abituriyent_plus | Unsorted

Telegram-канал abituriyent_plus - Abituriyent Plus

-

Abituriyentlar va talabalar uchun darslik, qo‘llanma va yangiliklar Qidiruv: #onatili #adabiyot #tarix #matematika #informatika #geometriya #fizika #kimyo #biologiya #geografiya #ingliztili #rustili #nemistili #fransuztili 📩 @abtplusbot

Subscribe to a channel

Abituriyent Plus

​​TEXNIKUMNI BITIRGAN O‘QUVChI INSTITUTGA IMTIHONSIZ KIRISHI MUMKINMI?

SAVOL.
Kollejlarni bitirgan o‘quvchilar institut, universitetlarga imtihonsiz o‘qishga kirishi mumkin, degan gap eshitdim, shu to‘g‘rimi? Meni o‘g‘lim texnikumda o‘qiyapti, u ham kelajakda institutlarga imtihonsiz kirib ketishi mumkinmi? Iltimos, shu savolimga aniqlik kiritib bersangiz.

✅ JAVOB.

Haqiqatdan ham, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 715-son qarori 4-bandiga ko‘ra Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga:

➖ 2021 yil 1 aprelga qadar oliy ta’lim muassasalari huzuridagi texnikumlarni bitirgan o‘quvchilar o‘z sohasi bo‘yicha kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish yuklatilgan.

Ya’ni, Siz eshitgan gap bekordan-bekorga emas.

Agar texnikum qaysidir oliy ta’lim muassasasi huzurida bo‘lsa, demak ushbu texnikumni tamomlagan o‘quvchilar o‘z sohasi bo‘yicha kirish imtihonisiz, suhbat orqali shu oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinishi mumkin.

Buning ustiga u o‘qishni 2-bosqichdan boshlashi mumkin. Bu juda yaxshi imkoniyat.

Albatta, buning uchun tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi o‘z vaqtida tayyorlanib, 2021 yil 1 aprelgacha Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi kerak bo‘ladi.

©YURIST KADR

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

​​📋 Endi maktablardagi bitiruv imtihonlari natijalari ham OTMga kirishda hisobga olinarkan. Bu qanday tartibda amalga oshiriladi?

✅ 2020 yil 6 noyabrda Prezidentimizning “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

👉 2020/2023 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplom ilovasi) ga majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritiladi va ushbu ko‘rsatkich oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.

👉 2022/2023 o‘quv yiliga qadar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan birgalikda o‘quvchilar bilimini baholash jarayonini raqamlashtirish va shaffofligini ta’minlash maqsadida barcha umumta’lim muassasalarida “Elektron kundalik” dasturi joriy etiladi.

👉 Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining baholarini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi 2021 yil 1 iyunga qadar Davlat test markazi tomonidan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

​​Test natijasini ko‘rish yanada oson

❇️ Davlat test markazining interaktiv xizmatlar portalida test natijalarini ko‘rish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.

📊 Endilikda test sinovida ishtirok etgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingandan so‘ng my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirmagan holda ham o‘z natijalarini bilishlari mumkin bo‘ladi.

👨🏻‍💻 Buning uchun mazkur saytdagi “Natijani ko‘rish” bo‘limiga test topshiriqlari kitobi raqami va sahifada keltirilgan arifmetik ifodaning qiymatini kiritish kifoya.

✅ Unda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

👉 test topshirilgan fanlar;
👉 har bir fan bo‘yicha test topshiriqlari soni;
👉 har bir fan bo‘yicha to‘g‘ri javoblar soni;
👉 har bir fan bo‘yicha umumiy to‘plangan ball;
👉 har bir test topshirig‘iga ✅ to‘g‘ri yoki ❌ noto‘g‘ri javob berilganligi.

Ma’lumot uchun, diagnostik test sinovida ishtirok etgan talabgorlar ham o‘z natijalarini shu yerdan bilishlari mumkin.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

❗️❗️❗️MUHIM

💠"2020/2021-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi hamda Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomlaridagi Davlat stipendiyalariga tanlovlar o‘tkazish to‘g‘risida"gi 37-son buyrug‘i

👉Prezident va nomdor stipendiyalarga talabgor nomzodlar 1-4-fevral kunlari Toshkent shahrida imtihon topshiradilar;
👉Imtihonlar DTM tomonidan test shaklida "O'zbekiston tarixi", "Informatika", "Xorijiy tillar" fanlaridan bo'ladi;
👉Testlar O'zMU binosida bo'lib o'tadi;
👉Prezident stipendiyasi talabgor nomzodlari va ularga biriktirilgan shaxslarga 400.000 so'mdan pul ajratiladi, undan tashqari viloyatdagi nomzodlarning Toshkentga kelib-ketish yo'l harajatlari OTM hisobidan qoplanadi;
👉Viloyatdan kelganlar uchun TDAU yotoqxonasidan joy ajratiladi;
❗️Mazkur buyruq ijrosi shaxsan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov tomonidan nazorat qilinadi.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Davlat test markazida tashkil etilgan press-turdan lavhalar

Davlat test markazida ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar va davlat tashkilotlari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan press-turdan lavhalar:

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori №395

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari

⏳ Ertaga, 26-yanvar kuni Respublika Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga harbiy tavsiyanoma berish bo‘yicha test sinovlari boshlanadi.

🔰 Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 31-yanvarda 3215 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida tashkil etilmoqda.

📍 Test sinovlari tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda har bir harbiy qismning o‘zida o‘tkaziladi.

❇️ Muddatli harbiy xizmatchilar uchun mo‘ljallangan test savollarining umumiy soni 100 ta bo‘lib, ularning 40 tasi – jangovar tayyorgarlik, 20 tasi – ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 10 tasi – matematika, 10 tasi – fizika fani bo‘yicha test savollaridan, shuningdek, qolgan 20 tasi esa mantiqiy test savollaridan iborat bo‘ladi.

📆 Test sinovlari fevral oyi yakuniga qadar davom etadi.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

«Davlat qabul komissiyasi deganining o‘zi tagi yo‘q organ-ku. Nima keragi bor buning?». Komissiya faoliyatini tugatish taklif qilindi

Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining ekspertlar ishtirokidagi yig‘ilishida shu haqda so‘z borgan.

👉 Senator Odil Iminov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasini keskin tanqid qilib, uning faoliyatini tugatish taklifi bilan chiqdi.

«Biz Davlat qabul komissiyasiga 2 oy avval xat yozdik. Lekin ulardan haligacha javob yo‘q. Yo‘q. Shunchaki javob yo‘q. Senatning xatiga javob yo‘q.

Buni tugatish kerak. Qabulni to‘liq universitetlarning o‘ziga berish kerak. Keyin universitetlar rektorlari ta’lim jarayoni va sifatiga o‘z boshi bilan javob bersin. Dekanlar esa ta’lim tarbiya uchun javob bersin.

Nega bu ishlarni Vazirlar Mahkamasida o‘tirgan chinovnik hal qilishi kerak? O‘quv dasturlarini ham hamma universitet o‘zi qilsin.

Davlat qabul komissiyasi deganining o‘zi tagi yo‘q organ-ku. Nima keragi bor buning
?», – deya yig‘ilganlarga savol bilan murojaat qilgan Odil Iminov.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Toshkentdagi prezident universiteti 8000 talabaga mo‘ljallanadi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 15 yanvar kuni poytaxt tuman hokimlari,sektor rahbarlari, mahalla raislari va Yunusobod tumani yoshlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Газета.uz».

«Biz prezident universitetini quramiz. Oksford ta’limini birinchi marta O‘zbekistonda joriy qilmoqchimiz. Britaniyaning ta’lim sohasi dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Biz yangi prezident maktablarini ochdik, endi 8000 talabaga mo‘ljallangan yangi prezident universitetini ochamiz. Barcha domlalari chet eldan bo‘ladi», - dedi davlat rahbari.

«Bizning bolalarimiz chet elga ketishadi - ularning 50 foizi qaytib kelmaydi. «Eng katta aql» ketayapti. U yerdagi sharoit ularga yoqadi, oylik katta. Ammo endi men shu sharoitlarni yaratib, ularni o‘zimizda o‘qitmoqchiman. Ketmasin bolalarimiz», — deya ta’kidladi prezident.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Kirish imtihonida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar talabaga Prezident granti beriladi

Bu 2021 yilgi Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.

Prezident granti sohibi bo‘lgan talabaga o‘qishni bitirguniga qadar amaldagi Prezident stipendiyasi miqdoriga teng bo‘lgan Prezident granti stipendiyasi to‘lanadi.

O‘quv semestri yakuni bo‘yicha barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi «a’lo» baho bo‘lib, bitta fandan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi «a’lo» bo‘lmaganda, ushbu toifadagi talabalarga kelgusi semestrlar mobaynida Prezident granti stipendiyasi berilmaydi.

2021 yil 1 iyunga qadar Prezident grantini ajratish tartibi ishlab chiqiladi va OTMlarga kirish imtihonlarida ball to‘plagan shaxslar to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlarni yig‘uvchi yagona elektron reyestr tuziladi.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

​​❗Yangi yo‘nalish ochilmoqda!

Yangi o‘quv yilida O‘zDJTSU Farg‘ona filialida shaxmat bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi ochiladi

“Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori e’lon qilindi.

✅ Qarorga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:

👉 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filialida shaxmat bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi ochiladi;

👉 boshqa OTMlarida shaxmat yo‘nalishiga zarur ehtiyojdan kelib chiqib, O‘zbekiston shaxmat federasiyasining tavsiyasiga asosan alohida qabul kvotalari belgilanadi;

👉 pedagog xodimlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha “Eng yaxshi innovasion o‘quv metodik qo‘llanma” tanlovi tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 noyabrdagi PQ-4877-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filiali tashkil etilgan. Filial faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Kelgusi kirish test sinovlarida nazoratchilar abituriyentlar orasida yurmaydi

DTM mas’ulining xabar berishicha, tashkilotning hududlarda binolarini qurish, ularni zamonaviy AKT jihozlari bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Kelgusida abituriyent o‘ziga biriktirgan kompyuterda test topshiradi. Kompyuterdagi maxsus kamera abituriyentning xatti-harakatini nazorat qiladi. Agar u yon-atrofidagilardan yordam olmoqchi bo‘lsa yoki boshqa qo‘llanmalardan foydalanishga harakat qilsa, test avtomatik bloklanadi va bu haqda mas’ullarga xabar beriladi.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

​​📋 Yana bir xorijiy OTM filiali tashkil etildi. Qabul shu yildan boshlanadi

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori (PQ–4942, 12.01.2021) bilan Toshkent shahrida “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali tashkil etildi.

👉 Filialda sharq tillari filologiyasi, mamlakatshunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti, biotibbiyot, aniq fanlar kabi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

👉 Filial ta’lim faoliyatini 2021/2022 o‘quv yilidan boshlaydi.

👉 Ta’lim jarayoni rus tilida, keyinchalik boshqa tillarda ham olib boriladi.

👉 Filialga talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur filial bilan respublikadagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari soni 25 taga, jami oliy ta’lim muassasalari soni esa 130 taga yetdi (harbiy va diniy OTMlardan tashqari)

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

​​📋 Ro‘yxatdan o‘tish boshlandi: DTM 21-yanvardan diagnostik test sinovlarini yo‘lga qo‘ymoqda. Narxi: 15.000 so‘m

Xabar berilishicha, Davlat test markazi tomonidan 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi.

Bu orqali abituriyentlar nafaqat o‘z bilimini sinashi, balki test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko‘nikmasiga ham ega bo‘lishi mumkin.

⏳ Diagnostik test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 21-yanvardan boshlanadi va har hafta o‘tkaziladi.

📚 Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar http://my.dtm.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va kerakli ma’lumotlarni kiritgan xolda test variantiga buyurtma berishlari mumkin.

✅ Test variantiga buyurtma berishda talabgorlar tomonidan quyidagi ma’lumotlar aniq belgilanishi lozim:

👉 Qaysi fanlardan test topshirishi (mutaxassislik fanlari sifatida 2 ta fan);
👉 Test topshirish tili;
👉 Test topshirish hududi;
👉 Test topshirish kuni va vaqti

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

​​Toshkent viloyatida TATU filiali ochiladi

«Elektron qaror» axborot tizimi yaratiladi, unda hokimlarning barcha qarorlari yagona bazasi yuritiladi. Bu haqda Bosh vazir maslahatchisi Olimjon Umarov ma’lum qildi.

«Mahalliy boshqaruv organlari, hokimliklar faoliyatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. «Elektron qaror» axborot tizimi yaratiladi. Unda hokimlarning barcha qarorlari yagona bazasini yuritiladi.
Nukus, Urganch, Namangan va Termiz shaharlarida IT-park filiallari ochiladi. Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida «Yoshlar texnoparklari» ochiladi. Toshkent viloyatida bu yil sentyabr oyida TATU filiali ochiladi», dedi Umarov.


👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Mahkumlarga ham OTMga kirish va onlayn ta’lim olish imkoni beriladi

Talabalik davrida jinoyat sodir etib, jazoni ijro etish muassasalariga tushib qolgan mahkumlarga onlayn o‘qishini davom ettirish imkoniyati beriladi.

Batafsil

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

📋 Kelgusi yildagi 5 ta fan bo‘yicha imtihon masalasida

DTM o‘z rasmiy kanalida kelgusi yildagi testlar haqida ayrim savollarga javob berishni boshladi. Ammo ushbu savol-javoblarda yangi gap yo‘q, Prezident qaroridagi bor ma’lumotni shunchaki qayta eslatishmoqda. Toki yangi tartibga oid hujjat rasman tasdiqlanmaguncha yangi gap ayta olishmasa ham kerak.

Kelgusi yilgi test sinovlari haqida bizga quyidagilar ma’lum:

👉 kelayotgan yilda 5 ta fandan imtihon bo‘lishi aniq, bu Prezident qarorida belgilangan. Ya’ni bu masala allaqachon hal etilgan, faqat tartibi hozircha noma’lum xolos;

👉 5 ta fandan test bo‘lishga oid tartib, faqat davlat OTMlariga taalluqli. Shu paytgacha bo‘lgani kabi, bu yangi tartib harbiy, diniy, xususiy, nodavlat va xorijiy OTMlarga aloqador emas;

👉 Prezident qarorida testlar ikki bo‘limga ajratilishi belgilangan, birinchi bo‘limda barcha uchun majburiy uchta fan — ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi; ikkinchi bo‘limda yo‘nalishga mos ikkita maxsus fan belgilangan;

👉 Qarorda ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) deb ko‘rsatilganligi sababli, majburiy blokda adabiyot fanidan test savollari bo‘lmaydi;

👉 Qarorda O‘zbekiston tarixi deb ko‘rsatilganligi uchun, majburiy blokda jahon tarixi fanidan test savollari bo‘lmaydi.

Yuqoridagi ma’lumotlar tushunarli, ammo asosiy savollarga abituriyentlar qachon javob topishadi?

• majburiy blokda o‘tish bali bo‘ladimi yoki ushbu uchta fandan necha ball olsa ham farqi yo‘qmi, umumiy 5 ta fandan to‘plagan bali hisobga olinadimi?

• maxsus blokda shundoq ham ona tili, matematika va tarix fanidan savollar bo‘ladigan yo‘nalishlarda tartib qanday bo‘ladi? Ular 2 marta matematika, ona tili, O‘zbekiston tarixidan savollarga javob beradimi?

• ayrim yo‘nalishlarda fanlar bloki o‘zgarishi haqida gap-so‘zlar yuribdi, masalan yurisprudensiya yo‘nalishida yana tarix asosiy fanga aylantirilishi mumkin ekan. Umuman olganda qaysi yo‘nalish qaysi fandan imtihon topshirishi qachon aniq bo‘ladi? Axir abituriyentlar buni oldindan bilishi kerakku! Yoki o‘tgan yilgilarga o‘xshab, yana testga 1 oy qolganda ma’lum qilasizlarmi?

• qaysi darsliklardan test savollari tuzilishi qachon e’lon qilinadi yoki bu ham uzoq vaqt sir tutiladimi?

Testdagi shaffoflik deganda faqat hammayoqqa kamera qo‘yish, katta pavilonlarda test o‘tkazish tushunilmaydi. Eng avvalo shaffoflik deganda imtihonlarga oid barcha zarur ma’lumotlar oldindan e’lon qilinishi, abituriyentlar hamma savollarga ochiq-oydin javob topa olishi, hech narsa mavhum bo‘lmasligi muhim.

Bizda esa ming afsuski eng muhim ma’lumot va jiddiy o‘zgarishlarni testga kam vaqt qolganda e’lon qilishadigan juda yomon odat bor. Bu abituriyentlarga nisbatan adolatsizlik ekanligini yoki tushunishmaydi, yoki tushunsa ham pinagini buzishmaydi. «Kerak bo‘lsa ko‘nikadi» degan prinsipda yuradigandek tuyulishadi. Qani, ko‘ramiz, balki joriy yilda mana shu «kasallik»ka barham berilar.

© xushnudbek

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

2020/2021-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt miqdori oshirilmaydi

✅ O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 9-son bayoni qaroriga muvofiq:

👉 Koronavirus pandemiyasi sababli respublika aholisining to‘lov qobiliyati pasayganligini inobatga olib, oliy va professional ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan hamda tahsil olayotgan talabalar va o‘quvchilarning o‘qishi bilan bog‘liq to‘lov-kontrakt mablag‘lari miqdori 2020/2021 o‘quv yilida o‘zgarmaydi (oshirilmaydi):

👉 ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda OTMlar rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, OTMlar bakalavriatiga talabalikka tavsiya etilib, belgilangan to‘lov-kontrakt mablag‘larini qisman to‘lagan, magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan hamda o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini kamida 50 foizini o‘tkazishning so‘nggi muddati 2021 yil 1 fevral etib belgilandi.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Davlat test markazi faqat test tayyorlaydi (mi?)

Test tayyorlash va uni foydalanishgacha yetkazish jarayoni qanday? DTMga press-tur tashkil etildi (+video)

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Hozirgi vaqtda 4 ta Prezident maktabi faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizning qolgan hududlarda qachon Prezident maktablari ochiladi?

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Anvar Umarov ma’lum qilishicha, hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida Prezident maktablari faoliyat yuritmoqda.

2021-2022 o‘quv yilidan boshqa barcha hududlarda Prezident maktablari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

2020 yilda Buxoro, Jizzax, Qarshi, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida Prezident maktablari qurilish ishlari olib borildi.

2021 yilda Andijon, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida Prezident maktablari qurilishi rejalashtirilgan.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

​​⚡Talabalar diqqatiga! 1 fevraldan “proyezdnoy”lar chiqarilmaydi

Joriy yilning 1 fevralidan boshlab, barcha turdagi (talaba, o‘quvchi, nafaqa hamda aholi uchun) mo‘ljallangan qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari sotuvga chiqarilmaydi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Matbuot xizmati ma’lusm qilmoqda. 

Shuningdek, 2021 yil 1 fevraldan boshlab imtiyozli elektron oylik yo‘l chiptalari uchun belgilangan kunlik tariflar faollashtiriladi (aktivlashtiriladi).

✅ Qayd etilishicha, elektron oylik yo‘l chiptalarini birinchi bor xarid qilayotgan yo‘lovchilarning transport kartalarida 30 kunlik tarif avtomatik tarzda yoqiladi. 

👉 Eslatib o‘tamiz, sotib olingan elektron oylik yo‘l chiptalaridagi tariflar birinchi to‘lovni amalga oshirgan kundan boshlab, tarifda belgilangan kunga qadar amal qilinadi.

📕 Qo‘llanma: Barcha turdagi transport kartalari 3 yil muddat foydalanish uchun taqdim etiladi. Har oy yangi elektron oylik yo‘l chiptalari harid qilish lozim bo‘lmaydi. Faqatgina o‘zingizga qulay tariflarni yuklab olish kifoya bo‘ladi.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

​​Samarqandda ikki universitet filiali ochiladi

Kattaqo‘rg‘on shahrida Samarqand davlat universiteti va Toshkent davlat transport universitetining Kattaqo‘rg‘on filiallari tashkil etiladi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “2020–2022 yillarda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Transport vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi ikki oy muddatda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida Samarqand davlat universiteti va Toshkent davlat transport universitetining Kattaqo‘rg‘on filiallarini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

​​DTM rahbari Majid Karimov press-tur davomida 2021 yilgi imtihonlar uchun rejalar haqida ma’lumot berdi

Unga ko‘ra, abituriyentlarga fanlar majmuasi mos bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlarini cheklanmagan miqdorda tanlash imkoniyatini yaratish, abituriyentlarning mantiqiy fikrlashi, masala va misollarni bajara olish qobiliyatini baholaydigan test topshiriqlarini ishlab chiqish maqsad qilingan. 

✅ Shuningdek, chet tilini bilish bo‘yicha ko‘p darajali test tizimini amaliyotga joriy qilish va yil davomida test sinovlarini tashkil etish uchun respublikaning barcha hududlarida bino va inshootlar qurish ham 2021 yil rejaga kiritilgan.

🔥 Ko‘pchilik DTM faoliyati faqat OTMga kirish imtihonlarida test tuzishdan iborat deb o‘ylashi mumkin, lekin aslida markaz ko‘plab tashkilot va muassasa xodimlari uchun ham testlar o‘tkazadi. Masalan, o‘tgan yilda 28 turdagi test sinovlari o‘tkazgan bo‘lsa, bu yil 35 turdagi sinovlar o‘tkazishni rejalashtirilgan.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

​​Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun ro‘yxatdan o‘tish endi yanada oson

Davlat test markazi tomonidan interaktiv xizmatlar portali (my.dtm.uz) ishga tushirilgan bo‘lib, bosqichma-bosqich barcha xizmatlar mazkur portalga o‘tkazilmoqda.

Hozirga qadar milliy test tizimi, diagnostik test sinovlari va malaka oshirish kurslari uchun ro‘yxatga olish interaktiv xizmatlar portaliga o‘tkazilgan edi.

Endilikda chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun ro‘yxatdan o‘tish ham my.dtm.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Buning uchun talabgorlar dastlab interaktiv xizmatlar portalidan ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

So‘ngra, “Milliy sertifikatlar” bo‘limidan tegishli chet tilini tanlagan holda test sinovlariga ariza berishlari mumkin.

Bunda, tegishli chet tilidan tashqari test topshirish oyi, test topshirish hududi va tilni bilish darajasini tanlash kifoya.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

​​Samarqand viloyatida 10,7 foiz abituriyent talabalikka qabul qilindi

Davlat test markazi Samarqand viloyat bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, 2020-2021 o‘quv yilida viloyatda 137 271 nafar abituriyent oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 14 684 nafari, ya’ni atigi 10,7 foizi talabalikka qabul qilingan.

📈 Tuman (shahar)lar kesimida olib qaralganda, eng ko‘p talaba o‘qishga kirgan hududlar:

1. Narpay tumani – 12,7 foiz.
2. Paxtachi tumani – 12,4 foiz.
3. Samarqand shahri – 12,2 foiz.
Narpay tumanidan 7769 nafar abituriyentdan 989 nafari, Paxtachi tumanidan 6658 nafar abituriyentdan 827 nafari, Samarqand shahridan 13 208 nafar abituriyentdan 1612 nafari talabalikka tavsiya etilgan.

📉 Eng kam talaba o‘qishga kirgan hududlar:

1. Urgut tumani – 7,1 foiz.
2. Samarqand tumani – 8,3 foiz.
3. Toyloq va Jomboy tumanlari – 9,2 foizdan.
Urgut tumanidan 13 819 nafar abituriyentdan 983 nafari, Samarqand tumanidan 6393 nafar abituriyentdan 531 nafari, Tayloq tumanidan 7092 nafar abituriyentdan 653 nafari va Jomboy tumanidan 6600 nafar abituriyentdan 600 nafari talaba bo‘lgan.

Xurshida Ernazarova

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

Abituriyentlar kirish test sinovlarida istalgancha OTMni tanlashi imkoni berilishi mumkin

Ayni vaqtda davlat test markazi binosida OAV vakillari ishtirokida press-tur bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Human.uz muxbiri Ro‘ziqul Ochilov xabar bermoqda.

Mazkur press-turda DTM rahbari Majid Karimov o‘tgan 2020 yil davomida amalga oshirilgan ishlar xususida ma’lumot berdi.

- Xabaringiz bor, o‘tgan kirish test sinovlarida abituriyentlar fanlari mos kelgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 5 ta OTM belgilashi mumkin edi. Biz ushbu cheklovni olib tashlash bo‘yicha taklif kiritdik. Agar taklif ma’qullansa, kelgusi kirish testlarida mos fanlar kesimida istalgancha OTM tanlashlari mumkin, - deydi M. Karimov

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi 6141-son farmoni bilan Abdukodir Hamidovich Toshkulov O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga tayinlandi.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

#Muhim_xabar

2021 yil 20 yanvar – 1-kurslar uchun kontrakt to‘lash va talabalikka qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi kuni

✅ Ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda OTMlar rektorlarining murojaatlarini inobatga olgan holda, 2021 yil 20 yanvar quyidagi abituriyent va talabalarga:

👉 bakalavriat va magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;

👉 bakalavriat va magistraturaga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;

👉 o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalarga;

👉 xorijiy fuqaro sifatida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga to‘lov haqini o‘tkazish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati etib belgilangan

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

So‘rov: Repetitorga bormay, OTMga o‘qishga kirsa bo‘ladimi?

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…

Abituriyent Plus

📋 Yana bir imtiyoz: Mahalla xodimlari ham tavsiyanoma asosida OTMga kiradi.

✅ Hukumat qaroriga ko‘ra, mahalla tizimida 3 yillik stajga ega, egallab turgan lavozimida 1 yildan beri ishlayotgan xodimlarga Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tavsiyanomalar beradi. Tavsiyanoma olganlar "Ijtimoiy ish" (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’limga kontrakt asosida qabul qilinadi.

Mahalla xodimlari tavsiyanoma bilan kirish imtihonini ham topshirgan holda o‘qishga qabul qilinadi. Ular boshqa yo‘nalishga o‘qishini ko‘chira olmaydi.

👉 @abituriyent_plus

Читать полностью…
Subscribe to a channel