Abituriyentlar va talabalar uchun darslik, qo‘llanma va yangiliklar Qidiruv: #onatili #adabiyot #tarix #matematika #informatika #geometriya #fizika #kimyo #biologiya #geografiya #ingliztili #rustili #nemistili #fransuztili 📩 @abtplusbot
«Prezident granti» stipendiyasi va «Qizlar uchun maxsus stipendiya» joriy etiladi
Bu haqda muhokamaga chiqarilgan Hukumat qarorida ko‘zda tutilmoqda.
Hujjatga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab OTMlar kunduzgi bo‘limiga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun butun o‘qish davri davomida “Prezident granti” stipendiyasini joriy etiladi.
Shuningdek, a’lo baholarga o‘qiyotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan qizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun oyma-oy to‘lanadigan “Qizlar uchun maxsus stipendiya” tayinlash ko‘zda tutilgan.
👉 @abituriyent_plus
📹 O‘quvchilar uchun Davlat test markaziga ekskursiya tashkil etildi
2021-yil 26-fevral kuni maktab o‘quvchilari uchun Davlat test markazida tashkil etilgan ekskursiyadan videoreportaj:
👉 @abituriyent_plus
“Diplomat university” nomli universitet ochilishi mumkin
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylangan Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra Toshkentda yangi «Diplomat university» nomli xususiy universitet ochilishi mumkin.
Universitetda iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, huquqshunoslik va xalqaro munosabatlar yo‘nalishlarida ta’lim berilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, «Diplomat university»ga «The times higher education» TOP-1000 reytingiga kiritilgan chet el universitetlarining O‘zbekistondagi filialini ochish huquqi beriladi.
Loyihada, universitet bitiruvchilariga respublikada oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan diplom berilishi aytiladi.
Agar ushbu qaror tasdiqlanadigan bo‘lsa, fuqaro Dilshod Saydamenov ta’sischiligidagi «Diplomat university» MChJ 2022 yil 1 avgustga qadar barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan ozod qilinishi mumkin.
👉 @abituriyent_plus
Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi
✅ 2021-yil 24-fevral kuni chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.
📚 Test sinovlari ingliz, nemis va fransuz tillaridan A2, B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.
🙍♂️ Unda jami 311 nafar talabgordan 305 nafari ishtirok etdi, 6 nafari esa test sinovlarida qatnashmadi.
📌 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 25-26-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
👉 @abituriyent_plus
📋 O‘zbekistonda yana bir OTM tashkil etiladi
✅ Toshkent viloyatida Farmasevtika texnik universiteti ochiladi.
Ushbu universitet Toshkent viloyati Qibray tumanida «Tashkent Pharma Park» innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasteri doirasida tashkil etiladi.
Universitet dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, kosmetologiya, tarmoq va biznesni boshqarish sohalarida xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlaydi.
Bundan tashqari, klaster o‘z ichiga quyidagi vazifalarni oladi:
👉🏻 innovasion yechimlarni joriy etish orqali farmasevtika sanoatini rivojlantirish;
👉🏻 ixtisoslashtirilgan ta’lim infratuzilmasini yaratish;
👉🏻 investisiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish;
👉🏻 xalqaro standartlarga muvofiq dori vositalari va tibbiyot uskunalarini ishlab chiqarish;
👉🏻 xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan aloqalarni rivojlantirish.
👉 @abituriyent_plus
📋Toshkentda yangi universitet tashkil etiladi
Yangi o‘quv yilida Toshkentda yana bir nodavlat universitet ish boshlashi kutilmoqda. Bu bo‘yicha Hukumatning tegishli qarori loyihasi muhokamaga chiqarildi.
Tashkil etilishi ko‘zda tutilgan Toshkent amaliy fanlar universitetida dastlabki bosqichda “Biznes axborot tizimlari”, “Biznes boshqaruvi”, “Axborot xavfsizligi” hamda “Elektron tijorat” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabuli amalga oshiriladi.
Universitetda o‘qitish O‘zbekistonda amalda mavjud ta’lim shakllari (kunduzgi, sirtqi va kechki) hamda o‘zbek, rus va ingliz tillarida amalga oshiriladi.
O‘qish to‘lov-kontrakt asosida asosida olib boriladi. Homiylar va ish beruvchilar tomonidan ta’lim grantlari ajratilishi mumkin.
👉 @abituriyent_plus
🔥 YANA BITTA YANGI IMTIYOZ:
Yangi o‘quv yilida Uzun tumani Bobotog‘ hududidagi yoshlar uchun o‘qishga kirishda maxsus kvotalar ajratiladi.
Bu borada tegishli vazifa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 fevraldagi PQ-4995-son qarorida belgilandi.
Qarorga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilidan kelgusi uch o‘quv yili davomida Uzun tumani Bobotog‘ hududidagi yoshlar uchun davlat grantlari bo‘yicha kvotalarni oshirish limitlari doirasida Surxondaryo viloyatidagi pedagogika va tibbiyot yo‘nalishlaridagi oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha maxsus kvotalar ajratiladi.
Maxsus kvota bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan yoshlar oliy ma’lumotga ega bo‘lganidan so‘ng, o‘z hududida kamida 5 yil davomida mehnat qilishi ko‘zda tutilgan.
👉 @abituriyent_plus
📋Jizzaxda Hindistonning Sambhram texnologiya instituti filiali ochiladi
Jizzax viloyati hokimligida 14-fevral, dushanba kuni Hindistonning Sambhram guruhining filiali hisoblanadigan Sambhram texnologiya instituti filialining ochilishi yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
🤝 Uchrashuv davomida viloyat hokimi Ergash Soliyev va Hindiston delegasiyasi rahbari Nagaraj Venkatesh Sambhram Jizzaxda Sambhram texnologiya instituti filalini ochish to‘g‘risida kelishuv memorandumini imzoladi.
✍ O‘zA nashri yozishicha, delegasiyasi rahbari Sambhram guruhining raisi, doktor Nagaraj Venkatesh Sambhram Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida har tomonlama, ayniqsa, axborot texnologiyalari sohasida aloqalar rivojanib borayotganini ta’kidlagan.
✅ Ma’lumot uchun, Sambhram guruhi va uning filiali bo‘lgan Sambhram texnologiya instituti Hindistondagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida birinchi o‘rinda turadi. Jahonning 31 mingdan ziyod oliy o‘quv yurtining orasida kuchli 300 talik qatorida.
Kuchli boshqaruv bazasi va bir xil darajada kuchli resurslar bazasiga ega bo‘lganligi tufayli Sambhram guruhi ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy-joy qurish, mulkni rivojlantirish, mehmonxonalar va dam olish joylaridagi xizmatlari bilan keng tanilgan. 30 yillik izchil va sifatli ta’lim tajribasiga ega, dunyo bo‘ylab 7 filiali, xalqaro kampuslari — talabalar shaharchasi mavjud.
Jizzaxda tashkil etilishi mo‘ljallanayotgan institutda 6 ta fakultet bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
👉 @abituriyent_plus
📋 Toshkent viloyatida yangi universitet tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “International School of Finance and Technology (ISFT) universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi hamda “International School of Finance Technology and Science” mas’uliyati cheklangan jamiyatining International School of Finance and Technology (ISFT) universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanishi mumkin.
✅ Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:
👉 Respublika iqtisodiyoti real sektorlari tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, xalqaro buxgalteriya hisobi va audit, biznes boshqaruvi, moliyaviy tahlil, moliyaviy risk boshqaruvi hamda boshqa sohalarda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
👉 Yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni, jumladan xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarni jalb etgan holda yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan keng hamkorlikni amalga oshirish;
👉O‘zbekiston davlat korxonalari va boshqa korxonalar xodimlarining malakasini oshirish, xorijning ilg‘or ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilish asosida tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish;
👉 Ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish;
👉 Ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish.
Universitet Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Salor” shaharcha fuqarolar yig‘ini, Oliygoh ko‘chasi, 2-uy manzilida tashkil etiladi.
👉 @abituriyent_plus
Toshkent shahridagi Inxa universitetida magistratura dasturi ochildi
Universitetda biznes va boshqaruvning fundamental yo‘nalishlariga qo‘shimcha bo‘lmish sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar va bulutli hisoblash mavzularini qamrab olgan “Raqamli transformasiyadagi MBA” nomli magistrlik dasturini ochilishi haqida e’lon qilindi.
Ushbu kunduzgi ta’lim shaklidagi dastur kelajakdagi innovasion yosh avlodni raqamli transformasiya va ilg‘or texnologiyalari bilan bog‘liq misli ko‘rilmagan biznes muammolarni hal qilishga va raqamli texnologiyalar va strategiyalarni biznesga samarali ravishda birlashtira oladigan professional menejerlarni tayyorlashga mo‘ljallangan.
❗️Noyob ta’lim va o‘zaro aloqalar tajribasi ikki semestr davomida Toshkentda va ikki semestr davomida Koreyada taqdim etiladi. Barcha darslar ingliz tilida olib boriladi. Dastur muvaffaqiyatli yakunlangach, Koreyadagi INHA universiteti tomonidan diplom beriladi.
2021/2022 o‘quv yili uchun ariza topshirish imkoniyati mart oyida dastur haqida batafsil ma’lumot bilan mavjud buladi.
👉 @abituriyent_plus
Buxoroda yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining «Buxoroda psixologiya va xorijiy tillar universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Qarorga muvofiq, Kogon tumanida tashkil etiladigan universitetda o‘qitish O‘zbekistonda amalda mavjud ta’lim shakllari hamda o‘zbek, rus va ingliz tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan farzandlari tanlov asosida bepul o‘qishga qabul qilinadi. Universitet granti asosida o‘qishga tavsiya qilinadigan mazkur toifadagi abituriyentlar ajratilgan kvotaning 10 foizidan kam bo‘lmagan qismini tashkil etadi.
✅ Universitetda bakalavriat bosqichi uchun quyidagi yo‘nalishlar tashkil etiladi:
1. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili;
2. Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili;
3. Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili;
4. O‘zga tilli guruhlarda rus tili;
5. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili);
6. Psixologiya (yuridik psixologiya);
7. Psixologiya (sport psixologiyasi);
8. Psixologiya (amaliy psixologiya);
9. Psixologiya (oila psixologiyasi).
✅ Magistratura uchun esa quyidagi yo‘nalishlar tashkil etiladi:
• Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti;
• Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti;
• Lingvistika: rus tili;
• Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha);
• Psixologiya (yuridik psixologiya).
👉 @abituriyent_plus
Majburiy blokdagi matematika tarkibida geometriya savoli bo‘ladimi?
Bu haqda abituriyentlardan ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Mana shu savolga DTM vakillari javobi quyidagicha:
“Matematika fanini geometriyasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Matematika (majburiy) fanidan test topshiriqlari geometriya fanining davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturida (7-11-sinflar uchun) berilgan mavzulardan shakllantirilmaydi. Lekin matematika fani davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturida (5-6-sinflar uchun) berilgan geometrik materiallardan foydalaniladi va test topshiriqlari shakllantiriladi".
✅ Xulosa: demak, majburiy blokdagi matematika fanida 7-11-sinflar o‘tiladigan geometriya fanidan savollar bo‘lmaydi. Lekin matematikadan 5-6-sinf darsliklarida keltirilgan geometriyaga oid mavzulardan savol bo‘ladi.
👉 @abituriyent_plus
Fevral oyi uchun hujjatlarni qabul qilish muddati uzaytirildi
📌 2021-yil 1-fevral kuni Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish boshlangan bo‘lib, 5-fevral kuniga qadar davom etishi belgilangan edi.
📆 Talabgorlarning murojaatlariga asosan, hujjatlarni qabul qilish 10-fevral kuniga qadar (10-fevral kuni ham) uzaytirildi.
⏳ Test sinovlari esa 24-25-fevral kunlari o‘tkazilishi belgilandi.
📋 Talabgorlar ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlarni topshirish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan bu yerda tanishishlari mumkin.
👉 @abituriyent_plus
🔘 2021-2022-o‘quv yilida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda?
2021-2022-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlar uchun qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda?
👉 @abituriyent_plus
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari
🔰 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarni taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan “Talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida Nizom”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar o‘z bilim darajasini aniqlash uchun test sinovi topshirishi belgilangan.
⏳ Shu maqsadda 2021-yil 2-fevral kuni Davlat test markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar uchun test sinovi tashkil etildi.
🎓 Unda bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 42 nafar talabgorning barchasi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan 95 nafar talabgorning 93 nafari ishtirok etdi.
❇️ Talabgorlardan biri ko‘zi ojiz bo‘lganligi sababli, unga brayl alifbosida chop etilgan test materiallari taqdim etildi.
✅ Test sinovlari quyidagi fanlardan o‘tkazildi:
👉 O‘zbekiston tarixi – 35 ta test topshirig‘i;
👉 Axborot texnologiyalari – 35 ta test topshirig‘i;
👉 Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz) – 30 ta test topshirig‘i.
Test natijalari bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etiladi.
👉 @abituriyent_plus
Test natijasini ko‘rishning oson usuli yaratildi
Davlat test markazining interaktiv xizmatlar portalida test natijalarini ko‘rish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.
📊 Endilikda test sinovida ishtirok etgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingandan so‘ng my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirmagan holda ham o‘z natijalarini bilishlari mumkin bo‘ladi.
Buning uchun mazkur saytdagi “Natijani ko‘rish” bo‘limiga test topshiriqlari kitobi raqami va sahifada keltirilgan arifmetik ifodaning qiymatini kiritish kifoya.
Unda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:
👉 test topshirilgan fanlar;
👉 har bir fan bo‘yicha test topshiriqlari soni;
👉 har bir fan bo‘yicha to‘g‘ri javoblar soni;
👉 har bir fan bo‘yicha umumiy to‘plangan ball;
👉 har bir test topshirig‘iga ✅ to‘g‘ri yoki ❌ noto‘g‘ri javob berilganligi.
Diagnostik test sinovida ishtirok etgan talabgorlar ham o‘z natijalarini shu yerdan bilishlari mumkin.
👉 @abituriyent_plus
DTM: Kirish imtihonlari uchun fanlar majmuasi tez kunda e’lon qilinadi
2021 yilda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda qaysi fanlardan imtihon olinishi tez orada e’lon qilinadi, deb ma’lum qildi Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov.
«Hozirda Davlat test markazi va tegishli vazirliklar bilan birgalikda fanlar majmuasi ishlab chiqilgan. Markazning asosiy vazifasi umumlashtirish hisoblanadi. Ya’ni vazirliklar beradigan takliflarga binoan ish tutadi. Bu mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda va tez kunda e’lon qilinadi.
Avvalgi yil bilan solishtiradigan bo‘lsak, juda katta farq bo‘lmaydi», – dedi Rajabov 23 fevral kungi matbuot anjumanida.
DTM rasmiysi chet tili fanidan maksimal ball beruvchi sertifikat darajasi B2'ga o‘zgartirilganiga izoh berdi.
«Yangi qoidaga ko‘ra B1'dan yuqori bo‘lgan B2 yoki C1 darajasi bo‘yicha sertifikat olgan abituriyentga maksimal ball berilishi belgilab qo‘yildi. Chunki test amaliyoti shuni ko‘rsatdiki, B1 sertifikati olgan bola va kirish imtihoni kuni test topshiradigan bola teng, ya’ni bir xil darajada.
Ikkalasi ham ishlaganda xato qilib qo‘yishi mumkin. Deylik, 3 ta xato qilsa, bu 9,3 balldan ayrildi degani va sertifikatsiz bola sertifikati bor bolaga yutqazib qo‘yyapti. Bunda adolat sal yo‘qolib qolgandek edi.
Endilikda Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, kimda B2 va undan yuqori daraja sertifikati bo‘lsa, unga kirish imtihonlaridagi maksimal ball beriladi», – ta’kidladi DTM direktori o‘rinbosari.
Sardor Rajabov chet tillaridan savollar tuzadigan o‘qituvchilar haqida to‘xtaldi.
«Bu bo‘yicha markazda katta tajriba bor. Hozirda 14 ta tildan test olinmoqda. O‘qituvchilarga qo‘yilgan talab – birinchi navbatda shu sohada filolog bo‘lishi hamda C1 darajaga ega bo‘lishi kerak.
Shundan keyin bu o‘qituvchilar bilan shartnoma tuzamiz va markazda ushbu o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari tashkil qilamiz», –deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
👉 @abituriyent_plus
🔥 Yuqori ball olgan yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab beriladi
✅ Hukumat qarori bilan xalqaro imtihon tizimida yuqori ball olgan yoshlar 2022-yil 1-yanvardan imtihon xarajatlarini olishi mumkin.
Bunda ular PDF formatda imtihon uchun qilingan to‘lov kvitansiyasi va sertifikatini topshirishlari kerak. 15 kun ichida sertifikat tekshiriladi va sertifikat haqqoniyligi tasdiqlanganda arizachiga pul to‘lab beriladi.
Eslatib o‘tamiz, prezident IELTS, TOEFL, GMAT va SAT imtihonlarida maksimal ballning kamida 75 foizini to‘plagan yoshlarning imtihon xarajatlari to‘liq qoplab berilishini ma’lum qilgandi.
Eng ommabop imtihon – IELTS da maksimal ball – 9. Buning 75 foizi 6,75ga teng. Ya’ni IELTS da 7 ball olganlarga imtihon uchun to‘lagan puli to‘liq qoplab berilishi mumkin.
👉 @abituriyent_plus
▪️Baʼzi OTMlarda turizm sohasida yangi yoʻnalishlar ochiladi
📅 2021-yil 1-martdan Oʻzbekiston hududiga kirgan kundan eʼtiboran 10 kunlik muddatga oʻz yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Bahrayn Qirolligi, Qatar Davlati, Quvayt Davlati, Ummon Sultonligi va Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong va Makao maxsus maʼmuriy hududlari fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilangan.
Farmon bilan Transport-logistika masalalarini tezkor koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiya tarkibi tasdiqlandi.
❕2021-yil 31-dekabrgacha turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalariga nisbatan tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun jarimalar qoʻllash toʻxtatiladi.
Shuningdek, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining amaldagi oʻrinbosarlari soni doirasida ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha rais oʻrinbosari lavozimi joriy etildi.
🎓 2021/2022 oʻquv yilidan “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida “ziyorat turizmi”, “transport logistikasi” va “ijodiy sanoat” (creative industry) magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
📅2021-yil 1-avgustgacha qadimiy ipak qogʻozi xomashyo zaxirasini shakllantirish manbai sifatida Imom Buxoriy majmuasi atrofidagi 64 gektar yer maydonida tut plantatsiyasi va Samarqand ipak qogʻozini ishlab chiqarish boʻyicha “Ipakchilik shaharchasi” turistik majmuasi tashkil etiladi.
👉 @abituriyent_plus
Namangan Davlat universitetida Tibbiyot fakulteti ochiladi
Prezidentning tegishli farmoniga binoan bu yil NamDUda tibbiyot fakulteti ochilar ekan. yangi o‘quv yilida kamida 200 nafar talabani o‘qishga qabul qilish amalga oshiriladi.
👉 @abituriyent_plus
Ba’zi OTMlarda turizm sohasida yangi yo‘nalishlar ochiladi
🗓 2021 yil 1 martdan O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatga o‘z yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Bahrayn Qirolligi, Qatar Davlati, Quvayt Davlati, Ummon Sultonligi va Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong va Makao maxsus ma’muriy hududlari fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilangan.
Farmon bilan Transport-logistika masalalarini tezkor ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiya tarkibi tasdiqlandi.
❕2021 yil 31 dekabrgacha turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalariga nisbatan tashqi savdo operasiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun jarimalar qo‘llash to‘xtatiladi.
Shuningdek, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining amaldagi o‘rinbosarlari soni doirasida ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha rais o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.
🎓 2021/2022 o‘quv yilidan “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida “ziyorat turizmi”, “transport logistikasi” va “ijodiy sanoat” (creative industry) magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
2021 yil 1 avgustgacha qadimiy ipak qog‘ozi xomashyo zaxirasini shakllantirish manbai sifatida Imom Buxoriy majmuasi atrofidagi 64 gektar yer maydonida tut plantasiyasi va Samarqand ipak qog‘ozini ishlab chiqarish bo‘yicha “Ipakchilik shaharchasi” turistik majmuasi tashkil etiladi.
👉 @abituriyent_plus
Qanday sabablar bilan talabani OTMdan chetlatish mumkin?
Nizomning 36-bandiga ko‘ra, talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
a) o‘z xohishiga binoan;
b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
g) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
ye) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
z) vafot etganligi sababli.
👉 @abituriyent_plus
Yangi o‘quv yilida O‘zbekiston tibbiy OTMlarida 10 ming xorijlik tahsil oladi
O‘zbekistonda tibbiyot sohasi uchun 9 ta oliy ta’lim muassasasi va ularning 2 ta filialida malakali kadrlar tayyorlanmoqda. Hozirda yurtimiz tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida 16 ta mamlakatdan 1500 nafarga yaqin xorijlik talaba tahsil olmoqda.
Yurtimizda qisqa vaqt ichida bakalavriat va magistratura bosqichlari qabul kvotalari 25 foizga, klinik ordinatura kvotalari esa 30 foizga oshirildi. 6 ta yangi ta’lim yo‘nalishi, 17 ta yangi mutaxassislik tashkil etildi.
SSV xabariga ko‘ra, sog‘liqni saqlash sohasiga kadrlar tayyorlash borasida xorijiy tibbiyot ta’lim muassasalari bilan keng hamkorlik, ularning fakultetlari va filiallarining ochilishi, ikki tomonlama diplom berish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Rossiyaning 17 ta, Italiyaning 2 ta, Koreya Respublikasining 2 ta oliy ta’lim muassasasi, shuningdek, Germaniya, Ispaniya, Turkiya, Xitoy va Hindiston oliy ta’lim muassasalari bilan shartnoma va kelishuvlar imzolandi.
✅ 2021-2022 o‘quv yilida O‘zbekistonda 50 dan ortiq davlatdan 10 ming nafardan ziyod xorijlik talabalar tahsil olishi kutilmoqda.
👉 @abituriyent_plus
📹 Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha kvota 2 barobar oshirildi
👉 @abituriyent_plus
#Infografika
Oliy ta’lim raqamlarda
👉 @abituriyent_plus
Davlat dasturi: xorijiy oliygohlarga o‘qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshiriladi
Prezidentimiz «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi...
Endilikda oliy ta’lim tizimida quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:
👉Birinchidan, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy etiladi.
👉Ikkinchidan, oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni 25 foizga hamda ehtiyojmand oilalar farzandi bo‘lgan xotin-qizlar uchun davlat grantlari soni 2 baravarga oshiriladi.
👉Uchinchidan, xususiy oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlashga davlat granti berish tizimi joriy etiladi.
Bu boradagi yangiliklar nafaqat yoshlarning ta’lim bilan qamrovi darajasini oshirish, balki gender tengligini ta’minlagan holda, intiluvchan, zehni o‘tkir qizlarimizga ta’lim olish imkoniyatini yaratadi. Chunki ayol kishining bilimli bo‘lishi farzandlarning ta’lim-tarbiyasi, jismoniy va ma’naviy kamolligiga katta ta’sir o‘tkazadi.
👉 Yana bir yangilik shuki, «El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali nufuzli xorijiy oliygohlarning magistratura va doktoranturasida o‘qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshirilyapti. Qolaversa, nufuzli xorijiy oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilish, ulardan olingan bilimlarni mamlakatimiz ravnaqi uchun qo‘llashga alohida e’tibor qaratiladi.
Davlat dasturida joriy yilda 22 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti binolari, 31 ta yangi maktab va 16 ta oliy ta’lim muassasalari ob’yektlarini qurish ishlarini amalga oshirish ham belgilandi. Bularning barchasi zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan, desak ayni haqiqat bo‘ladi.
✅ Xulosa qilib aytganda, bugun yoshlar xalqimizning boy ma’naviy-ma’rifiy merosini, zukkoligi, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi ezgu an’analarini o‘zida mujassam etgan holda, jamiyatimizda munosib o‘rin egallamoqda. Eng muhimi, O‘zbekiston yoshlariga yaratilgan sharoitlar, ular erishayotgan muvaffaqiyatlarga ko‘pchilik, xususan, dunyo yoshlari havas bilan qaramoqda.
Muxtor IBRAGIMOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati
👉 @abituriyent_plus
❗Bu yil 1 mln 615 ming abituriyent hujjat topshirishi prognoz qilinmoqda.
👉 Ularga cheklanmagan tarzda yo‘nalishlarni tanlash imkoni berilishi mumkin.
👉 Bu yil imtiyozlar bilan bog‘liq muammo bo‘lmasligi uchun harakat qilinyapti. — DTM bosh boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayev
👉 @abituriyent_plus
Gulistonda Turkiya tibbiyot universiteti filiali ochiladi
Filialda bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitish jarayoni 3 yil O‘zbekistonda, 3 yil Turkiyada o‘qitiladi.
Hukumatimizning «Sirdaryo viloyatida «Guliston tibbiyot klasteri» hamda xorijiy tibbiyot oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, Gulistonda tibbiyot kolleji negizida tibbiyot oliygohi tashkil etilishi, unda Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti filialini ochish bo‘yicha muzokaralar olib borilgan edi, deb xabar qilmoqda Sirdaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Mazkur filial o‘z faoliyatini 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab amalga oshiradi.
Qayd etilishicha, filialda bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitish jarayoni 3+3 (3 yil O‘zbekistonda, 3 yil Turkiyada) tashkil etiladi, bunda 30 foiz talabalar universitet mablag‘lari hisobidan ajratiladigan grantlar asosida o‘qitiladi.
Nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadigan ushbu filialda o‘qitish kunduzgi ta’lim shaklida, davlat va ingliz tillarida amalga oshiriladi.
👉 @abituriyent_plus
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
📌 2021-yil 1-fevral kuni “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining baholarini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
✅ Unga ko‘ra:
👉 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (attestati) (diplom ilovasi)ga majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritiladi va ushbu ko‘rsatkich 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.
👉 Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi bitiruvchilari bahosining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblashda bitiruvchining 6-11-sinflardagi yillik baholarining umumiy yig‘indisi har bir sinfdagi o‘qigan fanlar sonining umumiy yig‘indisiga nisbati olinadi.
👉 Davlat test markazi tomonidan oliy ta’lim tashkilotlariga qabul test sinovlari yakunlanganidan so‘ng, belgilangan muddatda, tanlovga qadar abituriyentlarning test sinovi jarayonida to‘plagan ballariga tegishli ta’lim tashkilotlari tomonidan kiritilgan bitiruvchilar (abituriyentlar) baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari qo‘shiladi va tanlov amalga oshiriladi.
👉 Bitiruvchi (abituriyent) test sinovi jarayonida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning 30 foizidan kam ball to‘plasa, ajratilgan kvota doirasida tanlovda ishtirok eta olmaydi.
📋 Loyiha bilan to‘liq tanishish uchun: https://regulation.gov.uz/uz/document/28636
👉 @abituriyent_plus
Davlat test markazi tomonidan 2020-yilda o‘tkazilgan test sinovlari
2020-yilda Davlat test markazi tomonidan 29 turdagi imtihon o‘tkazildi. Mazkur imtihonlarda jami ishtirok etishi belgilanganlar soni 1,6 mln. nafardan ortiqni tashkil etdi.
👉 @abituriyent_plus