taskinkitoblar | Unsorted

Telegram-канал taskinkitoblar - Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

3702

Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar... Bizga murojaat: @TaskinKitob https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ== @TaskinBooks

Subscribe to a channel

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Bizga darveshning xirqasini kiydirib, bu din, deyishdi.
Buzuqlikka g‘arq etib, bu san’at, deyishdi.
Dinsizlikni o‘rgatib, ilm mana shu, deyishdi.
Tabaqalar kurashi bilan bo‘lib tashlab, bu ijtimoiy adolat, deyishdi.


Mustafo Mahmudning "Muhabbat madrasasi" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Hayotda ochiq ko‘rinib turgan narsalardan biri shuki, agar kuchlilar o‘zaro xusumatlashsa, Alloh ularni sabablarga suyantiradi. Ulardan har biri sabablar bilan muomala qilgani miqdoricha g‘alabadan nasibador bo‘ladi.

Ammo zaifga kuchli odam zulm qilsa, Alloh zaifga qasosini olib bermagunicha kuchli o‘lmaydi.

Allohdan o‘zga panohi bo‘lmagan zaiflarga zulm qilishdan ehtiyot bo‘ling!

“Nabaviy tarbiya” kitobidan


Qattiq muqova, 410sahifa, 60ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

HALOVATNI QAYERDAN TOPISH MUMKIN?


Suhbatlashib o‘tiribmiz. Bir do‘stimizdan gap ochildi. Tez-tez Hindistonga, Taylandga borib kelayotgan emish. “Nega?” deb so‘radim, tijorat karvoniga qo‘shilgandir, deya o‘yladim. Yo‘q, bir necha yil oldin “halovat izlayapman”, deb yurgan edi. Bosh urmagan eshigi qolmabdi. Topolmabdi halovatni. Keyin bir muddat xorijda ishlab yurganida e’tiqodiga biroz hinduizm, biroz buddizm, biroz zardushtiylik va shularning ustiga biroz g‘arb psixologiyasi bilan “qurollangan” rohib bilan tanishibdi. Fikrlaridan qattiq ta’sirlanibdi. Hayoti o‘zgaribdi emish. Do‘stimizning tarbiyasini, qiziqishlari va o‘zgacha qarashlari borligini eslaganimda u voqealardan hayratlanmadim.
Bu hikoya ko‘pchilikka tanish kelgan bo‘lsa ajablanmayman. Oh, bilsangiz shu umrimda bunaqa hodisalarga qancha guvoh bo‘ldim. O‘sha do‘stimizni yaqindan kuzatib yurgan o‘rtog‘imizdan so‘radim:
— Hozir qanday ekan?
— Haliyam o‘sha rohib bilan aloqada, - dedi do‘stim. - Huzur-halovat istab yuribdi. Fe’li o‘sha-o‘sha, har doimgiday ochko‘z va injiq. Bir mediatsiya o‘tkazib oladi, keyin tinchlanadi.
Bu gapdan keyin kuldik. Aslida, zamonaviy insonning umidsiz izlanishlaridan kuldik. Har qancha tipirchilasa-da, hamon kishanlaridan qutulolmayotgani bu. Shuncha yo‘l yursa-da, shuncha ishlarni qilsa-da, raqobatchi fe’l-atvoring seni ta’qib etaveradi.
Xo‘sh, nega? Muammo nimada?
Ayta qolay. Xoh Onado‘lida, xoh Hindistonda, xoh slavyan tuproqlari, xoh Afrikaning boshi-yu oxiri yo‘q sahrolarida bo‘lsangiz-da... halovat izlab yo‘lga chiqsangiz, topolmaysiz. Lekin haqiqatni izlab yo‘lga chiqsangiz, balki uning halovati sizni topishi mumkin.

"Iymon va huzun" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob Sizga eng yaqin pochta ofisigacha yetkazib berish tekin. Buning uchun ushbu postni 5ta do'stingizga yuborsangiz bas.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Kim kuchga ega va bu kuchni qanday ishlatyapti?
Kler Provost va Metyu Kennard yozgan ushbu kuchli kitob zamonaviy demokratiyaning eng xavfli dushmani bo'lgan korporatsiyalar haqida ma'lumot beradi.

📌 Agarda siz:
- xalqaro siyosatga qiziqsangiz;
- o‘z huquq va erkinliklaringizni chuqurroq anglamoqchi bo'lsangiz;
- kuch va nazorat haqida chuqur haqiqatlarni bilishni istasangiz, unda bu kitob aynan siz uchun
!

Qattiq muqova, 365 sahifa, 58ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Otalarimiz asr namozidan soʻng doʻkonlarini yopar, shu kungi berilgan rizqqa qanoat qilar, shomdan oldin taomlanar, xufton namozini oʻqib uxlar va oʻz vaqtida bomdod namoziga turar edilar. Shunda jismlari dam olib, asablari joyida boʻlar edi. Bugun esa kech 11 da ovqatlanamiz, 1 da uxlaymiz va 9 da uygʻonamiz... Allohning koʻr-satgan yoʻlini oʻzgartirdik. Natijada Alloh bizning salomatligimizni bemorlikka va rohatlanishimiz oʻrnini charchoqqa almashtirib qoʻydi...

"Odamlar nima deydi?" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

“Butun uxlab yotganlarni uyg’otish uchun, ba’zan bitta uyg‘oqning o‘zi kifoya qiladi.”

Malcolm X


“Uxlab yotganlar” — haqiqatdan bexabar odamlar, nohaqlikka ko‘zi yumulgan, yoki jamiyatdagi muammolarga befarq bo‘lgan omma.
“Uyg‘oq” esa — haqiqatni tushungan, adolatsizlikka qarshi uyg‘ongan, va insonlarni o‘ylantira oladigan yetakchi shaxsni anglatadi.

Shu orqali Malcolm X aytmoqchi bo‘lgan narsa:

Agar bir odam haqiqatni anglab, uyg‘onsa, u qolganlarni ham uyg‘otishi mumkin. Yetarlicha kuchli bir uyg‘oq inson, butun jamiyatni o‘zgartira oladi.

Alloh bizni ham uyg’oqlar qatoridan qilsin...


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Nashriyotimizda chop etilgan "Sharaf" kitobi muallifi Ali Izzatbegovichning hayot yo‘li qisqa satrlarda...

Kitobdan iqtibos:

Biz inson bo‘lishga, inson bo‘lib qolishga harakat qildik va muvaffaqiyatga erishdik...


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Hamma o‘zini o‘ylab yo‘lg‘on gapirsa, onalarimiz faqat va faqat bizni o‘ylab yo‘lg‘on so‘zlashadi...

"Onalar ham aldaydi" kitobidan.

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Inson oʻlimdan qutulishga harakat qiladi, jahannamdan emas. Ammo harakat bilan jahannamdan qutulish mumkin, oʻlimdan emas!

"Odamlar nima deydi?" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Umringdan bir kun qolsa ham osh ye kitob o‘qi, ming kun qolsa ham...

"Онам саккиз марта алдагандан кейин ёлғон гапиришини билиб қолдим", — дейди ҳикоя қаҳрамони. Онасининг саккизинчи ёлғони вафотидан олдин "Оғримаяпти" деб айтган гапи эди...

Бу китобда кишини эзгуликка ундовчи, ибратли, тарбиявий ҳикоялар келтирилган экан. Китобнинг энг таъсирли ҳикояси "Оналар доим алдайди" ҳикояси экан.

Яна китоб бошидаги гап ҳам қаттиқ таъсир қилди: "Онамга бағишланади... Онам худбинликни ёқтирмайди, айниқса, бутун бошли китобни уларгагина бағишлаб қўйишимни... Онамга ва дунёдаги барча оналарга бағишланади!"

Китобни @Taskinkitob дан сўраш мумкин.

©G‘iyosiddin Yusuf


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Onalar doim aldaydi!

"Yaxshiman, havotir olma", deb aldaydi...
"Pulim bor",  deb aldaydi...
"Sen yegin, men to‘qman!" deb aldaydi...
"Og‘rimayapti, hozir o‘tib ketadi" deb aldaydi...
Eng alamlisi: "Bolalarim yaxshi!" deb aldaydi... 


Ushbu kitob har bir farzandni onalikning qadri, qiymati, yuki, sharafi bilan yuzlashtiradi.  Volidasi hayot bo‘lganlarga ularning g‘animat ekanliklarini yana bir bor eslatsa, onasizlarga hayrli amallar orqali onalariga yaxshilik qilishlari mumkinligini taʼkidlaydi.

Kitobdagi ushbu misralar yuragimni tilka pora qildi:
“Katta boʻlib angladimki, onamning qattiqqoʻlliklari muhabbat ekan, gʻazablari muhabbat ekan, jazolari muhabbat ekan, qaytariqlari muhabbat ekan.
Onamning muhabbatlarigina muhabbat ekan”.


Mehrli kitob mutolaasiga marhamat!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Nega sevgi-muhabbat davomli boʻlmaydi?
Chunki u doimo aybli odatlar va “harom ekanlik” qonunlari ortida yashirinishga majbur. Buning aksi boʻlmish nafrat esa, hammaning koʻz oʻngida jamiyat bilan oʻynashadi.

Hayoting boʻyi doim yugurasan, yetishganing esa faqatgina nasibangdir...

Bugungi yoshlarning eng muhim muammolaridan biri: seriallardagi yoki ishqiy romanlardagi yolgʻon ssenariylarni hayotning haqiqatlari deb oʻylashlari, kattalardan yetarlicha tajriba hikoyalari va haqiqatlari, xotiralarini eshita olmasliklari sababli yuzaga kelayotgan tajribasizlikdir. Shuning uchun ular mehr muhabbat bilan gapirgandek koʻringan har qanday insonga aldanadilar. Ushbu kitob Ishq imtihonida aldanib qolmaslikka, taqdiri bo‘lmagan bilan o‘ralashib amal daftariga dog‘ tushirib qo‘yishdan qo‘rqadiganlar uchun bir yo‘lchiroq bo‘lishiga umid qilamiz...

''Ishq imtihoni yoxud ko‘rganingga ishonma''

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Bugun chegirmaning so‘nggi kuni🔥


Chegirmadagi kitoblar ro‘yxati uchun @TaskinKitob ga murojaat qiling!

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

✍Sinov faqat jazo uchun kelmaydi, gohida poklash uchun yuboriladi.

✍Asl mashaqqat bulutda edi. Ammo hamma yomg‘irga atab she’rlar yozdi...

✍Har kim hayotida bir insonni topadi. Ammo muhimi, bir-birini topmoqdir...

✍Bir musibat ming nasihatdan afzaldir...

"IchXasta" _ muallifidan intiqom olgan asar...

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Ahloqni rad etish dahriylikni o'zgacha ko'rinishidir...

"Sangtarosh" kitobidan


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Yo‘ldan ozorni olib tashlash iymondan hisoblansa, fikr va qalbdagi ozorni ketkazish haqida nima desa bo‘ladi?

Biz hammamiz o’zimizni boshqa insonlardan ko’ra ko’proq sevamiz.
Lekin baribir o’zimizning fikrimizdan ko’ra ularning fikri haqida ko’proq qayg’uramiz.

"Iymon va huzun" _ qalbingizni g‘uborlardan yuving!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Qayta nashr🔥

“1975-yil ukam menga Quddusdan Qur’on kitobini olib keldi. Fotiha surasini o‘qiganimda uning umumiy ma’nosini tushunishga harakat qildim. Bu avval o‘qigan kitoblarimning hech biriga o‘xshamasdi. So‘zlar negadir menga tanish tuyuldi. Qachondir yo‘qotgan qadrli narsamni topib olgan kishiday entikdim. Oqimini topgan irmoq kabi edim...” deydi ayni mashhurlik cho‘qqisiga chiqqanda sahnani tark etib, islomni qabul qilgan mashhur ingliz qo‘shiqchisi Yusuf Islom (Cat Stevens).
U bir bor, bir borgina o‘qib shunday tuyg‘ularni his etibdi. Bir kunda qirq bor Fotiha surasini o‘qiganlar hech narsani his qilmasa, demak, ongida jiddiy muammo bor ekan.
Yer yuzida baxtli va halovatli yashashni istaganlar samo bilan munosabatlarini mustahkam qurishlari shart. Yaratgan bilan munosabatlarini mustahkamlamagan yoki umuman hech qanday aloqasi bo‘lmaganlarga yer yuzi tor keladi.

"Iymon va huzun" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Dunyo besh chaqaga arzimaydigan olchoq qotillarga to‘la, qay birini aytay demoqchimisiz? Unday bo‘lsa, sizni hozirdanoq ogohlantiraman: o‘lishimning ortida dinimizga, odatlarimizga, dunyoqarashimizga qarshi kompas bor. Ko‘zingizni oching, Islom dushmanlari meni nega o‘ldirishdi, bir kun kelib, sizni nega o‘ldirishlari mumkinligini bilib oling. Barcha so‘zlarini ko‘zimda yosh xalqalanib tinglaganim buyuk voiz arzirumli Nusrat Xo‘janing aytganlari bir-bir to‘g‘ri chiqyapti. Boshimizga tushganlar hikoya kilinib, bir kitobga yozilsa ham, hatto eng usta naqqoshlar tomonidan aslo rasmini chizib bo‘lmasligini aytay sizga. Bu kitobning jozibasi xuddi Qur’oni karimdagidek, tag‘in yanglish tushunilmasin, aslo rasm ishlab bo‘lmasligidan ham kelib chiqadi. Buni tushunganingizdan shubhadaman.

O‘rxon Pomuq "Mening otim Qirmizi"

Qattiq muqova, 620 sahifa, 69ming.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

𝒀𝒐𝒔𝒉𝒍𝒊𝒈𝒊𝒎𝒅𝒂 𝒃𝒖𝒗𝒊𝒎𝒍𝒂𝒓 𝒃𝒊𝒓𝒐𝒓 𝒗𝒐𝒒𝒆𝒂 𝒚𝒐𝒌𝒊 𝒈𝒂𝒑𝒏𝒊 𝒃𝒊𝒓 𝒏𝒆𝒄𝒉𝒂 𝒎𝒂𝒓𝒐𝒕𝒂𝒃𝒂 𝒕𝒂𝒌𝒓𝒐𝒓 𝒂𝒚𝒕𝒊𝒃 𝒃𝒆𝒓𝒂𝒓𝒅𝒊𝒍𝒂𝒓, 𝒃𝒖𝒗𝒊𝒋𝒐𝒏 𝒃𝒖𝒏𝒊 𝒂𝒚𝒕𝒈𝒂𝒏𝒅𝒊𝒛𝒖, 𝒅𝒆𝒔𝒂𝒎, 𝒃𝒐𝒍𝒂𝒎 𝒒𝒂𝒓𝒊𝒅𝒊𝒌, 𝒆𝒔 𝒌𝒊𝒓𝒅𝒊 𝒄𝒉𝒊𝒒𝒅𝒊 𝒃𝒐‘𝒍𝒊𝒃 𝒒𝒐𝒍𝒂𝒓𝒌𝒂𝒏𝒅𝒂, 𝒅𝒆𝒓𝒅𝒊𝒍𝒂𝒓. 𝑨𝒍𝒍𝒐𝒉 𝒓𝒂𝒉𝒎𝒂𝒕𝒊𝒈𝒂 𝒐𝒍𝒔𝒊𝒏, 𝒃𝒊𝒓 𝒃𝒖𝒗𝒊𝒎𝒍𝒂𝒓 5 𝒚𝒊𝒍 𝒂𝒗𝒗𝒂𝒍 𝒃𝒐𝒒𝒊𝒚 𝒅𝒖𝒏𝒚𝒐𝒈𝒂 𝒌𝒐‘𝒄𝒉𝒅𝒊𝒍𝒂𝒓. 𝑨𝒍𝒍𝒐𝒉 𝒖𝒎𝒓𝒍𝒂𝒓𝒊𝒈𝒂, 𝒓𝒊𝒛𝒒𝒍𝒂𝒓𝒊𝒈𝒂 𝒃𝒂𝒓𝒐𝒌𝒂𝒕 𝒃𝒆𝒓𝒔𝒊𝒏! 𝑯𝒐𝒛𝒊𝒓 𝒊𝒌𝒌𝒊 𝒃𝒐𝒃𝒐𝒎 𝒗𝒂 𝒃𝒊𝒓 𝒃𝒖𝒗𝒊𝒎 𝒃𝒐𝒓.
𝒀𝒂𝒒𝒊𝒏𝒅𝒂 𝒖𝒄𝒉 𝒐𝒚 𝒅𝒆𝒈𝒂𝒏𝒅𝒂 𝒒𝒊𝒔𝒉𝒍𝒐𝒒𝒒𝒂 𝒃𝒐𝒓𝒈𝒂𝒏𝒅𝒊𝒎, 𝒐𝒏𝒂𝒎𝒍𝒂𝒓 𝒃𝒊𝒓 𝒊𝒌𝒌𝒊 𝒗𝒐𝒒𝒆𝒂𝒍𝒂𝒏𝒊 𝒊𝒌𝒌𝒊 𝒖𝒄𝒉 𝒎𝒂𝒓𝒐𝒕𝒂𝒃𝒂 𝒒𝒂𝒚𝒕𝒂𝒓𝒊𝒔𝒉𝒅𝒊, 𝒔𝒉𝒖𝒏𝒅𝒂𝒚 𝒃𝒐‘𝒍𝒅𝒊, 𝒅𝒆𝒚𝒂... "𝑩𝒖𝒏𝒊 𝒌𝒖𝒏𝒊 𝒌𝒆𝒄𝒉𝒂 𝒂𝒚𝒕𝒊𝒃 𝒃𝒆𝒓𝒅𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛-𝒌𝒖!"𝒅𝒆𝒎𝒐𝒒𝒄𝒉𝒊 𝒃𝒐‘𝒍𝒅𝒊𝒎-𝒖, 𝒊𝒄𝒉𝒊𝒎𝒅𝒂𝒏 𝒃𝒊𝒓 𝒏𝒂𝒓𝒔𝒂 𝒖𝒛𝒊𝒍𝒅𝒊...

"𝑶𝒏𝒂𝒍𝒂𝒓 𝒉𝒂𝒎 𝒂𝒍𝒅𝒂𝒚𝒅𝒊" 𝒌𝒊𝒕𝒐𝒃𝒊

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Mustafo Mahmud “Muhabbat madrasasi”


Taqdir va Qaror.

Turmush qurish taqdir, taloq qilish esa qarordir.
Xafalik taqdir, xursand boʻlish esa qarordir.
Hayotingda bir insonning boʻlishi taqdir, uni saqlab qolish yoki qoʻldan boy berish qarordir.
Taqdir bizning qoʻlimizda emas, lekin qaror oʻzimizning qoʻlimizda. 
Taqdirni qoʻlga ololmaymiz, lekin qaror oʻz qoʻlimizda...

Qattiq muqova, 285 sahifa, 50ming


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Bilishing kerak boʻlgan narsaning oxiriga yetganingda his qilishing kerak boʻlgan narsaning boshida turgan boʻlasan.

Jubron Xalilning Kesik qanotlar kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

“Ota oʻgʻliga dedi:
-Oʻgʻlim, har qadamingni ehtiyot boʻlib bosgin!
Oʻgʻil otaga javoban:
-Otajon, oʻzingiz xushyor boʻling, men izingizdan ketayapman.”

Jubron Xalilning “Kesik qanotlar”


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Tozalik uchun kurashish emas, supurish zarur...

Har bir inson Qur’oni karimdan o‘zining darajasi va iymoni qadar ma’no topadi.
Ilm va din bir-biridan ayrilganida, din odamlarni qoloqlikka, ilm esa ateizmga yetaklaydi.

Bosniyaning marhum prezidenti Ali Izzatbegovich juma namoziga kechikib keldi. O‘zi oldingi safda namoz o‘qishni odat qilgandi. Birinchi safga yetib olsin uchun odamlar unga yo‘l bo‘shatishdi. Shunda u namozxonlarga darg‘azab o‘girilib, o‘zining mashhur bu so‘zini aytdi:
"Sizlar diktatorlaringizni shunday paydo qilasiz!"

Hozirga qadar boshqalar tomonidan bizga yetkazilgan zararlar va yo‘qotishlar haqida gapirib keldik. Endi o‘zimizga yetkazayotgan zarar va og‘riqlarimiz haqida gapirish vaqti keldi. Bu muvaffaqiyatimizning boshlanishi bo‘ladi…

Hayot - iymon keltirgan va yaxshi amallar qilganlardan boshqa hech kim yuta olmaydigan o‘yindir.

Da'volar dardda tug'iladi, farovonlikda o'ladi...

"Sharaf" kitobidan


Buyurtma berish @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Onalar shunchalik mehribonki, hatto g‘animat ekanliklarini-da bildirishmaydi...

"Onalar ham aldaydi" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Aslida tarixiy voqealarni ertak kabi bolalarni uxlatish uchun emas, ularni uyg‘otish uchun aytiladi... Xalq orasida “Bir odam zolim bo‘lgani uchun ko‘p odamlar quldirlar. Zolimlardan nafratlanaylik!” degan gap-so‘zlar keng tarqalgan. Kam sonli odamlardagina bu qarashning aksi: “Bir odam aslida ko‘p odamlar qul bo‘lgani uchun zolimdir. Qullikdan hazar qilaylik”, degan fikr bo‘ladi. Haqiqat shundaki, zolim ham, qullar ham jaholatda o‘zaro sherikdirlar...

Jeyms Allen "Fikrlayotgan odam"


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Agar iloji boʻlganda, onalar bolalarini bir umr qornida olib yurib, jannatga kirgandan keyingina abadiy hayotga baxsh etgan boʻlardilar.


"Onalar ham aldaydi"

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

"Kim jannat istasa?"


Kim bu baxtni istasa, amallari va iymoni ustida tahlil oʻtkazadi, koʻproq savobli ishlarga qoʻl uradi.

Yana nimalar bizni bu baxt tomon yetaklaydi? Keling, batafsil “Kim jannatni istasa” kitobida bu haqida gaplashamiz.

Yumshoq muqova, 35ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Tafakkur qilishni istaganlar uchun kitob tavsiyasi...


Jubron Xalil dan so‘rashibdi:
- Insondagi eng dahshatli narsa nima?
U shunday javob beribdi:
- Inson bolalikdan zerikadi. Tezroq katta bo‘lishni orzu qiladi. Katta bo‘lganidan so‘ngra yana yosh bola bo‘lib qolishni orzu qiladi. Mol yig‘ish uchun salomatligidan judo bo‘ladi. So‘ngra topgan molini o‘zini davolatish uchun ishlatadi. Kelajagi uchun qayg‘urib bugunini ham boy beradi. Hech o‘lmaydigandek yashaydi. Xuddi hech yashamagandek o‘ladi!

Cheksiz yoʻqotishlarimizning eng katta va asl sababi, yozilgan satrlar satrligicha, aytilgan gaplar gapligicha, qilingan nasihatlar nasihatligicha qolib ketishidir...

Sen bilan birga kulgan insonni kun kelib unutishing mumkin, ammo birgalashib yigʼlagan insonni hech qachon unutolmaysan...

Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Yig‘lashing mumkin ​​— bu sening haqqing.
Mahzun bo‘lishing mumkin ​​— bu sening haqqing.
Ammo aslo sina ko‘rma.

✍️ Jubron Xalilning Kesik qanotlar kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Kitoblar ro‘yxati uchun @TaskinKitob ga murojaat qiling!

Читать полностью…
Subscribe to a channel