taskinkitoblar | Unsorted

Telegram-канал taskinkitoblar - Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

3702

Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar... Bizga murojaat: @TaskinKitob https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ== @TaskinBooks

Subscribe to a channel

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

https://telegra.ph/Ozorlarni-yuving-03-19

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Bir kunda necha soat yashaysiz?! ⌛️

Ushbu kitob vaqtingizdan to‘laqonli foydalanishni o‘rgatishiga aminmiz, sababi motivatsiya yo‘nalishidagi ko‘plab kitoblar shu kitobga asoslanib yozilgan. ✂️

Sanoqli kunlarda hukmingizga havola etilajak ushbu risola ayni vaqt chop etish jarayonida 📝

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" idan o‘tkir iqtibos.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Haqiqatni faqat ma‘n qilingan kitoblarda topish mumkin! Ruxsat etilgan kitoblar o‘z davrining “til-u zabonida so‘ylaydi!” Eng yaxshi kitoblar bu gulxanlarda yongan kitoblardir!

Biz o'lmtik, choʻchqa goʻshti yemaydigan, biroq bir-birini yeydigan millatmiz.

Erkinlikka talab aslida, avloddan avlodga o’tib kelgan orzudir. Na bombalar, na eng shafqatsiz vahshiyliklar sodir bo’ladigan yerosti qamoqxonalari uni yo’q qila olmaydi. Erkinlikni istagan avlodni o’ldirsang baribir, ulardan keyingi avlodlarda erkinlik g’oyasi qayta tiklanadi. Chunki inson uchun qullik tasodifiy, erkinlik tug’madir.

Yusuf alayhissalom quduqqa tashlashdan avval akalari tomonidan do‘pposlanganlarida tabassum qilgan ekanlar, akalari nega tabassum qilayapsan deganlarida  ''Kuchli akalarim bor, hech kim meni urolmaydi!'' deb yurardim Alloh meni sizlarga urdirdi...
Allohdan o‘zgaga suyanishning oqibatini ko‘rib kulyapman...

"Tutqun" Adam Uzkusa

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

«Soxta roblar boshdan chiqarib tashlanmas ekan,
Sabablarga o‘ralashish to‘xtatilmas ekan,
Yaxshilik va yomonlikni insonlardan deb bilish tark etilmas ekan, QUTULISH yo‘qdir!

Kun sayin mayllarimizni orttirdik, ammo soat sayin qadriyatlarimizni kamaytiryapmiz. Nafratimiz ko‘payib, muhabbatimiz ozaymoqda. Qahrda saxovatli, mehrda xasis bo‘lmoqdamiz. Yashash uchun kurashishni bilamiz-u, yashashni bilmaymiz. Inson umriga yillar qo‘shyapmiz-u, ammo yillarga umr baxsh etolmayapmiz.

Malkolm X ning “Fitrat” kitobidan.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Insonni koʻrganlaringdan iborat deb bilma. Haqiqatning surati ichidadir, tashi shunchaki — manzara...

Roʻza — koʻngil koʻzini ochish uchun, jismni koʻr qiladi.

Qachonki jarohatimizdan shikoyat qilsak, undan battarogʻi bilan imtihon qilindik. Shuning uchun ham “Tavakkul yaxshidir” deydigan boʻldik...

​Foniy boʻlgan ishq yoʻqdir. Ishqlarning bari boqiydir. Farqi shuki, kimdir sanʻatkorning sanʻatini koʻrur, kimdir sanʻatkorning oʻzini...

"…Masalan, bir odamning ko'ngli farahlasa (quvonsa), demak, u kimnidir sevintirgan va undagi quvonch ana shu ishning mukofotidir. Xuddi shunday, insonning xafagarchiligi — uning boshqa birovning ko'nglini og'ritganiga munosib javob…"


“Qalb koʻzingni och”

Yumshoq muqova, 35ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Yangilik sotuvda

Qiz bola tug‘ilganda Islomni bilgan, unga amal qilayotgan musulmon jannat kalitini qo‘lga kiritdim, deb sevinadi. Aksincha qalbidan johiliyat ta’sirini chiqara olmagan kimsalar qiz farzand ko‘rganda g‘amga botadi.

"Billurlarni e'zozlang"

Yumshoq muqova, 20ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Qiz bola tug‘ilganda Islomni bilgan, unga amal qilayotgan musulmon jannat kalitini qo‘lga kiritdim, deb sevinadi. Aksincha qalbidan johiliyat ta’sirini chiqara olmagan kimsalar qiz farzand ko‘rganda g‘amga botadi.

"Billurlarni e'zozlang"

Yumshoq muqova, 19ming.
(Kitob Juma kunidan sotuvga chiqadi.)
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Nega sevgi-muhabbat davomli boʻlmaydi?
Chunki u doimo aybli odatlar va “harom ekanlik” qonunlari ortida yashirinishga majbur. Buning aksi boʻlmish nafrat esa, hammaning koʻz oʻngida jamiyat bilan oʻynashadi.

Hayoting boʻyi doim yugurasan, yetishganing esa faqatgina nasibangdir...

Bugungi yoshlarning eng muhim muammolaridan biri: seriallardagi yoki ishqiy romanlardagi yolgʻon ssenariylarni hayotning haqiqatlari deb oʻylashlari, kattalardan yetarlicha tajriba hikoyalari va haqiqatlari, xotiralarini eshita olmasliklari sababli yuzaga kelayotgan tajribasizlikdir. Shuning uchun ular mehr muhabbat bilan gapirgandek koʻringan har qanday insonga aldanadilar. Ushbu kitob Ishq imtihonida aldanib qolmaslikka, taqdiri bo‘lmagan bilan o‘ralashib amal daftariga dog‘ tushirib qo‘yishdan qo‘rqadiganlar uchun bir yo‘lchiroq bo‘lishiga umid qilamiz...

''Ishq imtihoni yoxud ko‘rganingga ishonma''

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

SIMON KARMIGGELT. KITOBNING ZO‘RI (HIKOYA)

 Ziyofatda meni tarovatidan baxt nuri yog‘ilib turgan va “g‘oyat ajoyib” obro‘yimga obro‘ qo‘shadigan bir xonimga tanishtirishdi. Kinoyaga u zarracha e’tibor qilgani yo‘q, albatta. Zero, taqdir uni hazil-huzulni tushunishdek ulug‘ ne’mat bilan siylamagan. Xonim shu zahoti butun boshli bir kutubxona mulkini og‘rimagan boshimga go‘yo ag‘darib yubordi. Oradan besh daqiqa o‘tar-o‘tmas biz Balzak va Kamyu ijodiga paydar-pay tahsinlar o‘qishga tushdikki, ko‘rganlarning ko‘zi, eshitganlarning dimog‘i kuydi. Mendek bir omiyning nafis adabiyot borasidagi bunday sermazmun, o‘ta jiddiy va g‘oyat uzundan-uzoq suhbatga qo‘shilmasdan iloji qolmagan edi, to‘rga tushgan chumchuqning holiga voy. Har ne bo‘lsa-da, do‘ppim behad tor kelganda dangalini aytishga jur’at topa oldim:
 - Kim? Klod Merayon? Yo‘q, unaqasini eshitmaganman. Bilmayman.
 Xonim, hay atta-ang, deb qattiq taassuf bildirdilar. Axir Merayon - shoiri zamon, qanday oliyjanob she’rlar muallifi. Uning qalamiga mansub satrlar shunday ulug‘vor, shunday ulkan ma’no-mazmun bilan yo‘g‘rilganki, xonim har kuni oladigan olam-olam ma’naviy ozuqaning, quvvatning kuchini ushbu shoir asarlaridan boshqa, faqat Gaston Kurtoklening so‘nggi romanidangina topish mumkin.
 - Bu roman o‘ziga xos noyob durdona, to‘g‘rimi? – deb so‘radi suhbatdoshim dabdurustdan.
 O‘sha Gaston va uning muridlarini jingina ursin, iloyo! Romani tushimga kiribdimi. Biroq nuqul inkor ma’nosida bosh irg‘ayverishning ham cheki-chegarasi bor. Men shusiz ham bu masalada allaqachon haddimdan oshib ketgan edim. Xonim birdan: “Oqshomlari qanday yumushlar bilan band bo‘lasiz o‘zi?” deb so‘rab qolsalar, qanday odam bo‘laman. To‘g‘risini aytishga jur’ati yetadigan kas bormi? Yo‘q. Suhbatdoshimning oldida butunlay past ketmaslik uchun ming‘irladim:
- Albatta. To‘g‘ri-da. Eng muhimi, o‘z vaqtida yozilgan asar.
 - Xuddi shunday! – deb xitob qildilar xonim. – Men hammaga shunday deb ta’kidlayman. Hammaga! Uslubi yanada yorqinroq, tag‘in ham jozibaliroq bo‘lishi mumkin edi, albatta. Ayni paytda, asarda shunday bir nur borki...
 U zarur so‘zni topolmay chaynalib qoldi.
 Men yordamga shoshildim:
 - ... ko‘ngillarni charog‘on qilib yuboradi.
 Nima bo‘pti? Qariyb har bir kitob haqida shunday desa bo‘ladi.
 - Barakalla! Tilingizga asal! – deb hayajon bilan gapni ilib ketdilar xonim. – Juda topib aytdingiz. Shaxsan menga asarning eng yoqqan tomoni – undagi umumga nisbatan bag‘rikenglik muhiti, après tous (eng muhimi - frantsuzcha) - samimiy ko‘tarinkilik...
 - ko‘tarinkilikki, quppa-quruq aql o‘rgatishu quloqqa tanbur chertishdan xoli, hayotga juda hamohang, - chekinish aslo mumkin emasligini anglab, otimni qamchiladim men.
 Xonimning binafsha rang ko‘ylagi qat-qat burmayu yo‘rmado‘zi bilan bezatilgan edi...
 - Ana bu boshqa gap! Balli! – hayajon bilan hitob qildi u qo‘llarimni qisib. – Fikrimiz bir joydan chiqqani naqadar go‘zal. Ayniqsa... Uzr...
 U atrofiga birrov ko‘z yugurtirdiyu qo‘limdan sudrab, bir to‘da erkak – qimmatbaho kostyumlar kiyib, tishlarini vaqti-soatida plombalatgan, bir-biridan yo‘g‘on janoblarning oldiga boshlab bordi. Janoblarki, o‘z ishini tinchitish chog‘ida sherigining ko‘ziga cho‘p suqib qo‘yishni ham unutmaydi.
- Menga qarasang-chi, Vim!
Ayol yelkalari tog‘day bir davangirning egniga turtdi. Davangir bo‘ynini burdi.
 - Mening erim, - dedi xonim beparvo. – Sen Kurtoklening romanini ezmalikdan boshqa narsa emas, deb o‘ylaysan. To‘g‘rimi, Vim? Endi mana bu janobning gaplariga quloq sol. Bu kishi ham menday romanni g‘oyat nurli, ibratli asar deb hisoblaydilar. Xuddi men senga aytganimday...
 - Ann, birrov yordam berib yuborolmaysanmi? – deb chaqirib qoldi shu payt eshik oldida paydo bo‘lgan ziyofat sohibasi.
 Shunday qilib yangi tanishim - xonim eshik sari shoshildi. Men esa to‘rtta bug‘ma ilonning domiga tushgan qo‘yondek serrayib qoldim. Ammo hozir bu nusxalar ilondan ko‘ra, sevimli o‘yinidan chalg‘itilgan bolakaylarga o‘xshab ketardi.

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

/channel/boost/Taskinkitoblar

Hikoya joylashimiz uchun ovoz bersangiz....🫠🫶

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Mantiq fani va mantiqiy tafakkur rivojlanishda asosiy omil hisoblanadi. Afsuski, mantiq fanini biz maktablardan emas oliy taʼlimdan boshlaganmiz va ochigʻi biroz kech ham qolganmiz.

Endilikda Siz mantiq mavzusida barcha uchun birday foydali boʻlgan kitobni oʻzbek tilida mutolaa qilishingiz mumkin.

Bo Bennett: Mantiqiy xato. Toʻgʻri fikrlash qoʻllanmasi

Asar mantiqan toʻgʻri mulohaza yuritishning asosiy tamoyillari bilan tanishtiradi. Kitobda koʻp uchraydigan mantiqiy xatolar va ularning turlari tahlil qilingan, qolaversa, argumentlash boʻyicha foydali maslahatlar berilgan.

Xatoning nima uchun xato ekanini bilsangiz, unga yoʻl qoʻymaysiz. Bu sizni oqil, vazmin va mulohazakor insonga aylantiradi.

Qattiq muqova, 316 sahifa, 79ming

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Kitob o‘zi gapirsin!

(Yumshoq muqova, 188 sahifa, 30ming
Buyurtma berish @TaskinKitob)

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Bolalarga "Yil fasllari" kitobini o‘qib bering.

@ziyrak_kitobxon

P.S. Kitobni qog‘ozli ko‘rinishda xarid qilish uchun @bestfactors ga murojaat qiling

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Аёл бир китобни ўқийдиган бўлса, уни эри ва болалари ҳам у китобни ўқигандай бўлади.

Изоҳ: “Отамизнинг аёллар илмига бўлган рағбатини уларга берадиган таърифларидан сезар эдик. Бирор аёл учун мақтов келтирмоқчи бўлсалар, мақтов ўлчовлари «У ўқиган, илмли аёл», дердилар. Агар қайсидир аёл кишидан норозиликларини ифодаламоқчи бўлсалар «Ҳа, ўқимаган-да», дердилар. Уларнинг наздидаги ўлчов – ўқиш эди”,

Одинахон Муҳаммад Содиқ.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

• Sizni vaqtinchalik chiroy va tentaklik shuxrati halokatli xatarga yo‘naltirmasin.
• Yaqinda siz uning hujumiga afsuslar qilasiz. O‘shanda bu nadomat sizni biror narsadan qutqara olmaydi.
• Chiroy tez ketadi.
• U o‘zidan sizga birgina asarni qoldiradi: U og‘ir tashvish bo‘lib unda siz olovga haydalasiz.
• Men sizni yo‘q bo‘lib ketuvchi shahvatga to‘yinishingiz va foniy lazzatga qaram bo‘lishingiz yo‘lida tangri taoloning hamda jannat va do‘zaxni yaratuvchisi bo‘lgan Allohning g‘azabini chiqarishingizdan ehtiyot bo‘lishga chorlab ogohlantiraman.
• Men sizni hayajonli ochiq (yalang‘och) tanangizni kishilarning axloqlarini toyiltiradigan va ularning aqllarini yo‘qotadigan hamda adashish va zalolat vodiylariga tushiradigan sirg‘anchiq joy qilib qo‘yishingizdan ogohlantiraman.

“Ey qizim” kitobidan.

Buyurtma @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Kitobga qaytish vijdonga qaytishdir. Kitobga qaytish haqiqatga, insofga, adolatga, maʼnaviyat va maʼrifatga, umuman olganda, hayotga qaytishdir. Kitobsiz hayot ruhsiz hayotdir. Ruhsiz hayot esa o‘limdir.

Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" idan o‘tkir iqtibos.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Agar hokimiyat kitobni kitobxondan oldin o‘qiyotgan bo‘lsa adabiyot o‘ladi.

Hali hokimyat oʻqib ulgurmagan kitoblarni oqib qolish kerak…)

“Tutqun” kitobidagi oʻsha gap: “Haqiqat taqiqlangan kitoblarda boʻladi!”

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

TaskinKitoblar.com 🎉🥳

Endilikda nashriyotimizda chop etilgan kitoblarni ushbu saytdan ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

Sayt takomillashtirilmoqda, takliflab bo‘lsa kutamiz...

(Suratdagi kitob yaqin kunlarda hukmingizga havola etiladi...)

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Birov sening ustingga faqat egilganingdagina minib olishi mumkin…

“Uxlaganlar” qul boʻlib uygʻonadi!

Zolim doimo mazlumni umidsizlikda ushlab turishga harakat qiladi. Chunki mazlumning harakati uni qo‘rqitadi. Ammo shuni biling, zolim mazlumning umididan qo‘rqadi...

Malkom X ning "Fitrat" kitobidan.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

/channel/boost/Taskinkitoblar

Premium borlar uchun kanal rivoji uchun ovoz 🥹🫠

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

✍ Agar yaxshilar jim turmaganda yomonlar yomonlik qilmasdi!

✍ Harakatga o'tilmas ekan, duo qilib urushlarni (zulmni) toʻxtatolmaysiz!

Boshidan oxirigacha tagiga chizib o‘qiladigan kitob _ "Fitrat"

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

✍ Agar hozir boʻlmasa qachon? Agar men boʻlmasam kim?
✍ Diningga koʻra yashamasang, yashash tarzing diningga aylanib qoladi...
✍ Hech narsa uchun turmaydigan odam hamma narsa uchun
yiqiladi.
✍ Faqat ahmoqgina farzandini ta'lim olishi uchun dushmanining qo‘liga topshiradi...
✍ Hozir hamma sovuq qurol bilan qurollangan. Toshqotgan fikrlar bilan…
✍ Shunchaki yashash bilan o’limni nima farqi bor?

Malkom X ning "Fitrat" kitobidan.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

 - Bilasizmi... – deb gap boshladim men o‘rtadagi noqulaylikka chek qo‘yish uchun, – asar unchalik ham zo‘r emas. Shunchaki, jo‘n bir kitob. Siz nima deysiz, bilmaymanu, lekin...
 Xonim boya Vim deb atagan janob menga sinovchan ko‘z yugurtirib chiqdi va so‘ng maxfiy bir sirdan voqif etmoqchi bo‘lgandek tirsagimdan oldi. Atrofiga bir alanglab olgach, gapning o‘g‘il bolasini aytdi:
- Qo‘ying, boshni qotirmang, og‘ayni. Men ham o‘sha kitobni o‘qiganim yo‘q.

Ruschadan Qulman Ochilov tarjimasi.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Ertaklarni uxlatish uchun aytgan farzandingiz katta boʻlgach ummat tugul hatto oʻziga ham yordam berolmaydigan mazlum musulmon boʻlishi mumkinligini hech oʻylab koʻrganmisiz?

Qutqaruvchi boʻlishni oʻrniga qutqariluvchi, zakot beruvchi boʻlish oʻrniga zakot talab musulmon boʻlishi sizni aybingiz emasmi?!

Najotni Robbisi qolib fanatastik qahramonlardan kutadigan odamni islom bilan aloqasi boʻlishi mumkinmi?!

Ikki dunyo saodatiga sabab boʻluvchi ish oʻrnida “Hali bola” deb oʻzingizni ovuntirgan dilbandingizni telefoningizda youtubega kirib ongini zaharlaydigan multfilmni qoʻyib olishini yutuq deb bildingiz, kuchga toʻlib qolganda otam-onam deb oʻtirmasdan, yuzingizga sapchigan oʻsha uddaboʻronga Haqni tanitmaganingiz axloqdan dars bermaganingiz uchun oʻzingizdan oʻpkalang!

Ovozi oʻchsin deb qoʻliga telefon tutqazganingiz kun kelib ovozingiz oʻchishi uchun sizni kimga tutqazishi mumkinligini hech oʻylab koʻrganmisiz?

"Hur yurak"

(Yumshoq muqova, 188 sahifa, 30ming
Buyurtma @TaskinKitob)

@TaskinKitoblar 🫵🏻

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

"Iymon va huzun" asari muallifi Said Chamlijadan "Farzand tarbiyasida 33 xato"

Farzanding istaganingday emas, tarbiyalaganingday bo‘ladi...
Mevaning ta’mini yetishgan shoxidan, shox bog‘liq bo‘lgan daraxtdan, daraxtni urug‘idan, urug‘ini ekilgan tuproqdan va tuproqning yon-atrofidagi muhitdan ayro tasavvur qilsangiz “Nega bu meva achchiq?” degan savolga javob topolmaysiz… Va aybni faqat mevaga yuklaysiz!

Yumshoq muqova, 176 sahifa, 30ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Erkin matbuot yaxshi ham yomon ham bo‘lishi mumkin, erksiz matbuot faqat yomon bo‘ladi.

(Senzurasiz matbuot baribir yaxshi, to‘g‘ri unda eshak ham o‘z so‘ziga ega bo‘lishi mumkin, biroq senzurada faqat eshakka so‘z beriladi...)

Qirg‘iztonlik🇰🇬 kitobchilardan badaviylarga xos kitob🙈

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Men Ali Sog‘uniy yoshlik-yigitlik kunlarimdan boshlaboq arabiy, forsiy tillarni to‘liq ravishda o‘zlashtirdim. Zamonning menga ko‘rsatgan to‘sqinliklariga qaramay Tangri yordami bilan keng ko‘lamda diniy, tibbiy, ayniqsa tarixiy maʼlumotlarga ega bo‘ldim. Arabcha, forschalarni yozish, so‘zlashgina emas, balki bu ikki tilda kitob yozish, sheʼr aytish qobiliyati menda bo‘lsa ham, o‘z ona tilim turkchani boshqa tillardan ortiqroq ko‘rdim. Chunki qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tay olmay, boshqa yot tillar oldida mag‘lubiyatga uch­rab, tiz bukar ekan, unday millat ko‘p uzoqlamayoq insoniy huquqlaridan ajraydi va uning hayot daftarlari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. Bunday millatlar yolg‘izgina vatanlaridan emas, balki butun borlig‘i bilan tarix yuzidan yo‘qolishga majbur bo‘ladilar.

Alixonto‘ra Sog‘uniy _ Turkiston qayg‘usi

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

✍️ Suhbatimiz erkaklik va ayollik emas, erkinlik yoki
asirlik haqida.

✍️ Sen futbol o‘ynaginu ammo futbol seni o‘ynamasin!

✍️ Hech bir zamon ishing vaqtingdan oz boʻlmasin.

✍️ Shu foniy dunyoda insonning joynamozdanda vafoliroq do‘sti yo‘qdir.

✍️ Qancha ko‘p qur’on, shuncha ko‘p ramazon.

✍️Yoshlar.. Sizning Badringiz internet, Uhudingiz ota-ona rizosidir. Bomdod namozingiz, Makkaning fathi kabi qadrlidir.

✍️ Chora- farzandlarimizni yaxshi maktablarga berish emas, oldin o‘z uyimizni maktablashtirishdir.

✍️ Har o‘qish, o‘qish emas.
Har ilm ilm, har olim ham olim emas.

✍️ Har egilib, turish namoz bo‘lmagani kabi, qo‘liga kitob olgan hamma ham o‘qigan bo‘lmaydi.

✍️ Har diplom sohibiga olim deyilmaydi.

✍️ Namozni kechiktirib o‘qish kasallik edi, ofatga aylandi. Azon vaqtni bildirmaydi, namozga chaqiradi!

"Hur yurak" kitobidan tagiga chizib o'qiladigan jumlalar...

Yumshoq muqova, 188 sahifa, 30ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

Malkolm X hayotidan ibratlar

Qamoqdagi hayotining soʻnggi ikki yilida Malkolm non va pishloq isteʼmoli bilan kifoyalangan. Sabab shuki, qamoqxona xodimlari unga choʻchqa goʻshti tegmagan taomlarni berishni rad etishgandi.
U shunchalik kambagʻal ediki, Makka ziyorati (Haj) uchun hatto yangi oyoq kiyim sotib olishga qurbi yetmadi. O‘gay singlisi Ella Kollinz unga Makkaga ziyorati uchun pul bergan.
U Bettiga (rafiqasi) sevgi maktublari yozar hamda u va bolalari uchun sovgʻalar berib, ularning koʻnglini xushnud etardi.
Chet elda boʻlgan vaqtlari, u zavjasi namozni qoldirmasligiga ishonch hosil qilish uchun unga telefon orqali buni eslatib turardi.
Aytishlaricha, u kuniga oʻrtacha 18-20 soat ishlardi va kechasi oʻrtacha 2 soat uxlardi (bundan uning rafiqasi Betti shikoyat qilgan).
1964-yil dekabr oyida Oksford universiteti va Londondagi masjid talabalari Malkolm Iksning oyoq kiyimida teshik borligini payqashgan.
U vafot etganida bisotida bor yoʻgʻi 150$ boʻlgan.

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…
Subscribe to a channel