O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot
#Saboqlar
Jamiyat uni tiyib turuvchi kuchga muhtoj
Bu kuch ma’naviy, axloqiy yoki huquqiy bo‘lishi mumkin. Agar insonlar o‘zlariga xos ravishda hech qanday tiyib turuvchi kuchsiz erkin qoldirilsa, ular manfaat, obro‘-e’tibor, mulk va hokimiyat uchun o‘zaro kurashga kirishadilar.
Bu kurashlar esa nafrat, zo‘ravonlik va urushlarga sabab bo‘lib, jamiyatda tartibsizlik, buzg‘unchilik va hatto o‘limga olib kelishi mumkin.
Shu bois jamiyatda uning a’zolarini zo‘ravonlik, tartibsizlik va yomonliklardan tiyib turuvchi kuchga ehtiyoj seziladi.
Saodat asrida bu kuch diniy-ma’naviy ko‘rinishda edi. Sahobalar va salaflarning ruhiy holati bugungi bizlardan farqli edi.
Ularning ijtimoiy hayoti bugungi bizlarnikidan farqli, ko‘ngilli ravishda, istak va umid bilan axloqiy qoidalar va tartib intizomga rioya qilar edilar.
Keyinchalik jamiyatning ruhiy holatida o‘zgarish sodir bo‘ldi. Har bir inson ham ma’naviy jihatdan va nafs tarbiyasida sahobalar va salaflar darajasiga yeta olmaydilar. Ularda sahobalardagidek ko‘ngilli ravijda, istak va ajrga umid bilan axloqiy qoidalar va tartib-intizomga rioya qilish kuzatilmaydi.
Endilikda odamlarni axloq-odobga, etikaga, tartib-intizomga jalb qilish va ularni tashqi tiyib turuvchi kuch bilan tiyib turish lozim bo‘ldi. Bu vazifani esa albatta davlat bajaradi.
Shu boisdan ham, ma’naviy tiyib turuvchi kuchga ega jamiyatlarga qo‘llanilgan siyosat har doim ham huquqiy va axloqiy tiyib turuvchi kuchga asoslangan jamiyatlarga to‘g‘ri kelavermaydi. Buni to‘g‘ri tushunishimiz kerak.
Shuning uchun ham saodat asridagi masalalarni bugun to‘g‘ridan-to‘g‘ri, voqe’likni va jamiyatning ahvolini inobatga olmasdan, qo‘llab bo‘lmaydi. Masalan, bir masalani o‘sha davrdagi kishilar o‘z ma’naviy holatidan kelib chiqib, so‘zsiz, ko‘ngilli qabul qilgan bo‘lsa, bugun uni jamiyat qabul qilolmasligi mumkin.
Shuning uchun ham ijtimoiy masalalar har doim ham risoladagidek bo‘lavermaydi. Jamiyat qanday bo‘lsa, uni o‘sha jamiyatga mos tiyib turuvchi kuch kerak bo‘ladi.
Risoladagidek boshqaruv risoladagidek jamiyat shakllanganda bo‘ladi.
- Said Komil
📚 @e_kutubxona
#SOS
Jon G. Miller, «SOS! Savol ortidagi savol» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (2-qism)
[1-qism bu yerda]
13. Stress, bu — tanlov.
14. Yodingizda bo‘lsin: Javoblar savollarning o‘zidadir.
15. Yomon dengizchi shamolni ayblaydi.
16. Chin jamoadosh to‘g‘riga siz orqali qarab ham, ko‘ringanlaridan ko‘zi quvnaydigan odamdir.
17. Agar hamma "Nima qilsak ekan?" deb savol bersa, unda hech kim "Nima qilsam ekan?" deb so‘ramaydi.
18. O‘z boshqaruv tamoyilini qabulxonasining devoriga fahr bilan: «Odamlar bizning eng katta boyligimizdir!» deb yozib qo‘ygan tashkilotning byudjetida taʼlimga ajratiladigan mablag‘ eng oxirgi pul bo‘ladi, ammo u kesib tashlanadigan malblag‘lar ro‘yxatining boshidan joy oladi.
19. Buyruq kutayotgan odam bo‘lishdan ko‘ra, kutishga buyurilgan odam bo‘lgan yaxshiroq.
20. Kamtarlik yetakchilikning tamal toshidir.
21. O‘rganish o‘zgarish demakdir. Agar o‘zgarmagan bo‘lsak, demak, o‘rganmabmiz.
22. Har qanday savolni berayotganda, ongimizda bundan maqsad va uning ohangi haqida aniq tasavvur bo‘lishi zarur.
23. Siz ajoyib tashkilot vakili bo‘lishni istasangiz, unda o‘zingiz ham ajoyib xodim bo‘lishingiz kerak.
24. Ibrat bo‘lish barcha ustozlar ichida eng qudratlisidir.
📚 @e_kutubxona
#Maqola
📓 «Dunyoviylik himoyasi dindorlarga qolib ketdi»
✍ Jamshid Muslimov
⚙ Maqola
2-qism: 4-5-maqolalar
• 1-qism
📚 @e_kutubxona
#Mulohaza
Ilmiy kitoblarni mustaqil o’qimaslik kerak, garchi arab tilida mutolaasi yaxshi ochilgan bo’lsa ham. Chunki ilmiy kitoblardagi atama va istilohlarni tushunish uchun til bilishning o’zi yetarli bo’lmaydi, balki ularni shu ilmda mutaxassis bo’lgan ustoz bittalab tushuntirib berishi bilangina tushunish mumkin. Aks holda:
1. Biror fanga oid ilmiy kitobni o’zi mustaqil o’qiyotgan talaba undagi usul-qoidalarni aslicha emas, balki o’zicha (o’zining fahmi bilan, noto’g’ri ravishda) tushunib oladi, ular haqidagi ilk tasavvuri noto’g’ri shakllanadi. Har bir narsa haqida ilk paydo bo’lgan tasavvur zehnda mustahkam o’rnashib qolishi bois, keyinchalik ularni to’g’rilash juda qiyin bo’ladi.
2. Agar u o’sha ilm haqida o’zida paydo qilgan noto’g’ri tushunchasini boshqalarga ham shunday o’rgata boshlasa, bu yana-da yomonroq, endi u o’zi xato qilibgina qolmay, boshqalarni ham adashtiruvchi bo’lib qoladi.
Shuning uchun ham har qanday ilmiy kitobni mutaxassis ustoz bilan birga o’qilsa, to’g’ri, foydali va maqsadga muvofiq bo’ladi.
Endi agar o’sha ilmga oid bir nechta boshqa kitoblarni avval ustoz bilan birga o’qib tugatgan va u haqida ma’lum darajada ilm va to’g’ri tushuncha hosil qilgan, atama va istilohlarini, usul-qoidalarini o’rgangan bo’lsa, u holda ana shu ilmga oid boshqa kitoblarni ham o’zi mustaqil o’qisa bo’ladi. Lekin baribir ustoz bilan birga o’qish foydaliroq.
Turli hikoyalar, she’rlar, odob-axloqqa doir asarlar yoki shunga o’xshash ilmiy bo’lmagan kitoblarni esa, ham undagi ma’lumotlardan manfaat olish uchun, ham mutolaani yana-da yaxshilash maqsadida ko’proq o’qiyverish kerak.
- Yo‘ldoshbek Ibrohim
📚 @e_kutubxona
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Gyote bilan gurunglar"
✍ Yohann Peter Ekkerman
⚙ Roman
⚖ 40,2 MB
📄 636 sahifa
📚 @e_kutubxona
Kutib oling — HONOR 400 Lite. Aqlli, zamonaviy va kuchli
AI-kamera tugmasi bilan:
• Bir marta bosish — kamera suratga olishga tayyor
• Uzoq bosib turish— videoga olishni tezda boshlash
• 108 MP — professional kameralar darajasidagi tafsilotlar
AI Outpainting esa kadr chegaralarini kengaytiradi, tasvir sifatini mukammal saqlab qoladi.
HONOR 400 Lite —Kuch va Sun'iy Intellekt Uyg'unligi
Saytga kirish
#reklama 16+
honor.com
#SOS
"Egalik tashkilotda kapital ulushga ega bo‘lishni yo rasman rahbarlik lavozimini egallashni talab qilmaydi. Bu, shunchaki, ayblash, shikoyat qilish, kechiktirish yoki bahona qilish o‘rniga, muammolarga tik boqishni anglatadi. Egalik huquqi sof shakldagi shaxsiy javobgarlikdir". Bu, shuningdek, har birimiz hayotimizning barcha sohalarida amal qilishimiz mumkin bo‘lgan g‘oyadir.
Egalik, bu ong, qalb va qo‘llarimizning muammoni hal qilish va aybni hech qachon boshqalarga to‘nkamaslik uchun bahamjihat bo‘la olishidir.
- Jon G. Miller, «SOS! Savol ortidagi savol» kitobidan
📚 @e_kutubxona
Яндекс Директ – Больше клиентов для вашего бизнеса
Технологии Яндекс Директа помогут найти ваших клиентов среди 9 миллионов пользователей интернета в Узбекистане. Зарегистрируйтесь сейчас.
Перейти на сайт
#reklama
direct.yandex.uz
Arab tilini oʻrganish uchun qoʻrqmasdan qadam tashlang!
📖 Arab tilida o'qishni oʻrganmoqchimisiz? Barchasini 0 dan boshlamoqchisiz, yoki harflarni bilasiz-u, toʻgʻri talaffuz qilishda qiynalasizmi?
Unda vaqtni boy bermang! Chunki...
📌 "Maʼrifat" ta'lim loyihasida ayollar uchun arab tili guruhlariga qabul ochildi.
Kurs davomiyligi: 4 oy
Darslar haftada 3 kun, 1.5 soat Telegram chatʼda bo'lib oʻtadi va yozib olinadi.
"0"dan, har bitta harf va uning talaffuzi alohida oʻrgatiladi.
#Maqola
📓 «Dunyoviylik himoyasi dindorlarga qolib ketdi»
✍ Jamshid Muslimov
⚙ Maqola
... Dunyoviylik mohiyatiga ko‘ra huquqsizlik emas. Aksincha, u barcha fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
Dunyoviylik huquq nuqtai nazaridan xudosizlik emas. U diniy e’tiqodga qarshi emas, balki diniy gomogenizatsiya (barcha dindorlarni bir qolipga solish urinishlari) va institutsional dominantlikka qarshi axloqiy pozitsiya.
Dunyoviylik dinga qarshi kurashish emas. U dindorlarning huquqlarini ham ta’minlashga qaratilgan.
Dunyoviylikni noto‘g‘ri tushunish va qo‘llash huddi dinni noto‘g‘ri tushunish salbiy holatlarga olib kelgandek katta muammolarni keltirib chiqaradi. Bugungi kunda biz dunyoviylikning mohiyatini qayta anglash zaruriyati oldida turibmiz.
Aslida dunyoviylik dinning raqibi yoki dushmani emas, balki har qanday e’tiqod egalarining huquq va erkinliklarini teng ta’minlash tizimidir. Chinakam dunyoviylik taqvodorlik va dindorlikni inkor qilmaydi, aksincha — vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlaydi. Uni shaklan emas, mohiyatan to‘g‘ri qo‘llash jamiyatimiz uchun muhim vazifadir.
📚 @e_kutubxona
#SOS
Jon G. Miller, «SOS! Savol ortidagi savol» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (1-qism)
01. Muvaffaqiyatli jamoalar shaxsiy javobgarlikka amal qiluvchi yakka shaxslardan tarkib topadi.
02. Burch majburiyatini his etadigan guruhlar — ajoyib vosita.
03. Odamlar hali ham boshqalarni o‘zgartirishni o‘z vazifalari deb bilishadi.
04. Men faqat o‘zimni o‘zgartira olaman.
05. So‘zlarimga muvofiq harakat qilish orqali o‘zim aytgan odam bo‘lish to‘g‘rilikka berilgan taʼrifdir.
06. Murabbiylar ichida eng qudratlisi o‘rnak bo‘lishdir.
07. Harakat, hatto xatolarga olib borgan taqdirda ham, o‘rganish va o‘sishga turtki bo‘ladi.
08. G‘olib bo‘lishni istasangiz, diqqatingizni ixtiyoringizdan tashqaridagi narsalarga qaratmang va ulardan nolimang.
09. Haqiqiy yaratuvchanlik bu — qolip ichida muvaffaqiyatga erishishdir.
10. Samarali aloqa boshqa birovning zimmasidagi ish emas va u sizni tushunishganidan so‘nggina boshlanmaydi. Aksincha, u o‘zga bir insonni anglay olishni bildiradi.
11. Yetakchilik hamma narsadan ko‘ra ko‘proq firklash tarzimiz bilan bog‘liq. Bu — o‘z fikrlarimizni har lahzada nazorat qilish demak.
12. Barcha bilganlarimizdan chiqargan xulosalarimiz donishmandlikdir.
📚 @e_kutubxona
Kutib oling — HONOR 400 Lite. Aqlli, zamonaviy va kuchli
AI-kamera tugmasi bilan:
• Bir marta bosish — kamera suratga olishga tayyor
• Uzoq bosib turish— videoga olishni tezda boshlash
• 108 MP — professional kameralar darajasidagi tafsilotlar
AI Outpainting esa kadr chegaralarini kengaytiradi, tasvir sifatini mukammal saqlab qoladi.
HONOR 400 Lite —Kuch va Sun'iy Intellekt Uyg'unligi
Saytga kirish
#reklama 16+
honor.com
#SOS
"Ayblash o‘yini"
Eng kichik jamoalardan to eng katta korporatsiyalargacha, eng quyi pog‘onadan to yer yuzidagi eng baland kursilargacha ayblash epidemiyasi yoyilib ketgan va hech kim bundan himoyalana olmaydigandek. Bosh ijrochi direktor vitse-prezidentni ayblaydi, u esa menejerni, menejer ishchini, ishchi esa mijozni, mijoz hukumatni, hukumat esa odamlarni, xalq siyosatchilarni, ular esa maktablarni, maktablar ota-onalarni, ota o‘z o‘rnida onani, ayol esa o‘z menejerini, u esa vitse-prezidentni, vitse-prezident bosh ijrochi direktorni ayblaydi va jarayon shu tarzda davom etaveradi...
- Jon G. Miller, «SOS! Savol ortidagi savol» kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
Umr o‘tib ketyapti deb noliyverma. Bir marta haq ustida turib ol, qancha yashashning ahamiyati bo‘lmaydi. Haqiqat nimaligini bilmasang ham o‘zing uchun qaror qil: "men haq ustida turaman" de. Shunda u ochiladi, ko‘rinadi.
Va unutma, botil yaltiroq bo‘ladi, omma unga talpinayotgan bo‘ladi, maxliyo va maftun bo‘ladi, jodusi uxlatuvchi bo‘ladi. Lekin ichi chirigan va puch bo‘ladi.
Haqiqat tikonlar bilan o‘rangan, g‘ofil ko‘zga yoqimsiz, undan faqirlik, g‘ariblik va mazlumlik sarobi ko‘rinadi. Ammo ichi adolat, g‘ayrat, mardlik, himmat, chin rujulat, oltindan qimmat g‘aniylik qanoat mulkiga to‘la.
O‘zinga so‘z ber: "Men Haqni tanlayman" va shuning ustida sobit va qoyim bo‘l!
Menda shubha yo‘q: g‘aroyibotlar ochiladi! Haqni izla, do‘st bo‘ladigan ahli haqni topasan! Shunda hech qaysi yolg‘onchi siymolar alday olmaydi. Gʻofillarga g‘aribdek ko‘ringan ammo asli oliyjanob insonlar uchraydi. Haq seni yakkalab qo‘ymaydi. Yakkalash va faqirlik bilan qo‘rqitishlariga ishonma.
Ammo, o‘sha gap, doim shu so‘zda tur. Nafsga ergashib shu va’dadan oyoqni uzishing bilan yana siymolar mast qilib, asllar soyada qoladi.
Uyg‘on.
- Jamshid Muslimov
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
Voliylardan biri Umar ibn Abdulazizdan viloyat markazini devor bilan o‘rash uchun katta mablag‘ so‘radi. Shunda xalifa unga: "Devorlar nima foyda berardi? Uni adolat bilan qo‘rg‘onlab, ko‘chalarini zulmdan tozala, shu yetadi", deya javob qildilar.
- "Uni poklagan najot topur" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Keltirma
Ibratli joyini o‘zingiz topib olarsiz)
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
• Muhojiratda yurganimda muxolifat vakillari meni o‘zlariga qo‘shilishimni aytishgandi. Qo‘shilmadim, ilmiy ishlarimga mashg‘ul bo‘ldim va bu qarorim eng to‘g‘ri qaror bo‘lganini yigirma yil o‘tgach hayotiy o‘rnak sifatida ko‘rdim. Alloh taolo menga ilmiy ishlarimda baraka ato qildi.
• Muxolifat esa yigirma yil oldin qanday faoliyatda bo‘lsa hozir ham o‘sha faoliyatidan o‘zgarmagan. Ular hamon bir tarafni yomonlash bilan umrini o‘tkazmoqda. Afsuski ularning yomonlash faoliyatlari hech kimga foyda keltirmayapti.
(c) Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning shaxsiy suhbatda aytgan gaplaridan
📚 @e_kutubxona
AI-Kamera tugmasi bilan tiniq suratlar!
HONOR 400 Lite — 108 MP asosiy kamera, 5 MP keng burchak va 16 MP selfi kamera bilan jihozlangan.
Bir bosish bilan - kamera suratga olishga tayyor
Uzoq bosish - videoga olishni boshlaydi
Masshtablash - tugma orqali qulay boshqarish
HONOR 400 Lite — Kuch va Sun'iy Intellekt Uyg'unligi
Saytga kirish
#reklama 16+
honor.com
#Saboqlar
Ulamo va ustozlardan ilm olishdan yuz burgan kishi hatto o‘zida to‘lib toshgan kutubxona yaratgan bo‘lsa ham (maqsadga) yetisha olmaydi. Balki ko‘plab iboralarni tushunishda xatoga yo‘l qo‘yib o‘zimiz ataydigan mutlaq jaholat va bilimsizlikka tushib qoladi. U o‘zini olim deb o‘ylaydi vaholanki bilimsiz bo‘ladi. Kitoblarni o‘zidan o‘rganish gohida egasini mutakabbir qilib qo‘yadi.
- Imom Butiy
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
Oxir zamonda ilm ko‘tarilishi haqidagi xabarlarda ikki shart aytiladi:
1) Olimlarning o‘tib ketishi;
2) Odamlarning johillarni o‘zlariga olim qilib olishlari.
Birinchi shart sizga bog‘liq emas. Lekin ikkinchi shartga hissa qo‘shmaslikka harakat qiling.
- Said Komil
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
"Asalarining ko‘zlari bilan qarang, pashshaning ko‘zlari bilan emas" yoxud taʼlimning asli
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
Fransiyada tashkillashtirilgan bir konferensiyada Najib Fozilga Jazoirlik bir yigit fransuzcha gapirib savol beradi:
- "Usmonli imperialist emasmidi?"
Najib Fozil:
- "Bolam, agar Usmonli imperialist bo'lganda edi, sen hozir savolingni fransuzcha emas, turkchada bergan bo'lar eding".
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
Ertaklar
Bolaligimizda duch kelgan o’qituvchi bizga yoki ertak aytib bergisi kelar, yoki o’qishga majburlardi. Maqol ham bor: “ertaklar yaxshilikka yetaklar”.
Lekin ertaklar yaxshilikka yetaklamaydi. O’zbek xalq ertaklarida katta o’gillar kenjani doimo chiqishtirishmaydi. O’gay ona esa har doim yovuz. Sehr jodu, folbinga borish - normal xolat. Boyib ketish uchun esa biror oq soqolli cholni uchratish, bir xum tilla topib olish, yoki podshohning qiziga uylanish kerak.
Bu ertaklarni eshitaverib biz – eng kichik farzandni ezadigan, o’gay onalardan yaxshilik kutmaydigan, folbinga ishonadigan, asta-sekin mehnat orqali emas, bittada omadimiz kelib boyib ketishni kutib o’tiradigan bo’lib qolmaganimizga shukr.
Farzandlaring yoki ukalaring bo’lsa ularga buyuk insonlar biografiyalarni gapirib ber. Bola real hayotni qancha avval tushunib yetsa shuncha yaxshi. Payg’ambarlar, sahobalar, olimlar hayotidan boshlasang ham bo’ladi, masalan-da. (c)
📚 @e_kutubxona
#Yaxshidan_buyukka
"Buyuk bo‘lish nega kerak?"
📚 @e_kutubxona
AVO platinum kredit kartasini ilovada oching!
✅ AVO platinum — foizsiz kredit karta.
AVO ilovasida kredit karta oching va 50 mln so'mgacha pul oling — 45 kungacha 0%! 💰
Install
#reklama
click.avo.uz
#SOS
Masʼuliyatli kishilar aybdorlarni emas, muammoning yechimini qidiradilar.
- Jon G. Miller, «SOS! Savol ortidagi savol» kitobidan
📚 @e_kutubxona
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Askanio"
✍ Aleksandr Dyuma
⚙ Roman
⚖ 18.4 MB
📄 560 sahifa
📚 @e_kutubxona
#Belgilar
Sizning madaniyatga erishganingizni profilingizda kitob bilan qahva suratini qo‘yganingizdan emas, istirohat bog‘ini qanday holatda tark qilganingizdan, suvdan bo‘shagan yelim idishlarni qayerga tashlaganingizdan, g‘ijimlangan qog‘ozni mashinadan uloqtirgan yoki uloqtirmaganingizdan bilinadi! (c)
📚 @e_kutubxona
#Yaxshidan_buyukka
"Qo‘ysangchi, bu u qadar muhim emas"
📚 @e_kutubxona
AVO platinum kredit kartasini ilovada oching!
✅ AVO platinum — foizsiz kredit karta.
AVO ilovasida kredit karta oching va 50 mln so'mgacha pul oling — 45 kungacha 0%! 💰
Install
#reklama
click.avo.uz