taskinkitoblar | Unsorted

Telegram-канал taskinkitoblar - Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

3702

Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar... Bizga murojaat: @TaskinKitob https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ== @TaskinBooks

Subscribe to a channel

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Haqiqiy o‘g‘il - onaizorga xizmat qilishi lozim holida uzoq o‘lkalarga ilm istab ketishdan voz kechadi, volida huzurida qoladi.
Haqiqiy ona - Imom Buxoriyning onasiga o‘xshab bolasini ilm olishi uchun olis yurtlarga-da olib boradi.

"Onalar ham aldaydi" kitobidan.


Kitob sanoqli kunlarda sotuvga chiqadi.
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Kamyu romani qahramonlarining bu vaziyatga munosabati batafsil tasvirlangan. Ayrim kishilar sodir boʻlayotgan voqealarga befarq kuzatuvchi sifatida qoladi. Kimdir mahsulotlarni juda baland narxlarda sotib boylik orttiradi. Bir guruh odamlar esa doktor Bernar Rie boshchiligida kunu tun mehnat qilib, odamlarni qutqarish uchun guruhlar tuzishadi. Bu qahramonlar antifashistik Qarshilik harakati ramzidir.

Nihoyat, bir yarim yildan soʻng epidemiya tugaydi. Shaharda tirik qolgan aholi (taxminan odamlarning yarmi) quvonchga toʻladi. Faqat doktor Rie oʻychan holda qoladi:

“U bu shodlikka toʻlgan odamlardan farqli oʻlaroq, kitoblarda yozilgan haqiqatni biladi – vabo mikrobi hech qachon oʻlmaydi, hech qachon yoʻqolmaydi. U bir necha oʻn yillar davomida mebel burchaklarida yoki kiyimlar orasida uxlab yotishi mumkin. U oʻz vaqtini kutadi – yotoqxonalarda, yertoʻlalarda, jomadonlar, roʻmollar va qogʻozlar ichida. Va bir kuni, balki insonlarga dars va musibat sifatida, u yana uygʻonib, kalamushlarni baxtli shahar koʻchalariga oʻlish uchun yuborishi mumkin...”

Alber Kamyuning adabiy-falsafiy ramzlari nafaqat uning davri uchun, balki bugungi kun uchun ham muhim. U insonlarni shundan ogohlantiradi: “Vabo mikrobi hech qachon oʻlmaydi”.

Kitob sotuvda mavjud!

/channel/taskinkitobchat/24342

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Inson oʻlimdan qutulishga harakat qiladi, jahannamdan emas. Ammo harakat bilan jahannamdan qutulish mumkin, oʻlimdan emas!

"Odamlar nima deydi?" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Qachonki erkinlik qadriyati yo‘qolsa, moyil qalblar shuhratparastlikka to‘ladi va hamma tamagirlikni yuqtiradi. Istak predmetlari o‘zgaradi: ilgari sevganlarini endi sevishmaydi; ilgari qonunlarga ko‘ra erkinlik bor edi, endi esa noqonuniy erkinlikni istashadi; qoida bo‘lgan narsa, endi qattiqqo‘llik bo‘lib tuyula boshlaydi; intizom esa cheklovga aylandi, ehtiyotkorlik [sabr] ni qo‘rqoqlik deb atashadi, o‘ziga tortqilash chanqoqligini emas, mo‘tadillikni – ochko‘zlik deyishadi. Ilgari, xususiy mulk jamoatchilik xazinasini tashkil qilgan bo‘lsa, endi jamoatchilik xazinasi xususiy mulkka aylandi. Respublika o‘ljaga, uni kuchi - ozchilik qudrati va umumiy o‘zboshimchalikka aylanadi.

Hashamat doim mulk tengsizligiga proporsionaldir. Davlatda boylik teng taqsimlansa hech qanday hashamat bo‘lmaydi, zotan u [hashamat] faqat, ayrim insonlarning boshqalar mehnati hisobidan o‘zlashtiradigan qulayliklariga asoslanadi.

Monteske _ "Qonunlar ruhi"

Buyurtma @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Har bir mahbusga achinaman. Ammo botil fikrlar ichida qolib ketganlarga koʻproq...

"Odamlar nima deydi?" kitobidan


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Duoying har doim eshitiladi, faqat ehtiyojing qadar beriladi. Qolgani esa u dunyoga qoladi.
Nafsning qo‘lidan qutilgan oning qalbing sen bilan so‘zlashadi.
Insonlarning yaxshi niyatlarini o‘ldirmang. So‘ngra kuningiz o‘zingiz kabilarga qoladi.
Qalb nasibalari botiniy, nafs nasibalari zohiriydir. Qachon nafs nasibalari ma’n etilganda, shu payt qalb nasibalari keladi. Agar sen nafs nasibalaridan tiyilsang, shunda senga qalb nasibalari eshigi ochiladi.

Abdulqodir Jiyloniy "Rabboniylikni anglash"


Namozida hushusi yoʻq, amallarida ixlosni his qilolmaydigan, oʻzidagi munofiqlikni aniqlamoqchi boʻlganlarga yechim bu - “Rabboniylikni anglash” kitobi...

Qattiq muqova, 367 sahifa, 60ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Hashamat tobutidagi yuraklar...


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

✍🏼Qachonki ichingda gaplaring ko‘pligini his qilib, uni birovga aytishga ehtiyoj sezmasang, shunda pishib yetilgan bo‘lasan.

✍🏼Xotirjamlik ⸺ narsalarni tabiatiga ko‘ra qabul qilgan kishilarning nasibasidir.

✍🏼Musibatimiz shundaki:
Turmush quramiz, sevmaymiz.
Farzand ko‘paytiramiz, tarbiya bermaymiz.
Bino quramiz, taʼlim bermaymiz.
Namoz o‘qiymiz, taqvo qilmaymiz.
Ishlaymiz, mukammal amalga oshirmaymiz.
Gapiramiz, rost so‘zlamaymiz.

✍🏼Haqiqat baʼzilarning gʻashini (gʻazabini) keltirishini koʻrgan paytingda, sukut aslida hikmat ekanini anglab yetasan.

Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" kitobidan.

O'yga toldiruvchi, o'zni taftish qilishga undaydigan falsafiy hikoyalar muallifi Xalil Jurbonning ushbu to'plamidan joy olgan hikoyalar va jumlalar kitobxonni hayot mohiyati va tiriklikning bahosini his etishga undaydi. O'qir ekansiz, “qanday yashadim, endi qanday yashayman?” degan savollarga javob izlashga majbur bo'lasiz...

Buyurtma: @TaskinKitob

💌@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

O‘z davrida bu zamindan yunonlar hosil yig‘ishtirib ketdi, mo‘g‘ullar esa yig‘ishtirmadi ham, joyida o‘t qo‘yib ketdi, «qizil»lar hosil yig‘ishtirib ketdi, inglizlarga esa o‘zimiz olib borib sotdik...

Sayyid Abdulaziz Yusuf _ "Sangtarosh iztiroblari" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Yangilik kutganlar bormi?!

Yangi haftada jiddiy premyeraga tayyor turing!


Yangi kitobdan parcha:
Farzandlarimizni bizdan koʻra Google yaxshiroq taniydi...
Nimani yozish, nimani yozmaslik bu huquq bo'libgina qolmay katta mas'uliyat hamdir. Bu Yaratgan va millat oldidagi mas'uliyat!


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Tafakkur cho‘qqisi tomon!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Arnold Bennet "Bir kunda 24 soat yashash" kitobidan.

Vaqt hukmronligi ostida hech qanday boylik yoki aql aristokratiyasi mavjud emas. Daho kishi ham hech qachon birgina kun uchun boʻlsa ham qoʻshimcha bir soat bilan mukofotlanmagan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

🔥Din nasihatdir!

✍Kim Robbini tanisa, Undan boshqa hamma narsani unutib yuboradi. Kimki, Robbisidan g‘aflatda bo‘lsa, Undan boshqa hamma narsaga bog‘lanib qoladi.
✍Hikmatning alomati insonlarning qismatini bilishlik, taqvoning alomati Allohdan qoʻrqishlik, qoʻrquvning alomati shubhali narsalardan tiyilish va mahzunlik, umid qilishlikning alomati chiroyli itoatda turish, zohidlikning alomati orzularni qisqa qilish.
✍Zohidlik harom amallarda farz, muboh ishlarda fazilat, halolda esa Allohga yaqinlikdir.
✍Yaxshiliklarning barchasi bir uyda saqlanadi, uning kaliti kamtarlikdir. Yomonliklar ham bir uyga jamlangan, uning kaliti kibrdir!

"Ulug‘lar nasihati" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

"Safar" Adam O‘zkosa


Gʻarbning pozitivistik bilim tushunchasi dunyoga na ilohiy va na insoniy biror gʻoya bera oldi. Bu holat insoniyatni sekin asta oʻz joniga qasd qilish falokatiga yetakla(y)di. Bunday falokatlardan qutulishning imkoni, bilim va donolikni jamlagan, bilimga qadr-qiymat va ahamiyat bera olgan Islomdadir.
Kunimiz musulmonlari ishlab chiqaruvchilar emas, balki isteʼmol qiluvchilargina boʻlib qolishgan va bu holatni oʻzgartirish darkor. Bu masalaning yechimi – musulmonlar Islom madaniyatining yuksalish davridagi ruhiyat va tushunchaga takror qaytishlari kerak!!!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Kofe yoki energetikni g‘aflat uyqusiga kuchi yetmaydi!

Jeyms Allen _ "Fikrlayotgan odam"


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

«Alloh» so‘zining aql bovar qilmas sirlari


Niderlandiyalik psixolog Vander Hoven Kur’on o‘qish va «Alloh» so‘zini takrorlash bemor va sog‘lom insonlarga qanday ta’sir qilishini kashf etganini e’lon qildi. Professor uch yildan bir qancha bemor ustida tadqiqotlar olib borib, hayratlanarli xulosalarga erishdi. Bemorlarning ba’zilarini musulmon emasligini, ayrimlari musulmon bo‘lsa-da, arab tilini bilmasligini ta’kidlagan Hoven kasallariga «Alloh» so‘zini o‘rgatganini aytadi. Natija esa nihoyatda mukammal bo‘lganini, ayniqsa, ruhiy ziqlik va qon bosimi ko‘tarilishi (xafaqon) bilan og‘riganlarda yaxshi natijaga erishgani ma’lum bo‘ladi.
Professor Xoven "Alloh" kalimasidagi harflar bemorlar ruhiyatiga ta’sirini shunday izohlaydi:

«Alloh» so‘zining ilk harfi bo‘lgan «Alif» nafas yo‘llari tizimidan sirg‘alib chiqadi va nafas olishni izga soladi.
"Lom" harfi esa (arab tilidagidek talaffuz qilinganida) til bilinar-bilinmas tanglayning ust qismiga tegadi va jag‘ bir muddat shu muddatda turib qoladi («lom» harfi tashdidni olgani uchun).
So‘nggi harf «h» talaffuz qilinganida jigar va yurak o‘rtasida aloqa vujudga keladi va bu jarayon so‘nggida yurak urishi me’yoriga tushadi.
Bu izlanishni amalga oshirgan niderlandiyalik olim musulmon emas, lekin Islom ilmlariga qiziqqan va Qur’oni Karim sirlarini tadqiq qilgan. Bemor to‘shagida dard tortaëtgan insonning «Alloh!» deya ingraganiga ko‘pchiligimiz guvoh bo‘lganmiz. Biror musibatga yo‘liqqan insonning «Allohim!» deya xitob qilganini eshitmaganlar bo‘lmasa kerak.
Tutadigan shoxi qolmasa, boshi berk ko‘chaga kirsa, qo‘l uzatadigan insoni qolmasa, banda "Alloh" deya tinchlanadi. "Alloh" so‘zi hayotimizning asosiga aylanib ketganidan, har qanday holatda Alloh deymiz. To‘g‘ri yo‘lni topish, yaxshilikka erishish, uchun «Yo Alloh» deymiz. Shaytondan qochib, Allohdan panoh istaganda «A’uzu billah» deymiz. Har ishni «Bismillah» deya Uning nomi bilan boshlaymiz. Ne’matga munosib ko‘rsa, shukr qilamiz. Berganida ham, olganida ham «Alhamdulillah» deymiz. Hayratlanganimizda, «Mashaalloh» deymiz. Pushaymon bo‘lganimizda, «Astag‘firulloh» deymiz.
Sevinganimizda, «Allohu akbar» deymiz. Xafa bo‘lganimizda, «Inna lillah...» deymiz. Yuragimiz siqilganida «Subhanalloh» deymiz. G‘alaba qilganimizda «Nasrumminalloh» deymiz.
Rizq topganimizda, «Ar-rizqu lillah» deymiz. Orzu qilganimizda, «Inshaalloh» deymiz. Bir ishni bajarganimizda, «Biiznillah» deymiz. Mashaqqat oldida «La havla va la quvvata illa billah» deymiz.
Va’da berganimizda, «Vallohi va billah» deymiz. Bu qadar eslatmalar nuri qalbni yoritganida «E valloh» demaslik mumkinmi?..

«Iymon va huzun» kitobidan.


Yumshoq muqova, 25ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Tiriklar orasida o‘lik bo‘lmang!


✍🏻 Ba’zi odamlar faqat ajdodlarining dovrug‘iga suyanib yashaydi. Lekin ular hozir tirikmi?

Himmat va harakat bo‘lmasa, insonning o‘zi o‘lik emasmi? "Himmat – mo‘minning quvvati" kitobi sizga haqiqiy tiriklikning mohiyatini anglatadi.

• Yumshoq muqova, 200 sahifa, 35ming

🙂‍↕️ Tiriklik deganda nimani tushunasiz?

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

"Yaxshi va saxovatli ishlarni podshohning oʻzi qilishi kerak, qora va iflos ishlarni esa boshqalarni qoʻli bilan qilishi kerak. Shunda raiyat oldida podsho adolatli, saxovatpesha koʻrinadi, yomonliklar esa boshqalarning boʻyniga tushadi. Bu ish bilan hukmdorlar, ham xalqning mehrini qozonadi, ham oʻziga qarshi boʻlgan kuchlardan qutuladi.

Nikolla Makiavelli "Hukmdor"


Afgʻoniston - "imperiyalar qabristoni", shuningdek, tashqi siyosay maqsadlari muntazam ravishda notoʻgʻri baholanib kelingan makon.

Genri. K. "Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi"


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

O‘liklardan tirilsangiz nima istaysiz, deb so‘ralganda Ramazondan bir kun istaymiz deb javob berisharkan. (Ibnul Javziy)


Ramazonga yetdik, hadisi sharifda aytilganidek, Kimki ramazonda poklanib, najot topmasa burni yerga ishqalsin...

So‘zimizni qisqa qilgan holda: "Ulgurib qoling!" deymiz!


Barcha kitobxonlarga ofiyat tilab @TaskinKitoblar jamoasi 🌙

Aytgancha suratda sanoqli kunlarda hukmingizga havola etilajak tuhfa🔥

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

"Kulayotgan odam"


Bu shaharni eng koʻp yomgʻir yoqqanda yaxshi koʻraman. Hammaning yuzi nam, boshi egik. Huddi hamma oʻz ayblarini tan olgandek...

Viktor Gyugo


Qattiq muqova, 940 sahifa, 110ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Yozuvchi, Ustoz Ulug'bek Hamdamning "Sangtarosh" kitobi haqidagi fikrlari:

Senekaning “Kishining o‘z qusurlarini ko‘rmog‘i eng katta bilimdir” degan fikri kitobga ochqich vazifani o‘taydi, bas, shuning o‘zida kitobning murodu maqsadi bir qadar oydinlashadi. Muallifning fikricha, muammolarning bosh sabablaridan biri o‘z nuqsonlarimizdir. “Jamiyatimizda yangilikka to‘g‘onoq bo‘layotgan eng katta dushman milliy sterotiplarimiz, ruhiyatimizdagi qusurlarimiz, ongimizdagi turg‘unlikdir” deb yozadi u “Butlarni sindiring” deb nomlangan katta maqolasidan joy olgan “Eng katta dushman — o‘zingiz” nomli faslchasida. Umuman, kitobga kirgan maqolalar nomiga e’tibor bering: “Kuchli O‘zbekiston orzu emas, qat’iy ishonchimizdir”, “Siyosat: har mushkul — ming imkon”, “Mafkura tanazzuli”, “Ijtimoiy sinergiya: endi hammasi o‘zimizga bog‘liq”  va hokazo...

Yumshoq muqova 320 sahifa, 65ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

"Odamlar nima deydi?" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

📖QO‘RG‘ON, Frans Kafka.

Jahon adabiyotining eng taniqli vakillaridan biri Frans Kafka juda qisqa va mashaqqatli hayotni yashab o‘tgan. Qattiqqo‘l ota, o‘zi yoqtirmagan ish, og‘ir kasallik, ishqiy munosabatlardagi omadsizliklar va o‘ziga ishonchsizlik yozuvchini og‘ir iztiroblar chohiga uloqtirgandi. 1910-yilda u o‘z kundaligiga shunday deb yozadi:

Men go‘yo toshdan yaralgandayman, o‘zimga qo‘yilgan qabrtoshdayman, ma’lum bir narsa qarshisida shubha yo ishonch, sevgi yo nafrat, jasorat yo qo‘rquv uchun hatto tirqish ham yo‘q.

Аdabiy tanqidchilar uning ijodiga juda yaxshi baho berganiga qaramay, yozuvchining o‘z asarlaridan ko‘ngli to‘lmasdi. U hatto o‘limi oldidan do‘sti Maks Brutga hali nashr qilinmagan asarlarini yoqib yuborishni vasiyat qiladi.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Farzandlarimizni bizdan koʻra Google yaxshiroq taniydi...

Nimani yozish, nimani yozmaslik bu huquq bo'libgina qolmay katta mas'uliyat hamdir. Bu Yaratgan va millat oldidagi mas'uliyat!

Sayyid Abdulaziz Yusuf _ "Sangtarosh iztiroblari" kitobidan.


Buyurtma berish: @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Tug‘ilish. O‘lim. O‘rtasida Umr. Qazoyi qadar bo‘lib O‘limning taxminiy muddati aniq bo‘lib qolsa, deylik doktor aytsaki Otangizning shuncha umri qoldi, deya… to o‘sha muddat kelguncha bu vaqtning kelishiga qarshi, uni kechiktirish uchun azobli mujodala berasiz. Ko‘pchilik o‘ylaydiki, ana shu muddat - so‘nggi nafasgacha bo‘lgan mujodala eng og‘ir davr deb. Aslida unday emas. Hayot uchun kurash jarayoni muddatida chekilgan iztiroblar eng og‘iri emas. Eng og‘iri o‘sha mudhish kun kelgandan so‘ng, o‘lim sodir bo‘lgandan keyin boshlanadi. Eng yaqiningizning yo‘qligiga umrbod ko‘nikishga harakat qilib yashaysiz. Ming uning yo‘qligini anglang, his qiling aslo ko‘nikolmaysiz! Hech qachon bunga ko‘nikib yashab ketolmaysiz. Bu dunyo shunaqa. Bu dunyoning achchiq qonunlari shunaqa...

Sayyid Abdulaziz Yusuf _ "Sangtarosh iztiroblari" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Inson oʻlimdan qutulishga harakat qiladi, jahannamdan emas. Ammo harakat bilan jahannamdan qutulish mumkin, oʻlimdan emas!

Odam buyrak yetishmovchiligidan oʻlishi mumkin;
yurak yetishmovchiligidan oʻlishi mumkin;
qon yetishmovchiligidan oʻlishi mumkin;
aql yetishmovchiligidan esa haligacha birov oʻlmagan. Bu yetishmovchilik bilan uzoq yillar yashash va hatto katta-katta mansablarni egallash mumkin.
Aql yetishmovchiligi odam bolasini oʻldirmas, lekin u bor joylarda talafotlar katta boʻladi: ishonchlar, gʻayratlar, shijoatlar, umidlar oʻlib bitadi...

Shayx Ali Tantoviyning "Odamlar nima deydi?" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

"Yoz qisqartir!"


Bugun deyarli hamma nimadir yozadi. Biroq behuda gaplar bilan oʻquvchilarning hafsalasini pir qilayotgan yoki fikrini yetkaza olmay, kulgiga qolayotganlar ham yoʻq emas. Sababi — matnni qanday yozish haqidagi oʻzbekcha adabiyotlar kam, shuning uchun ham koʻpchilik fikrini yozuvda toʻgʻri ifodalashga qiynaladi.
Javob albatta yoziladigan va manziliga qaytarib yuborilmaydigan xatlarni qanday yozish kerak? Taʼsirli va odob doirasidan chetga chiqmaydigan reklama eʼlonlarini-chi? Fikrni qanday qilib yolgʻon, siyqasi chiqqan va ortiqcha safsatalarsiz loʻnda, aniq, ishonarli ifodalash mumkin?
“Yoz, qisqartir” kitobida kuchli, risoladagidek matn yozish qoidalari qisqa va tushunarli bayon qilingan. Uni oʻqib, soʻzni isrof qilmagan holda aniq va taʼsirli yozishni oʻrganasiz.

Fleksbil muqova, 440 sahifa, 95ming
Buyurtma berish @TaskinKitob


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Malkolm X, «Fitrat» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar

Amerika Islom dinini tushunishi kerak, chunki u o‘z jamiyatini irqchilik balosidan qutqara oladigan yagona din.


Insonlar bir odamning butun hayoti birgina Kitob bilan o‘zgarishi mumkinligidan bexabarlar.


Ta'lim — bizni kelajakka olib boradigan hujjat. Kelajak bugundanoq unga tayyor bo‘lganlarnikidir.


Sochingga berganingdek miyangga e'tibor ber va ming marta yaxshiroq bo‘lasan.


Qancha sekin bo‘lsang bo‘l! Hali boshlamagandan oldindasan!


Irqchilik ideologik tushuncha emas, psixologik xastalikdir...


Agar uyg‘oq bo‘lmasangiz, gazetalar [media, ijtimoiy tarmoq] sizni mazlumlarno yomon, zolimlarni yaxshi ko‘radigan qilib qo‘yadi.


Yo‘q, sen ozod emassan. Shunchaki bo‘yningdagi arqon boshqalarnikiga qaraganda uzunroq xolos.


Diningga ko‘ra yashamasang, yashash tarzing diningga aylanib qoladi.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Mayitni hammolday koʻtarib kelib, masjid ostonasiga qadam qoʻya olmay koʻchada qolganlarni koʻrdik...
Farzi ayn boʻlgan ibodatga qoʻshilolmay, farzi kifoyaga “qoʻr toʻkib” saf tortganlarni koʻrdik...
Alloh baxtni istamas ekan, takbiri tahrima tugul, takbirga-da ogʻiz ocha olmas... Namoz oʻqish tugul, ostona hatlab masjidga ham kira olmas...
Bu baxtsizlikdir!

"Odamlar nima deydi?" kitobidan.


Yumshoq muqova, 124 sahifa, 25ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Muvozanat qonuni _ Ey qizim


Bir kishi Tobein Maymun ibn mihron rohimahullohning qiziga sovchi bo‘lib keldi.
U kishi:
Qizimni senga ravo ko‘rmayman - dedi.
Sovchi:
Nega? - dedi .
Maymun:
Chunki qizim zebu-ziynat va kiyim-kechakni yaxshi ko‘radi - dedi.
Sovchi :
Menda unday narsalardan juda ko‘p - dedi.
Maymun :
Endi seni unga ravo ko‘rmayman - dedi.

Buning sababi, bu dunyoda barcha narsa "muvozanat qonuni"ga asoslangan. Ayol tabiatidan zebu-ziynatga o'ch bo‘ladi. Erkak esa "menda ko‘p" deb ayoliga istaganini beraversa oila muvozanati buziladi. Bunday erkak "boshqaruvchi" emas, "boshqariluvchi" demakdir. Aqlli ota, qiziga "boshqariladigan" emas, "boshqaradigan" erni ravo ko‘radi. Maymun ibn mehron ham qizi uni boshqaradigan emas, qizini boshqaradigan kuyov istagan edi. Chunki, ayol boshqargan oilada (boshqa ishlarda ham) hech qachon baraka bo‘lmaydi.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Masalan, mehmon kelishidan avval uyimizni bir qator tartiblab chiqamiz, sababiga esa mehmonlar nima deydi? deya javob beramiz... Natijada barcha amalimizning mukofoti odamlarning nima deyishi bilan taqdirlanadi. Aslida esa bir musulmon o‘laroq "Mehmon atoyi Hudo" mehmonni Alloh yuboradi, uni odatdagidanda yaxshiroq holda kutib olishimiz Allohga xush keladi, deganimizda amalimizning mukofotini odamlarning so‘ziga emas mehribon Robbimizga qoldirgan bo‘lar edik!

Shayx Ali Tantoviyning "Odamlar nima deydi?" kitobidan.


Kitobning eng diqqatga sazovor jihati – 30 dan ortiq hikoya orqali umumbashariy va musulmonlarga xos muhim ijtimoiy muammolarni chuqur va ko'p qirrali yoritilishidir.
Kitobning asosiy qiymatli tomonlari:
- 30 dan ortiq hikoya orqali jamiyatdagi turli munosabatlar va muammolarni keng ko'lamda ko'rsatadi
- Umumbashariy muammalar bilan yonma-yon musulmonlarning ijtimoiy muammolarini ham chuqur tahlil qiladi
- Diniy va ijtimoiy kontekstda dolzarb mavzularni ochib beradi
Muallif kitobda o'zining boy hayotiy tajribasi va diniy bilimlaridan unumli foydalangani yaqqol sezilib turadi. Hikoyalar orqali o'quvchiga insoniy qadriyatlar, axloq va ma'naviyat haqida chuqur ibrat va naʼmuna bera oladi.
"Odamlar nima deydi" kitobi har bir o'quvchiga tavsiya etiladigan asardir. U o'quvchida o'z so'zlariga va boshqalar bilan muloqotga bo'lgan mas'uliyatni oshiradi, shuningdek, umumbashariy va musulmonlar orasidagi munosabatlarni chuqurroq tushunishga yordam beradi.


Yumshoq muqova 126 sahifa, 25ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

/channel/Taskinkitoblar/2005

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…
Subscribe to a channel