e_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал e_kutubxona - Elektron kutubxona

62562

O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot

Subscribe to a channel

Elektron kutubxona

HONOR 400 — сизнинг ижодий ҳамроҳингиз.

Қуёш ботayotgan чўл ранглари каби нафис — бу HONOR 400 Desert Gold. Силлиқ дизайн, олтин тус ва сунъий интеллектли камера — барчаси ўзига хослик учун.
200MP AI камера тиниқ тасвир беради, AI Image-to-Video эса суратларингизни ҳаракатдаги ҳикояга айлантиради ва узоқ муддатли батарея — кун бўйи сиз билан.

Саҳро илҳоми, технология гўзаллиги.

Saytga kirish

#reklama 16+
honor.com

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Yaxshidan_buyukka

To‘xtatish kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxati qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxatidan ko‘ra muhimroqdir.

- Jim Kollinz, «Yaxshidan buyukka» kitobidan

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Maqola

📓 «Qalbning ichidagi nur...»
Akrom Malik
⚙ Maqola

("Hayratul abror" uchun muxtasar sharh va izohlar)

Ilmning shartlaridan biri uni ustozdan o‘rganmoqdir. Ustozning qoshida o‘tirib, xizmatini qilib, ustozning yaxshi-yomon kunida yonida bo‘lib ilm o‘rganish bilan ilm hosil bo‘ladi. Chunki ilm ma’lumotlarni xotiraga jamlab, uni saqlashdangina iborat emas. Ilm hayotni yaxshi tomonga o‘zgartirsa, inson qalbini, ruhini poklasa, nafsini tarbiyalasa, turmushga tartib va halovat olib kirsa, odamlar orasini isloh etsa, fitnalarga barham berib, birdamlikka yetaklasa, insonni Allohdan qo‘rqishga o‘rgatib, jasoratga boshlasa, ana shu haqiqiy, kashfiy bir Ilmdir. Bu ilm kitobni o‘qish, yodlash, birovlarga mazmunini aytish bilan emas, bir Ustozning go‘zal namunalarini ko‘rish va uni o‘zlashtirish ila nasib etadi. Afsuski, aksarimiz Ustoz ko‘rmadik, o‘tkir zehnlar, shijoatli qalblar Ustoz yo‘qligi uchun arosatda qoldi.
Sahobalar, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, eng baxtli inson edilar, chunki insoniyat ustozi, buyuk muallim Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan ilm oldilar. Bu ilm sahobalarni insoniyat yo‘lboshchilariga aylantirdi.
Bugun Internetdagi video darslarda ilmni olish mumkin, o‘zlashtirish qiyin. Suv ichida qo‘lingni va oyog‘ingni silkitasan, degan bilan suzishni o‘rganib bo‘lmaydi. Albatta, suvga tushib, suzishni ko‘rsatish bilan suzish o‘rgatiladi. Demakki, nasihat va ma’lumotlarni tinglash bizning ilmimiz oshishi uchun emas, chalasavod va o‘zini olim deb o‘ylaydigan johil bo‘lishimiz sababiga aylanishi mumkin. Agar shunday bo‘lmaganida oramizda ixtilof gurkiramasdi, g‘iybat urchimasdi, haqorat alangalanmasdi. Afsuski, hayo qiladiganimiz bir Zotni faromush etib, ko‘pchiligimiz beodobliklar ila mashg‘ul bo‘ldik, ko‘p xatolar qildik, hozir ham shu nuqsonlar ustida bardavommiz.


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Muhabbat madrasasida ta'lim bundaydir, avval o'zing xohlab tanla, so'ngra yaxshi ko'r hamda yaxshilik qil, hamda oxirida o'zing yaxshi ko'rib tanlaganingga qanoat qilib yasha! Yo'qsa majburlik yoki qistov bilan bilan rozi bo'lish, bosim ostida tanlash, ko'ngilsiz munosabat va so'nggida noshukrlik ayblovi bilan hayot kechirasan.

- Mustafo Mahmud, "Muhabbat madrasasi"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Woman Card - Ehtiyojlaringizga boshlanadigan karta

Ipak Yo'li Bankidan Woman Card - bu eksklyuziv imtiyozlarga ega ayollar kartasi✨

Kartaning imkoniyatlari:
✅ Yetkazib berish: bepul
✅ Hamkorlardan imtiyozlar: 55% gacha chegirmalar
✅ Bank ilovasi orqali boshqa kartalarga o'tkazmalar: komissiyasiz

Batafsil

#reklama 16+
ipakyulibankuz.onelink.me

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Millatning hozirgi shu ahvoliga kutubxonalar kerak emas, deb o‘ylaymiz. Lekin mavjud holatni o‘zgartirish yo‘lini izlashimiz kerak. O‘qimagan millat — tanazzulga yo‘liqqan millatdir. To‘g‘ri, chiroyli kiyimlar kiyish mumkin, yaxshi ovqatlar yeyish mumkin, chiroyli avtomashinalarni boshqarish ham mumkin. Lekin [odam] eng zo‘r mashinani mingan holda, eng zo‘r uyda yashagan holda g‘arib va kambag‘alligicha qolaveradi. Nimaga bizning millonlab odamlarimiz tashqariga chiqib ketdi va tashqarida nima ish qilyapti? Ha, boshqa davlatlarda ham fuqarolar tashqariga chiqadi. Lekin ular dunyoni egallash maqsadida chiqib ketadi. Millionlab o‘zbeklar esa nafsni qondirish uchun chet elga chiqyapti. Eng og‘ir, hech kim qilmaydigan, saviya talab qilinmaydigan ishlarni bajarish uchun chiqib ketyaptiki, bu millatning halokatidan dalolat.

- Qozoqboy Yo‘ldoshev

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Yaxshidan_buyukka

Jim Kollinz, «Yaxshidan buyukka» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (6-qism)

[1-qism bu yerda]
[2-qism bu yerda]
[3-qism bu yerda]
[4-qism bu yerda]
[5-qism bu yerda]

• 29. «Biz rejalashtirish bebaholigini, rejalar esa foydasiz ekanligini bildik».

• 30. Buyuk natijalarga erishgan kompaniyalar aniq cheklovlarga ega izchil tizimni yaratishdi, ammo o‘z navbatida, bu tizim doirasida odamlarga erkinlik va javobgarlik ham berishdi. Ular boshqaruvga ehtiyoj sezmaydigan intizomli kishilarni yollashdi va bor eʼtiborlarini odamlarni emas, tizimni boshqarishga qaratishdi.

• 31. Ular moslashishdi va buyuk bo‘lishdi. Eng yaxshilar qayta moslasha olishadi.

• 32. To‘g‘ri qo‘llanilgan taqdirda, texnologiyalar kompaniyadagi o‘sishning akseleratori bo‘la oladi, ammo asosiy sababi emas. Buyuk kompaniyalar hech qachon o‘zgarishlarni yangi texnologiyalarni joriy qilishdan boshlashmagan. Buning sababi oddiy: toki sizga aynan qanday texnologiyalar kerakligini anglab olmas ekansiz, ulardan chin maʼnoda foydalana olmaysiz.

• 33. Siz texnologik jihatdan qoloq bo‘la turib muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. Ammo texnologiyalar o‘z holicha ajoyib natijalarga ham, kompaniya inqiroziga ham sabab bo‘la olmaydi.

• 34. Salohiyatni jamlash bosqichidagi muhim qadamlar bu — jamoaga kerakli odamlarni olib, keraksizlarni chiqarib tashlash, kerakli odamlarga mos joylarni taʼminlab berishdir.

• 35. Buyuk kompaniya uchun foyda va pul oqimi sog‘lom organizm uchun qon va suvdek bo‘lib qoladi: ular hayotiy faoliyat uchun juda muhim, biroq hayotning mohiyati faqat ulardan iborat emas.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Maqola

📓 «Yoshlarni qullik psixologiyasidan qutqazish kerak»
⚙ Maqola

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

HALOL BU...

“Halol” bu – cheklov emas. Bu – yo‘nalish.

Ko‘plab musulmon blogerlar, tadbirkorlar, marketologlar o‘zlarini “ramkalar” ichida siqilgan kabi his qilishlarini aytishadi. (Men bilan ko‘p maslahatlashishadi: reklama, aksiya/rasprodaja, sovg‘a yoki sotuv kampaniyalar haqida – ularning xavotirini aniq his qilaman).
Ular shunday deyishadi: “Biz zo‘r narsalar qilishni, kreativ bo‘lishni xohlaymiz. Lekin har safar yangilik qilishga uringanimizda, xayolga savollar keladi:”

- Bu narsaga dinimizda ruxsat bormi?
- Mijozlar qanday qabul qiladi?
- Joiz va nojoiz o‘rtasidagi “qizil chiziq” qayerda?

To‘g‘ri, bu bosim ba'zida “bo‘g‘uvchi”dek tuyuladi. Lekin haqiqat shundaki: cheklovlar dushman emas, ular yo‘l ko‘rsatkichlar. Ular sizning kreativligingizni o‘ldirmaydi – yo‘naltiradi.

Qachonki siz o‘zingizning “qizil chiziqlaringizni” aniq bilsangiz – shu doirani Ichida bemalol harakat qilish erkinligingiz bo‘ladi. Va aynan shunday yondashuvdan buyuk g‘oyalar tug‘iladi (islom me’morchiligi va san’ati bunga misol).

Eng kuchli musulmon loyihalari va kampaniyalari aynan mana shu cheklovlar tufayli paydo bo‘lgan va kuchaygan. Ajralib turish uchun barcha chegaralarni buzish shart emas.

Muhimi – siz halol chegaralarni shunchalik chuqur tushunishingiz va qadrlashingiz kerakki, ishlaringiz va ijodingiz nafaqat dinimizga mos bo‘lsin, balki uni go‘zallikka aylantirsin.

Halol – bu panjara emas. Bu – kompas.

- Xondamir Nusratxo‘jayev

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Imom Ibn al-Asir aytadi:
Qalblar qandayligiga qarab birlashadi va ajraladi. Shu sababli, yaxshi yaxshilarni sevadi va ularga intiladi, yomon esa yomonlarni sevadi va ularga intiladi”.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Hikoya
📓 "Intiho"
Jek London
⚙ Hikoya

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Savdogarlar_ustozi

Ahadquli Holmuhammad O‘g‘li, «Savdogarlar ustozi yohud haqiqiy omad kaliti 2» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (2-qism)

[1-qism bu yerda]

• 11. O‘rganayotgan ilmingizni oxirigacha yetkazing. Shunda olim bo‘lasiz.

• 12. Eng ko‘p bo‘sh vaqt talabada, o‘quvchida bo‘ladi o‘zi.

• 13. Yuzingning suvini qochirib, birovdan bir nima taʼma qilganingdan ko‘ra tijoratingning dolg‘ali maydoniga kirib, o‘zingning va oilangni taʼminot qilishing eng go‘zal ishlardandir.

• 14. Allohim oltinlarni, kumushlarni O‘ziga ibodat qilishni osonlashtirish uchun yaratgan. Ularga qul bo‘lib qolishing uchun emas.

• 15. Solih boy bo‘lishning eng kam foydasi, insonning vaqtini tejab, ovoragarchilikdan qutulishiga yordam berishidir.

• 16. Oltinlarga sen hukm o‘tkazar ekansan, demak, to‘g‘ri yo‘ldasan, ammo pul senga hukm o‘tkaza boshladimi buzilish nuqtasi o‘sha yerdan boshlanadi.

• 17. Ko‘p yegan emas, tanasiga singgan quvvatli bo‘ladi.

• 18. Sarmoya kiritish — puxta ilm. Bu bir tomonlama emas, bu har tomonlama o‘rganiladigan, qiziqiladigan jarayondir.

• 19. Oltinning vatani bo‘lmaydi. Niyatni to‘g‘rilab, aql yuritib, ish qilinsa, u hamma joyni vatan tutadi.

• 20. Ko‘pchilik o‘zi yuksalmasdan, yuksaklarga sarmoya kiritishni o‘ylaydi. Aslida pulini nazorat qilolmasdan, ilmsizligi oqibatida ko‘zlagan natijaga yetolmaydi. Avvalo, pulingizni o‘zingizni rivojlantirishga sarflang.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Sog‘lom aql egalari bo‘lgan jamiyatshunoslar va huquqshunoslar insonning tabiiy-fitriy ehtiyojlarini yaxshi biladilar.

Har qanday chora-tadbirlar, propaganda yoki rejalar qilma, yangi tug‘ilgan avlod albatta o‘sha tabiiy-fitriy ehtiyoj bilan tug‘ilaveradi va o‘sha ehtiyojlarini qondirish yo‘lini axtaraveradi.

Sen hozirgi avlodni ma’lum bir tadbirlar, o‘yin-kulgilar, muammo va tashvishlar bilan chalg‘itib turishing mumkin, biroq yangi avlod baribir o‘sha fitratda bo‘laveradi.

Shuning uchun ham inson fitratiga zid bo‘lgan g‘oyalar, mafkuralar, konsepsiyalar albatta bir-ikki avloddan keyin rad etiladi.

Diniy ehtiyojlar ham inson fitratidagi ehtiyojlardir. Diniy ta’lim o‘sha ehtiyojning asosidir.

"Munosabat"da hujralar haqidagi ko‘rsatuvni ko‘rib, shunga amin bo‘ldimki, taklif etilayotgan choralar va "yechimlar" shundoq ham xujralarga bormaydigan aholi qatlamini bormaslikka, shundoq ham hujradan chora qidirayotganlarni yana da ko‘proq borishga undaydigan takliflar bo‘lyapti.

Faraz qiling, siz zamonaviy, madaniy va o‘ta chiroyli maktab ochgansiz, unda juda sifatli ta’lim berib kelmoqdasiz. Faqat, har kuni shu zamonaviy maktabga oyog‘i loy bo‘lib kelayotgan o‘quvchilarni ostonada izza qilib, ularga poklik, ozodalik va zamonaviy talablar haqida dars o‘tyapsiz.

Lekin maktabgacha bo‘lgan yo‘lning asfalt qilinmagani haqida o‘ylamayapsiz.

Tabiiy ehtiyojlar xuddi shunday bo‘ladi. Agar maktabning yo‘lini asfalt qilib bermasangiz, o‘quvchilarga poklik-ozodalikning fazilatlari haqida gapirganingiz zarracha ta’sir qilmaydi.

- Said Komil

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Marketing

   Filip Kotler, «Marketing A dan Z gacha» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (3-qism)

[1-qism bu yerda]
[2-qism bu yerda]

Tovarni bozorga chiqarishda ishni reklamadan emas, balki jamoatchilik bilan aloqalardan boshlash kerak.

Tovar to‘g‘ri bo‘lsa, buyuk marketolog bo‘lish shart emas.

Ommaviy marketing — bu tovarni bozorga qo‘yish va yakshanba kunlari ibodatga borib, kimdir shu tovarni xarid qilsin, deb iltijo qilishdir.

• «Strategiya — botqoqli bozorda paydo bo‘lishi kerak, fil suyagida ishlangan top-toza minorada emas».

Xizmat sohasi degan tushuncha yo‘q. Servis tashkil etuvchisi ko‘proq yoki kamroq bo‘lgan sohalar bor. Barcha xizmat ko‘rsatish sohasida ishlaydi. (Teodor Levitt)

• «Servis orqali obro‘ orttirishning 2 ta usuli bor. Bittasi mijozlarga iloji boricha yaxshi xizmat ko‘rsatish, ikkinchisi iloji boricha yomon xizmat ko‘rsatmaslik».

• «Sizning korxonangiz agar o‘z bozorida yaxshi deb hisoblanmasa, u bu bozorda ishlamasligi kerak. Biz hech qachon eng katta bo‘lishni istamaganmiz, eng yaxshi bo‘lishni istaganmiz». (Jon Bougl)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Hikoya
📓 "O‘qituvchi odam bo‘lgan ekan…"
Ayzek Azimov
⚙ Hikoya

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Shu bugungi kunda har bir qishloqda bittadan kutubxona ochib, kitoblar bilan to‘ldirib qo‘yganda ham o‘qiydigan odam ko‘p bo‘lishiga ishonmayman. Masalan, Yozuvchilar uyushmasi vakillari hududlarga borganda uyushma hisobidan chiqarilgan yuzlab kitoblarini tekinga tarqatib keladi. Bunday jarayonlar kitobni qadrsizlantiradi, deb o‘ylayman. Bepul, izlanib topilmagan narsa qo‘yilgan joyida chang bosib turaveradi. O‘qiydigan odam kitobga o‘zi keladi, kitobning uning oldiga bormaydi. Lekin kitobni ham izlaganda topiladigan holatga keltirish kerak, kitob do‘konlarini ko‘paytirish va kitoblarni arzonlashtirish zarur. Hozir bizda kitob sanoati juda rivojlangan, juda chiroyli, bezakli va qimmatbaho kitoblar chop etilyapti. Afsuski, o‘zbek ovqatning qimmatligiga, kiyimning qimmatligiga chidashi mumkin, lekin kitobning qimmatligiga chidamaydi. Noshirlar shuni ham hisobga olishi kerak, nazarimda.
Son-sanoqsiz jamoat kutubxonalari, har bitta aholi punktida odamlar izlanib uzoqqa bormaydigan jamiyat kutubxonalari bo‘lish kerak. Ziyoliman, o‘zicha ijodkorman, o‘zicha olimman, degan odamlarning uyida esa shaxsiy kutubxonalari bo‘lishi lozim.

- Qozoqboy Yo‘ldoshev

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Metro va avtobuslarda yo'l haqi 990 so'mdan

VISA START SUM kartasi bilan jamoat transportida yo'l haqidan tejang — 990 so'm.

Sinab koʻrish

#reklama 16+
ru.ipakyulibank.uz

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Savdogarlar_ustozi

Ahadquli Holmuhammad O‘g‘li, «Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti 2» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (3-qism)

[1-qism bu yerda]
[2-qism bu yerda]

• 21. Oilasini taʼminlab, ularni salohda ushlab turish va issiq-sovug‘idan xabardor bo‘lish g‘azotdan afzaldir.

• 22. - Oddiy bir inson qancha ilm olishi kerak?
- Hayotiga keraklisini va ishi tushadiganini olmog‘i yetarli.

• 23. Inson bir ishni to‘g‘risidan boshlagani maʼqul, avval xatolarni o‘rganib olay, keyin to‘g‘rilarini yodlayman, deyishingiz noto‘g‘ri va bu niyat bilan ilmni boshlaganingizdayoq ilk nuqtasidan xatodasiz.

• 24. Bugun ko‘pchilik biror ishga sarmoya kiritmoqchi bo‘lsa, yo hammasini yo asosiy qismini sarflaydi. Bu chuqur o‘ylanmagan ish. Aslida yigirma dirham puli bor odam besh dirhamini sarmoya qilishi, besh dirhamini zahirada qoldirishi, qolgan o‘nini yangi ishlar uchun olib qo‘yishi foydaliroq.

• 25. Ilmingiz, tajribangizni vafot etmasingizdan oldin boshqalarga ulashing.

• 26. Bir tangani burchingiz sababli berishingiz, ming tangani sadaqa qilishingizdan yaxshidir.

• 27. Har kimning Holiqdan umidi bo‘lsa, maxluqdan hurmat istamaydi.

• 28. O‘zim uchun qilgan ishlarim yolg‘iz mening rivojim, ko‘pchilik uchun harakatim ummatning salohi uchun bo‘ladi.

• 29. Halol boylikning eng kam foydasi — vaqtingizni tejab beradi. U orqali ko‘proq ilm olishga va musulmon bo‘lishga erishasiz.

• 30. Taomlanishning oltin qoidasi — meʼdangizni ortiqcha to‘ldirmang. Ushbu hikmatni mingta muborak Hadisi sharifni o‘rganib, tanlab olganman.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Maqola

📓 «Shu qadar yaqin, shu qadar farqli»
⚙ Maqola

«Mamlakatlar tanazzuli sabablari»dan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Marketing

   Filip Kotler, «Marketing A dan Z gacha» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (4-qism)

[1-qism bu yerda]
[2-qism bu yerda]
[3-qism bu yerda]

• Atrofdagilarning tovar haqidagi fikri reklamadagi bayonotlardan salmoqliroqdir.

• Agar qirq yoshdan oshgan bo‘lsangiz, siz chakana savdoga to‘g‘ri kelmaysiz.

• Muvaffaqiyatli savdoning uchta sababi bu «joylashtirish, joylashtirish va joylashtirish»dir.

• Savdodagi munosabatlarda eng ahamiyatli narsa — bu halollik va samimiylikdir.

• Tabassum odamlar orasidagi eng qisqa masofa.

• Jangga tayyorlanishda men har doim, rejalar foydasiz, ammo rejalashtirish majburiy ekanligini aniqlaganman.

• Brendlashtirishning maqsadi mahsulot uchun o‘z qiymatidan kattaroq daromad olishdir.

• Brendni reklama qilmang — u bilan yashang.

• Kompaniyaning ichki tub o‘zgarishlarining tezligi tashqi o‘zgarishlar tezligidan orqada qolsa, biznesning oxiri yaqindir.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Saodat kalitlari

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Audiokitoblar:

🎧 Alkimyogar
🎧 Alvido, bolalik
🎧 Alvido, Vatan!
🎧 Andalusiya
🎧 Asrga tatigulik kun
🎧 Bag‘dodning qulashi
🎧 Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi
🎧 Bo‘tako‘z
🎧 Da Vinchi siri
🎧 Don Kixot
🎧 Iqrornoma
🎧 Jamila
🎧 Jannati odamlar
🎧 Kambag‘allar
🎧 Kichkina shahzoda
🎧 Klod Gyo
🎧 Kuchsizlar kuchi
🎧 Mehrobdan chayon
🎧 Ming quyosh shu'lasi
🎧 Muvozanat
🎧 Noma'lum ayol maktubi
🎧 Ona lochin vidosi
🎧 Otamdan qolgan dalalar
🎧 Ot kishnagan oqshom
🎧 Oxirzamon nishonalari
🎧 Payg‘ambarlar tarixi
🎧 Qaynona
🎧 Qiyomat
🎧 Qobusnoma
🎧 Quyonlar saltanati
🎧 Savdogarlar ustozi
🎧 Skafandr va kapalak
🎧 Somon yo‘li
🎧 Taras Bulba
🎧 Tarixi Muhammadiy
🎧 Turkiston qayg‘usi
🎧 Turkiston sayohatlari
🎧 Vijdon azobi
🎧 Yosh Verterning iztiroblari
🎧 O‘gay ona
🎧 O‘tmishdan ertaklar
🎧 Shamol ortidan yugurib
🎧 Shaxmat novellasi
🎧 Shum bola
🎧 Chingizxonning oq buluti

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Savdogarlar_ustozi

"Bugungi kun musulmonlari ichida qorin qo‘yganlari yo‘q. Shuning uchun ham nafsini semirtirgan dushmanlarning har qanday hamlasiga munosib javob bermoqda. Har sohada ildam. Mudrab, uyqusirab yurmaydi. Fikrlari tiniq, xotiralari mustahkam va oriyatli. Ovqat ustida yig‘ilib, majlis qilmaydi. Uchrashuvlarini taom ustiga tashkil qilmaydi. Natijada shijoatlari zo‘r va dunyoga manfaatlari yetmoqda".

- Ahadquli Holmuhammad O‘g‘li, «Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti 2»

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🟢 Kitoblar olami

                               
                                
     ➡️➡️    Kitobiyat zone   👈👈


🟢 Shunchaki tanlang va buyurtma bering!

📌  Kitobiyat Zone — bu o‘zingiz istagan kitoblar, dekorativ buyumlarni qulay va ishonchli yo‘l bilan topish platformasi

📌 Bizni kuzatib boring:
📎 Telegram | Instagram

Читать полностью…

Elektron kutubxona

NAN 3 OPTIPRO 12 oydan boshlab

NAN 3 OPTIPRO 12 oydan boshlab - onalar ishonch bildirgan gamxorlik!
Kichkintoyning soglom osishi va rivojlanishi uchun, ayniqsa, metabolik jarayonlar faol rivojlanayotgan dastlabki ikki yil ichida togri ovqatlanish muhim ahamiyatga ega.

NAN 3 OPTIPRO 12 oydan boshlab bolalar suti ona suti ornini bosmaydi, balki osayotgan bolaning ratsionini toldiradi. Mahsulot maxsus kombinatsiyani oz ichiga oladi: oson hazm boladigan OPTIPRO oqsili, 2FL oligosaxaridlar va qulay hazm qilish va immunitetni qollab-quvvatlash uchun BL probiotigi.

Hoziroq havola orqali xarid qiling va aksiyalar va yangiliklardan xabardor bolish uchun Nestle-baby.uz telegram kanaliga obuna boling.

* Qollashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.

Buyurtma berish

Mutaxassis bilan maslahatlashing. 1 yoshdan katta bolalarni ovqatlantirish uchun

#reklama
uzum.uz

Читать полностью…

Elektron kutubxona

KURS


⚡️TURK TILI⚡️ guruhlarimizga qabul

Har bir guruhga :

️15 kishidan qabul qilinadi va har bir o’quvchi bilan alohida-alohida ishlanadi


Kurs afzalliklari:

⚡️Konuşma
⚡️Okuma
⚡️Dinleme
⚡️Yazma
Har bir qism òrgatiladi

🔹 Kuchaytirilgan tartib va kunlik davomat
🔹 Har bir darsga alohida yondashuv

🔹Yopiq guruhlarimizga qo’shilganlar bilan individual ishlanadi va vazifalar tekshiriladi
🔹har kuni luģat bilan ishlash

💫 savol-javob va test bilan ishlanadi


Kurs narxi: 180.000 so’m 💥
(Agar shartlarimizni bajarsangiz kurs narxlarini yanayam chegirma narxlarda taqdim etamiz)

Murojaat uchun: @sahiba_oo3

Kanalimiz:
/channel/turktili_bsa
/channel/turktili_bsa
/channel/turktili_bsa

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Kitob shunday narsaki, u o‘qigan odam uchungina bor. O‘qilmagan kitob bu — foydalanilmagan imkoniyat, yeyilmagan non, kiyilmagan kiyimga o‘xshash narsa. Kitobni o‘qish kerak.

- Qozoqboy Yo‘ldoshev

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🔈Turk tili ixlosmandlari uchun ajoyib yangilik!

📌Turk tilini o’rganib bakalavr, magistratura va doktaranturaga o’qishga kirishni xohlaysizmi?
📌Turk tilida kitoblar o’qish, tarjimonlik qilish, dars o’tishnichi?

Javobingiz ha bo’lsa, sizga @TurkTiliUp kanali yordam beradi!

Bu kanalda siz:
🟣Turk tilidagi eng kerakli so‘zlar iboralar va maqollarni o’rganishingiz,
☁️0 dan boshlab tushuntirilgan grammatika darslari, ular asosida testlar va foydali materiallarga ega bo’lishingiz,
🟣Tinglab tushunish, yozish, so‘zlash va fikrlash, ko‘nikmalarini rivojlantirishingiz,
☁️Eng muhimi esa sizni qiziqtirgan savollarga javob topishingiz mumkin!

@TurkTiliUp - turk tilini biz bilan qadam-baqadam o’rganing!

/channel/TurkTiliUp

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Woman Card - Ehtiyojlaringizga boshlanadigan karta

Ipak Yo'li Bankidan Woman Card - bu eksklyuziv imtiyozlarga ega ayollar kartasi✨

Kartaning imkoniyatlari:
✅ Yetkazib berish: bepul
✅ Hamkorlardan imtiyozlar: 55% gacha chegirmalar
✅ Bank ilovasi orqali boshqa kartalarga o'tkazmalar: komissiyasiz

Batafsil

#reklama 16+
ru.ipakyulibank.uz

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Kitob odamga axborot bilan birgalikda insoniy tuyg‘ularni va insoniy nuqtai nazarlarni ham beradi. Inson tafakkuriga tuyg‘u bilan qo‘shilib kirgan axborot hech qachon esdan chiqmaydi. Shunchaki axborot sifatida qabul qilingan ma’lumot bir necha kundan keyin hech kimning esida qolmaydi. Shu sababli badiiy asar odamning tafakkurini rivojlantiradigan, ayniqsa, his-tuyg‘ularini tozartiradigan bir vosita sanaladi.

- Qozoqboy Yo‘ldoshev

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…
Subscribe to a channel