Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar... Bizga murojaat: @TaskinKitob https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ== @TaskinBooks
OʻRNINGIZDAN QIMIRLAMANGLAR!
...Bugun Uhud jangi tugagan boʻlsa-da, musulmonlarning ortini himoya qiladigan kamonchilar xatosi toʻxtagani yoʻq.
Barcha maydonlarda bu dinni himoya qiladiganlarga sharaflar boʻlsin! Ular zaiflashganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ovozlarini eshitadilar: “Oʻrningizdan qimirlamanglar!”
Farzandlarini namoz, roʻza va goʻzal axloq ila tarbiya qilayotgan aziz onalar! Siz bizni orqa tomondan himoya qilyapsiz. Oʻrningizdan qimirlamanglar!
Farzandlaridan “Amma yatasaaʻalun” porasini soʻrayotgan aziz otalar! Siz bizni ortdan kelib zarba beradiganlardan himoya qilyapsiz. Oʻrningizdan qimirlamanglar!
Bu avlodni tarbiyalasa, yana Abu bakrlaru umarlaru usmonlar chiqishiga ishonadigan karamli ustozlar! Siz bizni orqa tomondan himoya qilyapsiz. Oʻrningizni tashlab ketmanglar!
Farzand parvarishiga tayyorgarlik oʻlaroq oʻzlarini iffat asosida tarbiyalayotgan mastura qizlar! Sizlar bizni orqa tomondan himoya qilyapsiz. Oʻrningizda mahkam turinglar!
Bomdod namozining yoshlari! Qurʼon darslari ishqibozlari! Ilm majlislari oshiqlari! Sizlar bizning mustahkam qalqonimizsiz. Oʻrningizdan qimirlamanglar!
Har birimiz oʻzimiz haqimizda oʻylab koʻrsak, bu dinning xodimi va askari ekanimizni anglaymiz. Har birimiz muhim bir oʻrindamiz. Qandaydir boʻshliqni toʻldiramiz, xatarni daf qilamiz. Alloh bizning har birimizni bir oʻringa qoʻygan. Gardanimizga omonat va masʼuliyat yuklagan.
OʻRNIMIZDAN QIMIRLAMAYLIK!
Adham Sharqoviyning “Nabaviy tarbiya” kitobidan.
Qattiq muqova, 435 sahifa, 52ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Alloh taolo Qur'oni Karimda: "Sizlar uchun Allohning Rasulida go'zal namuna bordir" (Ahzob surasi, 21-oyat) deya marhamat qiladi.
Ushbu kitob Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning kundalik hayotlarini tasvirlash orqali, u zotning har bir harakatlari va so'zlari zamirida yashiringan chuqur ma'no va hikmatlarni ochib berishga harakat qilgan. Kitob orqali o'quvchi Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oddiy kunlaridan birini kuzatish, u zotning oilaviy munosabatlari, ibodatlari, sahobalar bilan muloqotlari va ummatga ko'rsatgan g'amxo'rliklarining guvohi bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning kundalik hayotlarini yoritish orqali, Islom dinining amaliy jihatlarini tushunishga yordam beradi
Oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi, qo'ni-qo'shnichilik kabi kundalik masalalarda Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini o'rgatadi
Buyurtma berish @TaskinKitob
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
/channel/boost/Taskinkitoblar
Читать полностью…Kitobxon fikri
O'ziga keraksiz bo'lgan narsani berish sadaqa bo'ladi. O'ziga kerakli bo'lgan narsani berish ehson bo'ladi. O'zi yaxshi ko'rgan narsani berish hadya. O'ziga zarur bo'lgan narsani berish fidokorlik. O'zni berish esa MUHABBAT bo'ladi.
Odam yo oʻzi sevgan narsasi uchu kurashib yashaydi. Yoki oʻzi yoqtirmagan narsa uchun chidab yashaydi. Lekin yoqtirmagan hayotida chidab yashash odamni kuchli qilmaydi! Kurashib yashash va chidab yashash bir-biridan farq qiladi. Kamolot uchun kurashiladi. Kurashgan odamgina kamolotga erishadi!
Mustafo Mahmudning "Muhabbat madrasasi"
asaridan.
Qattiq muqova, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Erkinlik va mustaqillik hech qachon xohlagan ishini qilish boʻlmagan. Hurlik bu har bir ishning oqibati va mas’uliyatini oʻz boʻyniga olish demakdir.
Masalan, kimga uylanish yoki kimga turmushga chiqishda mustaqil boʻlish degani, oilada qanday kelishmovchilik chiqsa ham, ajrim boʻlsa ham, har qanday muammoning oqibati va mas’uliyatini oʻz gardaniga olishni anglatadi. Mustaqil oila qurganingda ulgʻayganingni, muammolaringni ota-onangsiz ham oʻzing hal qila olishingni, ular esa qarigan chogʻlarida kap-katta farzandlarining tashvishisiz hotirjam yashash baxtiga muyassar qilgan boʻlasan.
"Muhabbat madrasasi"
"Muhabbat madrasasi"
Xohlaymizmi yo‘qmi baribir ikki jins oʻrtasidagi munosabatlarga kirishib qolamiz. U xoh shar’iy, xoh noshar’iy boʻlsin oʻziga xos xatoliklarni sodir etamiz. Balki, siz toʻydan keyin muhabbat paydo boʻladi, degan fikrga qat’iy ishonarsiz yoki birinchi muhabbat doim haqiqiy boʻladi, degan aqidaga suyanarsiz. Ehtimol, muhabbatning pisixologik jihatlari borligini hech oʻylab koʻrmagan, aksincha uni anglab boʻlmas gʻaybiy tushuncha hisoblarsiz. Umuman olganda, oʻsmirlik davri muhabbat oʻyinlariga kirib qolganlar, muhabbatdan kuyganlar, uylanish arafasida turganlar, oila qurganlar va er-xotinlik munosabatida boʻlganlar oʻqishi kerak boʻlgan, hayotiy tajribalarga boy asar. Endi bu moʻjaz kitob uyingizdan oʻrin olishi mumkin...
Muammo - zoye qilgan yillaringizda emas. Balki umringizning qolganida ham, dunyoga ayni tushunchalaringiz bilan yuzlanmogʻingizdadir.
✍🏼Qachonki ichingda gaplaring ko‘pligini his qilib, uni birovga aytishga ehtiyoj sezmasang, shunda pishib yetilgan bo‘lasan.
✍🏼Xotirjamlik ⸺ narsalarni tabiatiga ko‘ra qabul qilgan kishilarning nasibasidir.
✍🏼Musibatimiz shundaki:
Turmush quramiz, sevmaymiz.
Farzand ko‘paytiramiz, tarbiya bermaymiz.
Bino quramiz, taʼlim bermaymiz.
Namoz o‘qiymiz, taqvo qilmaymiz.
Ishlaymiz, mukammal amalga oshirmaymiz.
Gapiramiz, rost so‘zlamaymiz.
✍🏼Haqiqat baʼzilarning gʻashini (gʻazabini) keltirishini koʻrgan paytingda, sukut aslida hikmat ekanini anglab yetasan.
Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" kitobidan.
O'yga toldiruvchi, o'zni taftish qilishga undaydigan falsafiy hikoyalar muallifi Xalil Jurbonning ushbu to'plamidan joy olgan hikoyalar va jumlalar kitobxonni hayot mohiyati va tiriklikning bahosini his etishga undaydi. O'qir ekansiz, “qanday yashadim, endi qanday yashayman?” degan savollarga javob izlashga majbur bo'lasiz...
Buyurtma: @TaskinKitob
💌@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Ham Allohni, ham mahbubini, ham oʻzini rozi qiladigan, tom ma’nodagi muhabbat madrasasining formulasi ushbudir.
Ishqi tushmagan odamga mehr berishga oʻzni majburlash manzili yoʻq yoʻlga oʻxshaydi. Yuraverasan, ammo manzil qayerda, qachon kelishini bilmaysan. Oxiri yoʻq yoʻl esa odamni ezib tashlaydi.
Bemehrga ishqi tushgan odamning holi esa qorda muzni yoqishga urunishga oʻxshaydi. Qancha urinma, u baribir yonmaydi.
Ishq talpinish, mehr esa avaylash. Mana shu formula toʻgʻri ishlasagina, oilada muhabbat madrasasi quriladi. Bundan u ham, siz ham va sizlarning baxtli holingizni koʻrgan Alloh ham sizdan rozi boʻladi, inshaalloh.
Allohning joriy qilgan qonuniyatlariga, ya’ni ishqsiz va mehrsiz oila qurib, undan muhabbat madrasasini kutish, huddi qalampir ekib qulupnay unib chiqishini kutishga oʻxshaydi.
"Muhabbat madrasasi"
📖"Muhabbat madrasasi" kitobi hozircha faqat @Taskinkitoblar dagina sotuvda mavjud!🔥
Sizga eng yaqin pochta filialigacha yetkazib berish 5ming.📦
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Ushbu kitob tabiatning mo'jizasi boʻlgan O'rdak bobo va Odiljon- ning bir-biridan qiziq suhbatlari asosiga qurilgan. Odiljon aqlli bola, lekin biroz o'yinqaroqligi bor, shu sabab o'qishlari orqada, onasi xafa. Sehrli o'rdak esa Odiljonning ana shu kamchiliklaridan xalos bo'lishini istaydi.
Nima deb o'ylaysiz, Odiljon dangasalik, yalqovlik kabi yomon odatlaridan qutula olarmikan?
Kitobni o'qish davomida bolajonlar rang-barang ertaklar-u rivoyatlar orqali juda ko'p ilmlarni o'zlashtiradilar. Bular aslida, oddiygina hikoyalar emas, kattalar tomonidan bolalarga aytilishi kerak bo'lgan gaplardir.
Yumshoq muqova, 320 sahifa, 34ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
150 yil avval yozilgan, shaxsiy rivojlanishga doir ko‘plab kitoblarning asosi bo‘lib kelgan "Fikrlayotgan odam" risolasidan videoparcha...
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Мен бахтлиман, чунки...
Чунки одамлар китоб ўқиш учун пул сарфлашса, менга китоб ўқиганим учун пул тўлашади 😄
Яқинда ана шунақа зўр китобни "ўқиб" чиқдим. Китоб 150 йил олдин ёзилган ва қисқа қилиб айтганда, одамни тўғри ўйлашга, тўғри фикрлаш орқали одатлари, ҳаётини яхшилашга ўргатади. Яхши томони, китобни э-энг дангаса китобхонлар ҳам осонгина ўқиб, осонгина тушуниб олади.
Кучли тавсия қиламан, нархи бор-йўғи 25 минг сўм, ўзи кичкина, фойдаси ка-атта китоб (китоб кичкиналигидан ярмига инглизчасини босишибди, тил ўрганувчиларга ҳам асқотади). Буюртма бериш учун: @TaskinKitob
“Bechora inson bolasi!
Agar faqirlikdan qoʻrqqanidek, jahannamdan qoʻrqqanida edi, ikkisidan ham qutulgan boʻlar edi!”
Imomi Gʻazzoliy
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Tez kunda @TaskinKitoblar da...
Читать полностью…📢 Aytgancha, suratdagi ikki kitobni birvarakayiga xarid qilsangiz 55.000+55.000=110.000 emas! 95.000 to‘laysiz! 🔥
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Yangiliklar hamda stories qo’yishimiz uchun ovoz bering✅
Читать полностью…Kim gapi amalidan ekanini bilmasa, gunohlari koʻpayadi...
Asri saodatdan keyingi oltin davr haqidagi kitob...
Olimni ''xiyonati'' uchun otuv joyiga olib kelishdi.
Qarasa, qachonlardir jim o‘tirgani uchun 5 baho qo‘yib bergan o‘quvchisining nishonida turibdi.
O‘limiga rozi bo‘ldi...
Bayramingiz muborak aziz ustozlar!
“Bir olima qiz bor edi”
Insonlarning suratini ko’ramiz-u, siyrati bizga no’malum. Ko’p niqobli kishilarning asl yuzi ochib berilgan “Bir olima qiz bor edi” asari o’quvchini sergak torttiradi.
Mutolaa davomida iymoni va sevgisi o’rtasida qolgan yosh qizning qanday sinovlarni boshdan kechirganiga
guvohi bo’lasiz. Omina Shenliko’g’lining mazkur asari qahramoni qat’iyatda barchamizga o'rnak bo'la oladi.
Yumshoq muqova, 56ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Islom qoʻlni kesish uchun emas, molni himoya qilish uchun kelgan.
Islom darralash uchun emas, aqllarni muhofaza qilish uchun kelgan.
Islom insonlarni toshboʻron qilish uchun emas, obroʻlarni saqlash uchun kelgan!
Islom ayolni "berkitish" uchun emas, himoya qilish uchun kelgan!
Islom bizni ikki dunyo saodatini topishimiz uchun kelgan!
“Jim turgan holingizda odamlarni Allohga chaqiring”, dedilar.
- Qanday qilib?
- Axloqingiz bilan.
Agar kuch-qudrating odamlarga zulm qilishga undayotgan boʻlsa, Allohning senga nisbatan qudratini eslagin!
Kitob Risolatdan keyingi eng yaxshi davr haqida so‘zlaydi...
Kambagʻallik sabab keladigan imtihondan oʻtish oson, biroq boylikning imtihoni ogʻirroq boʻladi.
Jism haj uchun tuya izlayotgan vaqtda qalb allaqachon Kaʼbani tavof qilayotgan boʻladi.
Boshqalarga oʻxshashni istadim. Natijada oʻzimni yoʻqotib qoʻydim.
Soʻngra ichimga boqdim. Ismimdan boshqa narsani tanimasligimni angladim!.
Inson to oʻzini oʻqimagunicha omi boʻlib qolaveradi!.
"Masnaviydan 40 rivoyatga 40 sharh"
Iso alayhissalom iblisga dedilar:" Insonlar orasida senga yaxshisi kim? " Baxil mo'min", -dedi u. Yana Iso alayhissalom so'radilar: " Senga insonlar ichida eng yomoni kim?" U aytdi: " Sahiy fosiq", " Nima uchun?"-deb so'radilar. U aytdi:" Men bahil mo'minni gunoh qilishi uchun uni bahillikka solib qo'yishga umidim bor. Lekin sahiy kishining gunohi Allohning fazli bilan kechirilmog'idan qo'rqaman".
Ey tavhid kalimasini aytuvchi inson, uni tasdiqlaydigan hujjating bormi? Amrlarga bo'ysunish, qaytarilgan narsalardan tiyilish, ofatlarga sabr qilish va taqdirga taslim bo'lish ushbu da'voga hujjat bo'la oladi...
"Rabboniylikni anglash"
Qattiq muqova, 367 sahifa, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Umar ibn Abdulaziz rahimahulloh vafot etganlarida Vizantiya imperatori Lev III qattiq yig‘ladi. Buni ko‘rgan a’yonlar va yepiskoplar bu yig‘ining sababini so‘radi. Shunda imperator: “Adolatli podshoh vafot etdi. Men bir rohib uyiga kirib, ichidan berkitib olib, tarki dunyo qilib, umrini ibodatda o‘tkazsa ajablanmayman. Lekin dunyo oyoqlari ostida bo‘lgan bir insonning dunyodan yuz o‘girib, zohidona hayot kechirganidan ajablanaman” dedi...
Kitob Risolatdan keyingi eng yaxshi davr haqida so‘zlaydi...
Qattiq muqova, 295 sahifa, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Vanihoyat Mustafo Mahmudning "Muhabbat madrasasi yoxud muhabbatning 55 muammosi" kitobini kitobsevarlar hukmiga havola etamiz🔥🎉
Kitobdan muallifning "Shayton uyimizda yashaydi" asari ham joy olgan.
Qattiq muqova, 286 sahifa, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Atrofingizdagi insonlar sizni asabiylashtiradimi? 🤔
Tomas Eriksonning «Atrof to'la ahmoqlar» kitobi bu muammoga yechim beradi!
Muvaffaqiyat va baxtning kaliti
- odamlarni ajrata olishda!
Kitobda insonlar to‘rtta xarakter turiga bo‘lingan bo‘lib, ularni qanday tushunish va ular bilan qanday munosabat qilish kerakligi haqida aniq tavsiyalar berilgan. 💡 Agar muloqotlaringizni samaraliroq qilishni xohlasangiz, bu kitob aynan siz uchun! 📚
Qattiq muqova, 350 sahifa, 44ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Tinchligingiz buzilmasin deya qaysi toʻgʻridan voz kechgan boʻlsangiz, oʻsha narxga sotildingiz demakdir.
Haqiqat mudom takrorlanishi kerak, negaki Yolgʻon doimiy ravishda va'z qilinadi, bir necha kishi emas, balki ko'pchilik tomonidan. Matbuot va ensiklopediyalarda, maktab va universitetlarda, umuman hamma yerda Yolgʻon hukmronlik yurgizadi, olomon oʻz tomonida ekanligi haqiqatidan o'zini baxtli va qulay his etadi...
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Olamdagi dastlabki qotillik eng ulkan gunohlardan biri bo’lmish hasad tufayli yuzaga kelgani bizga otamiz Odam alayhissalomning farzandlari «Qobil va Hobil» qissasidan ma’lum.
Bu tuyg’u toki dunyo bor ekan, mavjudligicha qolib, shaytonning sinmas qurollaridan biri bo’lib qolaveradi.
Ushbu asarda hasadning qabohatlari, undan xalos bo’lish yo’llari ko’rsatilgan. Kitobda qabohati jihatidan hasaddan ham qolishmaydigan g’azab xususida ham so’z boradi.
G’azabning ham illatlari ishonchli dalillar orqali ochiqlab berilgan.
Yumshoq muqova, 28ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
✍Musibat sening musibating boʻlmaganda sabr haqida soʻzlash qanchalar oson.
✍«Qishloq ahlining iymoni sust,» – dedi Shayx. Men esa unga: «Axir siz ham o‘sha qishloq ahlidansiz,» – demoqchi bo‘ldim. Shayx esa qovog‘ini solganicha, uzoq o‘ylanib, boshini egib oldimga keldi. Men uning og‘irini yengil qilmoqchi bo‘ldim. Lekin u buni qanday qabul qilishini bilmasdim. Unga tasalli bermoqchi bo‘ldim-u, biroq menga tanbeh berishidan qo‘rqdim.
✍Inson yo‘qotgan narsasini istaydi, biz esa topgan narsamizdan boshqasini istamaymiz.
✍Yo‘qotganida afsus-nadomat qiladigan – topganida xursand bo‘lgan odamdir.
✍Barcha narsaga egalik qilding, boyliging qani?! Hech narsang qolmadi, bo‘yningda faqatgina amal daftaring qoldi-ku!
✍Sen egalik qilgan narsa senga egalik qiladi. Zohid bo‘l, boy bo‘lasan.
📚Ayman Attumning "Xitob" romanidan.
Ayriliq ikki turli bo'ladi:
Biri majburlikdan
Biri esa kibrdan
Birinchisi sog'intiradi, talpintiradi , muhabbatni alangalaydi, sadoqatni mustahkamlaydi.
Ikkinchisi esa adovat va g'ashlikni kuchaytiradi. Chunki takabbur odam o'z xatolari va dilxiraliklarini tan olmaydi. O'zini aybdor ekanini e'tirof qilishga xudbinligi yo'l bermaydi va kechirim so'rab murosa qilishga, yo'qotilgan vaqtlarga achinmaydi.
Mustafo Mahmudning "Muhabbat madrasasi" kitobidan.
Oldindan buyurtma berish @TaskinKitob