abituriyent_plus | Unsorted

Telegram-канал abituriyent_plus - Abituriyent Plus

-

Abituriyentlar va talabalar uchun darslik, qo‘llanma va yangiliklar Qidiruv: #onatili #adabiyot #tarix #matematika #informatika #geometriya #fizika #kimyo #biologiya #geografiya #ingliztili #rustili #nemistili #fransuztili 📩 @abtplusbot

Subscribe to a channel

Abituriyent Plus

Ona tili va adabiyot fanidan 3 877 nafar talabgor sertifikatga ega bo‘ldi

📣 2023-yil 14-may kuni o‘tkazilgan ona tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari 12-iyun kuni e’lon qilindi.

📋 Test natijalariga ko‘ra 3 877 nafar talabgor maksimal ballning kamida 60 foizini to‘plagan holda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi.

✅ Ularning 191 nafari maksimal ballning kamida 86 foizini (86 va undan yuqori ball) to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Bunda:

👉 O‘zbek tili va adabiyot — 3 550 nafar (sertifikat)154 nafar (86 va undan yuqori).

👉 Rus tili va adabiyot — 175 nafar (sertifikat)35 nafar (86 va undan yuqori).

👉 Qoraqalpoq tili va adabiyot — 152 nafar (sertifikat)2 nafar (86 va undan yuqori).

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

#Test_tahlili
📹 DTM-2022 standartidagi 30 ta yangi testlarning tahlili | Biologiya

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

#Test_tahlili
📹 DTM-2022 standartidagi 30 ta yangi testlarning tahlili | Fizika

(Kichikroq hajmda)

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

#Test_tahlili
📹 DTM-2022 standartidagi 30 ta yangi testlarning tahlili | Kimyo

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

#Test_tahlili
📹 DTM-2022 standartidagi 30 ta yangi testlarning tahlili | Majburiy fanlar

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

#Test_tahlili
📹 DTM-2022 standartidagi 30 ta yangi testlarning tahlili | Tarix

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Imtihondan ozod etilib, tegishli fandan ma’lum miqdorda ball berish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Kvotadan tashqari imtihonsiz talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 10-son bayoni bilan 2021-2022-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Yangi o‘quv yilida Namangan davlat universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etiladi

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2021 yil 18-19 fevral kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida va Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bergan topshiriqlari bo‘yicha Bayon qaroriga muvofiq:

✅ Viloyatdagi tibbiyot xodimlariga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash maksadida Namangan davlat universitetida 2021/2022 o‘kuv yilidan tibbiyot fakultetini tashkil etish choralari ko‘riladi. Bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

🔹2021/2022 o‘kuv yilidan boshlab, tibbiyot fakultetiga talabalarni qabul qilinadi;

🔹tibbiyot fakultetida kadrlar tayyorlashda metodik yordam berish uchun Andijon davlat tibbiyot institutini biriktiriladi;

🔹tibbiyot fakulteti talabalarining amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maksadida viloyatdagi tibbiyot muassasalariga integrasiyalashtiriladi;

🔹viloyatdagi ilmiy salohiyatli va malakali tibbiyot xodimlari pedagogik faoliyatga jalb etiladi.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

IELTS, TOEFL va boshqa xalqaro imtihonlarda yuqori ball olgan yoshlarning imtihon topshirish xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi hisobidan qoplab berilishi rejalashtirilmoqda

Muhokama uchun e’lon qilingan Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab berilishiga oid tartib joriy etilmoqda.

Yoshlar ishlari agentligi imtihon xarajatini qoplab beruvchi tashkilot etib belgilanadi.

2021 yil 1 maydan boshlab imtihon topshiruvchi:
✅ IELTS – 7 va undan yuqori;
✅ TOEFL – 95 va undan yuqori;
✅ GMAT – Imtihon natijalari (Verbal/Quantative)
bo‘yicha 75 percentile va undan yuqori;
✅ GRYe – Imtihon natijalari (Verbal/Quantative)
bo‘yicha 75 percentile va undan yuqori;
✅ SAT – 1200 va undan yuqori natijani qayd etganda imtihon uchun sarflangan Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan boshlab Cambridge Assessment English (CAE, CPE, BEC), Test DAF va boshqa shu kabi Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natija qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari qoplanadi.

Kompensasiya to‘lab berish bo‘yicha arizalar davlat xizmatini ko‘rsatish Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro‘yxatga olinadi.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

​📋 Prezident maktablariga imtihonlar qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi 2021 yil iyul, 2-bosqichi avgust oyida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova Kun.uz muxbiriga ma’lum qildi.

Shuningdek, prezident maktablariga kirish uchun qaysi fanlardan imtihon olinishi va imtihonlar tartibi ham bildirilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15-iyundagi 526-son qarori bilan tasdiqlangan “Prezident maktablari to‘g‘risida Nizom”ning 5-bob 39-bandiga asosan Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi:

👉 1-bosqich matematika fanidan 30ta topshiriqdan iborat test shaklida o‘tkaziladi. Belgilangan vazifani bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi;
birinchi bosqich natijasiga ko‘ra qabul kvotasida belgilangan har bir o‘ringa 20 kishi hisobidan maksimal talabgorlar 2-bosqichda ishtirok etishga ruxsat etiladi;

👉 2-bosqich

◾️axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha 16ta masala;
▪️mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan 24ta masala;
▪️ingliz tilidan 55ta test.
2-bosqich kirish imtihonlari uchun jami 150 daqiqa vaqt ajratiladi.

Ma’lumotlar bo‘yicha o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin, bu haqda qo‘shimcha xabar beriladi.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Diagnostik test sinovlari

⏳ Davlat test markazi tomonidan har hafta payshanba kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari o‘tkazib kelinmoqda.

❇️ Test sinovida ishtirok etish orqali abituriyentlar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishmoqda va test topshiriqlari kitobi hamda javoblar varaqasi bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishmoqda.

✅ Mazkur xizmatdan 2 xil usulda foydalanish mumkin:

1️⃣ Davlat test markazi yoki uning hududiy bo‘limlariga kelib, test sinovi topshirish.

2️⃣ Test materiallarini olib ketib, ishlab bo‘lgandan so‘ng, o‘z natijasini bilish uchun qayta taqdim etish (buyurtma).

👨🏻‍💻 O‘z bilimini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali har hafta mazkur xizmatdan foydalanishlari mumkin.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

🔘 Milliy test tizimi: ro‘yxatdan o‘tish tartibi va sertifikat olish shartlari

Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi uchun ro‘yxatdan o‘tish tartibi va sertifikat olish shartlari haqida videoqo‘llanma

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

👨🏻‍💻 2021-yil 3-mart
kuni kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda.

🖥 Mazkur xizmat “Milliy sertifikatlar” bo‘limida joylashgan bo‘lib, shu yerdan tegishli fan (kimyo yoki biologiya) ni tanlagan holda test sinoviga ariza berish mumkin.

⏳ Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga sertifikat beriladi.

✅ Mazkur sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasiga kirish test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

#Test_tahlili
📹 DTM-2022 standartidagi 30 ta yangi testlarning tahlili | Biologiya

(Kichikroq hajmda)

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

#Test_tahlili
📹 DTM-2022 standartidagi 30 ta yangi testlarning tahlili | Fizika

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

#Test_tahlili
📹 DTM-2022 standartidagi 30 ta yangi testlarning tahlili | Kimyo

(Kichikroq hajmda)

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

#Test_tahlili
📹 DTM-2022 standartidagi 30 ta yangi testlarning tahlili | Majburiy fanlar

(Kichikroq hajmda)

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma haqida

📆 2023-yil 30-may kuni ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun talabgorlarning arizalarini qabul qilish boshlandi.

🖥 Arizalar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining xotin-qizlar.uz sayti orqali elektron shaklda qabul qilinmoqda va arizalarni qabul qilish 8-iyun kuni yakunlanadi.

🔰 Bunda tavsiyanomalar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-son qarorida belgilangan mezonlar asosida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 1 yilga beriladi.

📋 Ommaviy axborot vositalarida va telegram kanallarda mazkur tavsiyanoma bilan bog‘liq turli ma’lumotlar berilmoqda. Shu o‘rinda ushbu tavsiyanomaga ega xotin-qizlar qanday imtiyozga ega bo‘lishi haqida ma’lumot berib o‘tmoqchimiz:

📌 Mazkur tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlarga kunduzgi ta’lim shakli uchun davlat granti asosida qo‘shimcha qabul parametrlari ajratiladi (2022-yilda 2 000 ta ajratilgan).

✅ Ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari Davlat komissiyasi tomonidan sohalar bo‘yicha hududlar kesimida taqsimlanadi va qabul parametrlari doirasida eng yuqori ball to‘plagan xotin-qizlar talabalikka tavsiya etiladi.

❗️ Eslatma: Har yili tavsiyanomaga ega xotin-qizlar soni ular uchun ajratiladigan qo‘shimcha kvotalar sonidan bir necha barobar ko‘p bo‘ladi. Shu sababli tavsiyanoma oldi degani, o‘qishga kirdi degani emas.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

#Test_tahlili
📹 DTM-2022 standartidagi 30 ta yangi testlarning tahlili | Tarix

(Kichikroq hajmda)

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Kvota doirasida imtihonsiz talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Abituriyentlar diqqatiga!

Davlat komissiyasi tomonidan bu yilgi kirish imtihonlarida savollar tushadigan fanlar majmuasi va ularni baholash mezonlari tasdiqlandi.


❗️Demak, bu yilgi abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradi.

Barcha test topshiruvchilar uchun 3 ta fan majburiy hisoblanadi. Maksimal to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 94,5 ball.

1. Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar) – 15 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 2,1 ball. Maksimal ball – 31, 5.
2. Matematika – 15 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 2,1 ball. Maksimal ball – 31, 5.
3. O‘zbekiston tarixi – 15 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 2,1 ball. Maksimal ball – 31, 5.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fandan savollar. Maksimal to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 186 ball.

👉 1-fan – 30 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 3,1 ball. Maksimal ball – 93.
👉 2-fan – 30 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 3,1 ball. Maksimal ball – 93.

‼️ Abituriyentlar bu yilgi kirish imtihonlarida 5 ta fandan jami 105 ta savol ishlashadi. Maksimal ball – 280, 5

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

📋 Yangilik! O‘zbekistonda Turkiya universitetining filiali ochilishi mumkin

Bugun Toshkentda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashuvi hamda ikki mamlakat TIV rahbarlari boshchiligida Strategik rejalashtirish guruhining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekistonda Turkiyaning Baxcheshehir universiteti filialini ochish, shuningdek Xo‘ja Bayram Vali nomidagi universitet bilan birgalikda Farg‘ona oliy turizm maktabini tashkil etish bo‘yicha fikr yuritilgan.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

​​👨🏻‍🎓 Chet tili bilimdonlari tanlovi

🔰 Davlat test markazi tomonidan yoshlarning chet tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va eng bilimlilarini munosib taqdirlash maqsadida “Chet tili bilimdonlari” tanlovi o‘tkaziladi.

📚 Tanlovda g‘olib bo‘lish uchun talabgorlar Davlat test markazi tomonidan 24-26-mart kunlari o‘tkaziladigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlarida yuqori natija ko‘rsatishlari lozim.

✅ Bunda imtihon natijalariga ko‘ra B1, B2 va C1 tilni bilish darajalarining har biri bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 1 nafardan talabgorlar g‘olib deb topiladi.

🎁 Har bir daraja bo‘yicha 1 nafardan g‘olib deb topilgan jami 3 nafar talabgorning barchasi planshet bilan taqdirlanadi.

Bilimingizni sinovdan o‘tkazing va g‘olib bo‘ling!

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

📚 Kimyo fanidan milliy test tizimi uchun tayyorgarlangan test spesifikasiyasi

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Eng bilimli abituriyentlar taqdirlanadi

🔰 Davlat test markazi tomonidan bilimli abituriyentlarni munosib taqdirlash maqsadida tanlov o‘tkaziladi.

📚 Tanlovda g‘olib bo‘lish uchun talabgorlar Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida tashkil etilayotgan diagnostik test sinovlarida yuqori natija ko‘rsatishlari lozim.

✅ Unda 2021-yil 11- va 18-mart kunlari o‘tkaziladigan diagnostik test sinovlarida eng yuqori natija (ball) ko‘rsatgan 3 nafar abituriyent g‘olib deb topiladi.

🎁 G‘oliblar quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

📱 1-o‘rin – telefon;

⌚️ 2-o‘rin – aqlli soat;

🔋 3-o‘rin – telefon uchun quvvat manbai (Powerbank).

Tanlovda Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlariga kelib, test sinovi topshirgan talabgorlar ishtirok etadi.

Diagnostik test sinovlari orqali o‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazing va g‘olib bo‘ling!

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Imtihon natijalari e’lon qilindi

✅ 2021-yil 24-26-fevral kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari bilan my.dtm.uz sayti orqali “Milliy sertifikatlar” bo‘limida tanishish mumkin.

📆 Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini 12-mart kunidan boshlab olishlari mumkin bo‘ladi.

📍 Sertifikatlar Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda esa Davlat test markazining hududiy bo‘limlarida beriladi.

Eslatib o‘tamiz, natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar, 5 ish kuni davomida apellatsiya arizalarini berishlari mumkin.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Ona tili va adabiyot hamda matematika fanlaridan test namunalari

Ona tili va adabiyot
hamda matematika fanlaridan milliy test tizimi uchun namunaviy test topshiriqlari e’lon qilindi.

Test namunalari bilanDavlat test markazining rasmiy veb-saytidagi “Milliy sertifikatlash tizimi” bo‘limida tanishishingiz mumkin.

Test namunalari matematika fanidan o‘zbek va rus tillarida, o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan esa shu tilning o‘zida e’lon qilingan.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

#CEFR
Mart oyi uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi

2021-yil 1-mart kuni Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida mart oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish boshlandi.

📆 Hujjatlarni qabul qilish 5-mart kuniga qadar (5-mart kuni ham) davom etadi.

✅ Qabul uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

👉 pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va uning nusxasi;
👉 onlayn arizaning chop etilgan nusxasi;
👉 to‘lov amalga oshirilganlik to‘g‘risida hujjat nusxasi (kvitansiya).

❕ Hujjatlarni topshirishdan oldin talabgorlar test sinovi uchun ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

👨🏻‍💻 Ro‘yxatga olish biometrik pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lganlar uchun my.dtm.uz sayti orqali, biometrik pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lmaganlar uchun esa Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida amalga oshirilmoqda.

📍 Bunda talabgorlar test topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…
Subscribe to a channel