e_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал e_kutubxona - Elektron kutubxona

62563

O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot

Subscribe to a channel

Elektron kutubxona

Kutib oling — HONOR 400 Lite. Aqlli, zamonaviy va kuchli

AI-kamera tugmasi bilan:
• Bir marta bosish — kamera suratga olishga tayyor
• Uzoq bosib turish— videoga olishni tezda boshlash
• 108 MP — professional kameralar darajasidagi tafsilotlar
AI Outpainting esa kadr chegaralarini kengaytiradi, tasvir sifatini mukammal saqlab qoladi.

HONOR 400 Lite —Kuch va Sun'iy Intellekt Uyg'unligi

Saytga kirish

#reklama 16+
honor.com

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#SOS

"Egalik tashkilotda kapital ulushga ega bo‘lishni yo rasman rahbarlik lavozimini egallashni talab qilmaydi. Bu, shunchaki, ayblash, shikoyat qilish, kechiktirish yoki bahona qilish o‘rniga, muammolarga tik boqishni anglatadi. Egalik huquqi sof shakldagi shaxsiy javobgarlikdir". Bu, shuningdek, har birimiz hayotimizning barcha sohalarida amal qilishimiz mumkin bo‘lgan g‘oyadir.
Egalik, bu ong, qalb va qo‘llarimizning muammoni hal qilish va aybni hech qachon boshqalarga to‘nkamaslik uchun bahamjihat bo‘la olishidir.


- Jon G. Miller, «SOS! Savol ortidagi savol» kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Яндекс Директ – Больше клиентов для вашего бизнеса

Технологии Яндекс Директа помогут найти ваших клиентов среди 9 миллионов пользователей интернета в Узбекистане. Зарегистрируйтесь сейчас.

Перейти на сайт

#reklama
direct.yandex.uz

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Arab tilini oʻrganish uchun qoʻrqmasdan qadam tashlang!

📖 Arab tilida o'qishni oʻrganmoqchimisiz? Barchasini 0 dan boshlamoqchisiz, yoki harflarni bilasiz-u, toʻgʻri talaffuz qilishda qiynalasizmi?

Unda vaqtni boy bermang! Chunki...

📌 "Maʼrifat" ta'lim loyihasida ayollar uchun arab tili guruhlariga qabul ochildi.

Kurs davomiyligi: 4 oy
Darslar haftada 3 kun, 1.5 soat Telegram chatʼda bo'lib oʻtadi va yozib olinadi.
"0"dan, har bitta harf va uning talaffuzi alohida oʻrgatiladi.

Boquvchisini yoʻqotgan ayollarga 50% chegirma qilib beriladi.

😍 Bu imkoniyatdan albatta foydalanib, yoz mavsumini eng yaxshi amal bilan oʻtkazing!

Hoziroq murojaat qilish uchun: 👇
@marifat_qabul

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Maqola

📓 «Dunyoviylik himoyasi dindorlarga qolib ketdi»
Jamshid Muslimov
⚙ Maqola

... Dunyoviylik mohiyatiga ko‘ra huquqsizlik emas. Aksincha, u barcha fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Dunyoviylik huquq nuqtai nazaridan xudosizlik emas. U diniy e’tiqodga qarshi emas, balki diniy gomogenizatsiya (barcha dindorlarni bir qolipga solish urinishlari) va institutsional dominantlikka qarshi axloqiy pozitsiya.

Dunyoviylik dinga qarshi kurashish emas. U dindorlarning huquqlarini ham ta’minlashga qaratilgan.

Dunyoviylikni noto‘g‘ri tushunish va qo‘llash huddi dinni noto‘g‘ri tushunish salbiy holatlarga olib kelgandek katta muammolarni keltirib chiqaradi. Bugungi kunda biz dunyoviylikning mohiyatini qayta anglash zaruriyati oldida turibmiz.

Aslida dunyoviylik dinning raqibi yoki dushmani emas, balki har qanday e’tiqod egalarining huquq va erkinliklarini teng ta’minlash tizimidir. Chinakam dunyoviylik taqvodorlik va dindorlikni inkor qilmaydi, aksincha — vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlaydi. Uni shaklan emas, mohiyatan to‘g‘ri qo‘llash jamiyatimiz uchun muhim vazifadir.


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#SOS
  
   Jon G. Miller, «SOS! Savol ortidagi savol» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (1-qism)

01. Muvaffaqiyatli jamoalar shaxsiy javobgarlikka amal qiluvchi yakka shaxslardan tarkib topadi.

02. Burch majburiyatini his etadigan guruhlar — ajoyib vosita.

03. Odamlar hali ham boshqalarni o‘zgartirishni o‘z vazifalari deb bilishadi.

04. Men faqat o‘zimni o‘zgartira olaman.

05. So‘zlarimga muvofiq harakat qilish orqali o‘zim aytgan odam bo‘lish to‘g‘rilikka berilgan taʼrifdir.

06. Murabbiylar ichida eng qudratlisi o‘rnak bo‘lishdir.

07. Harakat, hatto xatolarga olib borgan taqdirda ham, o‘rganish va o‘sishga turtki bo‘ladi.

08. G‘olib bo‘lishni istasangiz, diqqatingizni ixtiyoringizdan tashqaridagi narsalarga qaratmang va ulardan nolimang.

09. Haqiqiy yaratuvchanlik bu — qolip ichida muvaffaqiyatga erishishdir.

10. Samarali aloqa boshqa birovning zimmasidagi ish emas va u sizni tushunishganidan so‘nggina boshlanmaydi. Aksincha, u o‘zga bir insonni anglay olishni bildiradi.

11. Yetakchilik hamma narsadan ko‘ra ko‘proq firklash tarzimiz bilan bog‘liq. Bu — o‘z fikrlarimizni har lahzada nazorat qilish demak.

12. Barcha bilganlarimizdan chiqargan xulosalarimiz donishmandlikdir.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Kutib oling — HONOR 400 Lite. Aqlli, zamonaviy va kuchli

AI-kamera tugmasi bilan:
• Bir marta bosish — kamera suratga olishga tayyor
• Uzoq bosib turish— videoga olishni tezda boshlash
• 108 MP — professional kameralar darajasidagi tafsilotlar
AI Outpainting esa kadr chegaralarini kengaytiradi, tasvir sifatini mukammal saqlab qoladi.

HONOR 400 Lite —Kuch va Sun'iy Intellekt Uyg'unligi

Saytga kirish

#reklama 16+
honor.com

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#SOS
 
"Ayblash o‘yini"

   Eng kichik jamoalardan to eng katta korporatsiyalargacha, eng quyi pog‘onadan to yer yuzidagi eng baland kursilargacha ayblash epidemiyasi yoyilib ketgan va hech kim bundan himoyalana olmaydigandek. Bosh ijrochi direktor vitse-prezidentni ayblaydi, u esa menejerni, menejer ishchini, ishchi esa mijozni, mijoz hukumatni, hukumat esa odamlarni, xalq siyosatchilarni, ular esa maktablarni, maktablar ota-onalarni, ota o‘z o‘rnida onani, ayol esa o‘z menejerini, u esa vitse-prezidentni, vitse-prezident bosh ijrochi direktorni ayblaydi va jarayon shu tarzda davom etaveradi...

- Jon G. Miller, «SOS! Savol ortidagi savol» kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Umr o‘tib ketyapti deb noliyverma. Bir marta haq ustida turib ol, qancha yashashning ahamiyati bo‘lmaydi. Haqiqat nimaligini bilmasang ham o‘zing uchun qaror qil: "men haq ustida turaman" de. Shunda u ochiladi, ko‘rinadi.

Va unutma, botil yaltiroq bo‘ladi, omma unga talpinayotgan bo‘ladi, maxliyo va maftun bo‘ladi, jodusi uxlatuvchi bo‘ladi. Lekin ichi chirigan va puch bo‘ladi.

Haqiqat tikonlar bilan o‘rangan, g‘ofil ko‘zga yoqimsiz, undan faqirlik, g‘ariblik va mazlumlik sarobi ko‘rinadi. Ammo ichi adolat, g‘ayrat, mardlik, himmat, chin rujulat, oltindan qimmat g‘aniylik qanoat mulkiga to‘la.

O‘zinga so‘z ber: "Men Haqni tanlayman" va shuning ustida sobit va qoyim bo‘l!

Menda shubha yo‘q: g‘aroyibotlar ochiladi! Haqni izla, do‘st bo‘ladigan ahli haqni topasan! Shunda hech qaysi yolg‘onchi siymolar alday olmaydi. Gʻofillarga g‘aribdek ko‘ringan ammo asli oliyjanob insonlar uchraydi. Haq seni yakkalab qo‘ymaydi. Yakkalash va faqirlik bilan qo‘rqitishlariga ishonma.

Ammo, o‘sha gap, doim shu so‘zda tur. Nafsga ergashib shu va’dadan oyoqni uzishing bilan yana siymolar mast qilib, asllar soyada qoladi.
Uyg‘on.

- Jamshid Muslimov

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

​​Voliylardan biri Umar ibn Abdulazizdan viloyat markazini devor bilan o‘rash uchun katta mablag‘ so‘radi. Shunda xalifa unga: "Devorlar nima foyda berardi? Uni adolat bilan qo‘rg‘onlab, ko‘chalarini zulmdan tozala, shu yetadi", deya javob qildilar.

- "Uni poklagan najot topur" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

ENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIR

Ijtimoiy tarmoqlarda har zamonda hali u davlat, hali bu xalqning mahsulotlarini baykot qilishga chaqiriqlar yangrab turibdi. Bu chaqiriqlarda jon bor, bu nidolar vijdondan, ruhdan taralmoqda, uni qalblar ilg‘aydi.
Haqiqatan, inson  yeb-ichib, nasl qoldirib, qorni uchun kerak bo‘lsa, vahshiylik qiladigan hayvonot kabi faqat moddiy jismdan iborat emas, unda ruh bor va uning insoniyligi, o‘zligi aslida shu ruh. Binobarin, ruhi falaj bo‘lmagan, qalbi o‘lmagan odam moddiyatni insoniylikdan ustun qo‘ymaydi, u hatto vijdon amri uchun borini fido qilishi ham mumkin.
Inson insoniyatga qarshi jinoyat qilayotgan maxluqlarga hech qachon ko‘makchi bo‘la olmaydi, vijdon bunga yo‘l qo‘ymaydi. Agar kim bu xislatdan mosuvo bo‘lsa, u o‘zining insoniyligini bir tahlil qilib qo‘yishi kerak.
Biroq, bu moddiy dunyoda yashayotgan inson faqat ma’naviy borliq bo‘lgan ruhdan iborat emas, uning moddiy tanasining ham istaklari, talablari va ehtiyojlari bor. Odam ko‘pincha mana shu ikki borliq, ikki taraf o‘rtasida sarosimada qoladi va moddiy olamga ko‘proq bog‘langani uchun aksar holatda u shu tarafni tanlab qolishi bor. Ikki taraf manfaatini jamlash esa ilmu iroda talab qiladi. Bu esa kerakli chora va mehnatlarni o‘z vaqtida bajarishni taqozo etadi.
Bugungi kunda baykotni ko‘pchilik qalbida istasa ham, ruhi shunga undasa ham, vijdoni shunga chaqirsa ham, amalda qo‘llay olmayotgani rost. Ha, inson moddiyatga qattiq bog‘lanib qolsa, o‘ziga qarshi dushmanlik rejasini qilayotgan tarafni ham qo‘llab turaveradi, muhimi hozir qorni och qolmasa bas. Bu xuddi yem bergani uchun qassobga erkalanib boshini ishqalagan echkini eslatadi. Biroq, u bechora bunga majbur ham, hayot zarurati uni shunga olib kelgan. Inson bundan farqli ravishda aqlini ishlatib, o‘z kuchiga tayanishga, kelajagi uchun harakat qilishga o‘rganishi lozim. Buning uchun u hech yo‘q do‘st-dushmanni ajratishi va dushmaniga yukinmaslik choralarini ko‘rishi kerak, o‘z ehtiyojlarini o‘zi qondira olishi darkor. Bunga u ilm va mehnat bilan erishadi. Mana shunda u o‘z-o‘zidan boshqaga muhtojlikdan qutiladi. Buni Yaponiya, Xitoy kabi davlatlar misolida ko‘rish mumkin. Shuning uchun eng yaxshi baykot muqobil mahsulot tayyorlashdir.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish, buning uchun kerakli ilmlarni o‘zlashtirish, shart-sharoit yaratish, kadrlar tayyorlash, ularni asrash, shu maqsadga xizmat qiladigan qonun va tartiblar joriy etish, bunda har bir mutsaddi o‘z vazifasini ixlos bilan bajarishi ushbu maqsad yo‘lida qilinadigan asosiy ishlardir. Mayda sanoatdan tortib, og‘ir sanoatgacha salohiyat mavjud bo‘lishi lozim. O‘z kuchiga tayanmagan xalq hech qachon qaramlikdan qutila olmaydi.
Ungacha esa zaruratsiz xaridlarni cheklash, muqobili bor mahsulotlarda mahalliylari yoki do‘stona munosabatdagi mamlakatlarga tegishli bo‘lganlari bilan kifoyalanish vajdon va iymon amri ekanini unutmaslik kerak.
Baykotning moddiy foydasi ham katta. U muvaqqat emas, biroz kechiksa-da, davomiy manfaatlar keltiradi. Tarixda baykotni ilk ommaviy qo‘llagan amerikaliklar Angliya mahsulotlarini rad etish natijasida o‘zliklarini anglash, xalq bo‘lib jipslashishdan tashqari, iqtisodlarini ham yuksalitirishga muvaffaq bo‘lganlar. Biz ham qo‘rqmasdan izchil harakat qilsak, undan ham katta nitajalarga erishishimiz hech gap emas. Zero, biz Alloh taoloning barakotidan ham umidvormiz.

- Hasan Al-Muqriy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Faktlar

Turli tasodifiy faktlarni bilish aqlli qilib qo’yadigandek seni go'yo. Aslida bunday faktlarni bilish do’stlar davrasida maqtanishdan boshqa narsaga arzimaydi.

Hop, Jeff Bezos 130 mlrd $ bilan eng boy odam bo’libdi, qushlar uxlaganda ko’zini yummas ekan, dunyodagi eng katta ko’prik Xitoydamush. Bilding, qay darajada o’zgaradi endi sening hayoting?

Ilm olishdan maqsad bo’lishi kerak. Kasbini rivojlantirish, odamlarni yaxshiroq tushunish, o’zini kimligini anglash va hokazo. Ilm insonni o’ylantirib qo’yishi kerak.

Senga kerakli faktlarni ajratib olish yo’li oson. Agar o’rgangan ma’lumoting biror muammoni (sening yoki boshqa birovning) hal qilsa, demak bu foydali bilim. Agar aksi bo’lsa, bu vaqtni behuda sarflashning "хитрый" yo’li xolos (chunki sen bilim olyapman deb o’ylaysan, uning befoydaligi esa ikkinchi masala). Umrimiz o’zi qisqa. Iltimos, shu umringni Kristiano Ronalduni qancha oylik olishini bilishga sarflama.

(c)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

"Biz juda ko‘p kitob sotib olamiz"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

ERKAKLIGINGNI UNUTMA, ERKAK!

Feysbukda kap-katta yigitlarning men feministman degan gaplariga ko‘zim tushmoqda. Aslida, Xitoyda o‘qiygan bir baliqchi shunday degan edi avvalroq. Shu kunlarda esa yana ikkitasini ko‘rdim.
Yosh avlod yigitlarining miyasi teshik tog‘oraga aylandimi: bu qanday sharmandalik? Uyat emasmi?! Feminist degan so‘z yaqindan paydo bo‘lgan soxta atama-ku! Oilani buzish uchun o‘ylab topilgan fitnalardan biri. Ilohiy qonunlarga qarshi qo‘yilgan shayton dasturi. Chunki har qanday dinda oila er va xotindan tashkil topadi, samoviy dinlarning barchasida oila rahbari er kishi hisoblanadi, oilada erkak ustun bo‘lmasa, o‘sha oila barbod bo‘ladi yoki oila degandan shunchaki nom qoladi, xolos.

Haqiqiy er ayolining himoyachisidir. U jufti halolini har taraflama parvarishlaydi: ilm beradi, muhabbat ko‘rsatadi, kiyintiradi, yedirib-ichiradi, xizmatini qiladi. Ko‘ngliga qaraydi, ayoliga og‘irlik qiladigan muammolarga uni ro‘para qilmaydi, u ko‘tara olmaydigan ishlarni uning yelkasiga tashlamaydi. Bundan ortiq qanday baxt bor ayol uchun?

Feminizm esa ayollarga erk va’da qiladi. Bu erkning oqibatida ersizlik yotadi. Erdan voz kech va bilganingcha hayot kechir. Holbuki, ersiz ayol jamiyatda patsiz qo‘yib yuborilgan qushga o‘xshaydi, yirtqichlarga yem bo‘lib ketishi juda oson. Shuning uchun biz yaxshi va insofli erlarni tarbiyalaylik hamda ayollarimiz ersiz qolishlariga yo‘l qo‘ymaylik. Agar er ma’nan va jisman kuchli bo‘lsa, ayolining ma’naviy ehtiyojlari va savollariga hamisha javob bera oladi. Ammo zaif va sust erkaklar xotini oldida lallayib oila boshqaruvini unga topshirib qo‘yadi va orsizlik jariga qulaydi. Bunday oilada qizlar boshsiz, yigitlar lapashang va latta bo‘lib kattaradi.

Bugun feminizm va ayollar huquqi deya turli eshittirishlar qilayotgan “shoirayu oqilalar”ning barchasi aldanganlardir. Bechoralar falsafa yoki zamonaviy dajjol dunyosidan qandaydir tayanch axtarib sarson kezmoqdalar. Yolg‘on tarix ularning ongini to‘ldirgan, yasama “g‘oyalar” ularni muvozanatdan chiqarib, insoniyatning ming yillik qadriyatlarini yakson qilishga chaqirmoqda.

Bu sharoitda yigitlarimiz erkak bo‘lishlarini so‘rayman. Feministman deb ming‘irlama, Alpomish, Go‘ro‘g‘li, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bobur, Shayboniyxon, umuman, mumtoz va qudratli shaxsiyatlarning qaysi biri feminist edi? Ko‘zni kattaroq och! Bu qadar qumursqaga aylanma!

- Akrom MALIK

10.04.2023.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Maxsus loyiha: Kitob almashamiz

Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

"Asalarining ko‘zlari bilan qarang, pashshaning ko‘zlari bilan emas" yoxud taʼlimning asli

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Fransiyada tashkillashtirilgan bir konferensiyada Najib Fozilga Jazoirlik bir yigit fransuzcha gapirib savol beradi:
- "Usmonli imperialist emasmidi?"

Najib Fozil:
- "Bolam, agar Usmonli imperialist bo'lganda edi, sen hozir savolingni fransuzcha emas, turkchada bergan bo'lar eding".

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Ertaklar

Bolaligimizda duch kelgan o’qituvchi bizga yoki ertak aytib bergisi kelar, yoki o’qishga majburlardi. Maqol ham bor: “ertaklar yaxshilikka yetaklar”.

Lekin ertaklar yaxshilikka yetaklamaydi. O’zbek xalq ertaklarida katta o’gillar kenjani doimo chiqishtirishmaydi. O’gay ona esa har doim yovuz. Sehr jodu, folbinga borish - normal xolat. Boyib ketish uchun esa biror oq soqolli cholni uchratish, bir xum tilla topib olish, yoki podshohning qiziga uylanish kerak.

Bu ertaklarni eshitaverib biz – eng kichik farzandni ezadigan, o’gay onalardan yaxshilik kutmaydigan, folbinga ishonadigan, asta-sekin mehnat orqali emas, bittada omadimiz kelib boyib ketishni kutib o’tiradigan bo’lib qolmaganimizga shukr.

Farzandlaring yoki ukalaring bo’lsa ularga buyuk insonlar biografiyalarni gapirib ber. Bola real hayotni qancha avval tushunib yetsa shuncha yaxshi. Payg’ambarlar, sahobalar, olimlar hayotidan boshlasang ham bo’ladi, masalan-da. (c)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Yaxshidan_buyukka

"Buyuk bo‘lish nega kerak?"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

AVO platinum kredit kartasini ilovada oching!

✅ AVO platinum — foizsiz kredit karta.

AVO ilovasida kredit karta oching va 50 mln so'mgacha pul oling — 45 kungacha 0%! 💰

Install

#reklama
click.avo.uz

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#SOS
 
Masʼuliyatli kishilar aybdorlarni emas, muammoning yechimini qidiradilar.

- Jon G. Miller, «SOS! Savol ortidagi savol» kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Askanio"
Aleksandr Dyuma
⚙ Roman
⚖ 18.4 MB
📄 560 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Belgilar

Sizning madaniyatga erishganingizni profilingizda kitob bilan qahva suratini qo‘yganingizdan emas, istirohat bog‘ini qanday holatda tark qilganingizdan, suvdan bo‘shagan yelim idishlarni qayerga tashlaganingizdan, g‘ijimlangan qog‘ozni mashinadan uloqtirgan yoki uloqtirmaganingizdan bilinadi! (c)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Yaxshidan_buyukka

"Qo‘ysangchi, bu u qadar muhim emas"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

AVO platinum kredit kartasini ilovada oching!

✅ AVO platinum — foizsiz kredit karta.

AVO ilovasida kredit karta oching va 50 mln so'mgacha pul oling — 45 kungacha 0%! 💰

Install

#reklama
click.avo.uz

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Biznes yuritish uchun foydali tariflar

Hamkorbank bilan biznesingizni ortiqcha xarajatlarsiz yuriting! Abonent to'lovisiz bank hisobraqamini ochamiz — oylik to'lovlar haqida unuting!

✅ 1 kunda ochish
✅ qulay internet-banking
✅ tadbirkorlar uchun foydali tariflar

Hoziroq saytda ariza qoldiring va ertada foydali ishlashni boshlang! Bugunoq ulaning!

Ariza berish

#reklama
hamkorbank.uz

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Tarix

«Turkiston xususan hozirgi O‘zbekistonning tarixini bilish uchun arab, fors, aqalli chin tilini mukammal bilish zarur. Zotan, men bizni bosib olgan ko‘k ko‘zlarning Turkiston haqidagi soxta va yolg‘on ma’lumotlariga suyanib o‘zini olim deb yurgan olimlarni ko‘rib achindim. Shu sababli men maoshsiz  O‘zbekiston FAning Sharqshunoslik dargohiga maosh olmaslik shartini qo‘ydim va maslaxatchi bo‘lishga qaror qildim». 

- Alixonto‘ra Sog‘uniy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Yandex Plus

-Kinopoisk'da kino,serial va 50+ telekanallar
-Allpay onlayn kinoteatriga kirish
-Yandex Music xizmatida treklar va podkastlar
-Yandex Books xizmatida kitoblat va komikslar
-Yandex Go xizmatida taomlarni bepul yetkazish
-10% gacha Plus keshbek ballari

Taklif olish

#reklama 18+
mrqz.click

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

"Foydali narsani eshitsang, devorga bo‘lsa ham yozib qo‘y".

- Sha’biy rahmatullohi alayh

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Insonning idrok qilish bosqichlari:

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…
Subscribe to a channel