#Bilasizmi
❓Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy davlat hujjatlari (shahodatnoma, sertifikat) dublikatini olish tartibidan xabardormisiz?
Quyidagi hollarda dublikat beriladi:
🔹shahodatnoma (sertifikat) yo‘qotilganda;
🔹shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgartirilganda;
🔹shahodatnoma (sertifikat) yaroqsiz holga kelgan, buzilgan hollarda.
✅Davlat xizmatidan foydalanish uchun ariza beruvchi yoki uning ishonchli vakili Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.
🏛Vakolatli organ: Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari.
💰Xizmat bepul ko‘rsatiladi.
⏰Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 5 ish kuni.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori.
Telegram | Facebook | Bot
#Xalqaro_yuridik_forum.
2025-yil 29-30-may
Toshkent yana “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumiga mezbonlik qiladi.
❗️Asosiy mavzu – “Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar”
🔰Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish
‼️Unutmang, yangi familiya, ism yoki ota ismi yangi hujjatlar demakdir.
📈 Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar bo'yicha o'rtacha bahosi eng yuqori bo'lgan hududlar:
1. Farg'ona viloyati – 99,24 %
2. Xorazm viloyati – 99,22 %
3. Buxoro va Samarqand viloyatlari – 99,19 %
4. Andijon viloyati – 99,17 %
🔼Ko‘rsatilgan xizmatlar o'rtacha bahosi eng yuqori bo'lgan davlat xizmatlari markazlari:
1. Chust, Yakkasaroy, Bo'ka tumanlari va Ohangaron shahri – 99,44 %
2. Bulung'ur, Izboskan, Nukus tumanlari – 99,42 %
3. Bog'ot, Termiz va Buxoro tumanlari - 99,41 %
📉 Ko‘rsatilgan xizmatlar bo'yicha o'rtacha bahosi quyi bo'lgan hududlar:
1. Qashqadaryo viloyati – 94,71 %
2. Toshkent shahar – 98,11 %
🔽Ko‘rsatilgan xizmatlar bo'yicha o'rtacha bahosi quyi bo'lgan davlat xizmatlari markazlari:
1. Quva tumani - 85,86 %
2. Yuqorichirchiq tumani - 88,10 %
3. Mirobod tumani - 89,72 %
Telegram | Facebook | Bot
#Yuridik_lokatsiya
Yuridik lokatsiya bu gal Davlat xizmatlari markazida.
Videoni koʻrish 👉 https://www.youtube.com/watch?v=ezw9z3hB_Rw
Telegram | Facebook | Bot
#Adliya_xabari
❗️Tadbirkorlar diqqatiga!!!
#bilasizmi
📢 Qonunchilikka muvofiq 2025-yil 15-apreldan 2026-yil yakuniga qadar eksperiment tariqasida Toshkent shahrida haydovchidan tashqari 4 dan ortiq va 8 tadan ko'p bo'lmagan o'rindiqlarga va yuqori qulayliklarga ega avtotransport vositalarida o'zini o'zi band qilgan shaxslar yo'nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
🌟 Bir markaz, bir nuqtada biz sizga xizmat ko'rsatamiz!
#Bilasizmi
Nodavlat arxivlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma yuborish tartibidan xabardormisiz?
Xabardor qiluvchilar faoliyatni amalga oshirishni boshlashi uchun vakolatli organga “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali xabarnoma yuboradi.
🏢 Xabarnomani qabul qiluvchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi.
💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 50 foizi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.
Telegram | Facebook | Bot
#Ziyo_ulash
Kitob javonda emas, qalblarda yashashi kerak!
“Ziyo ulash” aksiyasi — bu shunchaki kitob alishish emas, bu bilim, ilhom va ziyo ulashish demakdir!
📍Davlat xizmatlari markaziga keling.
📖 Kitob tanlang va oʻqing.
Telegram | Facebook | Bot
#tez_kunda
📢 Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari hisobga qo'yiladi.
Munisipial, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylarida joylashgan xizmat uylarini foydalanishga berish tartibi
📌 Kanalga ulanish
Adliya vazirligining ishchi guruhi Toshkent viloyati hamda Toshkent shahridagi tumanlarda bo'lib FHDY bo'limlari faoliyati bilan tanishdi.
Adliya vazirligi mas'ul boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruhi tomonidan FHDY bo'limlarida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, xodimlarga xizmat ko'rsatish jarayonida joriy qilingan qulayliklar, bo'limda mavjud arxivlar, ularda hujjatlarni saqlash holati hamda sohada mavjud boshqa muammo va kamchiliklar o'rganildi.
Bunda FHDY bo'limlari tomonidan fuqarolarga ko'rsatiladigan har bir xizmat bosqichma-bosqich kuzatilib, jarayonlarni soddalashtirish hamda raqamlashtirish yuzasidan xodimlarning taklif va mulohazalari eshitildi.
Shunigdek, vazirlik xodimlari tomonidan fuqarolarni uzoq muddatdan buyon qiynab kelayotgan muammolar o'rganilib, joyida hal qilish choralari ko'rildi. Kelgusida FHDY bo'limlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlardan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratish bo'yicha fuqarolarning takliflari tinglandi.
Yakunda bugungi kunda sohada amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bilan fikr almashilib, sifatli va tezkor xizmat ko'rsatishni yanada takomillashtirish bo'yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
📌 Kanalga ulanish 🌐 Telegram 🔹Facebook 🔸Bot
🆕 “Adliya-QR” axborot tizimi: fuqarolar uchun yangi qulayliklar!
2025-yildan boshlab Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar uchun “Adliya-QR” axborot tizimi joriy etildi. Ushbu tizim orqali fuqarolar:
🔹 Face-ID orqali ariza ma’lumotlarini tasdiqlash;
🔹 Arizaga tegishli to‘lovlarni amalga oshirish;
🔹 Arizada kiritilgan ma’lumotlar bilan tanishish;
🔹 Xizmat sifatini baholash;
🔹 Ariza natijalarini yuklab olish;
🔹 Zarur ma’lumotlarni markaz xodimi bilan almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
✅ Bu yangilik quyidagi qulayliklarni yaratadi:
- Fuqarolar vaqtini tejaydi;
- Navbatlar sezilarli darajada kamayadi;
- Xizmat sifati oshadi;
- Ortiqcha xarajatlar qisqaradi.
Davlat xizmatlarini yanada qulay va sifatli qilish yo‘lida ishlashda davom etamiz!
📌 Kanalga ulanish 🌐 Telegram 🔹Facebook 🔸Bot
#muddatlar
🪪 O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi qancha muddatga beriladi?
✅ Bola tug‘ilgandan boshlab 16 yoshga to‘lguniga qadar ID-karta ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra beriladi.
📢 DIQQAT! MUHIM E’LON
📌 21-23 mart kunlari Soliq qo‘mitasi va Kadastr agentligining axborot tizimlarida profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan ayrim davlat xizmatlaridan foydalanishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
⚠️ Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
📌 Kanalga ulanish
Tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatdan o'tkazishda qonunchilikka muvofiq nom tanlashda muammo yo'q.
"Ishonch" nashrida Davlat xizmatlari markazlarida tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatdan o'tkazishda O', Q, G', H harflari qatnashgan nomlarni tanlash imkoni yo'qligi haqida maqola e'lon qilingan.
Adliya vazirligi ushbu maqola yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi.
“Firma nomlari to‘g‘risida” gi Qonunga muvofiq firma nomida adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshash bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi belgilangan.
Davlat xizmatlari markazlarida mazkur qonun va boshqa qonunchilik talablarini buzmagan holda xizmat ko'rsatib kelinmoqda va O', Q, G', H harflari qatnashgan nomlarni tanlashda muammo yo'q.
Misol tariqasida joriy yilning aprel oyining o'zida “MO‘JIZA MED SENTR”, “BOG‘OT MEBEL N-1” va “XO‘JAQO‘RG‘ON YAYLOVI” nomi bilan ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarni keltirishimiz mumkin.
#Adliya_xabari
❗️Hurmatli fuqarolar!
2025-yil 10-aprel kuni soat 08:00 dan 18:00 ga qadar Marg'ilon shahridagi ayrim mahallalarda elektr ta’minotidagi nosozliklar tufayli ta'minot vaqtincha o‘chirilganligi ma'lum bo'ldi.
Shu sababli Marg'ilon shahar Davlat xizmatlari markazi hamda shahar FHDY bo'limida ham elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirilgan.
Fuqarolardan yaqin hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlarini yoki my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda davlat xizmatlaridan foydalanishlarini so‘raymiz.
Noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz!
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Bizni kuzatib boring:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook 📱fargonaadliyaboshqarmasi?si=cEGyuGaf9W8tsD26">Youtube
#Bilasizmi
💰Quyidagi shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi:
✅“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga;
✅I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga.
❗️Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlarda ushbu chegirma qo'llanilmaydi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni
Telegram | Facebook | Bot
💼 O'z-o'zini band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tish tartibini bilasizmi?
‼️Mehnat staji hisoblanishi uchun yiliga BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to'lash lozim.
#infografika
"Litsensizya" axborot tizimi haqida yuqoridagi infografikada batafsil tanishishingiz mumkin
Telegram | Facebook | Bot
🔹 Hurmatli fuqarolar! 🔹
📢 2025-yil 3-aprel kuni soat 09:00 dan 16:00 gacha Nurafshon shahrida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirilishi rejalashtirilgan. Shu sababli Nurafshon shahar Davlat xizmatlari markazida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi!
✅ Fuqarolardan yaqin hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlarini yoki my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda davlat xizmatlaridan foydalanishlarini so‘raymiz.
⚡️ Noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz!
📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇
✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#Bilasizmi
📃Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma
🔹Litsenziya nomi:
Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma
👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxslar
🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi.
💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida
💰Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:
bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari.
📆 Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
10 kun.
📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
3 yil
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 86-son qarori
Telegram | Facebook | Bot
#Bilasizmi
Firma nomlarini band qilish uchun buyurtma berish tartibidan xabardormisiz?
Jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etadi yoki Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimidagi shaxsiy kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
🏢 Vakolatli organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.
💰Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori: BHMning 50 foizi miqdorida.
🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 2 ish kuni.
Ariza beruvchi tanlagan firma nomi Tizimda 60 kun davomida zaxiraga olinadi va ushbu muddat tugagandan so‘ng firma nomining zaxirasi avtomatik tarzda bekor qilinadi.
#Bilasizmi
🚜Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari ro‘yxatda turganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish tartibidan xabardormisiz?
👫Davlat xizmatidan foydalanish uchun jismoniy va yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar.
🏛Vakolatli organ: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi.
💰Xizmat uchun undiriladigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi.
⏰Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: real vaqt rejimida.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori.
Telegram | Facebook | Bot
#Bilasizmi
📄Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv ma’lumotnomalarini berish tartibidan xabardormisiz?
👫Davlat xizmatidan foydalanish uchun Jismoniy shaxslar Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar.
🏛Vakolatli organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar.
💰Xizmat uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
🔹notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikatini berish uchun — BHMning 5 foizi miqdorida;
🔹notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reyestr kitobidan ko‘chirma berish uchun — BHMning 5 foizi miqdorida;
🔹arxiv hujjatlaridan nusxalar berish uchun — BHMning 2 foizi miqdorida;
🔹arxiv ma’lumotnomalari berish uchun — BHMning 1 foizi miqdorida.
⏰Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 1-5 ish kuni.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori.
Telegram | Facebook | Bot
#Bilasizmi
Xo‘jalik jamiyatining to‘lovga qobiliyatsizligi (bankrotligi) to‘g‘risida ma’lumotnoma olish mumkinligidan xabardormisiz?
👫Davlat xizmatidan foydalanish uchun Jismoniy va yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar.
🏛Vakolatli organ: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.
💰Xizmat bepul ko‘rsatiladi.
⏰Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: real vaqt rejimida
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori.
📌 Kanalga ulanish Telegram | Facebook | Bot
#Bilasizmi
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida amalga oshiriladigan ishlarning loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha xulosa berish
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi.
👫Xulosa olishni so‘rab murojaat qiladigan shaxslar toifasi: Jismoniy va yuridik shaxslar.
🏢Xulosani berishga vakolatli organ(lar): Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi.
💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 1 baravari.
Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
▫️moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarni loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazish uchun — loyiha-smeta hujjatidagi miqdorning 1 foizi;
▫️moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xo‘jalik ishlarini o‘tkazishga oid loyihalarni ko‘rib chiqish uchun — respublika toifasidagi obyektlar uchun — BHMning 10 baravari; mahalliy toifadagi obyektlar uchun — BHMning 5 baravari;
▫️alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda bino va inshootlarni qurish yoki ularni buzish bo‘yicha loyihalarni ko‘rib chiqish uchun — yuridik shaxslar uchun — BHMning 20 baravari; jismoniy shaxslar uchun — BHMning 1 baravari.
🗓Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati: 30 ish kuni.
⏳Xulosaning amal qilish muddati: Cheklanmagan.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori.
📌 Kanalga ulanish 🌐 Telegram 🔹Facebook 🔸Bot
#Bilasizmi
🕋“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati uchun litsenziya olish tartibini bilasizmi?
👫Ariza beruvchilar toifasi: yuridik shaxslar.
🏢Litsenziyalovchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi
💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.
💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari.
⏰Arizani ko‘rib chiqish muddati: hujjatlar qabul qilish yakunlangan kundan boshlab 30 kun davomida.
⏳Litsenziyaning amal qilish muddati: cheklanmagan.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktabrdagi 668-son qarori. |
📌 Kanalga ulanish 🌐 Telegram 🔹Facebook 🔸Bot
Elektr, gaz va suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish vakolatli organlar tashabbusi asosida (proaktiv shaklda) amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-dekabrdagi 847-son qarori bilan Hukumatning 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qaroriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va issiq suvni hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish davlat xizmati proaktiv shaklda ko‘rsatilishi belgilandi.
Endilikda aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektr, gaz, suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish uchun murojaat qilish talabi bekor qilindi hamda hisoblagichlarni davriy qiyoslashdan o‘tkazish muddati kelgan hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish ta'minotchi korxonalar zimmasiga yuklandi.
Ma'lumot uchun: proaktiv davlat xizmati – jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarisiz, vakolatli organlar tashabbusi bilan ko'rsatiladigan xizmatlar.
Adliya vazirligi tomonidan mazkur davlat xizmatlarini ko'rsatuvchi vakolatli organlarning mas'ul xodimlariga davra suhbati o‘tkazilib, unda proaktiv shaklda davlat xizmati koʻrsatish tartibi va muddatlari hamda ushbu davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
📌 Kanalga ulanish
#Bilasizmi
🏬Bo‘sh turgan davlat obyektlari to‘g‘risida ma’lumotnoma olish mumkinligidan xabardormisiz?
👫Davlat xizmatidan foydalanish uchun Jismoniy va yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar.
🏛Vakolatli organ: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi.
💰Xizmat bepul ko‘rsatiladi.
⏰Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: real vaqt rejimida
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori.
📌 Kanalga ulanish