#Bilasizmi #Alkagol #Mahsulot #Ulgurji
📃Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi faoliyatini litsenziyalash
🔹Litsenziya nomi:
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyat uchun litsenziya
👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxslar
🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Аlkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspektsiyasi
🗂Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, STIR, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosini amalga oshirishga ombor binolarning yuridik manzillari, litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
b) alkogol mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatish uchun mo‘ljallangan binoga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat yoki ijara shartnomasining nusxasi;
v) shakllantirilgan ustav fondi miqdori to‘g‘risida dalolat beruvchi hujjat nusxasi.
💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari.
💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
Litsenziya berganlik uchun Bazaviy hisoblash miqdorining 200 barobari miqdorida yillik litsenziya to‘lovi undiriladi.
Yillik litsenziya to‘lovidan tushadigan mablag‘lar Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasiga kirim qilinadi.
📆 Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
5 kun
📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 80-son qarori
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Adliya_xabari
Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev Namangan shahar adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.
Namangan shahar adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazlari hamda yuridik xizmat koʻrsatish markaziga borib, jismoniy va yuridik shaxslarni davlat xizmatlaridan tez va sifatli foydalanishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni ko’zdan kechirdi.
Shu yerda Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman (shahar) adliya bo’limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” farmoni ijrosini yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarning taqdimoti bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, Namangan shahridagi davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, ko’rsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish burchaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Shu bilan birga, Namangan shahar davlat xizmatlari markazi binosidagi barcha qulayliklarga ega boʻlgan navbatsiz xizmat maskanidagi sharoitlar bilan tanishildi.
Shu kuni Namangan shahar FHDY bo’limi xodimlari bilan ham suhbat olib borildi. Suhbat davomida, aholiga xizmat ko’rsatishda tezkorlik va aniqlikka alohida e’tibor qaratish lozimligi tushuntirildi.
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Bilasizmi #Turizm #Turoperatorlik
📃Turizm faoliyatini litsenziyalash (Turoperatorlik faoliyati)
🔹Litsenziya nomi:
Turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya
👫Ariza beruvchilar toifasi:
Jismoniy va yuridik shaxslar
🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
Turizm qo'mitasi
🗂Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Turoperatorlik faoliyatini amalga oshirish uchun:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri, faoliyatni amalga oshirish joyining manzili, STIR, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, ariza to‘ldirish sababi;
b) talabgorning kamida ikki chet tilidagi, bron qilish xizmatlarini ko‘rsatadigan veb-saytga ega bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
v) yuridik shaxs shtatida “turizm” yo‘nalishi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar, professional ma’lumotga yoki malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning bo‘lishi, “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish uchun qo‘shimcha ravishda diniy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim muassasasi yoki O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik”, “Islomshunoslik”, “Islom tarixi va manbashunosligi”, “Ziyorat turizmi” va “Islom huquqi” ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchisi bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
g) turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashni tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari;
d) rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan yili, pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) ma’lumotlari, uy manzili, ma’lumoti, aloqa telefonlari ko‘rsatilgan ma’lumotlar;
e) litsenziyalovchi organ “chiqish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlariga 15 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi, basharti “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid turizm xizmatlarini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan taqdirda, litsenziya talabgori 100ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilinganligi haqidagi ma’lumotni o‘zi mustaqil tarzda oladi.
💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari.
💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
“Ichki turizm” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyati uchun Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari;
“chiqish turizmi” yoki “kirish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyati yoxud bittadan ortiq yo‘nalish turi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari.
📆 Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
5 kun, basharti ariza “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid bo‘lsa, 10 kun.
📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 80-son qarori
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Bilasizmi #Konsert #Tomosha
📃Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash
🔹Litsenziya nomi:
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya
👫Ariza beruvchilar toifasi:
Ijrochilar — jismoniy shaxslar va ijodiy jamoalar — yuridik shaxslar
🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
Madaniyat vazirligi huzuridagi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi
🗂Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
➖yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, bank nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), STIR, yuridik shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning qismi), ijodiy jamoa a’zolarida imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar mavjud bo‘lsa (nogironligi bo‘lgan shaxslar, ta’lim muassasalarida o‘qiydiganlar, pensionerlar) imtiyozi to‘g‘risidagi ma’lumot, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), arizani taqdim etish joyi.
b) ijrochilarda musiqa ma’lumoti mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning (guvohnomalar, attestatlar, diplomlar) elektron nusxalari — ular mavjud bo‘lganda;
v) davlat mukofotlari, mukofotlar, sovrinlar va shu kabilar olganligini tasdiqlovchi hujjatlar elektron nusxalari — ular mavjud bo‘lganda;
g) litsenziya talabgori tomonidan tuzilgan ijrochilarning repertuari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
d) litsenziya talabgorining malakasi to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlar (asarning matni, mualliflarining ismi-sharifi asarlarning nomi, mahalliy, respublika, xalqaro festivallar ishtirokchisi, respublika ko‘rik-tanlovlar ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat kabilar) — mavjud bo‘lganda;
e) faqat birinchi marta ariza topshiruvchi xonanda uchun kamida 1 ta qo‘shiq va uning matni (agarda mavjud bo‘lsa asarga olingan videoklip) Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhiga (keyingi o‘rinlarda — Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi) shaxsan topshiradi yoki jonli ijroda yozib olingan ijrosi Internet jahon axborot tarmog‘iga yuklangan havolasini taqdim etadi.
💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari.
💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
I reyting guruhi ijrochilari — Bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari;
II reyting guruhi ijrochilari — Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari;
III reyting guruhi ijrochilari — Bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.
📆 Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
15 kun
📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 80-son qarori
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Bilasizmi #Madaniy #Meros
📃Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash
🔹Litsenziya nomi:
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya
👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxs
🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi
🗂Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
➖yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR, xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), yuridik shaxsning mutaxassislari haqidagi ma’lumotlar (F.I.O, lavozimi, mutaxassisligi, mutaxassisligi bo‘yicha ish staji).
b) yuridik shaxsda ishlaydigan mutaxassislarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumot bo‘yicha diplom nusxasi;
v) yuzasi 10 m.kv dan kam bo‘lmagan qurilish havozasi va g‘isht kesish, silliqlash, metall kesish, yog‘ochga ishlov berish asbob-uskunalarning nomi, markasi va soni haqida ma’lumotnoma.
Litsenziyalovchi organ quyidagi hujjatlarni mustaqil tarzda o‘zi oladi:
➖“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi ma’lumot;
➖litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan restavrator-ustaning malaka sertifikati.
💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari.
💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
I toifadagi litsenziya uchun Bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari;
II toifadagi litsenziya uchun Bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari.
📆 Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
7 ish kuni
📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 80-son qarori
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Adliya_tashabbus
Bolalarni bog‘chaga joylashtirish yana-da soddalashdi
Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi soddalashtirilganligi, byurokratik to‘siqlar qisqartirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2024 yil 3 iyuldagi qaroriga asosan quyidagi yangiliklar joriy etilmoqda:
1. Elektron raqamli imzo kalitini berishda jismoniy shaxslar biometrik (Face-ID) identifikatsiya qilinadi va elektron raqamli imzo kaliti avtomatik tarzda rasmiylashtirib beriladi;
2. Qurilishi tugallanmagan obyektga birlamchi kadastr pasportini shakllantirishda vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlariga uning nomidan murojaat qilish tartiblari belgilandi;
3. Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yo‘llanmalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga axborot tizimi orqali yuborish tartibi joriy etildi.
Bunda, yo‘llanma rasmiylashtirilganda fuqarolarga tasdiq kodga ega xabarnoma yuborish va shu tasdiq kod asosida bola maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilinadi.
Fuqarolarga yo‘llanma olish uchun berilgan so‘rovnomadagi telefon raqamini istalgan vaqtda o‘zgartirish imkoniyati yaratildi.
Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish davlat tashkilotlarining aybi bilan kechikkanda yo‘llanma o‘z kuchida qoladi.
4. Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish muddati avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati bilan muvofiqlashtirildi va avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish muddati 10 kun etib belgilandi.
5. Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun ruxsatnoma berishda arizani ko‘rib chiqish muddati 8 ish kunidan 2 ish kuniga kamaytirildi.
6. Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirishda mulkdorning Majburiy ijro byurosi bazasida qarzdorligini tekshirish axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda amalga oshirilishi belgilandi.
7. Fuqarolarga Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyatiga litsenziya olish jarayonida o‘zini o‘zi band qilgan shaxsni davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatidan kompozit usulda foydalanish imkoniyati yaratildi.
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Bilasizmi #Aktuariy #Malaka #Sertifikat
📃Aktuariy malaka sertifikatini berish
🔹Malaka sertifikatining nomi:
Aktuariy malaka sertifikati
👫So‘rovnoma beruvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs
🏢Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar):
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
🗂Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
a) So‘rovnoma;
so‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
➖familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
➖jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);
➖elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
➖davlat xizmatidan foydalanish sababi (malaka sertifikatini olish, malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish, malaka sertifikati muddatini uzaytirish).
b) quyidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi:
➖pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa ma’lumotlari;
➖da’vogarning belgilangan shakldagi fotosurati;
➖iqtisodiyot yoki matematika oliy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom, ilmiy daraja olganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi yoxud oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja haqidagi xorijiy hujjatni tan olish to‘g‘risida vakolatli davlat organining guvohnomasi nusxasi (olish imkoni mavjud bo‘lmagan holatlar bundan mustasno);
➖ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlar (olish imkoni mavjud bo‘lmagan holatlar bundan mustasno);
➖jismoniy shaxslarning familiyasi va (yoki) ismi o‘zgartirilgan bo‘lsa, bu to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
💰Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari.
📆 So‘rovnomalarni ko‘rib chiqish muddati:
10 ish kuni
📆Malaka sertifikatining amal qilish muddati:
5 yil
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.11.2023 yildagi 635-son qarori
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Bilasizmi #Qimmatli #Attestatsiya
📃Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish
🔹Malaka sertifikatining nomi:
Qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka sertifikati
👫So‘rovnoma beruvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs
🏢Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar):
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
🗂Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
a) So‘rovnoma;
so‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
➖familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
➖jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);
➖elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
➖chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — ularning yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi va shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjati (pasport, identifikatsiyalovchi ID-karta yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati) ma’lumotlari.
Attestatsiyadan o‘tmasdan va belgilangan yig‘imni to‘lamasdan, II toifali malaka sertifikatini oladigan shaxslar quyidagilarni ko‘rsatadi:
➖CFA Institute (Chartered Financial Analyst) xalqaro tashkiloti tomonidan berilgan moliyaviy tahlil va investitsiyalar sohasidagi xalqaro sertifikatning kamida birinchi darajasiga yoki ACI (The Financial Markets Association) xalqaro tashkiloti tomonidan berilgan valyuta va pul bozorlari, xavfni (tavakkalchilikni) boshqarish va moliyaviy tahlil sohalaridagi sertifikatga yoki ASSA (Association of Chartered Certified Accountants) xalqaro tashkilotining moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohalaridagi xalqaro sertifikatiga yoxud FRM (Financial Risk Manager) sertifikatining kamida amaliy bilimlar (Applied Knowledge) darajasiga ega shaxs bo‘lgan hollarda — ushbu xalqaro sertifikat(lar) ma’lumotlari;
➖oliy ma’lumot to‘g‘risidagi imtiyozli diplom ma’lumotlari;
➖davlat xizmatidan foydalanish sababi (malaka attestatsiyasidan o‘tish, malaka sertifikatini olish, malaka attestatini qayta rasmiylashtirish).
b) Quyidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi:
➖pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi;
➖talabgorning belgilangan shakldagi fotosurati;
➖moliya-iqtisod yoki huquqshunoslik sohasi bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom, ilmiy daraja olganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi yoxud oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja haqidagi xorijiy hujjatni tan olish to‘g‘risida vakolatli davlat organining guvohnomasi nusxasi (olish imkoni bo‘lmagan holatlar bundan mustasno);
➖ish staji to‘g‘risida ma’lumotlar (olish imkoni bo‘lmagan holatlar bundan mustasno);
➖jismoniy shaxslarning familiyasi va (yoki) ismi o‘zgartirilgan bo‘lsa, bu to‘g‘risida ma’lumotlar.
💰Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari.
📆 So‘rovnomalarni ko‘rib chiqish muddati:
3 ish kuni
📆Malaka sertifikatining amal qilish muddati:
5 yil
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.11.2023 yildagi 635-son qarori
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev “Zamon Teks” MCHJ klasteri faoliyati bilan tanishdi
Xovos tumanida 2019-yilda faoliyatini boshlagan ushbu korxona tomonidan 2021-yilda qiymati 3,8 mln dollar bo‘lgan, 1 kunda 150 tonna paxta xom ashyosini qayta ishlash quvvatiga ega paxtani qayta ishlash zavodi ishga tushirilib, 160 tadan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Vazir o‘rinbosari klaster faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, klaster usuli to‘qimachilik sanoati rivojida muhim ahamiyatga ega ekanligini, yurtimizda yetishtirilayotgan paxta xom ashyosi to‘liq qayta ishlanishi natijasida to‘qimachilik mahsulotlarini dunyo bozorida sotishga keng yo‘l ochilgani va bu eksport hajmi oshishida muhim omil ekanligini alohida ta’kidladi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, tadbirkorning sohani yanada kengaytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha taklif va rejalari o‘rganilib, huquqiy tushuntrishlar berildi.
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Bilasizmi #Korporativ #Malaka #Attestat
📃Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish
🔹Malaka sertifikatining nomi:
Korporativ boshqaruvchi malaka attestati
👫So‘rovnoma beruvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs
🏢Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar):
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
🗂Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
a) So‘rovnoma;
so‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
➖familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
➖jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);
➖elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
➖davlat xizmatidan foydalanish sababi (malaka attestatini olish uchun suhbatga kirishga ruxsat olish, malaka attestatini qayta rasmiylashtirish).
💰Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari.
📆 So‘rovnomalarni ko‘rib chiqish muddati:
3 ish kuni
📆Malaka sertifikatining amal qilish muddati:
5 yil
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.11.2023 yildagi 635-son qarori
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Bilasizmi #Ekspert #Bolalar #Akkreditatsiya
📃Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarni akkreditatsiya qilish
🔹Malaka sertifikatining nomi:
Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarning akkreditatsiyasi
👫So‘rovnoma beruvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs
🏢Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar):
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
🗂Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
a) So‘rovnoma;
so‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
➖familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
➖jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);
➖elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
➖ekspertizadan o‘tkazilishi rejalashtiriladigan axborot mahsulotining turi va ekspertiza faoliyati sohalari;
➖davlat xizmatidan foydalanish sababi (akkreditatsiyadan o‘tish, akkreditatsiya guvohnomasini qayta rasmiylashtirish yoki amal qilish muddatini uzaytirish).
b) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
➖ariza beruvchi maxsus bilimlarga, jumladan, pedagogika, yoshga oid psixologiya, yoshga oid fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalariga oid bilimlarga ega ekanligini tasdiqlovchi diplom yoki sertifikat.
Talabgorning oliy ma’lumot haqidagi diplomi vakolatli organ tomonidan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan so‘rab olinadi.
💰Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdori:
Bepul
📆 So‘rovnomalarni ko‘rib chiqish muddati:
7 ish kuni
📆Malaka sertifikatining amal qilish muddati:
5 yil
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.11.2023 yildagi 635-son qarori
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Bilasizmi #FHDY
💠Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlari haqida ma'lumotlar
📌FHDY organlari tegishli yozuvlar orqali quyidagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi:
➖tug‘ilganlik haqida;
➖nikoh tuzish haqida;
➖nikohdan ajralish haqida;
➖o‘lim haqida.
🔹Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari davlat ahamiyatiga molik hujjatlar hisoblanadi, bir nusxada tuziladi va FHDY organlarida qayd etilgan vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi.
📎Dalolatnoma yozuvlarini qayd etish quyidagi holatlarda rad qilinishi mumkin:
➖agar dalolatnoma yozuvini qayd etish qonunchilikka zid bo‘lsa;
➖agar taqdim etilgan hujjatlar ularga nisbatan qonun hujjatlarida qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lmasa;
➖agar dalolatnoma yozuvini qayd ettirish uchun murojaat qilgan shaxs bunga huquqli bo‘lmasa yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa.
❕Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish rad qilingan shaxsning talabiga ko‘ra FHDY organi 15 kun muddatda ushbu shaxsga yozma yoki elektron shaklda rad etish sababini ma’lum qilishi lozim.
❗️FHDY organlari xodimlari, shuningdek konsul o‘zi, eri yoki xotini o‘zining va uning qarindoshlari (ota-onalari, bolalari, nevaralari, bobolari, buvilari, tug‘ishgan aka-uka, opa-singillari) to‘g‘risida dalolatnoma yozuvlarini qayd etishga yoki ularga tegishli o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritishga haqli emaslar.
🔹Bunday holatlarda dalolatnoma yozuvlarini qayd etish yoki ularga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish bo‘ysunish tartibida yuqori organning yozma ko‘rsatmasi asosida boshqa xodim tomonidan yoki boshqa FHDY organida amalga oshiriladi. Dalolatnoma yozuvlarining “Belgilar uchun” ustuniga bu to‘g‘rida tegishli yozuv kiritiladi.
📝Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.2023 yildagi 550-son qarori
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Jarayon
Adliya vazirligi ishchi guruhi a'zosi U.Sadikov Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati bilan birgalikda Sherobod tumanida Davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarning rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida, sohada yuzaga kelayotgan muammolar va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazdi.
Seminarda sohada yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo'yicha takliflar tinglandi.
Shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha mas'ullarga tegishli tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
Davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlarga tavsiyalar berildi.
Adliya vazirligi ishchi guruhi a'zosi U.Sadikov Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati bilan birgalikda Sherobod tumanida Davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarning rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida, sohada yuzaga kelayotgan muammolar va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazdi.
Seminarda sohada yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo'yicha takliflar tinglandi.
Shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha mas'ullarga tegishli tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Bilasizmi #Sud #Malaka #Attestat
📃Sud boshqaruvchisi malaka attestatini berish
🔹Malaka sertifikatining nomi:
Sud boshqaruvchisi malaka attestati
👫So‘rovnoma beruvchilar toifasi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxs
🏢Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar):
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
🗂Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
a) So‘rovnoma;
so‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
➖familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, u haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
➖pasport ma’lumotlari (seriyasi, raqami, identifikatsiyalovchi ID-karta seriyasi, raqami, agar mavjud bo‘lsa);
➖jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);
➖yashash manzili;
➖elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
➖davlat xizmatidan foydalanish sababi (attestat olish, attestatni qayta rasmiylashtirish, attestat toifasini oshirish yoki amal qilish muddatini uzaytirish);
b) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
➖xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) to‘g‘risida vakolatli davlat organi guvohnomasining nusxasi (mavjud bo‘lsa), sud boshqaruvchisini tayyorlash bo‘yicha o‘quv kursini o‘taganligi to‘g‘risida guvohnomaning nusxasini va fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishga ixtisoslashuvi bo‘yicha advokat litsenziyasini (mavjud bo‘lsa) ilova qiladi;
v) ikkinchi toifadagi attestatni olish uchun rahbarlik lavozimida kamida ikki yillik ish stajga ega bo‘lmagan taqdirda, ushbu bandning “b” kichik bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari Agentlikka iqtisodiy sudning:
➖sud boshqaruvchisi sifatida avvalgi tayinlanishlar to‘g‘risidagi;
➖uchinchi toifadagi sud boshqaruvchisi sifatida kamida o‘n ikki oy vazifalarni ijro etganligini tasdiqlovchi to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini amalga oshirilgani haqida sud boshqaruvchisining hisobotlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimlari nusxalari taqdim etiladi;
g) Talabgorning o‘rta bo‘g‘in rahbari sifatida va rahbarlik lavozimida kamida besh yillik mehnat staji, shundan rahbarlik lavozimida kamida uch yillik mehnat staji mavjud bo‘lmaganda, birinchi toifadagi attestatni olish uchun ushbu bandning “b” kichik bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari Agentlikka iqtisodiy sudning:
➖sud boshqaruvchisi sifatida avvalgi tayinlanishlar to‘g‘risidagi;
➖sud boshqaruvchisining hisobotlarini tasdiqlash haqida, ikkinchi toifadagi sud boshqaruvchisi sifatida ishlagan davrda kamida ikkita sud sanatsiyasi va (yoki) tugatish ishlari tartibotlari yakunlangani to‘g‘risidagi ajrimlarining nusxalari taqdim etiladi.
Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi.
Quyidagi hujjatlar Agentlik tomonidan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda so‘rab oladi:
➖oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlari;
➖mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
➖sudlanganligi bekor bo‘lganligi yoki olib tashlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
➖ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi ma’lumot;
➖talabgorning pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) ma’lumotlari.
💰Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari.
Attestatining toifasini oshirganlik uchun ham Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
📆 So‘rovnomalarni ko‘rib chiqish muddati:
3 ish kuni
📆Malaka sertifikatining amal qilish muddati:
5 yil
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.11.2023 yildagi 635-son qarori
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Bilasizmi #Alkagol #Ishlab #Chiqarish
📃Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash
🔹Litsenziya nomi:
Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun litsenziya
👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari
🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Аlkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspektsiyasi
🗂Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, STIR, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ombor binolarining joylashgan joyi, ishlab chiqariladigan mahsulot turining nomi, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
b) ishlab chiqarish obyektining pasporti.
💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari.
💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
Yillik litsenziya to‘lovlari:
a) rektifikatlangan iste’mol etil spirti ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobari miqdorida;
b) texnik etil spirti, efiraldegidli fraksiya (etil spirt?ning bosh fraksiyasi) ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 25 barobari miqdorida;
v) iste’mol etil spirtidan aroq va likyor-aroq ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 250 barobari miqdorida;
g) o‘tkirligi 7,0 dan 22,0 foizgacha bo‘lgan vino ichimliklari ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 250 barobari miqdorida;
d) uzum va meva arog‘i, uzum va rezavor meva vinosi, konyak, konyak ichimliklari, brend, viski, rom, kalvados ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobari miqdorida;
e) uzum va rezavor meva spirti, vino spirti, uzumdan va rezavor mevadan tayyorlangan spirt xom ashyosi, uzumli, vinoli, konyakli, viskili, romli, rezavor mevali va kalvadosli distillyat, ko‘piklanadigan va gazlangan vino ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdorida;
j) uzum va rezavor mevadan vinomateriallar ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 25 barobari miqdorida.
Yillik litsenziya to‘lovidan tushadigan mablag‘lar Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasiga kirim qilinadi.
📆 Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
20 kun
📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 80-son qarori
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Bilasizmi #Sugurta #Broker
📃Sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash
🔹Litsenziya nomi:
Sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati uchun litsenziya
👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxslar
🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
🗂Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Sug‘urtalovchilarning sug‘urta faoliyati uchun:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), STIR, sug‘urta faoliyati klassifikatori bo‘yicha tanlash (hayotni sug‘urta qilish sohasi; umumiy sug‘urta sohasi; majburiy sug‘urta; faqat qayta sug‘urtalash), ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
litsenziya talabgorining rahbari va bosh buxgalterining vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligi to‘g‘risida ma’lumot.
b) ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan ustav fondining shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat (bank ma’lumotnomasi, “Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan berilgan aksiyalarning joylashtirilganligi haqidagi ma’lumot va ariza berilayotgan kun holatiga bank hisobvarag‘idan ko‘chirma);
sug‘urtalovchining Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi bilan Yagona axborot tizimidan foydalanish va ushbu tizim doirasida o‘zaro axborot almashish to‘g‘risida yozma bitimning mavjud bo‘lishi — majburiy va ixtiyoriy sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sug‘urtalovchilar uchun (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qiluvchi sug‘urtalovchilar bundan mustasno);
Faoliyat turi faqat qayta sug‘urta qilishdan iborat bo‘lgan litsenziya talabgorlari mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni taqdim etadilar.
Sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati uchun:
ariza, unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, litsenziya talabgorining rahbari va bosh buxgalterining vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligi to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatiladi.
💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari.
💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari.
📆 Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
20 ish kuni
📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 80-son qarori
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Bilasizmi #Temiryol #Tashish
📃Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash
🔹Litsenziya nomi:
Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyati uchun litsenziya
👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxslar
🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
🗂Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, STIR, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
b) talabgorga mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasi asosida tegishli bo‘lgan harakatlanuvchi tarkibning ro‘yxati;
v) temir yo‘l transportida tashish jarayoniga jalb qilingan rahbar xodimlar va mutaxassislarning ro‘yxati.
💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari
💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish — Bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari;
mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lovchilarni tashish — Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari;
xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lovchilarni tashish — Bazaviy hisoblash miqdorining 45 baravari;
mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha yuklarni tashish — Bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari;
xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha yuklarni tashish — Bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari.
📆 Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
15 ish kuni
📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 80-son qarori
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
Adliya vazirligi mas’ul xodimlari Buxoro viloyati hududiy gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan davlat xizmatlari ko’rsatilishini o’rganish maqsadida Buxoro shahri hamda Buxoro, Romitan, Kogon tumanlari gaz ta’minoti tashkilotlari faoliyati bilan tanishishdi.
O’rganish davomida joylarga chiqib sohada mavjud muammolar va kamchiliklar muhokama qilindi, aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalarga yechim topish maqsadida soha mutaxassislari bilan suhbatlashildi, davlat xizmatlarini ko’rsatuvchi xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Bilasizmi #Nodavlat #Talim
📃Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
🔹Litsenziya nomi:
Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziya
👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxs
🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
🗂Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) ariza;
arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
➖yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud bo‘lsa), ta’lim faoliyatini amalga oshirish manzili, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
➖avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash faoliyatiga litsenziya olmoqchi bo‘lgan talabgorlar arizada litsenziyalanadigan faoliyat bilan birga avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsa, bu haqida alohida ko‘rsatib o‘tadi;
b) pedagog kadrlar haqida ma’lumot;
v) o‘quv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari.
Litsenziyalovchi organ quyidagi ma’lumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali avtomatik ravishda mustaqil tarzda tekshiradi:
➖oliy pedagogik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoki xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma nusxasi;
➖pedagog kadrlar ish stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan ko‘chirma.
💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari.
💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari.
📆 Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
15 ish kunida (oliy ta’lim turi bo‘yicha 30 ish kunida)
📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 80-son qarori
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Sirdaryo viloyat davlat arxivi hamda Guliston shahar FHDY bo‘limida bo‘ldi
Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Sirdaryo viloyatida xizmat safari davomida Sirdaryo viloyat davlat arxivida bo‘lib, aholiga arxiv sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish sifati, davlat arxivining moddiy texnik bazasi, hujjatlarning saqlanish holati, mavjud arxiv hujjatlarini raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishib, mavjud muammolarni oʻrgandi hamda arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari talablarining bajarilishi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Shundan so‘ng, Guliston shahar FHDY organi faoliyati bilan yaqindan tanishib, arxiv hujjatlari, FHDY tantanalar uyi holati, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Xovos tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi
Vazir o‘rinbosari dastlab, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifati bilan tanishib, xodimlarning kasb etikasi, fuqarolar bilan muomala madaniyati yuzasidan fikr almashdi.
Bundan tashqari, davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Shundan so‘ng, tizim xodimlari bilan muloqot qilinib, adliya organlari yangicha tizim asosida ishlashga o‘tgani, aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, fuqarolarga huquqiy masalalar bo‘yicha birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatish, davlat organlari va mahallalarda yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam ko‘rsatishda mas’uliyatni yanada oshirish zarurligi ta’kidlanib, yangi farmon ijrosini sifatli tashkil qilish yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
Davlat xizmatlarini muddatida va sifatli ko'rsatish masalalari tahlil qilindi
Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Sirdaryo viloyatida xizmat safari davomida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Xovos va Yangiyer shahridagi davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli tashkilotlarning mas’ul xodimlari bilan uchrashdi.
Qayd etilganidek, 2024-yilning o‘tgan davri mobaynida Sirdaryo viloyatida 189 744 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, shundan 13 817 ta ariza boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish rad etilgan. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2024-yil 1-yanvardan 28-iyunga qadar boʻlgan davrda jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida jami 6 772 ta qonun buzilish holati aniqlangan.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan vakolatli idoralarga 86 ta taqdimnoma 4 ta ogohnoma kiritilgan hamda 137 ta maʻmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, qoʻllanilgan taʻsir choralari natijasida 3 nafar mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy hamda 137 nafariga nisbatan maʻmuriy jarima qoʻllanilgan.
Tadbir davomida bu kabi salbiy holatlar, aholiga sifatsiz xizmat ko‘rsatilishiga, sohada korrupsiya holatlari ortishiga, tashkilotlar tomonidan arizalarni asossiz rad qilinishi natijasida fuqarolar tomonidan DXMlarga takroran murojaat qilishlariga va natijada DXM xodimlarining vaqti cheklanishiga hamda navbatlarning ortishiga sabab bo‘layotganligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sabablari bo‘yicha mas’ullarning izohi eshitilib, shu kabi qonun buzilishi holatlarini oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
Ayni kunlarda adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Sirdaryo viloyatida xizmat safarida bo'lib turibdi.
Vazir o'rinbosari dastlab mahalla binolarida oʻrnatilgan infokiosklar orqali fuqarolarga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlarining natijadorligi bilan tanishish maqsadida Xovos tumanidagi "Xovosobod" mahallasiga bordi.
Qo'shni Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh usbu hudud tuman markazidan 10 km uzoqda joylashgan.
Mahalla binosiga o'rnatilgan infokiosk davlat xizmatlaridan foydalanishda aholiga har tomonlama qulaylik yaratmoqda.
X.Meliyev ushbu qurilmadan foydalanishning afzalliklari haqida to'xtalib o'tdi.
Shundan so'ng "mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishib, mavjud masalalar, faoliyatda duch kelinayotgan muammolar tahlil qilindi.
Muloqotda aholining huquqiy muammolarini aniqlash, mahallalarda "Adliya kuni", "Huquqiy targ'ibot kuni" tadbirlarini tashkil etish orqali fuqarolarning huquqiy muammolarini bartaraf etishga ko'maklashish yuzasidan zarur tavsiya va ko'rsatmalar berildi.
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Bilasizmi #Mehnat #Malaka #Sertifikat
📃Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislariga malaka sertifikatini berish
🔹Malaka sertifikatining nomi:
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislariga malaka sertifikati
👫So‘rovnoma beruvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs
🏢Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar):
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari (Ishchi organ — hududiy mehnat inspeksiyalari)
🗂Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
a) So‘rovnoma;
so‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
➖familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
➖jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);
➖yashash manzili;
➖elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
➖ma’lumoti (oliy ta’lim muassasasi nomi, fakultet);
➖tamomlagan yili, diplom raqami;
➖diplom bo‘yicha mutaxassisligi;
➖malaka oshirganlik haqida hujjat raqami va berilgan vaqti;
➖davlat xizmatidan foydalanish sababi (malaka imtihonini topshirish, malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish yoki amal qilish muddatini uzaytirish).
b) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
➖xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (O‘zbekiston Respublikasida tan olingan) nusxasi;
➖3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi elektron shakldagi fotosurat;
➖davomiyligi 72 akademik soatdan kam bo‘lmagan mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirganlik haqida hujjat nusxasi (o‘quv tugagan sanadan boshlab malaka imtihonidan o‘tish uchun hujjatlarni topshirgunga qadar bo‘lgan sanagacha 1 yildan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa hujjat haqiqiy hisoblanadi).
Talabgorning oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomi vakolatli organ tomonidan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan so‘rab olinadi.
💰Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari.
Malaka sertifikatining muddatini uzaytirganlik uchun ham Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida to‘lov undiriladi.
📆 So‘rovnomalarni ko‘rib chiqish muddati:
1 ish kuni
📆Malaka sertifikatining amal qilish muddati:
5 yil
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.11.2023 yildagi 635-son qarori
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Bilasizmi #Sud #Malaka #Attestat
📃Sud boshqaruvchisi malaka attestatini berish
🔹Malaka sertifikatining nomi:
Sud boshqaruvchisi malaka attestati
👫So‘rovnoma beruvchilar toifasi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxs
🏢Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar):
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
🗂Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
a) So‘rovnoma;
so‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
➖familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, u haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
➖pasport ma’lumotlari (seriyasi, raqami, identifikatsiyalovchi ID-karta seriyasi, raqami, agar mavjud bo‘lsa);
➖jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);
➖yashash manzili;
➖elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
➖davlat xizmatidan foydalanish sababi (attestat olish, attestatni qayta rasmiylashtirish, attestat toifasini oshirish yoki amal qilish muddatini uzaytirish);
b) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
➖xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) to‘g‘risida vakolatli davlat organi guvohnomasining nusxasi (mavjud bo‘lsa), sud boshqaruvchisini tayyorlash bo‘yicha o‘quv kursini o‘taganligi to‘g‘risida guvohnomaning nusxasini va fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishga ixtisoslashuvi bo‘yicha advokat litsenziyasini (mavjud bo‘lsa) ilova qiladi;
v) ikkinchi toifadagi attestatni olish uchun rahbarlik lavozimida kamida ikki yillik ish stajga ega bo‘lmagan taqdirda, ushbu bandning “b” kichik bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari Agentlikka iqtisodiy sudning:
➖sud boshqaruvchisi sifatida avvalgi tayinlanishlar to‘g‘risidagi;
➖uchinchi toifadagi sud boshqaruvchisi sifatida kamida o‘n ikki oy vazifalarni ijro etganligini tasdiqlovchi to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini amalga oshirilgani haqida sud boshqaruvchisining hisobotlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimlari nusxalari taqdim etiladi;
g) Talabgorning o‘rta bo‘g‘in rahbari sifatida va rahbarlik lavozimida kamida besh yillik mehnat staji, shundan rahbarlik lavozimida kamida uch yillik mehnat staji mavjud bo‘lmaganda, birinchi toifadagi attestatni olish uchun ushbu bandning “b” kichik bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari Agentlikka iqtisodiy sudning:
➖sud boshqaruvchisi sifatida avvalgi tayinlanishlar to‘g‘risidagi;
➖sud boshqaruvchisining hisobotlarini tasdiqlash haqida, ikkinchi toifadagi sud boshqaruvchisi sifatida ishlagan davrda kamida ikkita sud sanatsiyasi va (yoki) tugatish ishlari tartibotlari yakunlangani to‘g‘risidagi ajrimlarining nusxalari taqdim etiladi.
Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi.
Quyidagi hujjatlar Agentlik tomonidan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda so‘rab oladi:
➖oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlari;
➖mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
➖sudlanganligi bekor bo‘lganligi yoki olib tashlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
➖ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi ma’lumot;
➖talabgorning pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) ma’lumotlari.
💰Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari.
Attestatining toifasini oshirganlik uchun ham Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
📆 So‘rovnomalarni ko‘rib chiqish muddati:
3 ish kuni
📆Malaka sertifikatining amal qilish muddati:
5 yil
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.11.2023 yildagi 635-son qarori
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Adliya_xabari
Yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilish uchun jazo muqarrarligi taʼminlandi
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni berish hududiy gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organlar vakillari bilan oʻtkazilgan davra suhbatida “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan reglamentga zid ravishda hududiy gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan texnik shartlarni Jamiyatning markaziy apparati bilan kelishish amaliyoti joriy etilganligi aniqlandi.
Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan monitoringlarda hududiy gaz taʼminoti filiallari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishida yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilish holatlarini oldini olish boʻyicha qonuniy talab qoʻyilgan taqdimnoma kiritilgan boʻlsa-da, mazkur qonunbuzilish holatlari bugungi kunga qadar davom etib kelmoqda.
Shunga koʻra, kelgusida yuqoridagi qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 215-5-moddasiga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
Adliya mas'ullarining fuqarolar bilan ochiq muloqot qilayotgani, odamlarning muammolarini o'rganish, joyida hal etish choralarini ko'rayotgani ana shu murojaatlarning o'z vaqtida yechim topishiga xizmat qilmoqda.
Sherobod tumanidagi 6 411 nafar aholi istiqomat qilayotgan “G'o'rin-Gilambob” mahallasida Adliya vazirligi ishchi guruh a'zosi Ulug'bek Sadikov hamda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida bo'lib o'tgan sayyor qabul to'g'risida ham shunday deyish mumkin.
Qabulda 30 dan ortiq murojaatlar bo'ldi. Ularning 8 tasi joyida hal etilib, 18 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. Ayrim murojaatlar tegishli tartibda ko'rib chiqib chiqish uchun alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, Tadbir davomida uyma-uy yurish orqali 10 ga yaqin xonadonga kirib borildi. Aniqlangan 9 ta muammolar boʻyicha tushuntirishlar berildi. 4 nafar huquqiy muammosi bor fuqarolarning murojaatlari ish yurituvga olindi.
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
😄Yana bir qulaylik !
✅ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmonida 2024-yil yakuniga qadar davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinishi belgilangan.
👨💻 Mazkur topshiriqqa asosan Adliya vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi Davlat xizmatlari markazlarida shaxsni yuz qiyofasi orqali aniqlash imkoniyati yaratildi.
📃Buning o'ziga xos jihati shundaki, endilikda fuqarolarimiz davlat xizmatlarini olishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari shart emas, ular haqidagi ma'lumotlar avtomatik ravishda aniqlanadi.
Bu, o'z navbatida, fuqarolarimiz uchun qo'shimcha yengillik yaratib, xizmat ko'rsatish vaqtining qisqarishiga olib keladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
ADLIYA MAHALLADA
🔹Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80 sonli Farmonida uyma-uy yurish orqali fuqarolarning kundalik hayotidagi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni koʻrish tuman (shahar) adliya boʻlimlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan.
🔸Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan Adliya vazirligi ishchi guruh a'zosi Ulug'bek Sadikov, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati, Qiziriq tuman adliya boʻlimi tomonidan tumanning “Rabotak” mahallasida sayyor qabul o'tkazdi.
Qabul davomida aholining huquqiy muammolari oʻrganilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi hamda 20 dan ortiq murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, 12 nafar fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, murojaatlari qanoatlantirildi.
Bundan tashqari, mahalla yettiligi bilan suhbat o'tkazilib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat