Adabiyotshunoslik --- insonshunoslikdir... Adabiyot atomdan kuchli. Uning kuchini o‘tin yorishga sarflamaslik kerak. Kanalimiz muhokama gurpasi: @adabiyotshunoslik_nazariyasi Admin (elektron kitoblar buyurtmasi bir kitob uchun 2000) : @adabiyTanqidchi
Maqolam Türk saytlarining birida e'lon qilindi.
Yazan: Ziyoda Turdiboyeva: Türk Halk Dans Tarihi ve hareketlerdeki sembolizm https://www.tarihistan.org/turk-halk-dans-tarihi-ve-hareketlerdeki-sembolizm/29095/
@uzbekmunaqqidi
📒 Xayol chechaklari
✍ Valentin katayev
@uzbekmunaqqidi
Жазз – эркинлик, рок –исёнкорлик, классика – тартиб: севимли куйингиз сиз ҳақингизда “гапиради”
Ҳар бир файласуф мусиқанинг турли жиҳатларига эътибор қаратган: Пифагор унда космик тартибни, Ницше инсон руҳининг жўшқинлигини, Адорно танқидий фикрлаш воситасини, Шопенгауэр эса қалб садосини тинглаган.
Oʻz: https://oyina.uz/uz/article/3743
Ўз: https://oyina.uz/kiril/article/3744
@uzbekmunaqqidi
“Jadid” газетасининг 2025 йил 25 апрелдаги 17-сони
@uzbekmunaqqidi
“Jadid” газетасининг 2025 йил 18 апрелдаги 16-сони
@uzbekmunaqqidi
https://telegra.ph/Raddiya-04-19
“Oyina.uz / Tafakkur” telegram kanalida 19-aprel kuni joylangan #izohsoz ruknida berilgan “Dunyo kuysa kuysin, devonaning kabobi pishsin” maqoliga yozilgan izoh uchun RADDIYA.
@uzbekmunaqqidi
Bugun mahoratli shoir – Rashid Xo'jamovning tug'ilgan kuni. Sovg'a tariqasida ushbu she'rini bilganimcha turk tiliga o'girdim. Kamchiliklari bo'lsa, uzr so'rayman.
Tanım
Benim annem -
bir avuç kalp,
Kırk yıldır katliam yenilmeyen zat,
Bir an mutlu,
Ebedi keder,
Gözyaşsız ağlam,
sessiz feryad...
Ablam - ay'ın evlatlık kızı,
Masal örür eteklerinde,
Isim vermekten yoruldu gece
Tanrı almış bebeklerine.
Sevgili ağam çocuklarının
Görmeye doyamadığında kış biter.
Yurtdışında bir şehir inşa ediyor,
Ama kendine kuramayacak bir vatan.
Halkım ise gözlemcidir,
Sihirbazın gösterisine hayran.
Gece gündüz sabrın sınıyor
Yeryüzündeki tanrılar onun.
Ben miyim?
Beni rahat bırak, sorma,
Böyleydim şu - esinti savrulmuş sapım,
Irademi ona teslim edsem,
Rüzgarlar da ebedi sürmez.
Sözler eski.
yeni dünyada,
Ağaçlar yüksek, kuyular çukur.
Kaderi yıldırım gibi olan babam,
Bu günleri görmedi (şükür).
✍️ Rashid Xo'jamov
Tarjimon: Farzona Marjon
@uzbekmunaqqidi
Qimmatning sehrli sandigʻi va Pandora qutisi oʻrtasida qanday bogʻliqlik bor – sirli qutilarning siri
Sirli “quti” odatda noaniqlikni anglatadi. Odamlar mavhum va noaniq natijani kutishdan qoʻrqishadi. Bu noaniqlik psixologik jihatdan kuchli hayajon, qoʻrquv, kutish, va shubha kabi hissiyotlarni qoʻzgʻatadi.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3668
@uzbekmunaqqidi
Adabiyotshunoslik borasida Qaysi mavzuda maqola yozish kerak aynı vaqtda? Yonib turgan mavzuni bilsangiz, tavsiya qilib keting.
/channel/letsqbot?start=tbeso
KUCHUKCHA
(Nurmuhammad Abduzoirga)
Eh sho‘rlik kuchukcha, chopganing chopgan,
Otilgan tayoqni topganing topgan.
Borasan, qaytasan, bilmaysan tinim,
Boshingni ko‘targil, kuchukcham, inim.
Olam keng, sen faqat bafurja bir boq,
Yoʻl desang yoʻl bisyor, bogʻ desang moʻl bogʻ.
Afsuski, o‘rgangan yo‘ling bor sening,
Ko‘z ochib ko‘rganing — Qo‘ling bor sening.
Qo‘l esa ko‘p zolim, bilgani ermak:
Senga oz yemish-u, ko‘p yumush bermak.
Unda ko‘ngil yo‘qdir, yo‘qdir afv sira,
Kuchukcham, aldanma, undan xavfsira.
Hozircha chaqqonsan, shovvoz-u chopqir,
Ol desa olg‘irsan, top desa topqir.
Vaqt o‘tar, o‘zgarar tayog‘-u lappak,
Hali ulg‘ayasan, bo‘larsan ko‘ppak.
Shunda yag‘ir boshing silamaydi Qo‘l,
Hech qursa yaxshilik tilamaydi Qo‘l.
Tayoqni tashla-yu, chopgil toʻrt taraf,
Tishlaring gʻijirlat — shu senga sharaf!
Shohrux Usmonov
11.04.2025
@usmonosphere
“Jadid” газетасининг 2025 йил 4 апрелдаги 14-сони
@uzbekmunaqqidi
Yoriltosh (Ertak kino) 2003-yil
@uzbekmunaqqidi
#mushohada
Tohir Malikning "Vijdon uyg'onur" degan kitobida bir rivoyat o'qigandim. Qatiqfurush haj safariga otlanadi. Yo'li dengizdan o'tardi. Kemada ketayotganida bir maymun u bilan o'ynashib hurjunini olib qochadi-da, kemaning eng baland burniga borib, hurjun ichidagi tilla tangalarni hurjundan bitta-bitta oladi-da, bittasini daryoga, bittasini kemaga tashlaydi. Hurjundagi tangalar tugaguncha shunday qiladi. Haligi maymunni egasi kelib, qatiqfurushdan uzr so'raydi va kemaga tashlangan tangalarini yig'ib beradi. Ko'rgan ziyonini qoplab berishga sharoiti yo'qligini aytadi. Qatiqfurush bo'lsa, hayratdan qotib turardi. Faqat bir jumlani pichirlab qayta-qayta aytardi:
"Suvniki suvga, sutniki sutga ketdi."
P.S.: Chunki qatiqfurush ko'proq pul ishlash uchun sutga suv qo'shib sotardi. Meni hayotimdan ham nimadir ketsa yoki nimadir kelsa, shu rivoyat esimga tushadi. Suvniki suvga, sutniki sutga.
@uzbekmunaqqidi
“Jadid” газетасининг 2025 йил 28 мартдаги 13-сони
@uzbekmunaqqidi
Odatim bo'yicha o'zim o'qimagan narsani birovga tavsiya qilmayman, o'zim bilmagan narsa haqida gapirmayman. Kimgadir nimadir ilinyapmanmi, demak, o'sha narsa men uchun eng yaxshi deb topilgan narsa. Ishonavering. Mana bu maqola ham shular jumlasidan.
https://www.afisha.uz/uz/cinema/2025/03/28/antiqahramon
@uzbekmunaqqidi
“Jadid” газетасининг 2025 йил 2 май кунги 18-сони
@uzbekmunaqqidi
Xorijiy saytlarga maqola bermoqchiman. O'zbek san'ati Yoki adabiyotidagi Qaysi qirralarni yoritishimni maslahat berasizlar?
Men ko'plab xorijiy saytlarni kuzatib boryapman. Bizni saytlardagidek yaltiroq qog'ozga o'ralmagani meni qoyil qoldirdi. Lekin maqolalar so'nggida, masalan, "Hind millatining büyük tarixi bor. Bu tarix qayta tiklanishiga Umid qilaman.", "Biz yana birlasholamiz" degan jumlalar bilan tugayotganiga guvoh bo'ldim.
Men ham shunday tanqidiy maqola yozib turkiy elatlarni birlashishga chorlamoqchiman.
Nimadan boshlashni maslahat berasizlar?
/channel/letsqbot?start=tbeso
Yangi maqolam...
https://telegra.ph/Raqs-tarixi-va-harakatlardagi-ramziylik-05-02
@uzbekmunaqqidi
Бюрократик лабиринтда адашганлар – Кафканинг замонавий қаҳрамонлари
“Стипендия учун ариза топширмоқчиман”, дедим мен, – овозимда яширилган ҳаяжон билан аранг. Ходим ҳужжатларимга қараганича кўзойнакларини тузатди. Унинг кўзларида мен кўришга ўрганган нарса – бепарволик, зерикиш ва энг даҳшатлиси, мендан олдин келган юзлаб талабаларнинг тақдири аллақачон ёзилган протоколнинг муқаррар такрори акс этарди.
Oʻz: https://oyina.uz/uz/article/3706
Ўз: https://oyina.uz/kiril/article/3707
@uzbekmunaqqidi
Kino – So'z, Tasvir, Musiqa tutashgan nuqta.
/channel/frameuznew
P.S.: men Shu Frame loyihasi uchun muharrir lavozimida ishlayman. Bu yerda men tahrir qilgan kinolar bo'ladi. Ishonavering, kino uchun ajratgan vaqtingizga achinmaysiz. Chunki bunda xorijiy so'zlarning muqobil variantlarini O'zbek tiliga olib kirish uchun sa'y-harakatim ham aks etgan.
@uzbekmunaqqidi
“Jadid” газетасининг 2025 йил 11 апрелдаги 15-сони
@uzbekmunaqqidi
Tuzumning san'atga San'atning jamiyatga ta'siri haqida Zo'r suhbat bo'libdi.
https://youtu.be/YoSt35g2TPc?si=5WAT_Vix-rEb6ghj
Qoʻzichoqlarning nega qoʻchqor boʻlishga ulgurmasligi haqida hikoya
Biyday dala, oʻn-oʻn besh odam,
Davra qurib koʻrar “tomosha”:
Qondoshiga tilanib motam
Ikki koʻppak qonli talashar.
Yodlarida, bu jangga qadar
Shaldiragan zanjirlar sasi.
Yodlarida aylanib yotar
Et koʻrmagan yaloq kosasi.
Sharaf soʻzin bilmaslar, zotan,
Nomus-u or kirmagan tushga.
Bilganlari — yoshlik chogʻidan
Jang deb quloq-dumin kesishgan.
Tashlanishar, tisarilishar,
Gʻichirlaydi tishlari mahkam.
Borgan sari shiddati oshar,
Borgan sari torroq davra ham.
Tomoshabin qiyqirar betin,
Sohiblarin qoʻlida qamchi.
Boʻri emas, raqibi — doʻsti,
Qorovulmas oʻzi ham — jangchi.
Jang avjlanar, etlar uzilar,
Ikki qardosh qahri ham avjkor.
...Allaqayda beayb qoʻzilar
Boʻrilarga yem boʻlar nochor.
K. A. (Kamol Aziziy)
@uzbekmunaqqidi
KUCHUKNING JAVOBI
(Shohrux Usmonovga)
Aljirama,
o‘rtoq,
gaping g‘irt yolg‘on,
Haloldir
ter to‘kib
topilgan yovg‘on.
Hartugul,
yurtsotar
kas emasman men,
Itman
vale itdan
past emasman men.
Qarichlab o‘lchangan
yurtim bor mening.
Yov kelsa,
Bo‘g‘zini
yirtgim bor mening.
Ko‘p yomon so‘zlading,
cho‘ri,
ovsar deb,
Meni chaqirgaylar
Bo‘ribosar deb.
Axir,
men bo‘lmasam
ko‘changda to‘ymi,
O‘ylab ko‘r,
kim qo‘rir
bir suruv qo‘yni?!
Darvoqe,
ustingdan
kulgim yo‘q mening,
Sen bilan
it-mushuk
bo‘lgim yo‘q mening.
Nurmuhammad Abduzoir
12.04.2025
@Nurmuhammad_Abduzoir
Қўлларимга қор ёғмоқда
Яланг бир тоғ бошида
Қўлларимга қор ёғмоқда...
Ёзинг ёз, қишинг қиш, Тангрим,
Бу не маёланиш, Тангрим;
Энг гўзал, энг қўрқинчга
Тасаллилар бўлсин бунча,
Кўк юзида унутганим
Қўлларимга қор ёғмоқда...
Бу япроқдан инжа жонлар,
Бу қубба-қубба азонлар.
Бу дуолар, раҳмат-раҳмат,
Ишқ, иситган жон уйимни.
Бу бошланиш, бу ниҳояйилда туғилган,
Бу кўрганим – туш менингми?
Ё неча диллар талоши?
Бутун бир кечага қарши,
Олов-олов кўзларимдан
Қўлларимга қор ёғмоқда...
Одимлар қолмоқда ортда,
Бошқача кутиб ҳам бўлмас.
Очинг пардаларни буткул,
Мовий-мовий ойналар-да
Уйғонмоқ учун, туғилган кун;
Қули, қурбони бўлганим,
Бахтиёр тупроқда уруғ.
Чечак пиёзлар ичинда,
Новдалар туркуси оппоқ,
Шитир-шитир... туймоқдаман
Пиёладан тўкилгандай
Отилмиш тақвимларга атай,
Туйғу-туйғу, қанот-қанот,
Қўлларимга қор ёғмоқда...
Бу денгиз бўйи долғалар,
Бу мусулмон дақиқалар.
Ҳар нафас олиб чиқаришда
Туйганим бу ҳақиқатлар,
Муждалар ичинда созим,
Буми пешонам ёзуви?
Кўрмайсизми, аё дўстлар?
Даъватлар ичинда сўнгсиз
Ҳар замонлар ташида,
Яланг бир тоғ тошида
Қўлларимга қор ёғмоқда...
Файзи Холичи
Турк тилидан Йўлдош Эшбек таржимаси.
"Турк шеърияти антолгияси" китобидан
@uzbekmunaqqidi
10. Zamonaviy Kafkalar - https://oyina.uz/uz/article/3706
9. Romantikaning yangi qiyofasi - https://oyina.uz/uz/article/3660
8. Disney evolutsiyasi - https://oyina.uz/uz/article/3646
7. IMDB reytinglariga ishonish mumkinmi? -
https://www.afisha.uz/uz/cinema/2025/04/04/imdb
Disney'ни енгган япон қандай қилиб анимени санъат даражасига кўтарди?
Унинг фильмларида ҳаракат ва сукут ўртасидаги мувозанат муҳим роль ўйнайди. “Нафас олиш лаҳзалари” деб аталувчи бу эпизодларда ҳеч қандай воқеа рўй бермайди – қаҳрамонлар шунчаки атрофни кузатади, фикрга толади.
Oʻz: https://oyina.uz/uz/article/3629
Ўз: https://oyina.uz/kiril/article/3630
Расмий саҳифаларимиз👇
Telegram | Facebook | X | Instagram
Oyina podkastning navbatdagi mavzusi: O’zbek folklori ortiga yashiringan haqiqatlar
“Alpomish” qaysi xalqniki, ertaklardagi yalmog’iz nimaning ramzi, bizga nega Qultoylar kerak? Folklor shunchaki to’rt-beshta maqol, lapar va doston degani emas. Uni faqat buyuk xalqlargina yarata olgan. Oyina podkastning navbatdagi sonida folklor nega xalqqa kerakligi va unda yashirilgan sirlar haqida suhbatlashamiz.
Ekspertlarimiz: Filologiya fanlari doktori, professor Shomirza Turdimov va “Til va adabiyot ta’limi” jurnali bosh muharriri Farrux Jabborov
Moderator: Feruza Xayrullayeva
To’lig’ini tomosha qilish: https://youtu.be/CvpENOf7bX8?si=ZcBZtxrVWXBxCIvR
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | X | YouTube
Assalomu alaykum, kanalim kuzatuvchilari, barchangizni hayit ayyomi bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Menga hayitlik bermoqchi bo'lganlarga karta raqamimni qoldiryapman.😅
5614680005658675