62245
O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot
SAMIMIYAT
Adashib-uloqib hayot bog‘ida
Ne fikr, taammul dilga yuzlanar.
Yolg‘on baxt jonimga tegar gohida,
Haqiqiy armonga ko‘ngil tislanar.
Xayol ummonida parivash o‘ylar
Nedir halovatdan yo‘llarlar darak.
Me’damga uradi yolg‘onchi kuylar,
Rostakam azani qo‘msaydi yurak.
Charchadim hayosiz boqqan ko‘zlardan,
Soxtalik – ko‘ksimni allalar baxshi.
O‘tirik gullardan, yolg‘on so‘zlardan
Hayotiy ertaklar qaytanga yaxshi.
Qo‘rqmayman chinakam, rostgo‘y yovlardan,
Ularning ko‘zlari olmosdek yoniq.
Chanqog‘im bosilmas yolg‘on suvlardan,
Rostakam sahroda gullashim aniq!
Ey dun, tokaygacha shundoq yurasan,
Sening borligingga shubhada dilim.
Yolg‘onchi hayotdan, o‘ylab qarasam,
Afzaldir ming bora samimiy o‘lim!
- Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
#Risola
📓 «Musulmon hayotida vaqt»
✍️ Yusuf Qarazoviy
⚙ Risola
"Sizlarga yo‘llayotgan ushbu kitobimiz vaqt muammosini Qur’on va sunnat ko‘rsatmalari orqali muolaja etishga ko‘mak beradi, degan umiddamiz. Maqsadimiz musulmonlar g‘aflatdan uyg‘onsinlar, vaqtning qadr-qimmatiga qarashlarini to‘g‘rilasinlar va uning qadriga yetsinlar".
📚 @e_kutubxona
#Koʻrilma
"...kuchi"
"Bo‘ylab" turkumidan
04.10.2025
📚 @e_kutubxona
RASHK
U zavjasiga g‘azablanib dedi:
- Men seni rashk qilaman, deb ming marta aytdim. Seni ziynatlanishning barcha turidan man qilmaganmidim?!
U butunlay beg‘uborlik bilan javob berdi:
- Menda hech qanaqa ziynat yo‘q!
U dedi:
- Ammo sen odamlar oldida kitobingni ochding. Bir satr o‘qib tabassum qilib qo‘yar, boshqa satrni o‘qib qoshingni ko‘tarib qo‘yar eding. Men o‘zi shu uchun oshiq bo‘lgan edim senga. Iltimos, ko‘chada kitob o‘qishni bas qil!
Ayman Yog‘iy sahifasidan
📚 @e_kutubxona
Karleyldan do’sti so’radi:
- Shuncha kitobni qanday to’pladingiz?
Karleyl javob beradi:
- Bu kutubxona mening har kungi tutunim.
- Nima demoqchiligingizni tushunmadim.
- Kimlardir chekishga sarflaydigan pulni men kitob uchun sarfladim.
📚 @e_kutubxona
#Taskin
"Senga bir qimmatli tavsiya beraymi?"
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
Qabul qil, baribir yolg‘izmiz.
Hatto eng tiqilinch makonlarda ham yolg‘izmiz.
Yonimizda abadiy qolishga bizni ishontirganlar ham qo‘l siltab ketadilar, qolganlari ham berarga narsamiz qolmagach, albatta, ketadilar. Hayot shunday, bergulik narsang qolmaganida kimsani baxtli qilolmaysan.
Shu vaj tufayli ham yo‘nalishimizni Xoliq tomon to‘g‘rilashimiz kerak-da! Bizni yaratgan, shartsiz sevguvchi va eng muhimi, har dam yonimizda bo‘luvchi O‘zi.
📚 @e_kutubxona
#Kichkina_shahzoda
– Bir kuni men quyosh botishini 43 marta tomosha qildim. Bilasanmi, agar seni qayg’u bossa, quyosh botishini tomosha qilish qanchalar maroqli...
– Demak sen quyosh botishini 43 marta ko’rgan kuning, nimadandir juda ranjigan ekansan-da?
- Antuan de Sent-Ekzyuperi. "Kichkina shahzoda" qissasidan
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
Hamma tark etganda ham suyanch bo‘lgan devorlarga salom! Salomlar tugaguncha unga salom!
- Ayman Yog‘iy
📚 @e_kutubxona
#Qanday_buyuk_boʻlishgan
Kapalak o‘zining lichinkasidan chiqishidan oldin erkinlikka chiqish uchun koʻp kurashlarni bosib oʻtadi. Agarda birortasi unga rahm qilib, uning lichinkasini kesib, uning ozod boʻlishiga imkoniyat, yordam bersa, shu zahoti kurash tugaydi. Ammo bu kapalakni halokatli oqibatlarga olib keladi va tezda nobud boʻladi. Chunki u uchishga qodir boʻla olmay qolgan boʻladi. Unga yordam bergan kuzatuvchi esa bu narsani anglamaydi. Bu kurashlar kapalak qanotlarini uchun uchun quvvatlantirishga juda ham zarur hisoblanadi. Bu kurashlarsiz kapalak zaif boʻlib qoladi va tezda halok boʻladi.
Ushbu kapalak qissasi menga Betxoven hamda taʼlim va tarbiya boʻyicha doktor Ibrohim al-Xulayfiyning maslahatlarini esga solib yubordi. Men uni juda koʻp marotaba eshitganman, va ota-onalarga oʻz farzandlarini mustaqil harakat qilishlariga qo‘yib berishlarini maslahat beradi. U maktab vazifalarini oʻzlarini qilishiga urinib koʻrishlariga, baʼzida mushkulotlarga bir oʻzlarini roʻpara qilishi kerakligiga undaydi. Ularga tanlash imkoniyatini berib, ushbu tanlovlarida ularning zimmalariga masʼuliyat yuklashi kerakligiga chaqiradi. Farzandingizni tafakkur qilishiga va ishlashiga imkon bering, undan birozgina uzoqlashing. O‘z farzandlariga rahm qilib, ularni ortiqcha himoya qiladigan oila keyinchalik farzandlarini jamiyatning orqasida yuruvchi va isteʼmolchi yoshlariga aylantirishadi. Oʻz farzandingizga qiyinchiliklarni ravon koʻradigan, qalblariga sabr qilish xususiyatini joylaydigan oiladan keyinchalik jamiyatning boshqaradigan dunyoning buyuk va mutafakkirlari yetishib chiqadi.
Urinishlarida, harakatlarida xato qilib, undan keladigan musibatlarga duchor boʻlish va sabr qilish bu buyuklarning ishlari, insonlarning abadiy yashaydigan sifatlaridir. Paygʻambarlar — Allohning ularga salovati va salomi boʻlsin — odamlarning eng koʻp, eng shiddatli baloga duchor boʻlgan kishilari boʻlishgan. Nega ular Allohning rasullari va maʼsum bandalari boʻla turib, shunday musibatlarga duchor boʻlishgan? Chunki ular Allohning eng sevimli bandalari boʻlishgan va Alloh ularni sabrli, shukur qiluvchi, hamd aytuvchi va zikr qiluvchi bandalar boʻlishlarini, ularning qiyinchilik va mashaqqatlarga sabr qilib rozilik, xursandchilik va zafarning haqiqiy lazzatini tottirishini xohlagan. Haqiqatan yaxshi koʻrgan inson oʻzining mahbubini har doim himoyada boʻlishiga rozi boʻlmaydi, aksincha uni qiyin vaziyatga solib, u bilan yuzma-yuz qolishiga qoʻyib beradi, toki lazzatlar ichidan eng lazzatlisi boʻlgan mashaqqatdan keyingi muvaffaqiyatning taʼmidan hamda xavf-xatarlardan keyingi gʻalabaning taʼmidan mahrum boʻlmasin. Mushkulotlardan va toʻsiqlardan himoyalanish insonda oʻz-oʻzini qadrlash hamda oʻz muvaffaqiyatlarini qadrlash hislarini yoʻqotadi. Buning oqibatida erishilgan muvaffaqiyat hech qanday xursandchiligi boʻlmagan zaif bir holga, xuddiki taʼmi, rangi, ifori boʻlmaydigan oddiy suvga oʻxshab qoladi. Mashaqqat chekilmagan, kurash olib borilmagan muvaffaqiyatning qanday lazzati va zavqi boʻlishi mumkin.
- Sa'd Saud al-Kariboniy, "Qanday buyuk bo'lishgan"
📚 @e_kutubxona
#Koʻrilma
"Bo‘ylab" turkumidan
📚 @e_kutubxona
#Haqiqiy_saodat
Doktor Oiz Qarniy, "Haqiqiy saodat" kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (1-qism)
• Hayotingizda qaysi kun boʻsh boʻlsa, oʻsha onda gʻam, qaygʻu va qoʻrqinchga tayyor turavering. Chunki ushbu bekorchilik sizga oʻtmish, hozir va kelajak sahifalarining barchasini olib keladi hamda sizni tartibsiz holga olib keladi.
• Bekorchilikni ishning pichogʻi bilan boʻgʻizlang. Sizga dunyoning tabiblari mana shu ishning oʻzi tufayli baxt-saodatning 50% iga kafolat beradilar.
• Ertangi kunni to kelgunga qadar tark qiling, uning xabarlarini ham soʻramang.
• Dunyoga qanday boʻlsa shundayligicha peshvoz chiqing, oʻzingizni u bilan birga yashashga majburlang. Ushbu dunyoda sizga birorta hamroh sof emas va unda hech bir ish mukammal boʻlmaydi. Chunki soflik, mukammallik va tugallik dunyoning ishi va sifatidan emas.
• Kitobdan koʻra foydaliroq, qabrdan koʻra kuchli nasihat qiluvchi narsa yoʻq. Gunohdan yomon, zuhddan koʻra sharafli va qanoatdan koʻra boyroq narsa mavjud emas.
• Yaxshi xulqqa muhtoj kimsalarga tabassumli chehralar ila boqish maʼnaviy olamdagi sadaqai joriyadir.
• Siz har doim yomonlikning boshqa tarafga qarang. Chunki faqat yomonlikdan iborat narsa mavjud emas, balki unda yaxshilik, fatx hamda ajr ham bor.
• Zakovatli, aqlli odam zararni ham foydaga aylantiradi, johil esa bitta musibatni ikkita musibat qiladi.
📚 @e_kutubxona
#Haqiqiy_saodat
Kim insonlarni tanisa, rohat topadi. Ularning maqtovidan ta'sirlanmaydi, yomonlashidan xafa boʻlmaydi. Chunki ular tezda rozi boʻlib, yana tezda yomon koʻrib qoladilar. Havoyi nafs ularni harakatlantiradi.
- Doktor Oiz Qarniy, "Haqiqiy saodat"
📚 @e_kutubxona
❓Nega barcha onalar bepul bilim va foyda olayotgan joydan siz qolib ketishingiz kerak?
Hoziroq qo’shiling — ishontirib ayta olaman faqat foyda topasiz.
➡️@bola_tarbiyasi_asosi⬅️
📖 Ilm olish sirlari
1. Qibla tomonga qarab dars qiling. Qibla tomonga qarab dars qilsangiz, olgin bilimingiz ziyoda va barakali bo'ladi.
2. Maqsad qo'ying. Dars qilishga yoki kitob o'qishga o'tirganingizda o'z oldingizga maqsad qo'ying. Uni yakunlamaguncha o'rningizdan turmang.
3. Chalg'ituvchi omillarni cheklang. Darsni hech kim sizni chalg'itmaydigan joyda qiling. Telefoningizni o'chirib qo'ying va bor diqqatingizni ilm olishga qarating.
4. O'tirgan xolda dars qiling. Hech qachon yotgan xolatingizda kitob o'qimang, dars qilmang. Chunki uxlab qolish extimolingiz juda yuqori.
5. @raimbaev_elmurod blogiga obuna bo'ling. Bu blog sizning ilm olishga bo'lgan mehringizni yanada oshiradi. Ilm olishdagi qiyinchiliklarni yengib o'tishga yordam beradi.
Obuna bo'ling 👉🏻 @raimbaev_elmurod
Man ayturman: „Ko'ngul uzgil!"
Bu ko'nglum ko'ngul uzmaydur,
Ko'ngul ayturki: „Ey nodon,
Ko'ngul uzsam, uzilgaymu?!"
- Mashrab
📚 @e_kutubxona
ASSALOMU ALAYKUM, DO‘STIM!
Ularga muhtoj bo‘lib turganingda ular seni tashlab ketishgani sababli umidsizlikka tushma.
Menga ishon, barvaqt kelgan umidsizlikning tarqab ketishi ham tez bo‘ladi.
Yo‘lning o‘rtasida yetkazilgan jarohat alamlidir, lekin o‘lim emas. Ammo u joning qolgan bo‘lsa yo‘lning oxirida o‘limdir.
Do‘stim! O‘zingni malomat qilma. O‘zingdan sabab qidirma. Ketuvchi inson sababga muhtoj bo‘lmaydi. U avvaldan ketuvchi bo‘lgan. U faqatgina fursat kutib turgan bo‘ladi. Fursati kelgan shekilli...
"Ular nega o‘zgarib ketishdi?", deya so‘rama o‘zingdan. Ular avvaldan shunaqa edilar. Kunlar insonlarni o‘zgartirmaydi, aksincha, haqiqatlarini fosh qiladi.
Do‘stim! Bu ishga boshqa tomondan qara. Ular seni tashlab qo‘yishganda aslida seni bu vaziyatdan kurashib qanday chiqib ketishingni bilganlar. Alloh tomon yuzlanishingni sezganlar. Sen ularni najot ustunlari deb o‘ylagansan, xolos. Aslida ular poxol bo‘lishgan.
Do‘stim! Insonlardan noumid bo‘lib borishing seni Allohga yaqinlashtiradi, Undan o‘zga tayanching yo‘qligini senga eslataveradi. Umidsiz bo‘lma. Oldinga yur. Qur’on o‘qi. Qalbingdagi yoriqlarni tuzat. Salaflar taqdiri bilan o‘zingni yupat.
Agar "mahzunlik" zindoniga tashlangan bo‘lsang bilki, sendan oldin Yusuf alayhis salom akalari qo‘li bilan unga tashlanganlar.
Yig‘la! Yig‘lashning zarari yo‘q. Biz insonmiz. Yig‘lash rohat beruvchidir.
Sendan oldin Ya’qub alayhis salom ham yig‘laganlar. Ammo u zot maxluqlar arqoniga osilmaganlar. Faqatgina Allohga yolvorganlar, shikoyat qilganlar.
Do‘stim! Qiyinchiliklar o‘tib ketadi. Maryam onamizning: "Bundan oldin o‘lib ketsam bo‘lmasmidi?!", deganlarini esla. U kishi "azimat sohiblari"dan biri bo‘lmish payg‘ambarni dunyoga keltirishlarini bilmaganlar. Bugun seni xafa qiladigan narsa ehtimol hayotingdagi eng go‘zal hodisani taqdim qilar.
Daraxt uni kesayotgan o‘tinchining oldida ingramaydi. Unga tepadan g‘ururla boqib turadi.
Ingrama! Seni kesgani kelgan o‘tinchilarga ingragan ovozing lazzat beradi. Ularni saodatli qiladigan ovozni ularga eshittirma.
Daraxt shamol sug‘urib olgan shoxi uchun yig‘lamaydi. Uni tishlab turib kelasi bahorni kutadi. Bahor uni ko‘kartirib gullatib yuboradi.
Hayot ham shunday. Yo‘qotgan narsangni ehtimol qaytarib ololmassan. Ammo undan yaxshirog‘iga erishishing aniq.
Jarohatingni bog‘lab bahoringni kut. Boshqa shoxingni o‘stirib o‘zingga munosib holda gullagin!
SALOMLAR BO‘LSIN QALBINGGA!
- Abdulqodir Samarqandiy
📚 @e_kutubxona
KUZ (Turkum)
1
Favvoralar tingan, o‘rindiqlar bo‘sh,
Majnuntollar ketgan qaygadir daydib.
Ortimdan ergashar siniq yomg‘irpo‘sh,
Barglar shitirlaydi ismingni aytib.
Og‘ir tortib qolgan avtolar go‘yo,
Bekatlar munglidek ko‘rinar ko‘zga.
Seni kutaverib sarg‘aydimmi yo,
Va yo aylandimmi sen sevgan kuzga?!
Sen esa qaydadir – boshqa bekatda
Turibsan za’faron o‘ylardan xoli.
Go‘yoki yam-yashil barglar qatida
Yaraqlayotgan bir yaproq misoli.
Favvoralar tingan, o‘rindiqlar bo‘sh,
Izg‘irin tortqilab to‘kar ohorim.
Ortimdan ergashar siniq yomg‘irpo‘sh,
Qaysi bekatdasan mening bahorim?!
2
G‘ashimga tegadi har sariq yaproq –
Pirpirab uchadi – qiladi o‘yin.
Seni ko‘rmaslikka chidarman, biroq
Borliging his etmay yashamoq qiyin.
Sen esa ko‘zlaring yoshini artib,
Mezon shamoliga qarshi chopasan.
Hislaringga bir-bir berasan tartib,
Va menga yangi bir jazo topasan.
Jazoki, jonimga soladi burov,
Qarg‘ali bog‘larda kezaman karaxt.
Mening ahvolimni tushunmas birov –
Na za’faron gullar, na sarg‘ish daraxt.
Beo‘rin rashk qildim bahordan, yozdan,
O‘zimdan qizg‘andim – oxir ko‘z tegdi.
Bilmam peshonamga u nima yozgan,
Bilganim, men emas, senga kuz tegdi.
✍️ Vohid Luqmon
📚 @e_kutubxona
«Biz qalbimiz qarisa, ulg‘ayamiz!!!»
📚 @e_kutubxona
Yolg‘izlik
Yolg‘izlik boshlanar bundan buyog‘i,
qochib qutulmassan, odam bolasi.
Oylarni, yillarni tutsang bo‘yingga,
Soylarni, cho‘llarni tutsang bo‘yingga,
o‘lchab yetolmassan, odam bolasi.
Endi ko‘plar bilan oram sovugan,
ko‘plar omadimga sevinmas endi.
23 yoshimda meni sevganlar
33 yoshimda sevolmas endi.
Men, axir, na Cho‘lman,
na Yo‘l,
na Ko‘cha,
Axir, hammaniki bo‘la olmayman.
Meni sevganlar deb o‘la-o‘lguncha
23 yoshimda qola olmayman.
Qanchalik so‘zlar bor so‘zimdan jasur,
endi chaqirmoqqa nafasim yo‘qdir.
Endi bu dunyoda o‘zimdan jasur
so‘zlarni yozmoqqa havasim yo‘qdir.
Yig‘ini bas qildi, tindi she’rim ham,
qaridi misralar, so‘zlar men bilan.
Do‘stlar yoshligicha qolar she’rimda,
qarimoq istamas do‘stlar men bilan.
Ilohim, qarilik shunday ekan-da,
do‘stlardan jimgina uzilar odam.
Umr loyqalangan suvday ekan-da,
ozaygani sari tozarar odam.
Ichimu tashimning zangi yuvilar,
satrlar ko‘karar bu oq varoqda.
Uzoqdir yurak-la qo‘lning orasi,
xayriyat, o‘lmadim shu oraliqda.
So‘zlar yuragimdan qo‘limga yetdi,
biroz sarg‘aydi va so‘ldi, na iloj?!
Biroz jasurligi, sho‘xligi yitdi,
gina qilmasinlar, yo‘l-da, na iloj?!
Endi bolta kesmas aqlim kesganni,
tiriklik totini bilaman endi.
Bu ko‘hna dunyoda har nafasimni
daraxtdan mevaday teraman endi.
So‘ng nafas dunyoda har nedan shirin,
shoir ham qariydi, o‘lar, bilaman.
So‘zidan qon hidi kelgan shoirning
og‘zidan sut hidi kelar, bilaman.
Bu dunyo bir qaynar qozondir, illo,
so‘ndirmas o‘tini na qor, na yomg‘ir.
Bu dunyodan ketish osondir, ammo
dunyo-la chiqishib yashamoq og‘ir...
- Ramiz Ravshan
📚 @e_kutubxona
#Kichkina_shahzoda
– Agar do’sting bo’lishini istasang, mendan o’rnak ol!
– Buning uchun nima qilish kerak? – so’radi kichkina shaxzoda.
– Sabr-toqatli bo’lish kerak – javob qaytardi Tulki. – Avvalo, to’g’rimdagi stulga o’tir va birmuncha kut. Men senga ko’z qirim bilan qarayman, sen esa sukut saqla. Faqat har kuni biroz-birozdan yaqin kelaver…
- Antuan de Sent-Ekzyuperi. "Kichkina shahzoda" qissasidan
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
Haqiqat, ong va o‘ziga bo‘lgan ishonch haqida
Ko‘p fikrlarim kuzatuvlardan tug‘iladi.
Yaqinda “qahvaning zarari” haqida maqolaga ko‘zim tushdi. Biroz o‘qib, qiziqib Google’da izladim. Natijada qahva zararligi to'g'risda sanoqsiz maqolalar chiqdi! Shundan so‘ng men “qahvaning foydasi” deb izladim va qarangki, bu safar ham sanoqsiz maqolalar, ammo endi qarama-qarshi dalillar bilan.
Shunda men ikki narsani o‘ylab qoldim.
Birinchidan
Bu dunyoda real haqiqatni topish deyarli imkonsiz.
Har kim o‘ziga qulay va ma'qul “haqiqatni” topadi.
Ammo yagona absolyut haqiqat - bu bizga Yaratgan tomonidan berilgan haqiqatdir (garchi ko'pchiligimiz real hayotimizda bu haqiqatni e'tiborsiz qoldirsak ham).
Ikkinchidan
O‘zingizni bir narsaga erisha olmasligingizga osonlikcha ishontira olasiz.
Miya sizga nega bir ish imkonsizligini isbotlab o‘nlab sabablar topib beradi.
Lekin siz chin dildan o'zingizni qobiliyatingizga ishonsangiz, xuddi o‘sha miya endi bahonalar emas, yechimlar izlab topadi.
Hammasi siz ongingizni qayerga yo‘naltirasiz - shunga bog‘liq:
Qanday qilib uni "sozlaysiz", o‘sha narsa sizning haqiqatingizga aylanadi.
O‘zingizni/ongizni ma’noli haqiqiy maqsadlarga yo‘naltiring.
Harakatni boshlang, va ishonch keladi. (aksincha emas, garchi ko‘pchilik buning teskarisini aytsa ham)
Va unutmang:
miya — ajoyib "asbob".
Unga “yo‘q” desangiz, u o'nlab sabablar topadi.
“Ha” desangiz, u sizga yo‘l ochadi.
- Xondamir Nusratxo‘jayev
📚 @e_kutubxona
AYON
O‘ylab topmaganman baxt degan so‘zni,
Demak, baxtsizlik ham menga oidmas.
Topib bo‘larmidi bosilgan izni,
Ketgan ketib bo‘ldi, qaytmasa qaytmas.
Men tug‘ilgan paytda bor edi orzu,
Armon ham tirikdi anchadan buyon.
Eski nasihatni yig‘ishtir, do‘stim,
Umr o‘tib bo‘ldi, qolgani ayon.
Tole ham tushmagan onam mahriga,
U zotan bir sho‘rlik kasga zormidi?
Yer chorlab turganda qaro bag‘riga
Osmonga sapchishga balo bormidi?
Dunyoni ikki deb yozmishlar tugal,
Nedan bu borada endi xarxasha –
Birisi foniy, lek jilvasi go‘zal,
Biri boqiy, qaysar shunga yarasha.
Bari shodliklarga vaqt bordir hali,
Bir kuni rahmatlar cheksiz yog‘ilar.
Hozir ketdik dilga malham qo‘ygali,
Ketdik, kutib qoldi bizni qayg‘ular!
- Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
📓 "Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi"
✍ Abu Homid G’azzoliy
📄 144 sahifa
«Ihyo»ni qo‘liga olgan odam o‘zgarib qolsa, ajablanish kerak emas.
Uni o‘qigan kishi, so‘zsiz nafsini hisob-kitob qilishga tushadi, katta bilgan amallarining tarozida tosh bosmaganidan, pinhon tutgan sirlarining qalb oynasida oshkor bo‘lganidan sergak tortadi, fikrlari ostun-ustun bo‘lib ketadi. Favqulodda go‘zal so‘zlar, chuqur mulohazalar, shafqatsiz haqiqatlar ta’sirida o‘zi bilan, gunohlari bilan ovora bo‘lib qoladi. Nazarini poklaydi, qalbiga sayqal beradi, niyatini o‘nglaydi. Faqat buguni yoki ertasi uchun emas, oxirati uchun ham astoydil qayg‘urishga tushadi. «Ihyo»ni o‘qigan va uning so‘zini uqqan har bir o‘quvchi-uquvchi shu holni boshidan kechiradi. Ammo, oldindan aytib qo‘yishimiz kerakki, «Ihyo»ni o‘qish ham, uqish ham oson ish emas, u ravon o‘qiladigan, tez tushuniladigan kitoblar sirasiga kirmaydi «Ihyo»ni o‘qishga kirishayotgan o‘quvchi fikrlar sahrosini kezib, bayonlar cho‘qqisini oshib, masalalar ummonidan suzib o‘tishga o‘zini hozirlashi lozim.
«Ihyo» sabrtalab kitob. Uning mutolaasiga kirishgan kishi hayratomuz fikrlarga yoki bugun mutlaq haqiqat deya ishonilgan bir so‘zning teskarisiga duch kelib qolsa, «berdi»siga yetgunicha sabr qilishni, bu gap noto‘g‘ri-ku, deb kitobni yopmasligi kerak.
«Ihyo»ning uslubi shundayki, bir fikr o‘rtaga tashlansa, uning xulosasi ko‘ngina kitoblardagi singari o‘sha zahoti yoki bir necha satrdan so‘ng emas, balki keyingi sahifada, hatto bir necha betlar keyin keladi. Shuning uchun sabr bilan o‘qiganlargina uning hayrat vodiylarda rohat ila sayr qiladi. Zero, har qanday ilm cho‘qqisiga sabr bilan yetishiladi.
Audiokitoblar:
🎧 Alkimyogar
🎧 Alvido, bolalik
🎧 Alvido, Vatan!
🎧 Andalusiya
🎧 Asrga tatigulik kun
🎧 Bag‘dodning qulashi
🎧 Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi
🎧 Bo‘tako‘z
🎧 Da Vinchi siri
🎧 Don Kixot
🎧 Halqa
🎧 Iqrornoma
🎧 Jamila
🎧 Jannati odamlar
🎧 Jinoyat va jazo
🎧 Kambag‘allar
🎧 Kecha va kunduz
🎧 Kichkina shahzoda
🎧 Klod Gyo
🎧 Kuchsizlar kuchi
🎧 Mehrobdan chayon
🎧 Ming quyosh shu'lasi
🎧 Muvozanat
🎧 Noma'lum ayol maktubi
🎧 Ona lochin vidosi
🎧 Otamdan qolgan dalalar
🎧 Ot kishnagan oqshom
🎧 Oxirzamon nishonalari
🎧 Payg‘ambarlar tarixi
🎧 Qaynona
🎧 Qiyomat
🎧 Qobusnoma
🎧 Quyonlar saltanati
🎧 Savdogarlar ustozi
🎧 Skafandr va kapalak
🎧 Somon yo‘li
🎧 Taras Bulba
🎧 Tarixi Muhammadiy
🎧 Turkiston qayg‘usi
🎧 Turkiston sayohatlari
🎧 Vijdon azobi
🎧 Yosh Verterning iztiroblari
🎧 Yulduzli tunlar
🎧 O‘gay ona
🎧 O‘tmishdan ertaklar
🎧 Shamol ortidan yugurib
🎧 Shaxmat novellasi
🎧 Sherlok Xolms haqida hikoyalar
🎧 Shum bola
🎧 Chingizxonning oq buluti
#Saboqlar
BAXTSIZ MA’RIFAT BAXTLI JAHOLATDAN YAXSHIROQ
Suxandon rahmatli doktor Mustafo Mahmuddan:
- Ma’rifat odamni baxtsiz qilib qo‘yadi, degan gapga nima deysiz? - deb so‘radi.
Doktor pinagini ham buzmasdan, o‘ylab ham o‘tirmasdan shunday javob berdi:
- Ma’rifat baxtsizligi jaholat baxtidan yaxshiroq.
Arabchadan Muqim Mahmud tarjimasi
📚 @e_kutubxona
#Maqola
📓 «Yashil "Niva" tahdidi»
✍️ Olim Toshboyev
⚙ Maqola
Shukur Xolmirzaevning “Yashil “Niva” hikoyasida sovet imperiyasining 80-yillari aks etgan. Asarda mustabid tuzumning fuqarolar qalbiga joylagan qo‘rquv urug‘i pirovardida qanday ayanchli oqibatlarga olib kelgani ko‘rsatiladi.
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
“Men oxiratga ishonchim sababli dunyoda sendan ko‘ra baxtsizroq yashayotgan yerim yo‘q. Hayotning hamma imkoniyatlaridan sendan ko‘ra yaxshiroq foydalanib yashayotganimni ko‘rib turibsan. Sen oxiratga ishonmaganing uchun mendan ko‘ra baxtliroq bo‘lib qolganing ham yo‘q. Bu qisqagina umrda ham shunday ekan, sen aytgandek, o‘lim bilan qissa tamom bo‘lsa (sening noqis aqlingcha) men hech narsaga kuyganim yo‘q. Voqelik mening ishonchimga muvofiq chiqsa, o‘lganimizdan so‘ng ikkinchi chin hayotimiz boshlanib qolsa, sen qayerlaringni chimdib qolasan va vaqt o‘tgandan keyin nima ham qila olasan?!''
📚 @e_kutubxona
Kitobxonlar klubi faollari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar mundarijasi:
01. 2021-yilda o‘qilgan TOP 5 kitob
02. 2022-yilda o‘qilishi rejalashtirilgan TOP 5 kitoblar
03. 18 yoshgacha o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar beshligi
04. 23 yoshgacha o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar beshligi
05. Eng yaxshi 5 ta tarixiy asarlar
06. Meni o‘zgartirgan 3 kitob
07. Men o‘qigan eng yaxshi hikoyalar beshligi
08. Eng ko‘p marta o‘qigan kitoblar beshligi
09. Siz o‘qigan eng yaxshi nobadiiy (non-fiction) kitoblar beshligi qanday?
10. 2022-yilda o‘qigan eng yaxshi kitoblarim: TOP 5
11. 2023-yilda o‘qishni rejalashtirgan kitoblarim: TOP 5
12. Sizningcha, so‘nggi besh yil ichida o‘zbek tiliga tarjima qilingan eng yaxshi besh asar qaysi?
13. Siz o‘qigan eng yaxshi 5 ta o‘zbek adabiyoti namunalari qaysi?
14. Siz o‘qigan eng yaxshi 5 ta jahon adabiyoti namunalari qaysi?