shevashunos | Unsorted

Telegram-канал shevashunos - SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

2323

Dr. Avazxon Umarov O'zbek shevalariga oid so'zlarni o'rganamiz. Turkiy til va adabiy meroslarimiz haqida fikr yuritamiz. Turkiya, Turk tili, tarjimalar borasida postlar qo'yamiz. @Avaz_Han https://www.instagram.com/avazxon_umar?igsh=MTZvZj

Subscribe to a channel

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

UVADA
Ko'rpaning ichiga solinadigan paxta o'zbek tilining izohli lug'ati uvada deb berilgan. Misollar: 1. Men sovuqdan saqlanish uchun uvadasi oqib yotgan koʻrpa-toʻshaklarga oʻralib olar edim. H. Tursunqulov, „Hayo-tim qissasi“ .
2. Nihoyat, toʻnidan uvada olib otibdi.. Shunaqa, Toʻlagan aka, dushman otgan toshdan jigar otgan uvada qattiq tegadi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .
Siz tomonlarda uvada qanday ataladi?!
✍️Viloyat, tumanni ham yozishni unutmanglar!

@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Chaqaloq
Shevalarda jiji, buvak, bavak, go’dak kabi shakllari bor. Hozirgi turkchada bebek deyiladi. Siz tomonda qanday ataladi? Kanalimizni boshqalar bilan bo’lishing!
✍️Viloyat, tumanni ham yozishni unutmang!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Chuvalchang

Lug’atda: Yer ostida yashovchi, yomgʻirdan soʻng yer ustiga chiqib, sudralib yuradigan, umurtqasiz jonivorlar guruhiga mansub uzun qoramtir-qizgʻish qurt” shaklida keladi. Hozirgi turkchada solucan, Ozarbayjonchada soxulcan, qurd, qozoqchada qurt, jangbir (yomg’ir) qurt, qirg’izchada kurt, tatarcha kort, turkmanchada gurchuk, gurt, tojikchada kirm, uyg’urchada qurt shaklida ishlatiladi. Siz tomonda chuvalchang qanday aytiladi?! Bu bilan bog’liq maqol, ibora bo’lsa biz bilan bo’lishing.
✍️ Viloyat, tumanni aytishni unutmang!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

She’r vaqti
Jadid adabiyoti shoirlaridan eng sevgan shoiringiz va ularning Turkiston, Turon va uyg’onish mavzusidagi she’rlaridan misol keltiring. Masalan, Hamza Hakimzoda Niyoziy “Yig’la, yig’la Turkiston, yig’la Turkiston” va menga mana bu she’ri ham yoqadi: Yaxshi holin yo’qotgan, oqibatsiz Turkiston…
İzohlarni qizdiraylik✍️

@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Shilpildoq
Qaynagan suvga toʻrtburchak qilib kesilgan yupqa xamir tashlab pishirib, shoʻrvali qayla bilan tayyorlanadigan taom. Onam buni kulchatoy deydilar. Qo’qon va atrofida ham shinday ishlatilsa kerak. Toshkentda shilpildoq deyishadi. Pishirish shakllarida farq bo’lishi mumkin. Beshbarmoqning o’zbekcha varianti bo’lsa kerak. Siz tomonlarda bu va bunga o’xshash taomni nima deb ataydilar?
✍️Viloyat, tumanni yozishni ham unutmanglar! Kanalni jonlantiraylik. Ko’payaylik😊

@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Ilm va ijod – har ishda najot...

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Turk tili muhitini his qilishingiz uchun-yilning eng yaxshi telegram kanallari!

😐 Ko'pchilik Turkiyaga,turk tiliga yoki Turkiyada ta'lim olishga qiziqadi.Ammo o'zbek tilida ushbu mavzularda o'ziga kerakli ma'lumotlarni har doim ham topa olmaydi.

🤩
Biz bu yilda o'zining turk tiliga bog'liq foydali kontentlari yordamida o'quvchilarga katta manfaat berayotgan Hilol Eduning mutaxassislarini bir joyga jamladik.

👉
Yilning eng yaxshi turk tili telegram kanallariga ulanish

❗️Yuqoridagi havola orqali kirib, kanallarni oʻz telegramingizga qoʻshib olsangiz boʻladi.

Eng yaxshi turk tili kanallarini kuzatib boring va turk tili shuningdek, Turkiya haqidagi eng to'g'ri ma’lumotlarni oling!

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

"Qamar"da 2024-yilning 24 bestselleri 🥳

🥇 "Yashamoq" – 49.000 soʻm;
🥈 "Men" – 59.000 soʻm;
🥉 "Afv et, Allohim" – 49.000 soʻm;
4. "Sir" – 42.000 soʻm;
5. "Aso" – 56.000 soʻm;
6. "Pir" – 56.000 soʻm;
7. "Lol" – 50.000 soʻm;
8. "Dard etma, Alloh yetar" – 39.000 soʻm;
9. "Men Robiya" – 39.000 soʻm;
10. "Yosh qizga nasihat" – 39.000 soʻm;
11. "Dam" – 39.000 soʻm;
12. "Ishqqa oshiqman" – 39.000 soʻm;
13. "Aʼmo" – 49.000 soʻm;
14. "Har bir ayol Hojardir" – 46.000 soʻm;
15. "Ohi" – 54.000 soʻm;
16. "Qalbga taskin bitiklar" – 39.000 soʻm;
17. "Bormisan?" – 59.000 soʻm;
18. "Qalbimdasan, Allohim" – 49.000 soʻm;
19. "Qalb iffati" – 39.000 soʻm;
20. "Mashhurlarning soʻnggi damlari" – 49.000 soʻm;
21. "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbat haqida 101 qissa" – 20.000 soʻm;
22. "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlaridan 101 qissa" – 20.000 soʻm;
23. "Pul psixologiyasi" – 62.000 soʻm;
24. "Alloh sari yigirma bekat" – 39.000 soʻm.


Qaysi asar siz uchun "yil kitobi" boʻlgani biz uchun ham qiziq? 🌟

@qamarbooks

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Ko’nglim qachon xayol olamiga uchib ketsa, o’zimni bir chinor daraxtining tagida tizzalab o’tirgan holatda ko’raman. Va yonimda bir darvish...Tilida sirli bir necha so’z, qo’lida tasbih, oldida kitob... Keyin esa xayol ekanini bilib qolib dardlana boshlayman. Hafsalam pir bo’ladi. Xayol olamida yashab bo’lmaydi, bilaman. Biroq men xayol qurganlar bilan yashashni istayman. Qadim-qadim zamondagi choyxona, qahvaxonaga borib qolgim keladi. Tomirlarimda qondan ziyoda choy oqishini istayman. Bir chekkada o’tirib olgan naychi, nayini eng chuqur nafas bilan uflasin. Bir shoir ishqini qofiyaga solsin. Har bir stolda bir kitob bo’lsin. Mayli o’qilmasa ham tursin. Keyin yonimga sallali, tilida zikr, duoli odam kelsin. Balki shoir, balki darvish yoki bir sayyoh. Qadim zamonlardagi qahvaxona. Yoki choyxona. Xira rangli manzara. Oq-qora emas, undan ham rangsiz. Fonuslar bilan yoritilgan makon. Har bir yuz choy rangiga burkangan. Qo’limda choy, tilimda she’r, ko’zimda mahzunlik… “İshqqa Oshiqman”

@Menbasqilnafs

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Yaxshi kanal – ruh va jon ozig‘i...

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Qirov[qıråv] – sovuq havo natijasida paydo bo’lgan oppoq qorsimon zarralar. Bu so’z ham Devonda kıragu shaklida uchramoqda. G’ undoshining v ga o’zgarishi natijasida so’z “qirov [qıråv]” ga aylangan.
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Shvabra bilan bog’liq so’rovnoma qilgandim. U yerda “polcho’p va polyuvgich” so’zlaridan qaysi biri mos tushadi degandim. 154 kishi qatnashgan anketada 44 foiz odam “polcho’p”ni, 54 foiz odam “polyuvgichni” afzal ko’rgan. İzohlarda berilgan variantlar ham juda yoqdi. Masalan, Xorazmda “poltayoq” deyilar ekan. Samarqandning qaysidir tumanida yerartqi, polartqi kabi orginal ismlar bor ekan. Shuning uchun aytaman-da shevalar muhim deb. Sizga ushbu to’rt variantdan qaysi biri yoqdi:
Poyuvgich
Polcho’p
Poltayoq
Yerartqi(polartqi)
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Tasvir, majoz go'zal berilibdi. Rahmat, Ma'rufjon domla!✍️👇

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Jilvir qog’oz

Buyumlarning sirtini silliqlash, sayqalalsh, jilolash uchun ishlatiladi. Qum qog’oz ham deyiladi. O’zbekcha talaffuzga moslashtirilgan ruscha “najdak” qog’oz shakli ham ko’p ishlatiladi. Turkcha zımpara kağıdı, ozarbayjoncha- qum kağızı, zımpara kağızı; qozoqcha- tegistey qağazı, kum kagaz; qirg’izcha - kum kagaz kabi ishlatiladi.
Siz tomonlarda qanday ataladi? Biz bilan bo’lishing.
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Angishvona

Buning oti angishvona! Ko’rpa qavishlarda ishlatiladi. Turkchada yüksük deb ataladi. Qolgan turkiy tillarda qanday deb qaray olmadim. Menda bu jihoz bilan bog’liq go’zal xotiralar bor. Buvim, onam, kelinoyilarim so’rida o’tirib ko’rpa qavish bilan barobar qo’shiqlar, salovatlar va allalar aytishardi. Faqatgina ko’rpa emas, balki xotiralarimga adabiyot qavilardı. Angishvona desa ko’z o’ngimda ko’zlariga ko’zoynak taqib olgan, yashil va oq rangli kiyimda buvim gavdalanadi. Bu bilan bog’liq sizning esingizda nimalar qolgan?! Siz tomonlarda angishvona boshqa qanday nom bilan ataladi?! Bu so’z ishtirok etkan maqol, matal, she’r bo’lsa biz bilan baham ko’ring

✍️Viloyat, tumanni yozishni unutmang!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Bu oy Navoiy va Boburga bag’ishlanadi. Har ikki shaxsiyat ham turkiy adabiyotga ulkan hissa qo’shgan adiblar sanaladi. Asarlarini o’rganishda davom etamiz. Har o’qiganimizda yangi ma’nolar topaveramiz. Navoiyning quyidagi tuyuqlarini yaxshi ko’raman.

YO LABMUDUR

Yo rab, ul shahdu shakar yo labdurur,
Yo magar shahdu shakar yo labdurur.
Jonima payvasta novak otqali,
G'amza o'qin qoshiga yolabdurur.

BORMOG'IN
Necha dedim ul sanamg'a: Bormog'in!
Qilmadi ul tark oxir bormog'in;
Munchakim xudroyliq ko'rguzdi ul,
Aql hayrat qildi tishlab barmog'in.

YOQILUR

La'lidin jonimg'a o'tlar yoqilur,
Qoshi qaddimni jafodin yo qilur;
Men vafosi, va'dasidin shodmen,
Ul vafo, bilmanki, qilmas, yo qilur.
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Bu to’g’nog’ich deb ataladi. Siz tomonlarda boshqacha nomi bormi?!
✍️Viloyat, tumanni aytishni unutmang!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Buzoqboshi
Lug’atda : ”Toʻgʻri qanotlilar turkumining qora chigirtkasimonlar oilasiga mansub, ustki qanoti kalta terisimon, ostki qanoti uzun pardali zararkunanda hasharot” deb izohlangan. Shevalarda buzovbosh, buzovboshi deb ham ataladi. Odatda yer ostida yashaydi. Yer chopganda ko’p kuzatganmiz. Siz tomonda bu hasharot qanday nomlanadi?! Fikr almashaylik.
✍️Viloyat, tumanni aytishni unutmang!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Yaxshi kanal – ruh va jon ozig‘i...

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Buni “ugra” deb ataymiz. Qadimgi turkiy tilda ügürä shaklida ishlatilgan. Ugra hozirgi turkchada erişte(erishta) deyiladi. Siz tomonlarda qanday ataladi? Bu so’z bilan bog’liq qanday ibora, maqollarni bilasiz?! Buvi, buvalarimizdan so’raylik.
✍️Viloyat, tumanni ham yozib qoldirishni unutmang!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Yakandoz

Uzun bir qavat ko’rpacha. Yak- bir va andoxtan felining andoz hozirgi zamon asosini qo’shib hosil qilingan. İzohli lug’atda “ oyoq ostiga, o’rindiqqa bir qavat qilib solinadigan buyum” ma’nosini anglatadi. Siz tomonda qanday ataladi?! İzoh
✍️Viloyat, tumanni ham yozishni unutmang!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Men yaxshi bilgan va tavsiya qiladigan turk tili kanallari✍️👇

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

"Qamar" kitoblar do'konida 2024-yilda eng ko'p sotilgan (Bestseller) kitoblar ro'yxati chiqibdi. Qarab chiqqanimda eng ko'p sotilgan 24 kitob ichida men tarjima qilgan ikki kitob (“MEN”, “İSHQQA OSHİQMAN) ham bor ekan. Chin dildan sevindim. Qaysidir ma’noda xalqimizga kitoblar orqali xizmat qilayotganimdan quvondim. Millatni kitob qutqaradi. İlmga qaytaylik. O’zligimizni taniylik✍️

@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Bu kanalni ham yuritaman. Asosan tarjimalar. Orada qarab turinglar😊

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Assalomu aleykum!

🔊🇹🇷TURK TILI o’rganmoqchi bo’lganlar diqqatiga!

Magistratura va doktorantura (PhD) bosqichlariga hujjat topshirish oldidan til sertifikati uchun tezkor TURK TILI o’rganishni hohlaysizmi?

✅Darslar 🇹🇷TURKIYA’dan turib, (Haftada 3 kun 2 soatdan) ONLINE shaklda olib boriladi…

okuma
✅yazma
✅Konuşma
✅dinleme

Murojaat uchun👨‍💻:
Instagram | Telegram

Telegram adress👇

/channel/PhdEgeUniversity

📆Darslar tez orada boshlanadi…!

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Buyug’ /Buyuq/ – qattiq sovuq. Bu ot qadimgi turkiy tilda “sovuqdan qotib o’lib qolmoq” ma’nosidagi bud- fe’lidan yasalgan so’zdir. Buyuq so’zi shevalarimizda ishlatilib kelinadi. Farg’onada, Qo’qon atrofida bu so’zni ko’p eshitganman. Odatda issiqroq havoda qavat-qavat qalin kiyinib olgan odamga e’tiroz ohangida : “Namuncha qalin kiyinib olibsan? Buyug’da qolganmisan?” deyiladi. Bud- so’zi Mahmud Qoshg’ariyning Devonida uch o’rinda keladi. Devonda shunday o’rnak bor: “Er tumlugqa budtı”- Odam sovuqdan qotib qoldi va o’ldi. Siz sovuqni anglayuvchi qanday qiziq so’zlarni bilasiz? İzohda qoldiring😊
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

...
Қишлоқ тунлари

Ҳозир, аниқ биламан, айни шу дамда...
Қишлоқ ҳувиллаб ётибди: кимсасиз кўчалар, аҳён-аҳёнда чироқ нурлари...
Қишлоқдаги барча уйларнинг чироқлари ўчган, тунни кўмир тутуни қоплаган.
Бир болакай велосипедини ғизиллатиб ўтиб боряпти. Менга жуда таниш болакай. Унинг қўлида бир халта, халтада бир даста сурат. Плёнкадан эндигина қоғозга кўчирилган суратлар...
Кундузларни тунларга таслим қилишни истамаган болакайнинг кўзларида ҳайрат яшайди ва ўзидан баланд орзулар...

Бу қишлоқ тунлари менга тегишли. Бу тун ўша кўзларига ҳайратни жойлаган болакайга дахлдор...
Болакай мактаб рўпарасидаги катта тутдан қўрқади. Тутга яқинлашган сари бадани музлаб педални янада тезроқ босади. Тутга қарамайди. Гўё қарамаса, тут ҳам йўқ бўлиб қоладигандек...
Тоза туйғулар ва ҳаяжонларни ортмоқлаб олган велосипед қоронғу, кимсасиз кўчалардан ғизиллаб ўтиб боради. Тезроқ уйига етиб борса, эшикни очсаю бугун чиқарган расмларини отасига кўрсатиб мақтанса. Айниқса, онасининг сўрида дутор чалиб ўтирган расми зўр чиққан. Кейин синглининг атиргул олдида тушган расми ҳам мақтанишга арзийди. Отасининг сомон кесаётган пайтидаги расми ҳаммасидан яхши чиққан. Бу расмлар отасига ёқиши аниқ. Балки чиндан ёқса, унинг ўзига ҳам ўртоғиникидек расмчиқаргич аппрат олиб берармиди...

Болакай ҳозир ҳам ўша ўнқир-чўнқир қишлоқ кўчаларида тунни ёритиб велосипедини ғизиллатиб учиб юради.
У уйига шошаётган паллада қанча одам қоронғи уйлар ичида дардини деворга айтиб ётган бўлади.
Қанча одам юрагини тўкиш учун қоғоз-қалам қидираётган бўлади, билмайман. Аммо қишлоқнинг бутун тунлари менга ва ўша таниш болакайга тегишли...

©️Маъруфжон Йўлдошев

29.10.2024

🌙 https://myuldashev.blogspot.com/2024/10/blog-post_29.html?m=1

✔️@hayot_deganlari

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Ilm va ijod – har ishda najot...

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

O’qituvchi
O'zbek tilida biror kishiga dars bergan, harf o'rgatgan insonga ustoz, murabbiy, o'qituvchi deyiladi. Ustoz va murabbiy umumiy ma'noda ishlatiladi. Har sohaning ustozi bo’ladi. O'qituvchi so’zi esa aynan maktabda bizlarga ilm o'rgatgan insonga nisbatan qo'llaniladi. Ba’zi shevalarda ayol ustozlarga opoy ham deyishadi. Biz ham boshlang’ich sinfda opoy der edik. Salimaxon opoy, Shahnozaxon opoy kabi ustozlarimiz bor edi. “O’qituvchi” so’zining qolgan turkiy tillarda qanday atalashi sizga ham qiziqmi?! Ko’rib chiqamiz:
Turkcha- öğretmen, hoca
Ozarbayjoncha- müellim
Turkmancha- mugallym
Uyg’urcha- o’qutquchi
Qozoqcha - mug’alim
Qirg’izcha- mugalim, okutuuchu
Mog’ulcha- bagsh (baxshi so’zidan olingan bo'lsa kerak)
Tuvacha- bashqi
Yoqutcha- uchuutal(ruscha uchitel)

Siz tomonda o’qituvchi o’rnida yana qanday so’z ishlatiladi?!

@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Yaxshi kanal – ruh va jon ozig‘i...

Читать полностью…
Subscribe to a channel