#Bilasizmi
Bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa olish tartibidan xabardormisiz?
#Bilasizmi
Yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz?
Talabgor ruxsatnoma olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.
🏢Vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.
🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 ish kuni.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
Davlat xizmatini ko‘rsatishda eng muhimi – professionallik.
📣Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisida “Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
🔹Mazkur Qonunga asosan pensiya olish yoshiga to‘lgan (erkaklar 60 yosh, ayollar 55 yosh) fuqarolarga yoshga doir pensiyani ularning alohida murojaatini talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi belgilanmoqda.
🔹Mazkur tartib amaliyotga tatbiq etilishi natijasida fuqarolardan pensiya tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasi yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish talab etilmaydi.
🔹Pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga pensiya tayinlash haqida qaror qabul qilinganida ularning telefon raqamlariga pensiya tayinlanganligi va uning miqdori to‘g‘risida sms xabar yuboriladi.
🔹Ushbu Qonunning qabul qilinishi pensiya taʼminoti bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini oshirishga hamda ortiqcha byurokratik to‘siqlar bartaraf etilishiga xizmat qiladi.
✅Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
📣Unitar korxona (davlat unitar korxonasi) va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat rahbarlari diqqatiga!
👇🏻Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi "Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" PQ-415 son qaroriga asosan:
🔹unitar korxona (davlat unitar korxonasi) yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklida yuridik shaxs tashkil etishga yoʻl qoʻyilmasligi;
🔹faoliyat yuritayotgan unitar korxona va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklidagi yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shaklini boshqa turdagi tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgartirilishi belgilangan.
❗️Shu munosabat bilan, unitar korxonani yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatning tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish choralarini koʻrishingiz soʻraladi.
❗️Turagentlik faoliyati uchun litsenziya bekor qilinadi.
📣Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi qabul qilindi.
❌Ushbu Qonun bilan 13 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinmoqda.
✅3 turdagi litsenziya xabarnoma shakliga o‘tkazilmoqda.
✅Jumladan, endilikda Turagentlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish tartibi bekor qilinib, uning o‘rniga Turagentlik faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma yuborish tartibi joriy etiladi.
🔹Qonun loyihasining qabul qilinishi litsenziya va ruxsat berish sohasidagi byurokratik holatlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
☝🏻Mazkur Qonun loyihasi Senat tomonidan maʼqullanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy manbalarda eʼlon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#Bir_murojaat_izidan
📹"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida Qiziltepa tumanida amalga oshirilgan ishlar tafsiloti
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
🚗💥 Transport ishlab chiqaruvchilari uchun yangi xizmat!
Siz ham oʻzingiz sevgan kitobni ulashing. Balki, u kimningdir hayotida yangi sahifalarni ochar.
Siz ham oʻqing, oʻrgating, ulashing!
Telegram | Facebook | Bot
✅ Хabar berganimizdek, madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat olish xizmati ishga tushdi!
📲 Endilikda ushbu xizmatdan “Litsenziya” axborot tizimi orqali foydalanishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Bot
Davlat xizmatlari markazlarining asosiy tamoyillaridan biri:
Mamnuniyat va sharaf bilan insonlarga yordam berish.
#Adliya_xabari
Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani davlat xizmatlari markazining Qorasuv filiali yangi binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Ochilish marosimida, O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Tashkulov va Qo'rg'ontepa tuman hokimi ishtirok etdilar.
Adliya vaziri mazkur marosimda nutq soʻzlab, yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar fuqarolarimizning huquqlarini taʼminlashga, ularga tez, oson va qulay davlat xizmatlarini koʻrsatishga, vaqtlarini tejashga xizmat qilishini taʼkidlab oʻtdi.
Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida M.Normatovning tug'ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi muddati o'tkazilib qayd etilgan holda fuqaroga shaxsan vazir tomonidan tug'ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.
Telegram | Facebook | Bot
✨ Kompozit xizmatlar doirasi kengaymoqda!
#International_Legal_Forum
The Age of Digital Technologies: A Legal Perspective on the Future
#bilasizmi
🚘 Avtotransport vositasi uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish tartibini bilasizmi?
‼️ Eslatma: reklamani joylashtirishga bo‘lgan huquq uchun miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan belgilanadigan yig'imni to'lash lozim.
Davlat xizmatlarining asosiy tamoyillaridan biri – ochiqlik va qulaylik. Shu bois Davlat xizmatlari markazlari zamonaviy arxitektura talablariga mos ravishda tashkil etilib, fuqarolar uchun eng qulay sharoitlar yaratilgan.
Har bir fuqaro o‘ziga kerakli davlat xizmatlarini olish uchun ushbu markazlarga bemalol tashrif buyurishi va tezkor hamda sifatli xizmatlardan foydalanishi mumkin. ✅
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#Bilasizmi
Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash faoliyatiga ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz?
Talabgor ruxsatnoma olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.
🏢Vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Yer qa’ridan foydalanish markazi.
💰Arizani ko‘rib chiqish uchun BHMning 10 baravari miqdorida yig‘im
undiriladi
🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 8 ish kuni.
⏳Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: 5 yil.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
❗️ “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga“ aksiyasi start olmoqda!
✅ Adliya vazirligi tomonidan may oyi davomida “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga“ aksiyasi o‘tkaziladi.
⏳ Aksiya 2025 yil may oyida bo‘lib o‘tadi.
🔰 Aksiya doirasida:
📖 uyma-uy bepul huquqiy yordam ko‘rsatiladi;
👥 sayyor qabullar tashkil etiladi;
❗️ sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatiladi;
👉 "Huquqiy viktorina" o‘tkaziladi;
🎧 audiopodkastlar tayyorlanadi.
🟰 Bu imkoniyatdan foydalaning va o‘z huquqiy bilimlaringizni boyiting!
📢 Aziz fuqarolar! Sizni ushbu aksiyada faol ishtirok etishga, huquqiy savodxonligingizni oshirish imkoniyatidan unumli foydalanishga chorlaymiz!
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
📣“Oson xizmat”
📹Davlat xizmatlari markazlarida aholiga yaratib berilgan imkoniyatlar, xizmat koʻrsatish sifati, qulayliklar haqida videorolik
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#Adliya_hudud
Navbahorlik yosh nikohlanuvchilar “Farovon oila” markazida o'qiydilar
🔹Navbahor tumani FHDY bo‘limida tashkil etrilgan “Farovon oila” markazida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, Adliya vaziri o‘rinbosari Nuʼmon Muxammadiyevlar tadbir jarayonida FHDY xodimlari va hamkor tashkilot vakillari tomonidan oila qurish arafasidagi maxsus kurslarda o'qitilgan yoshlarga sertifikatlar topshirdilar.
👆Batafsil videoda
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#qulaylik
🕌 Nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy ro'yxatlariga kiritish yoki chiqarish bilan bog'liq xizmatlardan foydalanish yanada oson!
Nomoddiy madaniy meros namunalari - tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o'zgacha madaniy qimmatga ega bo'lgan, urf-odatlar, xalq ijodiyoti, badiiy hunarmandchilik va amaliy san'at bilan bog'liq bilimlar, artefaktlar va madaniy makonlar.
#Bilasizmi
Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash faoliyatiga ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz?
Talabgor ruxsatnoma olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.
🏢Vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Yer qa’ridan foydalanish markazi.
💰Arizani ko‘rib chiqish uchun BHMning 10 baravari miqdorida yig‘im
undiriladi
🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 8 ish kuni.
⏳Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: 5 yil.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot |
Bugun Shayxontohur tumani Davlat xizmatlari marakazida “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yana-da takomillashtirish” loyihasiga rasman start berildi.
Tadbirda, Adliya vaziri A.Tashkulov, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorlik bo‘limi rahbari janob Vim Riyempa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fuji xonim, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, milliy hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Shu o‘rinda, Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi bilan birgalikda amalga oshirilgan 2019-2024-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasining birinchi fazasi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Taʼkidlash joizki, o‘tgan 5 yil davomida loyiha doirasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, FHDYning dalolatnoma yozuvlari raqamlashtirildi, xizmatlarni real vaqt rejimida monitoring qilish bo‘yicha Situatsion markaz ishga tushirildi, pilot hududlarda xodimlarning salohiyatini oshirish bo‘yicha bir qancha treninglar o‘tkazildi.
Ayniqsa davlat xizmatlari markazlarida inklyuziv muhit yaratilganligi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda teng imkoniyatlarni taʼminlashda, ularga qulaylik yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Jumladan, Nukus shahrida tashkil qilingan Davlat xizmatlari markazi bugungi kunga kelib 50 mingdan ortiq aholiga sifatli va qulay xizmatlar ko‘rsatmoqda.
#Xalqaro_yuridik_forum
Toshkent yana “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumiga mezbonlik qiladi.
2025-yil 29-30-may
Asosiy mavzu – “Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar”
Hurmatli kanalimiz obunachilari
Kanalimizda Sizga kerakli huquqiy ma’lumotlarni Siz istagan vaqtda va shaklda yetkazish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
Mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etishga chaqiramiz.
📌 Kanalga ulanish
✅Jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan va yuridik shaxslar pochta manzilidan (joylashgan yeridan) qat’i nazar, davlat xizmatlarini eksterritorial tamoyil bo‘yicha olishga haqli.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qarori.
Telegram | Facebook | Bot
#Adliya_xabari
Anqara shahrida fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish sohasini takomillashtirishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazilmoqda.
Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Moldova va Turkiya davlatlari Adliya vazirliklarining mas’ul vakillari ishtirok etib, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan imkoniyatlar muhokama qilinmoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakilining taqdimoti o'tkazilib, sohadagi raqamlashtirish hamda fuqarolarga yaratilgan qulayliklar borasida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xorijiy tomon vakillari tanishtirildi.
Sohani yanada takomillashtirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish maqsadida 10 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan Adliya vazirliklari va FHDY organlari vakillari o‘zaro ish tajribalarini almashishmoqda.
Telegram | Facebook | Bot
#Adliya_davlat_xizmatlari
📚Biometrik pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish tartibidan xabardormisiz?
Batafsil videorolikda....
📌 Kanalga ulanish
#Yangi_xizmat
📌 Talabgorlarni arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati joriy etiladi.
#Ziyo_ulash
Kitob javonda emas, qalblarda yashashi kerak!
“Ziyo ulash” aksiyasi — bu shunchaki kitob alishish emas, bu bilim, ilhom va ziyo ulashish demakdir!
📍Davlat xizmatlari markaziga keling.
📖 Kitob tanlang va oʻqing.
📎Oʻqib boʻlgach, qaytaring yoki oʻrniga boshqasini qoldiring.
Qisqa vaqtda ushbu tashabbus orqali koʻngillilar tomonidan 23 mingdan ortiq kitob yigʻildi va ularning 14 ming donasi yangi egalarini topdi.
💡 Kitob — inson hayotini oʻzgartirishi mumkin! Siz ham bilim ulashing, “bukkrossing”ga marhamat!
Telegram | Facebook | Bot