh linkini yuborishdan avval sozlamalardan «Chat tarixini ko'rinadigan» qilishingiz zarur!

🎁 Guruh egaligini o'tkazish uchun profilingizda 2 bosqichli parol yoqilgan bo'lishi kerak, aks holda 7 kun kutishingiz kerak.
• Oʻchib ketgan guruhlaringizni @whatIOwnbot orqali tiklasangiz boʻladi.
• Murojaat uchun: @Ninijon_006
• Spam boʻlganlar shu bot orqali sotsangiz ham boʻladi: @Eskiguruh1_bot

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

"Mehnat uchun rahmat kutma. Yaxshilikni qilgin-da yo‘lingda davom et".

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Yangi o'quv yilini arab tili o'rganish bilan boshlang!

Arab harflari, ularning o'qilishi va o'qish qoidalarini puxta o'zlashtirishni xohlaysizmi?

Unda siz uchun ajoyib taklifimiz bor☺️

"Ma'rifat ta'lim" loyihasida ayol-qizlarimiz uchun yangi arab tili guruhlariga qabul ochildi.

▪️Darslar Telegram chat'da bo'ladi;
▪️Haftada 3 kun, 1.5 soat davom etadi;
▪️Barcha darslar video va audio holatda yozib olinadi;
▪️O'rganishingiz uchun kerakli bo'lgan materiallar taqdim etiladi;
▪️"0" dan boshlab o'rgatamiz.


📖 Shoshiling, darslar 10-sentabrdan boshlanadi.

🍀Boquvchisini yo'qotgan ayol-qizlarimiz hamda talabalar uchun doimiy 50% chegirma mavjud.

Qabul uchun: @Marifat_qabul
Sinov darsi linki: /channel/+8iICbb8tlJ9kOTFi

Arab tili (grammatika) kanalimiz: @arabchasozlarim

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

"Inson tanqidiy fikrlash bilan haqiqatni topadi" degan fikrni ba’zan tushunmaymiz.
Tanqidiy fikrlash hamma narsani tanqid qilish, "agar unday bo‘lmasa-chi?" deb shubha qilish va ochiq-oydin isbotlangan narsalarga shak qilish bilan bo‘lmaydi.

Tanqidiy fikrlash ma’lumotlarni mantiq qoidalari va voqe’lik mezonida o‘lchab ko‘rish bilan bo‘ladi.

Kishi avval o‘zining tanqidiy fikrini tanqidiy fikrlab ko‘rishi kerak. "Men o‘rinli tanqid qilyapmanmi? Tanqidim mantiq qoidalariga mos tushadimi? Tanqidim voqe’likka aloqadormi?"

Tanqidiy fikrlash degan birovni tanqid qilish degani emas, tanqidiy FIKRLASH deganidir.

- Said Komil

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Saodat kalitlari

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Echki suti asosidagi NAN 3 – 12 oydan boshlab gamxorlik

Echki suti asosidagi NAN 3 bolalar sutli ichimligi Shveytsariya Alp toglarining qoq markazida,155 yildan ortiq sifat va ishonch tarixiga ega ishlab chiqaruvchi tomonidan Zaanen zotli echkilarning sutidan tayyorlangan.

Echki sutining moslashtirilgan oqsili va L.reuteri DSM 17938 probiotikining uygunligi ovqat hazm qilishni yengil qollab-quvvatlaydi.Omega-3 yog kislotalari miya va korish qobiliyatining rivojlanishiga komaklashadi, maxsus tanlangan vitamin va minerallar kompleksi esa kichkintoyingizning immunitetini mustahkamlashga, soglom va faol osishiga yordam beradi.

Farzandingizga gamxorlik qiling va foydali yangiliklar hamda aksiyalarni otkazib yubormaslik uchun Nestle-baby.uz telegram kanaliga obuna boling!
Qollashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.

Batafsil

#reklama
uzum.uz

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Qanday_buyuk_boʻlishgan

   Avvalo, oʻz maqsadlaringiz bilan shugʻullaning, soʻng boshqalarning maqsadlari bilan mashgʻul boʻling. O‘zingizning maqsadlaringiz va tasavvurlaringizga ega boʻling. Yolg‘iz sizga tegishli boʻlgan maqsadlaringiz boʻlsin. Boshqalar uxlayotganida sizni bedor qiladigan maqsadlaringiz boʻlsin. Boshqalar gʻaflatda boʻlganida sizni band qiladigan maqsadlarga ega boʻling. Boshqalar darbadar kezib yurganda sizni toʻgʻri yoʻlga boshlaydigan, sizni oldingizga undaydigan maqsadlaringiz boʻlsin.

- Sa'd Saud al-Kariboniy, "Qanday buyuk bo'lishgan"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Yaxshidan_buyukka

Haqiqiy beshinchi darajali rahbarlik

   Deyv Pakkard bilan oʻlimidan sal avvalroq uchrashishga muvaffaq boʻlgandim. Silikon vodiysining oʻz kuchi bilan badavlat boʻlgan ilk milliarderlaridan biri boʻlishiga qaramay, 1957-yilda rafiqasi bilan birga qurgan, uncha katta boʻlmagan bogʻchaga qaragan derazalari bor kichik uyda yashardi. Boyligini koʻz-koʻz qilishga, “men milliarderman, muhim shaxsman, muvaffaqiyatliman” deb kerilishiga zarurat sezmaydigan odam uchun linoleum titilgan oshxona, odmi jihozlangan mehmonxona kifoya edi. “Doʻstlari bilan yigʻilish va gitarada xirgoyi qilib oʻtirish uning uchun eng yoqimli mashgʻulot edi”, - deydi Pakkard bilan 36 yil birga ishlagan Bill Terri. Pakkard bisotidagi 5,6 mlrd dollarni xayriya tashkilotiga vasiyat qilib qoldirdi, oʻlimidan keyin oilasi uning fermercha kiyimda traktorda oʻtirgan surati tushirilgan yodnoma chiqardi. Matnda uning XX asrdagi eng yirik sanoatchilardan biri boʻlgani haqida hech narsa deyilmagandi. Unda shunchaki “Devid Pakkard, 1912-1996-yillar, fermer” degan soʻzlar yozilgan edi xolos. Haqiqiy beshinchi darajali rahbarlik mana shu boʻladi.

- Jim Kollinz, «Yaxshidan buyukka» kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Yaxshidan_buyukka

Beshinchi darajali rahbar

   O‘tishni amalga oshirish uchun qanday turdagi boshqaruv zarurligini anglab yetganimizda hayron qoldik, ta'bir joiz bo‘lsa, hatto shokka ham tushdik. Kuchli xarakterga ega bo‘lgan, nomi jurnal va gazeta sahifalaridan tushmay keladigan taniqli korporativ yetakchilardan farqli ravishda, o‘z tashkilotida tub o‘zgarishlar qila olgan va yaxshidan buyukka o‘ta olgan rahbarlar Marsdan uchib kelganga o‘xshab tuyuladi. Xotirjam, ko‘zdan panada yuruvchi, bosiq va hatto tortinchoqroq bo‘lgan bunday rahbarlar o‘zlarida kamtarlik va kasbiy irodaning noyob uyg‘unlashuvini namoyish qilishadi. Ular Patton yoki Sezardan ko‘ra ko‘proq Linkoln yoki Suqrotga o‘xshab ketishadi.

- Jim Kollinz, «Yaxshidan buyukka» kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Xorijiy atamalarning o‘zbekcha muqobillari

O‘zbek tilida qo‘llanib kelayotgan 40 ta xorijiy atama o‘zbekcha muqobillariga almashtirildi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yangi atamalar ro‘yxati.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…
Subscribe to a channel