Adabiyotshunoslik --- insonshunoslikdir... Adabiyot atomdan kuchli. Uning kuchini o‘tin yorishga sarflamaslik kerak. Kanalimiz muhokama gurpasi: @adabiyotshunoslik_nazariyasi Admin (elektron kitoblar buyurtmasi bir kitob uchun 2000) : @adabiyTanqidchi
ТАЪРИФ
Менинг онам —
бир ҳовуч кўнгил,
Қирқ йил қирғин енголмаган зот,
оний сурур,
абадий ғусса,
ёшсиз йиғи,
товушсиз фарёд…
Опам — ойнинг асранди қизи,
Эртак тўқир этакларида,
Исм қўйиб толади тунлар
Худо олган гўдакларига.
Акам азиз болаларининг
Дийдорига етмай қиш тугар.
Ҳар йил бир кент қурар хорижда,
Лек бир ватан тиклолмас тугал.
Элим эса томошаталаб,
Кўзбойлоғич сеҳрига мафтун.
Ва ердаги худолар унинг
бардошини синар куну тун.
Менми,
мени қўйинг, сўйламай,
Бўларим шу – ел учирган хас,
Ихтиёрим топширай десам,
Шамоллар ҳам абадий эмас.
Сўзлар эски
янги оламда,
Дорлар баланд, қудуқлар чуқур.
Чақмоқ билан қисматдош отам
бу кунларни кўрмади (шукр).
Рашид Хўжамов
2025, февраль
“Jadid” газетасининг 2025 йил 31 январдаги 5-сони
@uzbekmunaqqidi
Yangi maqolam...
Oʻz: https://oyina.uz/uz/article/3456
Ўз: https://oyina.uz/kiril/article/3457
@uzbekmunaqqidi
“Jadid” газетасининг 2025 йил 24 январдаги 4-сони
@uzbekmunaqqidi
«Jadid» газетасининг 2024 йил 20 декабрь кунги 52-сони
@uzbekmunaqqidi
«Jadid» газетасининг 2024 йил 13 декабрь кунги 51-сони
@uzbekmunaqqidi
Musiqiy alifbo tarixi haqida bunisi... Yangi maqolam.
/channel/oyinauz/18801
@uzbekmunaqqidi
«Jadid» газетасининг 2024 йил 6 декабрь кунг 50-сони
@uzbekmunaqqidi
Yangi maqolam qoralamasini kanalimga joylamasimdan Oyna.uz'da chiqib ulguribdi.
/channel/oyinauz/18724
@uzbekmunaqqidi
Aql bilan Rossiyani tushunib bo‘lmaydi...
–Zoti oliylari Lermentov o‘lganda nima degan bilasizmi? Itga it o‘limi.
Eshitganman, ammo tan olish kerak, Lermentovning yaxshi she’rlari ham bo‘lgan.
–She’rlar!.. Kimga kerak bu she’rlar? Siz hali yoshsiz, leytenant unutmang, Muqaddas Rossiya she’rlar bilan emas, o‘zining vahshiy qurollari hisobiga oyoqqa turadi. Bizda qancha mag‘lub etib bo‘lmas armiya bo‘lsa, bizni shuncha hurmat qilishadi, bizdan qo‘rqishadi, bizga yaltoqlanishadi. Siz esa she’r deysiz... Unutmang, she’r uchun hech kim hech kimni hurmat qilmaydi. Kuch, kuch va yana kuch.
Kuching bo‘lsa, aqlga hojat yo‘q – deysiz-da?
– Aql bilan Rossiyani tushunib bo‘lmaydi...
“Tong elchisi” (Sübhün səfiri) filmidan.
@Rahmon_Ergench
«Jadid» gazetasining 2024-yil 22-noyabrdagi 48-soni
@uzbekmunaqqidi
«Jadid» газетасининг 2024 йил 15 ноябрдаги 47-сони
@uzbekmunaqqidi
Oyna.uz'dagi navbatdagi maqolam...
/channel/oyinauz/18516
@uzbekmunaqqidi
SOʻROQ
Boʻsh yelkamga bosh izlaymi,
Bosh urarga tosh izlaymi,
Tosh diydamga yosh izlaymi,
Neni izlay, onajon?
Sevgi desam, titrogʻi yoʻq,
Bahor desam, yaprogʻi yoʻq,
Gard tegmagan tuprogʻi yoʻq,
Qayga tizlay, onajon?
Bilmam, kimga oʻrni lozim,
Bilmam, kimga qorni lozim,
Kimga boʻlib koʻr mulozim,
Kimni sizlay, onajon?
Ezgin chaling, tanbur qani,
Koʻzi mungli, purnur qani,
Qani, ogʻo Mansur qani,
Qancha boʻzlay, onajon?
Savolim koʻp, javobi qarz,
Sheʼrim chala, davomi qarz,
Olovman, ki yonishim farz,
Qachon muzlay, onajon?
Shohrux Usmonov
@usmonosphere
Онамни алдадим, соппа соғман деб,
Отамни алдадим, пулим бор доим.
Акамни алдадим бораман насиб,
Мен сени нима деб алдай Худойим?
Ғунчани гул дедим, кулди, қувонди,
Булбул деб айтганим чумчуқми, билмам.
Бунда бахт бор дедим, эркам ишонди,
Роббим, энди мени, ёлғончи қилма.
✍ Мансур Жумаев
@uzbekmunaqqidi
#yugurik_xayol
Begonalashuv va o‘zlik inqirozi
Odam o‘zi yashab turgan jamiyatdan begonalashadi ba’zida. Bu begonalashuv avval fikrda paydo bo‘ladi. Ya’ni o‘zingiz yashab turgan jamiyatdagi odatlar, ishonchlarni qabul qila olmaganingizda boshlanadi. Fikriy begonalashuv kuchayib borsa, xulqiy begonalashuvga o‘tadi. Bu hol uzoq davom etsa, so‘ngidan yolg‘izlik keladi — atrofing to‘la odam, ammo yolg‘izsan.
Ana shu yerda yana bir muammo yuzaga keladi: o‘zlik inqirozi (identity crisis). Odam o‘zining kimligini, dunyodagi o‘rnini yo‘qotib qo‘yadi, chunki suyaydigan, ma’nan dastaklaydigan jamiyat yo‘q. Odam ijtimoiy jonzot, jamoasiz u qandaydir nonormal vaziyatga tushib qoladi.
Ba’zida jamiyat rasvo bo‘lishi, o‘sha begonalashgan odam esa axloqan to‘g‘ri yo‘lda bo‘lishi ham mumkin, ba’zan esa buning aksi. Mayli, bu qadriyatlar va axloq masalasi. Gap begonalashuv haqida edi.
Xullas, ilgari asosan nisbatan o‘qimishli, mustaqil va sarkash fikrlovchilarda begonalashuv kuzatilar edi. Hozir esa… Hozir ular soni ancha ko‘paygan.
Internet va ijtimoiy tarmoqlar qadriyatlar pluralizmini yaratdi. Uyingizdan chiqmay butun dunyo qadriyatlaridan boxabar bo‘lish, turli propagandalar ta’siriga tushish mumkin. Ilgari zamonlarda ko‘p sayohat qiladiganlar axloqiy va madaniy jihatdan o‘z tug‘ilib o‘sgan jamiyatidan uzoqlashardi. Hozir uzoqqa ketish shart emas. Kamiga odamlarning yuzma-yuz muloqoti virtualga ko‘chgach, jamiyatning axloqiy bosimi va ta’siri kamayadi. Ana shunda jamiyatda turfa o‘zliklar tarqaydi. Bu jarayonning, deylik, o‘smirlarga ta’siri asorati bir umrlik bo‘lishi mumkin. Ya’ni birgina jamiyatda o‘zaro begona avlod yetishadi. Jamiyat o‘zaro begonalashgan odamlarning tirikchilik uchungina hamkorligidan iborat bo‘lib qoladi. O‘zlik inqirozi o‘tkir tus oladi, depressiyaga chalinganlar soni ortadi.
Xullas, ilgari oz sonli odamlarning muammosi bo‘lgan masala ancha ko‘proq odamlar boshog‘rig‘iga aylanishi mumkin. Avvalgi postimda sotsial mediani “buyuk tenglashtiruvchi” degan edim. Ha, u hatto begonalashtirish va o‘zlik inqirozi masalasida ham hammani tenglashtirmoqda.
Men jamiyatda fikrlar, e’tiqodlar pluralizmi bo‘lishi tarafdoriman. Ammo barcha turfaxilliklar asosida ularni birlashtirib turuvchi fundamental qadriyatlar bo‘lishi zarur. Masalan, va’daga vafoni va rostlikni ana shunday qadriyat hisoblayman. O‘zganing o‘zgaga zarar bermaydigan xulqiga nisbatan tolerantlikni ham fundamental qadriyat deb bilaman. Ammo ana shunday fundamental qadriyatlar yo‘qolsa, bunday sharoitdagi pluralizm shunchaki ijtimoiy parokandalik bo‘ladi. Me’yor - o‘ta birxillashtirish va o‘ta fragmentallashtirish oralig‘ida, faqat uni aniqlashtirib olish zarur.
Jonathan Haidtning "Anxious Generation" kitobida buni tasdiqlovchi ko‘plab tadqiqotlar keltirilgan. Menimcha, shu kitobni o‘zbekchaga o‘girish kerak. Kitobda keltirilgan holatlarga o‘zimizda juda ko‘p guvoh bo‘lyapman.
@khurshidyuldosh
Fargʻonalik doʻstlarimiz KATTA ISHga hayiqmay qoʻl urishdi: sheʼriy konsert!
Birinchi konsert KATTA SHOIR Aziz Saidniki! Mana buni olgʻa yurish desa boʻladi.
“Lirika” loyihasiga birodarlarim Humoyun Fattoh, Muhammad Siddiq va yana bir guruh otashyuraklar qoʻl urishdi. Ayniqsa, Humoyun rosa harakat qilganiga guvoh boʻldim.
Barakalla, doʻstlar! Loyiha bardavom boʻlishini, koʻlami kengayishini, sheʼriy konsertlar-u gastrollardan boshingiz chiqmasligini, muxlislar qator-qator boʻlishini tilayman!
Oramizda fargʻonalik adabiyot muxlislari yoki yaqin kunlarda vodiyga safar uyushtirish niyatida yurganlar boʻlsa, albatta sheʼriy konsertga bir kirib oʻting.
Batafsil maʼlumot mana bu yerda :)
@usmonosphere
Yaxshi Maqola ekan. Sizlarga ilindim.
/channel/oyina_portali/1776
@uzbekmunaqqidi
Siz, aziz obunachilarim uchun ajoyib yangı yıl sovg'asini tayyorlab qo'ydim.
Читать полностью…«Шарқ юлдузи» журналининг 2024 йилги 6-сони
@uzbekmunaqqidi
#audiohikoya
Abduqayum Yoʻldoshning "Biz boʻlmagan joylarda" hikoyasi.
Uch kundan so‘ng kenjatoy yo‘qolib qoldi.
Ishning ko‘zini biladigan oqsoqol birovga damini chiqarib o‘tirmay qo‘shni ovulga bordi-da, og‘zi oladigan puliga yarasha mahkam bir juhudning mashinasini kira qilib, katta o‘g‘ilni yoniga olgancha shahar tomon uchdi. Uyasi buzilgan chumolilarday odam bijg‘ib yotgan temiryo‘l vokzalini, kenjatoyi xizmatini o‘tagan olis kent taraf ketadigan poyezdlarni ikki kun tit-pit qilishib, maqsadlariga yetisholmay, sillalari qurib, vokzal hovlisidagi temir o‘rindiqlarda simillab og‘riyotgan oyoqlarini silab o‘tirishgan edi, bu yoqdan Do‘stboyning o‘zi qo‘l qovushtirib chiqib kelaverdi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube |X
«Шарқ юлдузи» журналининг 2024 йилги 5-сони
@uzbekmunaqqidi
Dam olish tuni uchun mutolaa tavsiyasi...
https://telegra.ph/Semyon-12-09-3
@uzbekmunaqqidi
«Jadid» газетасининг 2024 йил 29 ноябрдаги 49-сони
@uzbekmunaqqidi
#maslahat
Insondan nimadir talab qilarkansiz, avval nimadir bering. Yoʻq, yaxshisi nimadir bersangizam hech narsa talab qilmang.
Insonni tushunishga harakat qiling. Bilaman, baribir toʻliq tushunolmaysiz. Muhimi harakat qilib koʻring.
Insonni qilgan va qilmagan ishlari uchun hadeb ayblayvermang. Hech qaysi inson aybsiz emas. Ayblasangiz, inson battar yomonlashib boraveradi.
Insonni eshitishni oʻrganing. Faqat oʻz haqiqatingizni tiqishtiravermang. Soʻzlashiga qoʻymasangiz, u sizga gapirgisi kelmay qoladi.
Insonni oʻzingizga moslashga urinmang. Kim boʻlishidan qatʼiy nazar, u oʻziga xos. Uni qayirib, egib, bukib, sindirib, taroshlab qulay shaklga keltirish fikridan tiyiling. Yoʻqsa, u endi u boʻlmay qoladi.
Inson yo kechiring, yo kechirmang. Hech qachon oʻrtaligʻi boʻlmaydi. Chunki mujmal narsaning umri qisqa.
Insonni oʻz holiga qoʻying. Xoli qoʻying. Majburlamang, niqtamang. Yoʻlida choh bormi, indamang. Mayli, yiqilsin. Yiqilmaguncha aqli kirmaydi.
Insondan hadeb gina qilavermang. U ham sizga oʻxshab birinchi marta yashayapti.
Insonni boricha qabul qiling. Yoki qabul qilmang, rad eting. Boshqalarga solishtirmang. Boshqalar oʻz nomi bilan boshqalar.
@usmonosphere
Maqolam turkiya saytlarida ham e'lon qilinibdi. Minnatdorchilik bildirib yozganlaridan xursand bo'ldim. Menga aytmay chop etishlari ham mumkim edi-ku.
https://www.tarihistan.org/sacma-sapan-seyler-soylemek-asiri-yemek-yemek-surekli-sikayet-etmek-bedenin-ya-da-zihnin-sana-soyledigi-sendromlari-okuyabiliyor-musun/28430/
«Jadid» газетасининг 2024 йил 8 ноябрдаги 46-сони
@uzbekmunaqqidi
"Давлат тилида қонун ижодкорлиги" IV халқаро конференцияда қатнашишга барчангизни таклиф қиламиз
Читать полностью…«Jadid» газетасининг 2024 йил 1 ноябрь кунги 45-сон
@uzbekmunaqqidi
Marsiya
Mansur Jumayevga
Toshkentdan Qarshi qadar yomg‘ir yog‘ib borodur,
O‘n bir dilpora do‘sting esdan og‘ib borodur,
Kuygan ko‘kay kuydirgi ko‘zni sog‘ib borodur,
Yo‘l ham bizga qo‘shilib, zorlanib borar, do‘stim.
Qatordan kamni sanab, kuzak hayron boqodur,
Yulduzini uchirgan osmon vayron boqodur,
Sen kutgan fasl* kelib, vale giryon boqodur,
Qilmishidan qismating orlanib borar, do‘stim.
Oldinda bir ulov bor, ichida ikki murg‘ak,
So‘lg‘in bitta gul bordir - sen sevgan o‘shal yurak,
Kim bosh bo‘lar ularga, kim bo‘lar endi tirgak?..
Orzular xazon yanglig‘ xorlanib borar, do‘stim.
Buncha uzun bu yo‘llar, buncha bag‘ri yag‘irdir,
O‘n bir yo‘ldosh boradur, bari yag‘ir bag‘irdir,
She'rlar qoldi shoirsiz, nahot she'r ham sag‘irdir?..
Lek shoiri Tangriga yorlanib borar, do‘stim.
Derazadan termulsam, otilib chiqib oting,
Xayolimda siniqqan surating turar qotib,
Tark etdi deb ingrasam, battar o‘rtabon yoding
Borgan sari dunyoda borlanib borar, do‘stim.
*''Biz kutgan fasl'' kitobi