Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali. Veb-sayt: gov.uz/buxoro Facebook: fb.com/zaripovrasmiy Matbuot kotibi: @olimjuraev Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
⚡️“Hunarni asrabon netgumdir oxir”...
👉Batafsil
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Botir Zaripov Buxoro shahrida sayyor qabul o‘tkazdi (video)
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🖥🖥🖥 Ахborot 24
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari e’zozda
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️Jondor tumanidagi qurilish-obodonlashtirish ishlari OAV vakillari nigohida
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri
Ma’lumki, joriy yilning kuzida Buxoroda birinchi marotaba zamonaviy san’atni o‘zida namoyon etadigan Buxoro biyennalesi bo‘lib o‘tadi. 5-sentabrdan 20-noyabrgacha bo‘lib o‘tadigan tadbirda jahonning mashhur rassomlari, taniqli ustalarning asarlari namoyish etiladi.
Biyennale shaharning tarixiy markazida bo‘lib o‘tishini inobatga olib, hozirda mazkur hududda boshlangan restavratsiya, konservatsiya, ta’mirlash-tiklash ishlari yakuniy bosqichda davom etmoqda.
Botir Zaripov tig‘iz kun tartibi doirasida mazkur hududda bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlarning borishini yana bir bor ko‘zdan kechirdi. Muhandis-restavratorlar, loyihachilar bilan ish jarayonini jadallashtirish bilan bog‘liq vazifalar xususida suhbatlashdi.
Shuningdek, viloyat rahbari Buxoro viloyati tasviriy san’at muzeyini ko‘zdan kechirdi, san’atshunos ilmiy xodimlar bilan muloqot qilib, mavjud muammolarni o‘rgandi. Ularni hal etish yuzasidan vazifalar belgilandi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🖥🖥🖥 Maxsus reportaj
Buxoroda tadbirkorlar faoliyati qo‘llab-quvvatlanmoqda
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#xalqaro_aloqalar
#B2B_uchrashuv
⚡️Buxoro viloyati va Boshqirdiston o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda
Joriy yilning 28-aprel kuni Boshqirdiston Respublikasi tadbirkorlik va turizm vaziri Zuxra Gordienko va Buxoro viloyati turizm boshqarmasi boshlig'i Suhrobjon Bobokalonov boshchiligida Buxoro va Ufa shaharlarining nufuzli turoperatorlari o‘rtasida B2B uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur tadbir “Innoprom. Markaziy Osiyo” beshinchi xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Boshqirdiston delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi munosabati bilan bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Buxoro viloyatining turizm salohiyati bilan tanishtirildi. Taqdimotlar Ufa turoperatorlariga katta qiziqish uyg‘otdi va bu esa ikki tomonlama sayyohlar oqimi almashinuvini rivojlantirish yuzasidan kelishuvlarga erishishga asos bo‘ldi.
Uchrashuvning eng ahamiyatli jihati shundaki, Boshqirdiston Respublikasi tadbirkorlik va turizm vazirligi hamda Buxoro viloyat turizm boshqarmasi o‘rtasida “Yo‘l xaritasi” imzolandi. Mazkur hujjat orqali esa turizm sohasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish ko'zda tutilgan.
Muzokara yakunida, tomonlar turistik kompaniya va tashkilotlar vakillari uchun o‘zaro info-tur tashkil qilishga kelishib olidi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Hurmatli jurnalist va blogerlar!
Joriy yilning 1-may kuni soat 10:00 da viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Matbuot anjumani va Press-tur o‘tkazilishi belgilandi.
⚡️Turkiyaning "Canlıoğlu Tekstil Sanayi” va “Dış Ticaret LTD Şirketi" korxonasi vakillari Buxoroda
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🖥🖥🖥 Axborot 24
Buxoro viloyatidagi kichik sanoat zonalaridagi yangi loyihalar
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🥋🥇Shahram Ahadov faoliyatida ilk bor Osiyo chempioni degan sharafga sazovor bo`ldi!
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🗣️Peshku tumanida navbatdagi tibbiy koʻrik va jarrohlik amaliyotlari oʻtkazildi
🖥Batafsil
🖥Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🥈Finalda amaldagi jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi yaponiyalik tajribali Ryoma Tanakaga qarshi munosib qarshilik ko‘rsatgan 20 yoshli Zamohshari Bekmurodov taqdirlash marosimida qit`a chempionatining kumush medalini qabul qilib oldi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🗣️Milliy gvardiya Buxoro viloyati boshqarmasida muddatli harbiy xizmat oʻtash uchun chaqirtirilgan oʻgʻlonlar "Vatanga qasamyod" qabul qilishdi
🖥Batafsil
🖥Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🖥🖥🖥 Axborot 24
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ajratilgan grant mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan loyihalar
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Kun_hikmati
"Har qanday ishga shamoldek emas, tafakkur bilan ergashmoq lozim.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Bugun
⚡️Viloyat hokimi Botir Zaripov Xitoyning “Jiansu Word Agricultural Machinarery Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Zhu Linjun boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qildi
Qayd etish joizki, mazkur kompaniya urug‘chilikdan to paxtani qayta ishlashgacha bo‘lgan bosqichlarda boy tajribaga ega hisoblanadi. Shuningdek, kompaniya paxtani qayta ishlash mashinalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Ularning orasida paxta terish mashinasi, saqlash va tashish tizimi, paxta tozalash, avtomatik bog‘lashga ixtisoslashgan texnikalar mavjud.
Muloqotda kompaniya rahbari Zhu Linjun korxona faoliyati, ishlab chiqarish, texnikalar haqida kerakli ma’lumotlarni berdi.
Shuningdek, suhbat davomida zamonaviy paxta terish mashinalarini viloyatga olib kelish bilan birga ushbu texnikalarni shu yerning o‘zida yig‘ish, o‘quv va servis xizmatlarini tashkil etish istiqbollari ham muhokama qilindi.
Muloqot davomida aniq takliflar asosida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi. Ushbu tashabbus viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qiymat zanjirini yanada mustahkamlash, yangi texnologiyalarni joriy etish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishi bilan e’tiborlidir.
Ma’lumot o‘rnida: “Jiansu Word Agricultural Machinarery Co., Ltd” kompaniyasi “Buxoro Agroklaster” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri bilan hamkorlikda o‘zaro teng manfaatli qator loyihalar ustida ish olib bormoqda.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️Kogon: Nurafshon va Geofizika mahallalarida 1,5 kilometr yoʻl asfaltlashtirildi
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#sayyor_qabul #Buxoro_shahri #inson_qadri_uchun
Xabar berganimizdek, bugun, 3-may kuni viloyat hokimi Botir Zaripov Buxoro shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida aholi vakillari bilan muloqot qilib, odamlarning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini o‘rganish, ularga imkon qadar ko‘mak berish, mavjud muammolarga o‘z joyida yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.
Nafaqat Buxoro shahri, balki viloyatning deyarli barcha shahar-tumanlaridan kelgan 77 nafar fuqaro bilan yuzma-yuz muloqotda uy-joy, qurilish, kadastr, moddiy yordam, kommunal xizmat, bank, huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyati, sog‘liqni saqlash, bandlik, tadbirkorlik, fermer xo‘jaligi, yoshlar ishlari va boshqa masalalarga oid 93 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 12 tasi joyida ijobiy hal etildi, 21 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan 60 tasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘rganib, chora ko‘rish uchun tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bu kabi qabullar fuqarolarning adolat izlab idorama-idora yurishining oldini olib, muammoni joyida hal qilish imkonini bermoqda. Qolaversa, viloyat darajasidagi rahbarlarning xalq huzuriga borayotgani quyi tizimlardan hal bo‘lmayotgan masalalarning hal qilinishiga yordam bermoqda.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#Innoprom_kundaligidan
🇺🇿 Kecha, 29-aprel kuni Toshkent shahrida o'tkazilgan "Innoprom. Markaziy Osiyo" beshinchi xalqaro sanoat ko'rgazmasi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Xanti-Mansiysk avtonom okrugi gubernatori – Yugra Ruslan Kuxaruk bilan muzokara o'tkazdi.
🟠Muzokaralar davomida mashinasozlik, metallga ishlov berish va raqamli texnologiyalar sohalarida hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
🟠Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, qoʻshma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish, sanoat kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar bildirildi.
🟠Shuningdek, sanoat uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlar joriy qilish rejalari ham muhokama qilindi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Diqqat
🚱Suv ta'minoti vaqtinchalik to'xtatilgan
Buxoro shahrining Samarqand va Xoʻja Nurobod koʻchalari kesishmasi (eski shahar) boʻylab oʻtuvchi diametri 150mm. li suv quvurida yuzaga kelgan nosozlikni (avariya holati) bartaraf etish ishlari amalga oshirilayotganligi sababli bugun, 30-aprel kuni soat 23:00ga qadar Samarqand, Xoʻja Nurobod, Rohat, Tagbandbofon, Haqiqat va Registon koʻchalarida vaqtinchalik suv taʼminoti toʻxtatilganini maʼlum qilamiz.
❗️Yetkazilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.
«Buxoro suv ta’minoti» AJ axborot xizmati
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Bir kunda o‘ttizga yaqin oila yarashtirildi
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🖥🖥🖥 Maxsus reportaj
Yaylovlar muhofazasi va chorvachilikni rivojlantirish yo‘lida Buxoroda amalga oshirilayotgan ishlar
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🇺🇿🥋👏Shahram Ahadovga Osiyo chempionatining oltin medalini taqdim etgan usul!
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🗣️Kogon: Niyozhojida Lutfullo Hasanov tomorqachilikda koʻplarga oʻrnak
🖥Batafsil
🖥Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🥋🥇👏Shahram Ahadov Osiyo chempioni bo‘ldi!
Tailandning Bangkok shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatida Buxoro viloyati vakili Shahram Ahadov yuksak natijaga erishdi.
Yurtdoshimiz o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.
Final bahsida ham Shahram Ahadov o‘zining ustun texnikasi va mahoratini namoyon etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shahram Ahadovni nufuzli musobaqadagi g‘alabasi bilan samimiy tabriklaymiz va keyingi yutuqlarida ham omad tilab qolamiz!
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🥋🤝Azizjon Kamilov Zamohshari Bekmurodovni navbatdagi muvaffaqiyat bilan tabrikladi
Taqdirlash marosimi yakunlangach, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi kattalar o‘rtasida navbatdagi musobaqasida shohsupaga ko‘tarilgan Zamohshari Bekmurodovni ulkan yutuq bilan qutladi.
Yodingizda bo‘lsa, buxorolik dzyudochimiz mart oyida poytaxtimizda o‘tgan OTP Group Tashkent Grand Slam turnirida ham kumush medalni qo‘lga kiritgandi. Buxorolik dzyudochimiz Vengriyada o‘tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok etish uchun asosiy da’vogarga aylanmoqda.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🗣Zamoxshari Bekmurodov Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi
Bugun Tailandning Bangkok shahrida dzyudo boʻyicha Osiyo chempionati start oldi. Musobaqaning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, buxorolik 20 yoshli Zamoxshari Bekmurodov kumush medalga sazovor boʻldi.
— 66 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz final yoʻlida bir qator nomdor raqiblarini magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Biroq oltin medal uchun bellashuvda yaponiyalik amaldagi jahon chempioni Ryoma Tanakaga qoʻshimcha daqiqalarda imkoniyatni boy berdi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🗣️Buxoroda “ILF Consulting Engineers” kompaniyasi bilan viloyatdagi ijtimoiy soha muassasalari hamda maʼmuriy binolarning energiya samaradorligini oshirish hamda ularni barqaror issiqlik bilan taʼminlash loyihalarini boshlash yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi
🖥Batafsil
🖥Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
*Jarayon
Ayni vaqtda Abu Ali ibn Sino nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “O‘zarxiv” agentligi va Ozarbayjon Milliy arxivi boshqarmasi hamkorligida tayyorlangan “O‘zbekiston–Ozarbayjon aloqalari foto hujjatlarda” kitob-albomi taqdimoti hamda “O‘zbekiston va Ozarbayjon — ikki qardosh xalq” mavzusidagi arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi bo'lib o'tmoqda.
📸Tohirjon Istatov fotolavhasi
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube