|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz
Orzular sari yo‘l: Bizning o‘quvchimiz xorijda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldi!
(+video)
📝Mazkur lavhada yosh boʼlishiga qaramasdan, xalqaro natijalarni zabt etayotgan Shaxnoza Badalova haqida hikoya qilamiz.
➡️U Qarshi shahridagi 19-umumiy oʻrta ta’im maktabining 11-A sinf oʻquvchisi. 10-sinfligidanoq xalqaro ingliz tili imtihoni IELTSdan 7.5 ballga erishgan. 11-sinfligida esa xalqaro matematika SAT imtihonidan 1350 ballni qoʻlga kiritgan.
➡️Bundan tashqari muddatidan oldin AQSH, Yevropa va Toshkent shahridagi universitetlariga grant asosida qabul qilingan. Bulardan Top 100lik reytingiga kiruvchi Penn State, Purdue university va Florida, Bostondagi nufuzli universitetlarga talabalik baxtiga muyassar boʻlgan.
U «... Hozirda yana boshqa davlatlarga ya’ni Ispaniya va Koreya universitetlaridan qabul xati kutayapman va topshirish jarayonidaman. Bo’sh vaqtlarimda sohimga oid turli xil kitoblar oʻqiyman, musiqa ya’ni skripka chalish bilan shugʻillanaman. Shu yoshimda oʻz tengqurlarimga va mendan kichik boʻlgan yoshlarga ingliz tilini oʻrgatib xalqaro IELTS va milliy sertifikat CEFR ga tayyorlab oʻz bilimimni ulashaman, daromad qilaman. Bu daromadim orqali oʻz bilimimga investitsiya qilaman. Oʻz ustimda rivojlanisj uchuh ishlayman va harakat qilaman. Eng katta maqsadlarimdan biri Vatanimizning faxriga aylanib uni eng yuksak choʻqqilarga koʻtarishdir. Shuncha imkoniyat va sharoit yaratib berib meni shu darajagacha chiqargan bobom, ota-onam, maktab maʼmuriyatiga minnatdorchilik bildiraman»,— deydi Shahnoza BADALOVA.
⚡️Dehqonobod tumanida sayyor qabul oʻtkazildi
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun, barcha davlat organlarida aholi murojaatlari bilan ishlashda sifat jihatdan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqni tinglash, ularni muammolarni hal etishda shak-shubhasiz kutilgan natijalarni bermoqda.
Bugun 7-may kuni Dehqonobod tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.Unda boʻlim boshligʻi Risolat Eshqobilova va boʻlimning Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassisi K. Aliyev va tegishli masʼullar fuqarolarni qabul qilishdi. Qabulda murojaatlarning 5 nafaridan 2 tasi joyida ijobiy hal etildi va 3 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan murojaatlar mutasaddilarga yoʻnaltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
#Natija
Qashqadaryodagi "Eng yaxshi Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarma boshlig‘i o’rinbosari" nominatsiyasi doirasida soʼrovnoma oʼz yakuniga yetdi
Eslatib oʼtamiz, natijalarga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i oʼrinbosari boshqarma tomonidan eʼtirof etiladi.Yakuniy natijalarga koʼra,
Qashqadaryolik oʼquvchi Osiyo chempionatida 2-oʼrinni egalladi
Qarshi shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 34-umumiy o’rta ta’lim maktabining 8-sinf o’quvchisi Xolmurodov Xasan U15 va U17 yosh o’rtasida boks bo’yicha Osiyo chempionatida faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
#Live
Galdagi vazifalar, ta’lim sifati va direktorlar masʼuliyatini oshirishga doir yig‘ilish o'tkazildi
Mavzuga doir(1)
@Qashqadaryo_MMTB
📣 Qadrli kuzatuvchilar!
✅ Avval xabar qilinganidek, fuqarolarning eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etishlari uchun joriy yilning 1-martidan 1-mayiga qadar davom etgan arizalar qabuli (hujjat topshirish) muddati yakunlandi.
✅ Joriy yil eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun tayanch maʼlumot toʻgʻrisida 1 211 nafar, umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma olish uchun 5 920 nafar (jami 7 131 nafar) fuqaroning arizalari qabul qilindi.
➖ Eksternatlar joriy yilning 26-mayidan 20-iyuniga qadar belgilangan tartibda yakuniy davlat attestatsiyalarini topshiradi hamda undan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarga umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma beriladi.
✋ Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
To‘garak rahbaridan ajoyib natija
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan "O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi" shaxmat musobaqasining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada Muborak tuman "Barkamol avlod"bolalar maktabining "Shaxmat" to'garak rahbari Qo'ziyeva Ra'no ishtirok etib, yaxshi natija ko‘rsatdi va sovrindor bo‘ldi.
To'garak rahbarining bundan keyingi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
@Qashqadaryo_MMTB
Қарши шаҳар 14- мактабнинг 11-А синф ўқувчиси Раимов Шерзод муддатидан олдин Westminster универститетини талабаси бўлди.
@Qashqadaryo_MMTB
#Chellenj
“Milliy libos – millat g‘ururi!”
Dehqonobod tuman 85-umumiy oʻrta taʼlim maktabini boshlangʻich sinf oʻquvchilari ham milliylik chellenjida faol ishtirok etmoqda.
@Qashqadaryo_MMTB
Qashqadaryodagi eng yaxshi maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarma boshlig‘i o’rinbosari kim?
➖So‘rovnoma 6-may, soat 23:59 gacha davom etadi.
Hurmatli direktorlar va pedagoglar!
Natijalarga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i oʼrinbosari g‘olib deb topiladi hamda boshqarma tomonidan eʼtirof etiladi.
📢 Taklif va savollar uchun: @ReytingKontrol
👉 Ovoz bering va o‘z fikringizni bildiring!
‼️‼️‼️
RASMIY MUNOSABAT
Gʼuzor tumani 5-sonli maktab oʼqituvchisiga 2 oydan buyon malaka toifa sertifikat berilmaganligi yuzasidan murojaat ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Mazkur murojaat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati tomonidan oʼrganilmoqda.
Oʼrganishlar yakuni yuzasidan qoʼshimcha axborot beriladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
@Qashqadaryo_MMTB
‼️‼️‼️
RASMIY MUNOSABAT
Chiroqchi tumanidagi “Do‘stlik Diyori” mahallasi aholisi murojaati asosida maktab bilan bog‘liq muammo o‘rganilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga Chiroqchi tumani “Do‘stlik Diyori” mahallasi aholisi tomonidan ta’lim sohasidagi muammolar yuzasidan murojaat kelib tushdi. Unda fuqarolar ushbu hududda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining mavjud emasligi, bolalar uzoq masofadagi maktablarga qatnashga majbur bo‘layotgani, ilgari bir necha marotaba qilgan murojaatlar javobsiz qolayotgani, ayrim tuman mutasaddilarining holatga befarqlik bilan yondashayotgani qayd etilgan.
Murojaat mazmunidan kelib chiqib, holat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati hamda tegishli mutaxassislar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda. Aholi bilan muloqot qilinib, mavjud ta’lim infratuzilmasi, o‘quvchilarning qatnov sharoiti, mavjud ehtiyojlar tahlil qilinmoqda.
Mazkur holatni o‘rganishda quyidagi huquqiy asoslarga tayanilmoqda:
2022-yil 18-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–241-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha hududiy dasturlarni amalga oshirish tartibi”da quyidagilar qat’iy belgilangan:
Mahalliy ijro hokimiyati organlari (tuman va shahar hokimliklari)ga o‘z hududidagi demografik o‘sish, mavjud maktab binolarining sig‘imi, joylashuvi va aholining real ehtiyojlaridan kelib chiqib, yangi maktablar qurilishi yoki mavjudlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish, dastur loyihalarini shakllantirish va mutasaddi tashkilotlarga takliflar kiritish majburiyati yuklatilgan;
Fuqarolardan tushayotgan asosli murojaatlarga javob berish, ularni befarq qoldirmaslik – mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining ajralmas qismi sifatida belgilangan.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan holat yuzasidan alohida ishchi guruh tuzilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mavjud muammoning bartaraf etilishi bo‘yicha aniq takliflar tayyorlanadi.
O‘rganish natijalari, fuqarolar murojaatiga berilgan javoblar va qabul qilingan chora-tadbirlar haqida jamoatchilikka qo‘shimcha axborot berib boriladi.
👍 20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan KHISO olimpiadasi viloyatlarda qanday o‘tdi?
📌 Eslatib o‘tamiz, 4-may kuni KHISO olimpiadasi har doimgidek respublikamizning 12 ta hududida bo‘lib o‘tadi. Bu safar unda Copernicus xalqaro olimpiadasining Dubayda o‘tkazilgan global roundida tushgan savollardan foydalaniladi. Bu esa, o‘z navbatida, 18-may kuni bo‘lib o‘tadigan Copernicus xalqaro olimpiadasining final oldi saralash bosqichi uchun juda yaxshi tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.
QASHQADARYOLIK OTA-ONALAR VA PEDAGOGLAR DIQQATIGA!
TAQIQLANADI
➡️Maktab, sinf ta'miri uchun ota-onalar(pedagog) dan pul yig'imi tashkil etish;
➡️So'nggi qo'ng'iroq tadbirlari, yakuniy imtihonlar uchun ota-onalardan pul yig'imi tashkil etish qat'iyan taqiqlanadi.
Yuqorida qayd etilgan holat yuzasidan murojaatlar mavjud bo'lganda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga murojaat qiling.
Shuningdek, fuqaro taklif va murojaatlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan "boshqarma boshligi' murojaat" boti ishga tushirilgan.
❗️(Yetarli asoslar taqdim etilganda murojaatchi shaxsi sir tutiladi)
Boshqa viloyatlar singari Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig‘ini fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti @QashVMMTBbot ishlab turibdi.
Hurmatli fuqarolar, aziz ota-onalar!
Ishonch telefonlari (75)-221-33-14 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tinglab, Qashqadaryo viloyatidagi (shahar, tuman) maktab hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlariga oid murojaatlarni bartaraf etish maqsadimizdir.Sizni taklif va murojaatingiz biz uchun muhim!
❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining tegishli xatiga asosan maktablardagi turli xil tadbirlar uchun ota-onalar yoki o'quvchilardan pul yig'imi tashkil etish qonunan taqiqlanganligini ma'lum qilamiz.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
🏆 20-aprel kuni o‘tkazilgan #qarshi_khiso_olimpiadasi g‘oliblari bugun Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida taqdirlanadi!
Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘quvchilar xalqaro olimpiada g‘oliblari tomonidan olib boriladigan onlayn darslarga grantlarni ham qo‘lga kiritishgan.Читать полностью…
G'uzor tumani 8-Dmttda tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida 9-may "Xotira va qadrlash"kuniga bag'ishlanib o'tkazilgan bayram tadbiridan lavhalar.
@Qashqadaryo_MMTB
#al_Xorazmiy
#Xalqaro_olimpiada
⚡️ Ertaga Al Xorazmiy nomidagi Xalqaro matematika va informatika olimpiadasiga start beriladi
✅ Unda Turkiya, Ozarbayjon, Belarus, Malayziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston jamoalaridan 202 nafar ishtirokchi qatnashadi.
Ma’lumot uchun:
III Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro Matematika va Informatika olimpiadasi ilk marotaba 2 ta fan (matematika va informatika)dan tashkil etilmoqda.
✅✅✅✅
#Milliy_kontent
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan bolalar uchun milliy kontentlarni yaratish maqsadida sohaning yetuk mutaxassislari va yosh iqtidorlar ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
➖ Unda rassom, dizayner, animator, videograf, fotograf va kontent yaratuvchilar mahorat darslari, davra suhbatlari, mashg'ulot hamda amaliy jarayonlarda qatnashishlari rejalashtirilgan.
Bugun mazkur o‘quvlarda ishtirok etuvchi yoshlar oromgohga yetib kelishdi. Mas'ullar tomonidan loyihaning ahamiyati, kutilayotgan natija va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
⏳Ertaga — 7-may kunidan o‘quv mashg‘ulotlariga start beriladi.
📊 Ma'lumot o‘rnida: ushbu mahorat darslarida yurtimiz bo'ylab 150 nafarga yaqin yoshlar qatnashmoqda.
#No_comment
#инклюзив_таълим
✅“Inklyuziv taʼlim samaradorligini oshirish: muammo va yechimlar” mavzusidagi oʻquv-seminari jarayonlari va taqdirlash marosimidan videolavha.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#Jarayon
Galdagi vazifalar, ta’lim sifati va direktorlar masʼuliyatini oshirishga doir yig‘ilish o'tkazildi — QASHQADARYO
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i U. Oripovning maktabgacha va maktab taʼlimi direktorlari ishtirokida navbatdagi yig'ilishi zoom platformasi orqali o'tkazildi.
Mazkur yig'ilishda 9-May – “Xotira va qadrlash kuni”ni belgilangan tartibda keng nishonlash yaʼni quyidagi vazifalar belgilab berilgan:
- ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga hissa qo‘shgan barcha urush va front orti mehnat faxriylariga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatish;
- mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xotirasini abadiylashtirish;
- o‘tkaziladigan tadbirlarda barcha faxriylarga hurmat ko‘rsatish maqsadida umumta’lim maktabi o‘quvchilariga Davlat bayrog‘i aks etgan Sharaf lentasini ko‘ksiga taqqan holda “Motamsaro ona” haykali poyiga va “Vatanparvarlar bog‘i” hamda hududlardagi Xotira maydonlariga o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlangan holda ekskursiyalarini tashkil etish;
- o‘quvchi-yoshlarni Vatanga muhabbat, sadoqat, mardlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash maqsadida o‘quvchilar ishtirokida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, aholini tinch va osoyishta hayotini ta'minlashda qahramonlik ko‘rsatib, xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xizmatchilar o‘qigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan byustlarning poyiga gul qo‘yish;
- o‘quvchi yoshlarni harbiylik kasbiga qiziqtirish, vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy qismlarga, oliy harbiy ta’lim muassasalarida yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishishi uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini 2024-yil 5-10-may kunlari uyushtirish hamda ushbu maskanlarda harbiy-vatanparvarlik tadbirlari, suhbat munozaralar, sport o‘yinlarini tashkil etish;
- umumta’lim maktablarida faxriylar ishtirokida Ikkinchi jahon urushi g‘alabasiga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan munosib hissasini aks ettirishga qaratilgan “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida jasorat tarixi darslarini o‘tkazish.
- shuningdek, bayram tadbirlarida o‘quvchi-yoshlarni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi kuy va qo‘shiqlardan foydalanilishi, milliyligimizni aks ettiruvchi liboslar kiyilishiga alohida e'tibor qaratilishi, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi bobolarimizning vorislari kabi harbiy-vatanparvarlik musobaqalari o‘tkazilishi lozim.
- yuqoridagi topshiriqlar barcha ta’lim tashkilotlariga yetkazilishi hamda umumxalq bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarni yuqoridagi talab asosida tashkil etilishi masalalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori ijrosi, maktab o‘quvchilari ishtirokida yo‘l transport xodisalarini oldini olishga doir galdagi vazifalar belgilab olindi.
⚡️Директор жамғармасидан устама белгилашда баҳоланадиган кўрик танловлар рўйхати
2025-2026-ўқув йили учун умумтаълим муассасаларидаги ўқитувчиларнинг базавий таъриф ставкаларига ҳар ойлик устамалар белгилашда инобатга олинадиган олимпиадалари, кўрик танловлар, мусобақалар, тадбирларни рўйхати тавсия қилинмоқда.
@Qashqadaryo_MMTB
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#milliy_sertifikat
#B2
Kasbi tuman maktabgacha va maktab ta‘limiga qarashli 24-maktabning 10- A sinf o'quvchisi Ziyodullayeva Gulsevar Bahodir qizi chet (ingliz) tilini bilish darajasini belgilovchi imtihondan muvaffaqiyatli oʻtib milliy sertifikatni qoʻlga kiritdi
Oʻquvchilarimizning taʼlim-tarbiya bergan ustozlariga va ota-onalariga minnatdorchilik bildiramiz.
@Qashqadaryo_MMTB
Qarshi shahrida #khiso_olimpiadasi oʻtkazildi va avvalgi olimpiada g‘oliblari taqdirlandi!
👍 Bu hali hammasi emas, har bir oʻquvchi reyting ballarini jamgʻarib boradi va Toshkent shahrida oʻtkaziladigan 1 haftalik “Yozgi maktab”ga yoʻllanma uchun kurashishadi.
ʼʼMilliylik gʻururimizʼʼ
Milliylik ham tilda, ham dilda, ham amalda bo'lishi kerak.
📹Videolavhalarda Dehqonobod tumani 79-sonli umumta'lim maktabi jamoasi.
@Qashqadaryo_MMTB
"Bilimdon o‘quvchilar" tanlovi ishtirokchilari eʼtirof etildi
"PISA-2025" xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan maktablarning 15 yoshdagi o‘quvchilar tayyorgarligini kuchaytirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining buyrug‘iga asosan "Bilimdon o‘quvchilar" tanlovi o‘tkazildi.
Mazkur jarayon Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshligʼi oʼinbosari D.Tojiyev hamda sohaviy masʼullar ishtirokida Qarshi tumani 23-maktab oʼquvchisi Alibek Bozorov, Gʼuzor tumani 1-sonli maktab oʼquvchisi Ruslan Xalilovlar eʼtirof etildi.
Ushbu tanlovda Qarshi,Mirishkor tumanlari o’quvchilariga Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining faxriy yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
‼️‼️‼️
RASMIY MUNOSABAT
Dehqonobod tumani "... Informatika fani oʼqituvchilari "Bir million dasturchi loyihasi" doirasida sertifikat olishga majburlanmoqda",-nomli murojaat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati tomonidan oʼrganilmoqda.
Oʼrganishlar yakuni yuzasidan qoʼshimcha axborot beriladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
@Qashqadaryo_MMTB
‼️‼️‼️
RASMIY MUNOSABAT
PEDAGOGLAR FAOLIYATI QONUN DOIRASIDA NAZORATGA OLINGAN
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “HUQUQLARI POYMOL BO‘LAYOTGAN PEDAGOGLAR” nomli videolavha yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
quyidagilarni ma’lum qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-231-son Qarori 4-ilovasiga asosan Shahrisabz shahar pedagogika kolleji Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi balansiga o‘tkazilgan.2025-yilda Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markaziga 13 000 ga yaqin rahbar va pedagog xodimlar bir oylik (100 soatlik) malaka oshirish kursiga jalb qilinish belgilangan. Markazning asosiy binosi quvvati 650 o‘ringa mo‘ljallangani, shundan 5 ta auditoriyasida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga berilgan bo‘lib, mahalla raislari uchun malaka oshirish kurslari tashkil qilinadi. Markazning asosiy binosida jami 18 ta auditoriya borligi sababli 2025-yil yanvar oyida boshlang‘ich ta’lim, aniq, tabiiy fan yo‘nalish o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari malaka oshirish kurslari Shahrisabz shahar pedagogik kollejiga ko‘chirilgan. Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga tegishli xat chiqarilgan.
2025 yil 7 yanvar kunidan malaka oshirish kurslari boshlandi. Shahrisabz shahar pedagogik kollejiga ko‘chirilgan boshlang‘ich ta’lim, aniq, tabiiy fan yo‘nalish o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari malaka oshirish kurslariga mas’ul qilib markaz direktorining kasbiy faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari J.Abdiyev yuborilgan. Tinglovchilarning ro‘yxatini shakllantirib, taqdim etish jarayoni Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan kechiktirilganligi sababli, fan o‘qituvchilarini guruhlarga ajratish jarayoni kechikkan. J.Abdiyev shu kuni soat 9-10 da matematika o‘qituvchilari tinglovchilariga dars bo‘lmayotgani uchun markazning matematika fani o‘qituvchisi N.Xushmatovaga darsga kirishni so‘raganda, N.Xushmatova J.Abdiyevga turli xildagi so‘zlarni aytgan. Mazkur holatga Shahrisabz shahar pedagogika kolleji direktor o‘rinbosarilari M.Normamatov, Sh.Sharipovlar guvoh bo‘lishgan. Shundan so‘ng N.Xushmatova matematika fani o‘qituvchilarini bir xonaga yig‘ib videotasvirga olib ijtimoiy tarmoqqa chiqarib yuborgan. 2025-yil fevral oyidan barcha tinglovchilar uchun malaka oshirish kurslari Qarshi shahridagi markazning asosiy binosida tashkil etilganligini maʼlum qilamiz.
#Live
🔴 Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o’rtasidagi “Shaxmat festivali” tadbirining Respublika bosqichi boshlandi.
🌐 JONLI EFIR
🌐 PRESS RELIZ
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Toshkent,
29.04.25.
—
Ташкент,
29.04.25.
#PQ_IJROSI
Boshqarma boshligʼi yoshlar murojaati va taklifini tingladi
O‘zbekiston Republikasi Prezidentining 23.09.2024 yildagi PQ-330-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati tashkilotlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga biriktirilgan eng og‘ir ahvoldagi yoshlar bilan uchrashuvlar oʼtkazilmoqda — QASHQADARYO
Mavzuga doir: ➡️batafsil⬅️
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB