uzbekmunaqqidi | Unsorted

Telegram-канал uzbekmunaqqidi - Adabiy jarayonlar

-

Adabiyotshunoslik --- insonshunoslikdir... Adabiyot atomdan kuchli. Uning kuchini o‘tin yorishga sarflamaslik kerak. Kanalimiz muhokama gurpasi: @adabiyotshunoslik_nazariyasi Admin (elektron kitoblar buyurtmasi bir kitob uchun 2000) : @adabiyTanqidchi

Subscribe to a channel

Adabiy jarayonlar

📰 «Jadid» gazetasining 2024-yil 7-iyun kungi 24 (24)-soni

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

Turkiyada doktorantura uchun oʻzbekistonliklarga stipendiyalar taʼsis etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipovni Turkiya Oliy taʼlim kengashi raisi Erol Oʻzvar qabul qildi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb va istiqbolli yoʻnalishlari xususida fikr almashildi.

Turkiya Oliy taʼlim kengashi raisi Erol Oʻzvar oʻzbekistonlik yosh tadqiqotchilar uchun Turkiya universitetlarining doktorantura bosqichida tahsil olishga stipendiyalar ajratilishi joriy yildan yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qildi.

https://gov.uz/edu/news

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

📰 «Jadid» газетасининг 2024 йил 24 май кунги 22 (22)-сони

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

Yana bir "qaynoq" maqola:

https://telegra.ph/Alochilik-sindromi-05-18

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

ЯНГИ АФСОНА

Жаннат тирқишидан сирғалиб чиқдим —
бир тутам пат илашиб қолди тирқишда.

Ой нурида чўмилар яланғоч тушлар.
Толиб малакларга даср ўтар Иблис:
Алиф. Лом. Мим.

Ерни думалатиб кетаётган баҳайбат қўнғиз
қошига бордим:
чарчамадингми?
— Менга шу буюрилган.

Куйиб, яғир босган елкасин
чўққига ишқаётган қуёшни кўрдим:
зерикмадингми?
— Менга шу буюрилган.

Икки қўйни лиқ тўла арвоҳ
ёнимдан ўтарди Азроил:
наҳот тўймадинг?
— Менга шу буюрилган.

Ҳамма тобе, ҳолидан мамнун.
Самовот аҳлига бегонами эрк?

Томиримни чақмоқда тилиб,
қонимни томиздим Иблис оғзига.
Кўзлари чарақлаб ёнди баногоҳ!
Ҳайқирди:
чарчадим,
зерикдим,
тўйдим!
Эргаштириб кетдим уни ўзимга.

Ниҳоят ёлғиз эмасман, Тангрим.

Жонтемир

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

Mobbing haqidagi maqolam Oyna'da chiqibdi. Mutasaddilarga katta rahmat.

/channel/oyina_portali/1265

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

O'zbek internet tarmoqlarida mengacha yozilmagan ma'lumot....

https://telegra.ph/MOBBING-04-29

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

📰 «Jadid» gazetasining 2024-yil 26-aprel

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

📒 Ishq
✍ Asqar Mahkam

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

📘 Badoye us-sanoye
✍️ Atoulloh Husayniy

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

📰 «Jadid» газетасининг 2024 йил 19 апрель кунги 17 (17)-сони

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

#Zomin_seminari_boshlandi!

🔴 Bugun Fargʻonada yosh ijodkorlarning anʼanaviy Zomin seminari hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi. Jami 50 nafardan ziyod  yoshlar hujjat topshirgan sinovda ishtirokchilar isteʼdodini taniqli shoir va yozuvchilardan tarkib topgan hayʼat  baholab bordi.

📖 Nizomga asosan 7ta yoʻnalishda olib borilgan saralash bosqichida barcha ishtirokchilarning ijodiy ishlari alohida eʼtibor bilan koʻrib chiqilib, kelgusi bosqichda ishtirok etishga munosib nomzodlar tanlab olindi.

📜 Jarayon mushoira, fikrlashuv va ustozlar oʻgitlari bilan koʻtarinkilikda oʻtdi. 

❗Endi fargʻonalik yoshlar seminarning mintaqaviy bosqichida kuch sinashadilar.

🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Farg'ona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

📰 «Jadid» газетасининг 2024 йил 12 апрель кунги 16 (16)-сони

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

#mushohada

Kitob o'qimang, iltimos. Agar kitob o'qishni endi boshlagan bo'lsangiz, unda bu yo'ldan qayting. Agar allaqachon yo'lning yarmida bo'lsangiz, unda sizga achinaman, o'zimga achingandek.

Kitob afyundir. U vaksinaga o'xshaydi, sog'lom tanangizga kasallikning bir parchasini joylashadi. Kitobdagi vaziyatlar bilan ongingizda kurash ketadi. Shu tarzda hayotiy vaziyatlarga "imunitet" hosil qila boshlaysiz.

Kitob o'qimang. Axir mutolaa fojeasini ko'rmayapsiz. Siz o'zingizdan ayrilasiz. O'zligingiz o'zingizniki bo'lmay qoladi. Siz qahramonlar yig'indisiga aylanib borasiz. Atrofdagilarni ham kitobdagi qahramonlar andazasiga solasiz. Kimdir sizni sevdi – Mr Darling, kimdir sevgingizni nazariga ilmadi – Onegin. Kimdir sizni chuv tushirdi – Hasan Kayfiy. Kimdir sizga hiyonat qildi – Yason. Kimdir o'ta ketgan xudbin – Doriyan Grey... Bu ro'yxatni yana davom ettirish mumkin. Lekin siz qanisiz?! Hayotingiz o'zingiznikimi?! Tuyg'ularingiz, qiziqishlaringiz yoki tanlovlaringiz o'zingiznikimi?!

Bu savollarni javobini men bilmayman. Axir "kuyganman". (Mening eng yaxshi ko'rgan ustozim bir hikmatni ko'p takrorlardi: olov issiq – men bilaman, deganga emas, olov issiq – men kuyganman, deganga ishon, deb.)

Kitob afyunligini esa "kuygan"da bilasizlar...

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

DIQQAT, E’LON!

Yosh ijodkorlarning an’anaviy Zomin seminari hududiy bosqichlariga start beriladi. Respublikamizning turli joylarida ijod qilayotgan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ijodkorlarni seminarning hududiy bosqichida ishtirok etishga chorlaymiz!
Seminar 7 ta:
📜 Nazm;
📖 Nasr;
🎭 Dramaturgiya;
📑 Badiiy publitsistika;
🌐 Badiiy tarjima;
👫 Bolalar adabiyoti;
📝 Adabiy tanqid
yo‘nalishida o‘tkaziladi.
Seminarda qatnashish istagida bo‘lgan yoshlardan Yozuvchilar uyushmasining o‘zlari yashaydigan (doimiy yashash joyi bo‘yicha) hududiy bo‘limlariga pasport nusxasi hamda ijodiy ishlarini (20 sahifadan 40 sahifagacha, birinchi sahifasida muallif ism-sharifi, telefon raqami yozilgan holda) fayl papka holatida yoki elektron tarzda yuborishlari so‘raladi.
Ijodiy ishlar 2024-yil 1-apreldan 15-aprelgacha qabul qilinadi.

Andijon viloyati 93 258 40 05 Barno Solieva
Buxoro viloyati 94 325 10 10 Suhrob Hamroev
Fargʻona viloyati 99 796 19 08 Bekzod G‘ofurov
Jizzax viloyati 93 650 39 14 Nilufar Allamuratova
Xorazm viloyati 93 749 72 66 Shoira Shams
Namangan viloyati 90 275 65 06 Gulchehra Zokirova
Navoiy viloyati 93 460 45 30 Hulkar Gapparova
Qashqadaryo viloyati 99 151 06 29 Davron Sultonov
Qoraqalpogʻiston Respublikasi 91 384 36 60 Muborak opa
Samarqand viloyati 93 992 10 64 Zuhra Eshonqulova
Sirdaryo viloyati 93 323 20 31 Nornisa Qosimova
Surxondaryo viloyati 99 957 71 22 Muzaffar Qurbonov
Toshkent viloyati 99 484 83 34 Zohidjon Olov
Toshkent shahri 91 667 51 77 Masihulloh Madaminov

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

📰 «Jadid» газетасининг 2024 йил 31 май кунги 23 (23)-сони

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

https://youtu.be/kT44b0HPrnE?si=Rb0SopeGM5tANZrx

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

📰 «Jadid» газетасининг 2024 йил 17 май кунги 21 (21)-сони

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

📰 «Jadid» gazetasining 2024-yil 10-may kungi 20 (20)-soni

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

📰 «Jadid» газетасининг 2024 йил 10 май кунги 20 (20)-сони

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

📰 «Jadid» газетасининг 2024 йил 3 май кунги 19 (19)-сони

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

Bilganlarimni ulashgim keldi.

https://telegra.ph/Yozuv-tarixi-04-30

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

📒 Tavajjuh
✍ Asqar Mahkam

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

2024-yil o'zbek tiliga tarjima qilinib nashr etilgan va nashr etilajak kitoblar ro'yxati

https://www.afisha.uz/uz/znaniya/2024/04/27/translated-in-2024

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

ГУНГ ҚЎШИҒИ

Ўн беш кун тўлган ойнинг дардларини тилайман,
Оққанот турналарни юрагимга белайман.
Чўғ босган раққосига қисмат тутган коинот,
Чилдирмангни чалавер, мен бошқача ўйнайман.

Уфққа оққан куйлар остонамда бўй етган,
Жавдирайди юрагим, ҳар тун азоб тўй этган,
Йўл теролмай кўнглимнинг сарҳадига ўт кетган,
Чилдирмангни чалавер, мен бошқача ўйнайман.

Шамолдай чопиб кўрдим, бир нуқтада қотиб ҳам,
Тошлардан қутилмайсан, -- минг осмонга отиб ҳам.
Кўзларим кулиб тургай оловларга ботиб ҳам,
Чилдирмангни чалавер, мен бошқача ўйнайман.

Йил думалаб йилларнинг борар шоми қорайиб,
Ёрилган пешонамни шабнамларга қўй чайиб.
Бобоси гунг атторнинг савдосида не айб,
Чилдирмангни чалавер, мен бошқача ўйнайман.

Ёмғир соғинч исими, шоир ғамга эрками,
Дунё оғиб кетарди бўлмаганда бир ками.
Ҳайқираман чўғ босиб: "Aзоб -- руҳнинг байрами!",
Чилдирмангни чалавер, мен бошқача ўйнайман.

©Наргиза ОДИНАЕВА

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси Алишер Навоий номидаги давлат адабиёт музейи томонидан тайёрлаган «Adabiy meros» журналининг 2024 йил 1-сони

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

📒 Al-mo'jam (ruscha)
✍ Qays Roziy

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

ҚУТЛОВ

На бўлғай яшашни сал осон қилсанг,
Қил сиғмаган кўнглинг
Шуълага тўлсин.
Ҳар намоз орасин рамазон билсанг,
Бир кунда беш ҳайит
Муборак бўлсин!

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

📰 «Jadid» газетасининг 2024 йил 5 апрель кунги 15 (15)-сони

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…

Adabiy jarayonlar

📰 «Jadid» газетасининг 2024 йил 29 март кунги 14 (14)-сони

@uzbekmunaqqidi

Читать полностью…
Subscribe to a channel