abituriyent_plus | Unsorted

Telegram-канал abituriyent_plus - Abituriyent Plus

-

Abituriyentlar va talabalar uchun darslik, qo‘llanma va yangiliklar Qidiruv: #onatili #adabiyot #tarix #matematika #informatika #geometriya #fizika #kimyo #biologiya #geografiya #ingliztili #rustili #nemistili #fransuztili 📩 @abtplusbot

Subscribe to a channel

Abituriyent Plus

💖 Stanford talabasi bo'lish qanchalik qiyin?

🔝 "TOP 100 universitetlar"

💫 Xabaringiz bor, "TOP universitetlar" nomli loyiha boshlangan edik.

💥 Navbatda mehmon Stanford Huquq Maktabi magistranti, "Datatruck" startap loyihasi asoschilaridan biri bo'lgan Asror Arabjanov bo'ladi.

00:00 - Kirish
00:33 - "TOP universitetlar" loyihasi haqida
1:55 - Qanday qilib Stanfordga kirdingiz?
4:23 - Bakalavrni bitirib, magistraturaga kirish shartmi o'zi?
8:30 - Universitetga kirishni reja qilish kerakmi?
12:47 - AQSHda o'qish va yashash harajatlari qancha?
19:36 - Stanfordga grant yutish uchun nima qilish kerak?
23:30 - "Chet elga chiqib ketib olsam bo'ladi!"
29:03 - TOP universitetga kirishdan avvalgi va keyingi muammolar yoki imkoniyatlar
35:05 - Stanford talabalarining fikrlash darajasi qanday?
39:10 - Asror Arabjanovning kelajakdagi rejalari
45:17 - Haqiqatdan "surish kerak"mi?
48:32 - O'zbekistonni qanday tanitish kerak?
52:03 - Magistraturaga kirish uchun talablar
55:20 - Stanford universiteti talabalarni tanlayotganda nimasiga e'tibor beradi?
1:01:25 - Magistratura uchun O'zbekistonda yozgan maqolalarining foydasi bormi?
1:02:52 - "Datatruck" startup loyihasi haqida
1:06:36 - IELTS ballingiz necha ball?
1:09:10 - 16 yoshli o'quvchiga qanday maslahat bergan bo'lardingiz?
1:14:20 - Insho yozish uchun tavsiyalar
1:20:20 - Xulosa

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Arab tilini ana boshlayman, mana boshlayman deganlar uchun o‘sha kun keldi!
➡️ Arab tili 0dan

Читать полностью…

Abituriyent Plus

💓 Ingliz tilini shunaqa oson va tartib bilan o‘rgansa ham bo‘larkan-ku

Читать полностью…

Abituriyent Plus

😎 Chet elda o‘qish: Talabalar uchun qulay davlatlar

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

💖 Aqlli bo'lish uchun kitob o'qish shartmi?
💖 Endi kitob tanlashda adashmaysiz
💖 Kitobxonlikni shu kitoblardan boshlang!
💖 Hayotingizni o‘zgartiruvchi 3 kitob
💖 Qanday qilib kitobni to'g'ri o‘qish kerak?
💖 Speed reading - Tez o'qish sirlari
💖 Yaxshi o'qishning 8 ta siri
💖 Hayotingizni o‘zgartiruvchi 3 kitob
💖 Siz O'qishingiz Kerak Bo'lgan 15 Kitob
💖 Tong sehri. Qanday qilib kunning birinchi soati sizning muvaffaqiyatingizni belgilab beradi
💖 Atom Odatlar: Kichik O'zgarishlar - Yirik Natijalar
💖 Dunyoqarashimni o'zgartirgan kitob
💖 Bu ikki kitobni o'qimagan talaba, talaba emas!
💖 Oʻqilgan har bir kitobni qanday eslab qolish mumkin?
💖 Diqqatni kuchaytirish usullari. Diqqat kitobi. Dofamin detoks.
💖 Atom odatlar: Qanday qilib hayotda katta natijaga erishish mumkin?
💖 O‘qilishi shart bo‘lgan kitob
💖 Qanday kitob o‘qish kerak?
💖 Gap qancha kitob o'qishda emas: kitob o'qishning oltin qoidasi

Читать полностью…

Abituriyent Plus

📣 Siz uchun maxsus audio kitoblar

💽Qur'oni Karim suralari
💽Qur'oni Karim ma'nolar tarjimasi
💽Payg‘ambarlar tarixi
💽Tarixi Muhammadiy
💽Payg‘ambar uyida bir kun
💽Riyozus solihiyn
💽Sohilsiz dengiz
💽Mukoshafatul qulub
💽Dunyoni anglash kitobi
💽Ilm olish sirlari
💽Ulamolar nazdida vaqtning qadri
💽Jannat va Do'zax sifatlari
💽Qiyomat va oxirat
💽Chunki Sen Allohsan
💽Oilada sevgi suhbatlari
💽Haqiqiy saodat
💽Ey o'g'il, o'zingdek bo'l...
💽Baxtli bo‘lay desangiz...
💽Farzandnoma  
💽Shifo (kitob sharhi)
💽Tibyan (kitob sharhi)

Читать полностью…

Abituriyent Plus

📌 Germaniyada bepul oliy ta’lim olsa bo‘ladi. Til darajasi qanday bo‘lishi kerak?

Germaniyada davlat OTMlari xorijlik talabalar uchun ham bepul. Lekin o‘qishga kirish uchun har bir OTMning o‘ziga xos talablari va til bilish darajasi bor.

Til darajasi qanday bo‘lishi kerak?
Ingliz tili minimum 6,5 daraja (IELTS);
Nemis tili esa kamida B2 darajada bo‘lishi kerak.

Germaniyada o‘qish uchun nemis tilini bilish shartmi?

Agar Germaniyadagi davlat universitetlarida bakalavr darajasi uchun o‘qishni xohlasangiz, nemis tili zarur bo‘ladi. Sababi ko‘plab davlat universitetlarida bakalavriat ta’limi nemis tilida. Xususiy universitetlarda ingliz tilidagi dasturlarni istalgancha topish mumkin, biroq ularda kontrakt bor.

Bakalavriatdan keyingi darajalarda esa ingliz tilining o‘zi bilan ham o‘qish mumkin. Bu bosqichdagi talabalar uchun ingliz tilidagi xalqaro dasturlar yetarlicha. Til bilish darajasi Germaniyada o‘qish uchun talab qilinadigan asosiy talablardan biri. Talabgor akademik ma’lumotlarni yozma va og‘zaki darajada tushuna olishi tekshiriladi.

😎@abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

⚡️ Davlat OTMlarida kontraklar narxi qancha?

◾️Qabul komissiyasi majlisining tegishli bayoniga asosan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdorlari tasdiqlandi.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

📊 O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi davlatlarning fuqarolari tahsil olmoqda?

🏢 Oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarining davlatlar kesimida taqsimlanishi:

Hindiston – 5733 nafar;

Pokiston – 1358 nafar;

Turkmaniston – 904 nafar;


Rossiya Federatsiyasi – 750 nafar;

Qozog‘iston – 537 nafar;

Tojikiston – 285 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi – 285 nafar;

Afg‘oniston – 196 nafar;

Xitoy – 182 nafar;

Koreya Respublikasi – 176 nafar;

Kanada – 124 nafar;

Boshqalar – 315 nafar.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Chet tili imtihonlari qachon boʻladi ?

Oktyabr
- Ro‘yxatga olish: 5-oktyabrga qadar
- To‘lov qilish: 6-oktyabrga qadar
- Test sinovlari: 19-20-oktabr kuni
Tillar: ingliz, nemis, fransuz, arab, italyan, fors, koreys

Noyabr
- Ro‘yxatga olish: 9-noyabrga qadar
- To‘lov qilish: 10-noyabrga qadar
- Test sinovlari: 23-24-noyabr kuni
Tillar: ingliz, arab, yapon, xitoy, dariy, urdu, pushtu

Dekabr
- Ro‘yxatga olish: 14-dekabrga qadar
- To‘lov qilish: 15-dekabrga qadar
- Test sinovlari: 28-29-dekabr kuni
Tillar: ingliz, nemis, fransuz, ispan, uyg‘ur, hind

Hukumat topshiriqlari va talabalarga sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.


To'lov — 506 250 so‘m

Abituriyentlarga yuboring!↗️

✅️ @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

#sertifikat_natija

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2024-yil 12-oktabr kuni o‘tkazilgan matematika, fizika, tarix hamda geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

Imtihon natijalarining statistik tahlili Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.

✔️ @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

⚡️Rasman: Milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatga olish boshlandi!

💰Narxi: 506 250 soʻm

➖ 2024-yil 14-oktyabrdan ona tili (oʻzbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali roʻyxatga olish boshlandi.

Oxirgi kun: 20-oktyabr 23:59

Eslatib oʻtamiz, test sinovlari 2–3-noyabr kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Milliy sertifikat egalari oʻz natijalariga koʻra kirish imtihonlaridan ozod etilishi va tegishli ballarni oldindan egallashlari mumkin!

Abituriyentlarga yuboring!↗️

😎@abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

#abituriyent

Bilim va malakalarni baholash agentligi 2025/2026-o‘quv yilida OTMlarning bakalavr yo‘nalishlariga qabul imtihonlarida qo‘llaniladigan test topshiriqlari shakllantiriladigan o‘quv dasturlarini e'lon qildi.

O‘quv dasturlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

E’tibor bering: bu darsliklar ro’yxati emas, balki o’quv dasturlari ro’yxati. J
Qisqa qilib aytganda, abituriyentlar qaysi bilimlarni (mavzularni) egallashi kerakligi haqida ma’lumot.

😎 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

⚡️ O‘quv dasturlari e'lon qilindi

2025–2026 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga qabul qilishda qo‘llanadigan test topshiriqlari shakllantiriladigan o‘quv dasturlari Bilimni baholash agentligining uzbmb.uz rasmiy saytida e'lon qilindi.

🇺🇿 Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan.

❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qaroriga asosan test sinovi topshiriqlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuziladi, test sinovi materiallarining ma’no-mazmuni umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtiriladi.

✔️ @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

❗️Joriy yil sentyabriga qadar qancha oʻzbekistonlik umumtaʼlim fanlari boʻyicha sertifikatga ega boʻldi?

📱 2024-yilning 1-sentyabr holatiga koʻra, my.gov.uz portalidagi “Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash” xizmatiga jami 57 174 ta ariza kelib tushgan. Ariza topshirganlarning 37 116 nafari sertifikat olishga muvaffaq boʻlgan.

📊 Eng koʻp ariza topshirilgan fanlar orasida Oʻzbek tili va adabiyoti 17 316 ta ariza bilan birinchi oʻrinda. Keyingi oʻrinlarni kimyo (13 446 ta ariza) va matematika (8 272 ta ariza) fanlari egalladi.

📍Hududlar kesimida sertifikat olish boʻyicha Fargʻona (8 034 ta ariza, 5216 ta sertifikat) yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi oʻrinlarda Toshkent shahri (6 667 ta ariza, 3 996 ta sertifikat) va Buxoro viloyati (5 725 ta ariza, 3 916 ta sertifikat) turibdi.

🧑‍💻 Umumiy natijalar mazkur baholash tizimiga boʻlgan qiziqishning yuqoriligi hamda sertifikat olgan talabgorlarning davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida tegishli fanlardan ozod qilinishi bilan bogʻliq.

😎 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Kelasi yildan sertifikati yo‘q abituriyentlar ba’zi yo‘nalishlarga hujjat topshira olmaydi!

🇺🇿 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Bu nima degani?

🔍Ya’ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,1 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi.

Kelasi yil topshiradiganlarga yuboring!

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

🎙 Edinburg universitetining magistranti bilan jonli suhbat

🔝 "TOP 100 universitetlar"


✈️ Chet elda o'qish, yashash va sayohat qilish juda koʻp yoshlarning orzusi. Lekin bu orzuni reallikka olib chiqish yo'li qanday?

💬 Ushbu loyihada aynan shu ishlarni uddalagan vatandoshlarimizning muvaffaqiyati, shu jumladan qiyinchiliklari hamda yo'l qo'yishi kerak bo'lmagan xatolari haqida gaplashamiz.

💥 Ko'rsatuvning ilk mehmoni — Buyuk Britaniyadagi Edinburg universiteti magistranti Sirojiddin Olimov bo'ldi. Suhbat davomida quyidagi savollarga birgalikda javob topamiz.

😎Nega Buyuk Britaniyani tanladim?
😎To'liq grant yutish sirlari nimada?
😎Oila bilan yashash imkoniyati qanday?
😎O'qish bilan birgalikda ishlash imkoniyati bormi?
😎O'qish davomida qanday qiyinchiliklar bo'ldi?
😎Nega O'zbekistonga qaytdim?

😎@abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

💖 Xalqaro Universitetlarga 100% grant yutish uchun kerak bo'ladigan sertifikat haqida batafsil

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

✔️Endi ingliz tili juda oson!
O‘zbek tilidagi sodda va tushunarli videodarslar orqali ingliz tilini oson o‘rganing. Kanalga qo‘shiling
➡️ /channel/+VDVjRA6MChuFg4cH

Читать полностью…

Abituriyent Plus

⚡️ O‘quv dasturlari e'lon qilindi

2025–2026 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga qabul qilishda qo‘llanadigan test topshiriqlari shakllantiriladigan o‘quv dasturlari Bilimni baholash agentligining uzbmb.uz rasmiy saytida e'lon qilindi.

🇺🇿 Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan.

❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qaroriga asosan test sinovi topshiriqlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuziladi, test sinovi materiallarining ma’no-mazmuni umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtiriladi.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

➡️ IELTS uchun eng ko‘p so‘raluvchi kitob va qo‘llanmalar to‘plami

Читать полностью…

Abituriyent Plus

📚 Telefonda o‘qish uchun eng qulay formatdagi kitoblar shu yerda ekan

Читать полностью…

Abituriyent Plus

#Rivojlanish

🎚 Bir kunda bir bet kitob o'qing!
🎚 Dunyo va oxirat
🎚 Har bir musulmonning hayoti rejalangan bo'lishi kerak
🎚 Har qanday muammoning yechimi ilm
🎚 Ixlos va muhabbat
🎚 Ishni nimadan boshlash kerak?
🎚 Maqsad yoki mehnat qaysi kuchliroq?
🎚 Maqsadingiz bo‘lmasa maqsadi borlarga xizmat qilasiz
🎚 Moliyaviy savodxonlik
🎚 Mustahkam xotira
🎚 Nega o‘qishga xohish yo‘q?
🎚 Nima uchun erta turish kerak?
🎚 Odatlar zanjirini tuzish
🎚 Real hayotga qayting
🎚 Taym menejment — Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash
🎚 Tez o'qish sirlari
🎚 O‘zbek menejmenti yohud samarali boshqaruv usullari
🎚 O‘zingizni aldamang
🎚 Chet tillarini qanday o'rganamiz

Читать полностью…

Abituriyent Plus

#bilasizmi?

Qanday hollarda davlat talabani 50 foiz kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin?

✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-mart kunidagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida (davlat, xususiy yoki xorijiy OTM filiali) tahsil olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish belgilangan.

❗️BHM – 340 ming so‘m (2023-yil 1-dekabrdan). 50xBHM=17 000 000 so‘m. Demak shungacha bo‘lgan miqdorda pul to‘lab beriladi.

⚠️ Ushbu imtiyoz xususiy oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun ham taalluqlidir!

✅️ @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

⚡️Rasman: Milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatga olish boshlandi!

💰Narxi: 506 250 soʻm

➖ 2024-yil 14-oktyabrdan ona tili (oʻzbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali roʻyxatga olish boshlandi.

Oxirgi kun: 20-oktyabr 23:59

Eslatib oʻtamiz, test sinovlari 2–3-noyabr kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Milliy sertifikat egalari oʻz natijalariga koʻra kirish imtihonlaridan ozod etilishi va tegishli ballarni oldindan egallashlari mumkin!

Abituriyentlarga yuboring!↗️

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

⚡️ Talabgorlarga qulaylik!

❇️ Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili hamda umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan talabgorlar to‘lovni endi my.gov.uz sayti orqali murojaat yo‘llagan holda qaytarib olishlari mumkin.

❗️Bunda talabgorga Bilimni baholash agentligining hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdori qaytariladi.

Mazkur xizmat sinov tariqasida ishga tushirilgan!

✔️ @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

2025-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanadi.

Bu haqda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Prezidentning O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigida eslab o‘tildi.

Qadrli vatandoshlar!

Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni, ona tilimizning barcha ixlosmandlarini bugungi ulug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

O‘zbek tilimizning boyligi, kuch-qudrati yanada ziyoda bo‘lsin!, — deyiladi tabrikda.


👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

⚡️Abituriyentlarga eslatma!

🏛Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 2024.24.05) 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlardan belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etish talab etiladi.

❇️ Bilimni baholash agentligi abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida har oyda xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish bo‘yicha imtihonlar o‘tkazib kelmoqda. Imtihonda ishtirok etish uchun my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tiladi. Imtihonlar jadvali bilan mana bu havola orqali tanishish mumkin: 👉https://uzbmb.uz/page/test_jadval_cefr

📌Shuningdek, abituriyentlar oliy ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda tan olinadigan xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar va talab etilgan darajalar bilan mana bu havola orqali👉 https://lex.uz/pdfs/6943986 tanishishlari mumkin.

😎 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

⚡️Umumta'lim fanlaridan 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari

✅ Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

✔️ @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

⚡️ 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

✔️ @abituriyent_plus

Читать полностью…
Subscribe to a channel