Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar... Bizga murojaat: @TaskinKitob https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ== @TaskinBooks
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Shunchaki yashash bilan o’limni nima farqi bor?
Davlat amaldorlari vaqtini bekor o’tazsa bu davlatda qahramonlar paydo bo’ladi…
Hozir hamma sovuq qurol bilan qurollangan. Toshqotgan fikrlar bilan…
Qadimgi yunonlar saylovlarda qullarning ishtirok etishini qatʼiyan taqiqlab qoʻyishgandi, boisi Qullar baribir oʻz xoʻjayinlarini saylashardi. Boshqa birovga qul boʻlsam ahvolim bundan-da yomon boʻlishi mumkin deb oʻylaydi va harchand zolim boʻlmasin baribir oʻz xoʻjasiga ovoz beradi!
Qullikdan-da yomoni qullik zehniyatiga oʻrganib qolishlikdir!
Hozir qullik bekor qilingan-ku dersiz! Ha! Jismoniy qullik bekor qilingan ammo maʼnaviy qullik qiyomatgacha davom etadi! Bunga asosiy sabab quldorlar emas, qul boʻlishga oʻrganib qolgan qullardir...
Malkolm X "Fitrat"
Mahbublarga ulashing!
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
– Xo‘sh, g‘oya-chi?
– Dastur insonlarga shunday deydi: «Yaxshilik bu – asos, yomonlik esa unga to‘sqinlikdir, adolat – asos, zulm esa unga to‘sqinlikdir, sevgi asosdir, nafrat esa unga to‘sqin likdir. Shu bilan birga, dastur buyuklarning asarlari va ibratli hayot yo‘li orqali insonlar qalblaridagi sevgi, adolat va yaxshilik qadriyatlarini uyg‘otadi.
– Yaxshi fikr, ammo seni hech kim eshitmaydi, insonlar nasihat eshitish o‘rniga, raqsga tushiruvchi qo‘shiq eshitishni afzal ko‘radilar, – dedi rahbar.
– Chunki sizlar olomonni shunga o‘rgatib qo‘ydingiz! Sizlar allalashingiz emas, uyg‘otishingiz kerak asli! – dedim jahlim chiqib.
Ayman Attumning "Xitob" romanidan.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Ushbu kitob «Yaponiyalik ota-onalar» nomli turkum nashrining davomi hisoblanadi. Zamonaviy er bo‘lish mushkul ish, ota bo‘lish esa yana-da mushkulroq! Ushbu kitobda ishdagi karyera va otalik vazifasini o‘zaro uyg‘unlikda olib borish jarayonida muammolarni boshdan kechirayotgan otalar uchun oddiy va samarali maslahatlar jamlangan.
Yaponiyalik muallif Tosimasa Oota vaqt tig‘izligida qanday qilib otalar farzandlari bilan muloqot qila olishi, qisqa vaqt davomidagi suhbat orqali qanday qilib bola qalbidan joy olish, qanday o‘yinlar o‘ynash mumkinligi haqida hikoya qiladi. Bu bilan bola tarbiyasi qiziqarli o‘yinga, o‘ta band bo‘lgan mehnatkash inson esa, dunyodagi eng mehribon otaga aylanadi.
Kitobdan quyidagilarni bilib olasiz:
Doimo band otaning o‘z farzandlari bilan qanday muloqot qila olishini
Qanday qilib bir lahzalik suhbat bilan bolangiz qalbida joy olish
Qanday qilib bola uchun maxsus o‘yinlar o‘ylab topishni.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
✍️Zikr inson uchun ikkinchi umrdir!
✍️Qishlog‘imga yo‘l oldim, chunki da'vat uchun birinchi yaqinlar tanlanadi! Allohning Habibi sollallohu alayhivasallam aytganlaridek "Targ‘ibotni mas'uliyati zimmamizda bo‘lganlardan boshlashimiz zarur!"
✍️Qabriston bu yolg‘on dunyodagi haqiqatdir!
✍️Haqiqatan ham eshaklar allaqachon odamlardan ta'sirlana boshlaganini va ularning sifatlarini o‘zlashtirayotganini sezdim! Hozir ko‘rayotganim, ularni ko‘zlaridagi hasad, bizning naslimizda avval bo‘lmagan. Bu insonlardan o‘tgan illatdir!
✍️Tomosha arablar tafakkuridan shikoyat qilayotgandek, o‘z nafsiga berilib, arzimagan ishlar bilan mashg‘ul bo‘lgan, bema’ni o‘yin-kulgi izlash bilan o‘ralashib, daraxtdan daraxtga sakrab yuruvchi maymunga qiyoslangan insonlar haqida edi. Yozuvchi, insonlarning maymunga aylanib qolganini ifoda qilmoqchidek.
Ayman Attumning "Xitob" romanidan.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Sep
Xadicha Kubro Tongarning «Baqirmaydigan onalar» nomli kitobi butun dunyo bo'ylab tarqaldi va sevib o'qildi. Jumladan, «Sep» asari ham «Baqirmaydigan onalar» kabi minglab onalarning qalbini zabt etdi. Chunki onalar qizlariga tarbiya berar ekan, hamisha o'zlarining hayotiy tajribalaridan kelib chiqadi. Qizlarini uzatar ekan, bilib-bilmay, ularning sepiga avloddan avlodga o'tib kelayotgan qo'rquvlar, qayg'ular, umidlarni qo'shib yuboradi. Kitob esa qizlar qismatlarini o'zlari yaratishi kerakligi, seplarini muhabbat va baxtga to'ldirishlari lozimligi haqida yozilgan. Asar hayotiy voqealar, psixologik bilimlarni qamrab oladi va tilining ravonligi, oddiyligi, badiiy bo'yoqdorligi bilan yanada jozibali. Aziz o'quvchilarga yoqimli mutolaa tilaymiz.
Yumshoq muqova, 29ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
✍ Ular o‘z Hudosining yoniga bir sherik qo‘ysalar bas, kuchlari qirqiladi...
✍ - U tosh haykal...
- Xudo emasmi o'sha tosh haykal?
- Xudo, albatta...
- Nega unda qo'lidan bir ish kelmaydi?
- Tosh haykallar Xudolarning siymosi... Xudolar boshqa yashaydilar...
- Xudolar o'z siymosini hamma bandalarga ko'rsataversa, qadri ham yo'q ekan-da!?
✍ Biz shunday ummatmiz: gunohimizga jazo kechikmaydi. Oxiri zamon Ahmadning ummati esa doimo bir muhlat ustida bo'ladi. Ular Allohning yo'lida sobit va xolis turganlarida butun yer yuziga hukm beradilar, nafs va shaytonga ergashganlarida butun yer yuzining kofir qavmlar ularga hukm beradi. Bu ularga jazo ekanligini kamdan kami idrok etadi...
Akrom Malik _ Jangchi
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Ogoh boʻl! Dunyo bir zindon, u zindondan seni Iymon qutqaradi, xolos...
– Inson o‘zini tanib, o‘zini yenga olishidan kattaroq ish yo‘q, Shafiqa, – dedi Roziya xonim.
– Bu nafs bilan kurashmoqdir. Аllohga ibodat va itoatda bo‘larkanmiz, nafsimizni sindirishimiz, uni taslim etishimiz eng mashaqqatli kurashga aylanadi. Dunyo va uning ichidagi narsalarga muhabbat bilan qaraganing sayin Аllohdan yiroqlashasan. Аllohdan yiroqlashgan banda hech bir haqiqatni idrok etmas, uning tafakkuri haqni anglashdan ojiz qolajak. Iymon kalimasini aytsang -da, besh mahal namozni ado etsang -da, zakotingni musriflariga tutqazsang -da, Ramazonda ro‘zali yurib, haj niyati ila Kaʼbaning ziyoratida bo‘lsang -da, nafsingdan g‘olib kelmaguningcha bu amallar seni yaxshi tomonga o‘zgartirmagay.
Akrom Malik _ "Halqa" kitobidan
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Adabiyot tarixida hayvonot olami tilidan insoniyatga "Xitob" tarzida bayon etilgan asarlar ko‘p bo‘lmasada deyarli barchasi tarixda o‘z o‘rnini qoldirgan! Ayman Attumning keng qamrovli ushbu asariga satirik deb ta'rif berish mumkin. Biroq asarni tushuna olgan inson avvalo o‘z hayot yo‘liga so‘ng insoniyatning o‘tmishiga vijdon ko‘zi bilan qarashga majbur bo‘ladi!
Insonlar aytolmaganni hayvonlar aytadi!
Ayman Attumning "Xitob" asari sotuvda🔥
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
“Har narsani sen uchun yaratdim”, degan Robbga “Har narsani Sen uchun tark etdim!” deya olish — Ishqdir...
Ishqni topgan nimani axtaradi?
Ishqni yo'qotgan nimani topadi...
Odam alayhissalom qalbini jannatga berib qo’ygan edi, biz uni jannatdan mosuvo qildik.
Yoqub alayhissalom qalbini Yusufga berib qo’ygan edi, biz uni qul qilib sottirdik.
Muhammad alayhissalom qalbini Oisha roziyallohu anhoga berib qo’ygan edi, biz unga “Buyuk bo’xton”ni nozil qildik.
Inson kimga, nimaga muhabbat qilsa u bilan sinaladi.
© "Muhabbat anatomiyasi" kitobidan
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
✍🏼Shunchaki yashash bilan o’limni nima farqi bor?
✍🏼Baribir bizga qolmaydigan dunyo uchun biz bilan qoladigan gunohlar qilmoqdamiz…
✍🏼Harakatga o'tilmas ekan, duo qilib urushlarni (zulmni) toʻxtatolmaysiz!
📚Malkolm X ning "Fitrat" kitobidan.
✍🏼Ayrim odamlar oʻzlarining diniy mansubliklarini fikrlash masʼuliyatidan ozod etadi, deb oʻylashadi.
✍🏼Qurʻon adabiyot emas, hayotdir!
Unga tushuncha tarzida emas, mukammal hayot yoʻli sifatida qarash lozim!
✍🏼Tatbiq qilishga yaraydigan birgina yechim daftarda turadigan yuzlab ideal fikrdan afzaldir!
📚Aliye Izetbegovichning "Sharaf" kitobidan.
"Fitrat" va "Sharaf" kitoblarini sotib oling va O‘zbekiston bo‘ylab pochta filiallarigacha tekin yetkazib berish xizmatiga ega bo‘ling!🥳
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
"IchXasta" kitobidan:
Nazarimda, dunyodagi eng chiroyli muvaffaqiyat - oʻzingni oqlashga hojat qoldirmaydigan darajada seni yaxshi biladigan, xatti-harakatlaringni muhokama qilmasdan, nimani, qay maqsadda qilganigni tushunadigan insonlarga duch kelishingdir.
Yumshoq muqova, 171 sahifa, 29ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Kitobga qaytish vijdonga qaytishdir. Kitobga qaytish haqiqatga, insofga, adolatga, maʼnaviyat va maʼrifatga, umuman olganda, hayotga qaytishdir. Kitobsiz hayot ruhsiz hayotdir. Ruhsiz hayot esa o‘limdir.
Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" idan o‘tkir iqtibos.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Bir zumda yodlab olish koʻnikmasi ulkan imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Faraz qiling-a, yurgan yoʻlingizda xorijiy tilning yangi soʻzlarini yodlab olsangiz. Kitob, moliyaviy hisobot yoki taqdimotdagi zaruriy maʼlumotlar barchasi xotirangizga mixlanib qolaversa. Sana, sheʼrlarni yod olishda farzandlaringizga yordam bersangiz, oʻzlashtirish baholari yaxshilanadi. Ilm olishga havasi ortadi. Tasavvur qilib koʻrdingizmi? Barchasi haqiqat! Mazkur kitob xotirada saqlab qolish boʻyicha chempion boʻlmish Anrey Safranov tomonidan xotirani rivojlantirish boʻyicha komil boshqaruv koʻrsatma toʻplamidir. Muallif sizga oddiy mashqlarni qadam-baqadam bajartirib borib, turli xil maʼlumotlarni umrbod xotirada saqlashni oʻrgatadi. Mazkur qoʻllanma sizning taʼlim sohangiz, ishingiz yoki biznesingizda tayyor dasturi amal boʻladi.
Yumshoq muqova, 160 sahifa, 45ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Muhabbatsiz kishi odam emasdir,
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et!
Muhabbat bu - ohanglar og‘ushida ko‘rilgan reelslar sabab tuyilgan tuyg‘u emas, muhabbat bu - sevganingiz akkountlarini o‘zingizga ulab, nazorat qilish emas, muhabbat bu - sevgilingiz lablarining cheti va yanog‘i o‘rtasidagi chuqurga o‘zingizni ko‘mish emas, muhabbat bu - yor ko‘zlarining qa’riga cho‘kishingiz emas...
Muhabbat bu... Yaxshisi kitobni o‘qib muhabbatning haqiqatini anglang..
Abu Homid G‘azzoliy hazratlarining "Muhabbat va shavq" kitobini mutolaa qiling.
Yumshoq muqova, 140 sahifa, 28ming.
Buyurtma berish: @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing!
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
https://youtu.be/hRQWc_47kgE?si=MFWn-svjxHnGErRv
Читать полностью…"Suv tomchisining dunyoga sayohati"
Ushbu kitob bilan siz yillar oldin bahaybat «Titanik» halokati sabab aysbergga yopishib qolgan suv tomchisining asrlarcha davom etgan tutqunligining nihoyalanishiga guvoh bo'lasiz.
☀️ Atlantika okeanidan Afrikagacha, Yevropadan Istanbul Bosforigacha, Qora dengizdan Sharqiy Anadolugacha dunyo bo'ylab sayohatga chiqasiz.
💧 Kichik tomchining nigohi bilan suvning barcha ko'rinishlarini uchratasiz, muzlikdagi, okeandagi tomchi, ba'zan esa osmonda bulut bo'lish hayajonini his qilasiz.
Kichik suv tomchisi qor bo'lib tog'larga, yomg'ir bo'lib yaylovlarga yog'adi, artizanlardan otilib chiqadi, sel bo'lib, sizni o'zi bilan dalalarga olib boradi...
Kitob yordamida siz geografik ma'lumotlar orqali Yer va osmonning ajoyib tartibini kashf qilasiz.
Buyurtma berish @TaskinKitob
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Hayvonlardan farqli o'laroq, Yaratgan bizni tik yuradigan qilib yaratdi. Aksariyat odamlar bu imtiyozdan foydalanmaydilar, ular umrining ko'p qismini "egilib" va hatto "emaklab" o'tadilar...
Hayot - iymon keltirgan va yaxshi amallar qilganlardan boshqa hech kim yuta olmaydigan o'yindir...
Men dushmanni la'natlayman, tarafsizlikka kelsak ular tupurishgada loyiqdir...
Hayotini faqat din va namoz bilan emas, balki ilm va amal ila tartibga solish kerakligiga inongan kishi Islomga oiddir...
Tarixni Alloh yozadi, biz faqatgina qayerda (qaysi tomonda) turishimizni tanlaymiz xolos...
Aliye Izetbegovichning "Sharaf" kitobidan.
Qur’on adabiyot emas, hayotdir!
Unga tushuncha tarzida emas, mukammal hayot yoʻli sifatida qarash lozim!
Aliye Izetbegovichning "Sharaf" kitobidan.
✍🏼Qachonki ichingda gaplaring ko‘pligini his qilib, uni birovga aytishga ehtiyoj sezmasang, shunda pishib yetilgan bo‘lasan.
✍🏼Xotirjamlik ⸺ narsalarni tabiatiga ko‘ra qabul qilgan kishilarning nasibasidir.
✍🏼Musibatimiz shundaki:
Turmush quramiz, sevmaymiz.
Farzand ko‘paytiramiz, tarbiya bermaymiz.
Bino quramiz, taʼlim bermaymiz.
Namoz o‘qiymiz, taqvo qilmaymiz.
Ishlaymiz, mukammal amalga oshirmaymiz.
Gapiramiz, rost so‘zlamaymiz.
✍🏼Haqiqat baʼzilarning gʻashini (gʻazabini) keltirishini koʻrgan paytingda, sukut aslida hikmat ekanini anglab yetasan.
Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" kitobidan.
O'yga toldiruvchi, o'zni taftish qilishga undaydigan falsafiy hikoyalar muallifi Xalil Jurbonning ushbu to'plamidan joy olgan hikoyalar va jumlalar kitobxonni hayot mohiyati va tiriklikning bahosini his etishga undaydi. O'qir ekansiz, “qanday yashadim, endi qanday yashayman?” degan savollarga javob izlashga majbur bo'lasiz...
Buyurtma: @TaskinKitob
💌@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
✍ Sallani tishlarim bilan olib, Shayxga berdim. U bu ishimdan hayratda qolgandi. Bu men uning tilini tushunishimni bildirgan ikkinchi holat edi, lekin eng muhimi - qachon u meni tilimni tushuna boshlashida...
✍ Meni bir savol qiynar edi, "Bularga madrasada nima o‘qitiladi?" Keyin yodimga tushdi, Ilm - yetishishi mumkin bo‘lmagan odamdan qattiq himoyalangan. Axir yer unumdor bo‘lmasa suvning ko‘pligidan ne naf?!
Ayman Attumning "Xitob" kitobidan.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
#KitobxonFikri ¹
Kitobni "Yarim baxt"gacha oʻqidim, zoʻr gap yoʻq! Toʻliq milliy ruh ufirib turibdi. Qolaversa har bir hikoya oʻzgacha va yangicha yondashuvda bitilgan. Bu esa oʻquvchidan xushyorlik, daqiqlik va chalgʻimaslikni talab etadi. Oxirgi marta qachon bunaqa oʻzbekona kitob oʻqiganimni eslay olmayman. Mazza qildim, bu soʻzlarni kimningdir koʻngli uchun yozganim yoʻq. Kitob chiqishida qatnashgan hammaga alohida tashakkurlar aytaman!!!
#KitobxonFikri ²
Kitobning ilk hikoyasi "Virus"ni oʻqidim unda bir begona qoʻshni ayolning farzandiga koʻkrak tutib, uni toʻqlab yuradigan bir boshqa mehribon onani koʻrishingiz mumkun. Bechora qoʻshnining farzandini oʻz chaqalogʻidek qabul qilishi va unga oʻrganib qolishi... Xullas yozuvchi bitta shu nukta orqali oʻzbekning mehribon onalarini tasvirlaydi, qalbi mehrga toʻla millatni madh etgandek boʻladi!
Kitobni oʻqiyapman hali tugagani yoʻq...
Hamma kitob shaydolariga ilinib qolaman?!
Buyurtma berish @TaskinKitob
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
"Shu payt Shayxni yengidan tortib masjidga olib bormoqchi, masjidda mutlaqo hech kim yoʻqligini, hamma odamlar bozorda ekanligini, odamlar Allohning chaqirigʻiga emas, balki sotuvchilarning hayqiriqlariga quloq tutishlarini koʻrsatgim keldi.
Odamlar ixtiyorlarida boʻlgan ibodat qolib, Razzoq Zot kafil boʻlgan rizqlari dardida kuyib-pishyaptilar, vaholanki Robbilari yozganidan ortigʻiga ega chiqolmaslar!"
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
''Xitob'' romanidan.
Issiq kunda qaynoqqina🔥 yangilikka tayyormisiz? 🥳
Читать полностью…Hozirni zoe qiladi…
"Ishq imtihoni" kitobidan videoiqtibos
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
"IchXasta" kitobidan:
Ana, koʻcha eshikda kelinchakning qorasi koʻrindi. Qizil tugmani shartta bosdim-da, telefonni koʻrpachaga otib, oʻrnimdan turib peshvoz yurdim. Qoʻlida ikkita boʻsh paqir. Bolani obkemabdi-da... Salomlashib oʻtirmasdan nega uni opkelmaganini soʻradim. “Oymomo” men uchun fojiani anglatadigan soʻzlarni kulibgina gapirdi:
— Magazinga quruq sut kelibdi.
Yumshoq muqova, 171 sahifa, 29ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Qalbi xastaning jismini davolashdan ne naf?!
"IchXasta" kitobi sotuvda! 🥳
Kitob bahosi 29ming so‘m. Sizga eng yaqin bo‘lgan pochta filiallarigacha yetkazib berish tekin!
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Hirs seni qul etmasin!
Haq seni hur yaratdi!
"Fitrat" Malkolm X
/channel/starexuzbekistan/201
Qadrdonlar ushbu link orqali Taskinkitoblar ga ovoz bering, g‘alaba qozonsak tekinga yetkazib berish aksiyasini davom ettirishimiz mumkin bo‘ladi!