|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz
"Inson kapitali sun’iy intellekt ilmiy maktabi"da navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Chiroqchi tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi huzurida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, professor Qalandar Abdurahmonov nomidagi "Inson kapitali sun’iy intellekt ilmiy maktabi" faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Batafsil👇
https://gov.uz/oz/chiroqchi/news/view/52901
@Qashqadaryo_MMTB
Bolalar uchun milliy kontent yaratish avvalo yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashdan boshlanadi. Chunki milliy kontent ishlab chiqaradigan, xalqimizning ruhi va qadriyatlarini his etadigan yangi avlodni tarbiyalash soha kelajagi uchun juda muhim.
Yaqinda “Renessans” bolalar oromgohida tashkil etilgan ijodiy muloqot va mahorat darslari yosh iste’dodlar hamda soha mutaxassislari o‘rtasida ijodiy ko‘prik vazifasini o‘tadi. Professionallar o‘z tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashdi, yoshlar esa kreativ g‘oya va loyihalarini taqdim etishdi.
Bunday samarali va ilhomlantiruvchi loyihalarni mamlakatimizning turli hududlarida muntazam o‘tkazib borish zarur. Chunki yurtimizda haqiqiy iste’dodlar ko‘p, ularga imkoniyat va yo‘l ko‘rsatadigan ustozlar kerak.
#BolalarUchunKontent
—
Создание национального контента для детей начинается, прежде всего, с поддержки молодых талантов. Ведь для будущего этой сферы важно воспитать новое поколение специалистов, которое сможет создавать контент, чувствовать дух и ценности нашего народа.
Недавняя творческая встреча и мастер-классы, организованные в детском лагере «Ренессанс», стали творческим мостом между молодыми талантами и опытными профессионалами. Мастера поделились своими знаниями, а молодёжь представила креативные идеи и проекты.
Подобные полезные и вдохновляющие проекты необходимо проводить регулярно по всей стране. Потому что у нас много талантливой молодёжи — ей нужны возможности и наставники, которые помогут найти правильный путь.
#КонтентДляДетей
#Copernicus
#start
COPERNICUS OLIMPIADASIGA RO‘YXATDAN O‘TISH BOSHLANDI!
⚡️KHISO tashkiloti tomonidan intellektual olimpiadalaridan biri bo‘lmish – Copernicus xalqaro olimpiadasi endi O‘zbekistonda tashkil etilmoqda.
✅Ushbu olimpiadada 54 ta davlatlardan 1-sinfdan 11-sinfgacha bo’lgan barcha maktab o’quvchilari matematika fanidan bellashishadi.
➡️Olimpiada xalqaro darajada tan olingan bo‘lib, iyul oyining oxirida AQShning Nyu-York shahrida joylashgan Kolumbiya universitetida final bosqichi bo‘lib o‘tadi.
⚡️Olimpiada matematika fanidan 1-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 5 ta kategoriya bo‘yicha o‘tkaziladi:
✅ 1-kategoriya: 1-2 sinf
✅ 2-kategoriya: 3-4 sinf
✅ 3-kategoriya: 5-6 sinf
✅ 4-kategoriya: 7-8 sinf
✅ 5-kategoriya: 9-11 sinf.
✔️Olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tishga START BERILDI!
RO‘YXATDAN O‘TISH 👈
Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video-qo‘llanma bilan tanishish 👈
❕Olimpiada orqali SIZ:
✅ Xalqaro miqyosda bellashish imkoniyati,
✅ Qimmatbaho sovg‘alar,
✅ Universitetga kirish va grantlar sohibiga aylanish,
✅ AQShda bo‘lib o‘tadigan final bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz! 🇺🇸
SHOSHILING!
Olimpiadada ishtirok etish ixtiyoriy!
Olimpiada haqida batafsil rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
6-sinf oʻquvchisi chet tilini bilish darajasidagi sertifikat (C1) qoʻlga kiritdi
Koson tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-sinf o’quvchisi Kasimov Samir Abdulaziz o‘g‘li chet tilini bilish darajasidagi sertifikat (C1) ni qoʼlga kiritdi.
JARAYON
G'uzor tumanida “Yangi O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya rivoji. Maktabda 1 kun” loyihasi doirasida seminar o'tkazildi
#7may
|📷INSTAGRAM | 📒FACEBOOK
| ✈️TELEGRAM | 🖤QashqadaryoTeleradiokanali">YOUTUBE
|🔹 JONLI EFIR TV ⭕️⭕️⭕️⭕️
|✈️RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|📷RADIO FM 102.3 INSTAGRAM
Qamashi tumanidagi umumta'lim maktablarida nemis tili bo‘yicha o'quv kurslari tashkil etiladi
➖Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Qamashi tumanidagi maktablarda nemis tili fani bo‘yicha faoliyat yuritayotgan o'qituvchilar bilan ochiq muloqot o’tkazildi.
➖Mazkur tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev hamda viloyat Tashqi migratsiya filiali bosh mutaxassisi B.Bozorovlar tomonidan nemis tilini o'qitish ahamiyati va tizimda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
➡️Tadbir davomida dastlab O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5117 hamda hukumatning VM-312 qarorlari ijrosi va hujjatlardagi imtiyozlar haqida so‘z yuritildi.
Muloqotda o'qituvchilar tomonidan ko'tarilgan muammolar va takliflar tinglanib, pedagoglar uchun tayyorlov kurslari, sinov testlar va o‘quv qo‘llanmalar zarurligi ta'kidlandi. Tez orada mazkur masalalar yuzasidan amaliy choralar ko'rilishi ma‘lum qilindi.
Shuningdek o‘quvchi-yoshlar uchun nemis tili bo'yicha o‘quv kurslarini tashkil etish belgilandi.
#Xotira_abadiy_
#Qadr_muqaddas
G'uzor tuman 71-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Xotira abadiy, qadr muqaddas" nomli ma'naviy va ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Bugun, 2025- yil 8- may kuni maktab hovlisida joylashgan "Xotira maydonchasi"da 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan maktabning o'quvchilari ishtirokida "Xotira abadiy, qadr muqaddas" nomli maʼnaviy va ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Ushbu tadbirda maktabda uzoq yillar davomida mehnat qilib, ayni damda qarilik gashtini surayotgan ustozlar taklif qilindi.
Tadbirda urush faxriysi Abdimurodov Abduazim sôzga chiqib,tinchlik qadri haqida ôz fikrlarini ayrib ôtdi.
Tadbir davomida o'tganlar esga olindi. Tadbirda ishtirokchilar tomonidan ijro etilgan turli she'rlar, sahna ko'rinishlari hamda diltortar qo'shiqlar barchaga manzur bo'ldi.
Ta'lim sohasi faxriylariga yuksak ehtirom ko‘rsatilmoqda..
Yurtimizda Ikkinchi Jahon urushi yillarida front ortida fidokorona mehnat qilgan faxriylar doimo alohida e’tibor va hurmat bilan qadrlanmoqda. Shu ma’noda, Yakkabog‘ tumanida ham mehnat faxriylarini e’zozlash, ularning xizmatlarini munosib baholash yo‘lida bir qator ezgu ishlar qilinmoqda.
Ana shunday ezgu ishlardan navbatdagisi Yakkabog‘ tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i J.Eshquvatov, bo'lim mas'ullari S.Suyunov, A.Temirovlar tomonidan amalga oshirilib faxriy ustozlar xonadoniga tashrif buyurib ularga samimiy minnatdorlik bildirdi va ularga sihat-salomatlik, tinch va farovon hayot tilashdi.Ustozlar duolari olindi.
@Qashqadaryo_MMTB
Nishonlik oʼqituvchi malaka toifa sinovidan 94 ball natijaga erishdi
Nishon tumanidagi 8-umumiy oʼrta taʼlim maktabining oliy toifali, tarix tarix fani oʼqituvchisi Islom Qulturayev malaka toifa sinovidan 94 ball natijaga erishdi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi pedagogning kelgusidagi faoliyatiga omad tilaydi.
@Qashqadaryo_MMTB
Shahrisabz tuman “Miraki” MFYda yangi bog‘cha qurilib,foydalanishga topshirildi
“Miraki'” MFYda 31-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Prezidentimizning izchillik bilan olib borayotgan islohotlari natijasida ushbu bog‘chaning yangi ikki qavatli, 120 o‘rinli zamonaviy shart-sharoitlarga ega binosi qurildi.
Mazkur qurilish ishlari uchun davlat budjetidan investitsiya dasturi asosida davlat tomonidan mablag‘ ajratildi.
Bugun Miraki mahallasi aholisi uchun shodiyona kun sifatida tashkilotning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Sh.Botirov hamda tuman hokimi ijtimoiy soha rahbarlari A.Yangiyev va mahalla nuroniylari birga ishtirok etdi.
Tuman rahbarlari ochilish marosimida bog‘chada ta'lim-tarbiyaga mas'uliyat bilan yondashish, bolajonlarga zamonaviy ta'lim uslublaridan keng foydalanib, voyaga yetkazish muhimligi xususida o‘z taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.
@Qashqadaryo_MMTB
TA'LIM VA ISLOHOT
QARSHI SHAHRIDAGI 3-MAKTABNING 100 YILLIK FAOLIYATIGA NAZAR
#6may
@Qashqadaryo_MMTB
Qarshi shahar 6-maktabning 7-A sinf o’quvchilari 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ustozlari holidan xabar oldi.
@Qashqadaryo_MMTB
G'uzor tumani 8-DMTTda Tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida 9-may "Xotira va qadrlash"kuniga bag'ishlanib o'tkazilgan bayram tadbiridan lavhalar
Читать полностью…#live
🔴 Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasidagi islohotlarning navbatdagi bosqichida turgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
➖ Unda yuqumli kasalliklarning 35-40 foizi oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga kelayotgani koʻrsatib oʻtildi. Shu munosabat bilan barcha maktab, bogʻcha, texnikum, oliygoh, poliklinika va shifoxonalarda “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshiriladi. Unga koʻra:
— taʼlim va tibbiyot tashkilotlaridagi qoʻl yuvish joylari sanitar-gigiyena vositalari bilan toʻliq taʼminlanadi,
— sharoiti ogʻir boʻlgan 126 ta maktabda hojatxonalar binoni ichida joylashtirilib, yangidan quriladi, 6 mingdan ziyod bogʻchaga geliokollektor olib beriladi;
— 4 ming 295 ta ijtimoiy muassasada suv baki va sisterna oʻrnatiladi.
⚡️ Ushbu maqsadlar uchun shu yilning oʻzida byudjetdan 780 milliard soʻm ajratiladi. Har bir ijtimoiy soha muassasasi toza, ozoda boʻlishi, unda odamlar uchun qulay sanitar-gigiyena sharoiti yaratilishi shartligi qayd etildi.
Bizni kuzating
"Bilimdon o‘quvchilar" tanlovi ishtirokchilari eʼtirof etildi
"PISA-2025" xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan maktablarning 15 yoshdagi o‘quvchilar tayyorgarligini kuchaytirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan "Bilimdon o‘quvchilar" tanlovi o‘tkazildi edi. Bugun shu munosabat bilan tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Mazkur jarayon Chiroqchi tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshligʼi B.Sherdonov hamda sohaviy masʼullar ishtirokida 11 nafar oʼquvchilar eʼtirof etildi.
Ushbu tanlovda Chiroqchi tumani 121-maktab o’quvchilariga tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining faxriy yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
“Zakovat” intellektual o‘yini – bilimdonlar bellashuvi!
Chiroqchi tumanidagi 37-, 38-, 39-, 40-, 41-, 42-, 97-, 85-, 88-umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Uch azim chinor" nomli “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in bahs munozaralga boy tarzda o‘tgan mazkur intellektual o‘yinda eng zukko, bilimga chanqoq va izlanuvchan yoshlar o‘zaro bellashib, bilim va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etishdi.
Yakuniy natijaga ko‘ra:
🥇1️⃣-o‘rinni 37-maktab jamoasi (5 000 000 million so‘m)
🥈2️⃣-o‘rinni 97-maktab (3 000 000 million so‘m)
🥉3️⃣-o‘rinni 85-maktab jamoalari (2 000 000 million so‘m) g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
"Uch azim chinor" nomli “Zakovat” intellektual o‘yinida faol ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalrga tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
COPERNICUS xalqaro olimpiadasining O‘zbekistondagi saralash bosqichi uchun hozircha 344 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi!
👋 Yana bitta xushxabar: Shu kuni bo‘lib o‘tadigan an’anaviy #khiso_olimpiadasi uchun COPERNICUS olimpidasi ishtirokchilar alohida to‘lov qilmaydi va bepul qatnashadi.Читать полностью…
Hurmatli faxriylar, aziz yurtdoshlar!
Muhtaram ustozlar, jamiyatimizning fidoyi insonlari!
Har yili 9-may kuni yurtimizda muqaddas sana — Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu sana — jasorat, mardlik, sabr-toqat va Vatanga sadoqat timsoli bo‘lgan ajdodlarimizni, qalbi halollik va fidoyilik bilan to‘lgan otaxon-onaxonlarimizni chuqur hurmat bilan yod etish kunidir.
Bu ulug‘ ayyom xalqimiz qalbida cheksiz minnatdorlik va ehtirom tuyg‘ularini uyg‘otadi. Chunki tarix sahifalarida mangu muhr bo‘lib qolgan, millionlab insonlar hayotini o‘zgartirgan urush va og‘ir sinovlar yurtimiz hayotida o‘chmas iz qoldirgan.
Bugun biz tinch, farovon hayot kechirmoqdamiz. Ammo bu osoyishta kunlarga erishish yo‘lida ne-ne yurtdoshlarimiz jonini fido qilganini, qanchadan-qancha oilalar og‘ir yo‘qotishlarni boshidan kechirganini unutmasligimiz kerak. Xotira — bu tarix, qadrlash esa burch! Bu g‘oya har bir yurtdoshimizning qalbida, xususan yosh avlod ongu shuurida doimo yashashi zarur.
Aziz faxriylar!
Sizlarning bosib o‘tgan hayot yo‘lingiz — jasorat, halollik, el-yurtga sadoqat namunasi. Sizlar kechgan hayot maktabi bizga, ayniqsa, bugungi yosh avlodga saboq, ibrat va kuch manbaidir. Sizlarga sog‘lik-salomatlik, bardavom umrguzaronlik, tinch va osoyishta kunlar tilaymiz.
Mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar markazida inson manfaatlari turadi. Ayniqsa, yurtimiz faxriylariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik, ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar e’tirofga loyiq. Bu esa bizning qadriyatlarimiz — ota-onaga hurmat, faxriylar xotirasiga sadoqat tamoyillarining amaliy ifodasidir.
Xotira bizni uyg‘oq qiladi, qadrlash esa birlashtiradi. Shu bois bugun har bir yurtdoshimiz yuragida minnatdorlik, mehr-muhabbat va milliy g‘urur uyg‘onadi.
Hurmatli yurtdoshlar!
Barchangizni 9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan chin yurakdan tabriklayman. Qalbingizdan quvonch, dasturxoningizdan baraka, hayotingizdan fayz arimasin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, el-yurtimiz omon bo‘lsin!
Xotira muqaddas – qadrlash burchimiz!
Hurmat bilan, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Ubaydulla Oripov
Fan olimpiadasi — kelajak egalari uchun katta imkoniyat!
Chiroqchi tumani 51-umumiy o‘rta ta‘lim maktabning 1988-yilda tug‘ilgan sobiq bitiruvchilari tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida tarix, ona tili va matematika fanlaridan olimpiada tashkil etildi!
Ushbu olimpiadaga jami 81 nafar o‘quvchi ishtirok etib o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra 27 nafar o‘quvchi g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
Tanlovga ishtirok etib go‘liblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar homiylar tomonidan pul mukofotlari hamda qimmatbaho esdalik topshirildi.
Bunday tadbirlar yoshlarimizni ilmga oshno etish, kelajakda yurtimiz ravnaqi uchun munosib kadrlar yetishib chiqishiga zamin yaratadi!
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига байрам табриги
—
Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan turli yillarda tizimda fidokorona mehnat qilgan faxriylarimiz holidan xabar olinib, ularga guldastalar va esdalik sovg'alar hadya etilmoqda.
Jumladan, Dehqonobod tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig'i Risolat Eshqobilova, o'rinbosari Berdiyor Bo‘riyev va bo‘lim xodimlari Dehqonobod tumanida istiqomat qiluvchi faxriy ustozlar xonadonida bo'lishdi.
Tashrif davomida fursatdan foydlanib, ularga Dehqonobod tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi xodimlari nomidan soha rivojiga qo'shgan hissalari uchun o'z minnatdorlik bildirildi.
@Qashqadaryo_MMTB
Qiz o‘qisa — jamiyat nur topadi!
Ko‘kdala tumanida “Qizlarimizni o‘qitaylik!” shiori ostida keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda!
Viloyat hokimi o'rinbosari Ziyoda Aminova boshchiligida o'tkazilayotgan uchrashuvlarda ta’lim olgan qizlarimizning kelajagi porloq ekani, bilimli ayol — baxtli oilaning, kuchli jamiyatning asosi ekani alohida ta’kidlanmoqda.
Bu tadbirlar orqali ota-onalar ongida muhim bir haqiqat mustahkamlanmoqda: qiz bola — ertangi kunning ziyoli onasi!
Kelajak uchun bugun qizlarimizni o‘qitaylik!
@Qashqadaryo_MMTB
Хотира муқаддас ва абадийдир!
Вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси ходимлари 9-май - “Хотира ва қадрлаш куни” муносабати билан бошқармада кўп йиллар дарсликлар бўйича методист бўлиб ишлаган, марҳум Халилов Жўра Шадманович хонадонида бўлиб, оила аъзолари ҳолидан хабар олишди ва устозни таълим тизимида ишлаган даврларини ҳамда ҳаёт йўлларини ёдга олишди.
Оила аъзоларини 9-май - “Хотира ва қадрлаш куни” билан қутлаб, уларга мустаҳкам соғлик, узоқ умр, бахт-саодат, тинчик ва хотиржамлик тилашди.
Дунё ўзи бир лаҳзалик, неъматлар, насибалар вақтинча. Жўра аканинг ёрқин хотираси дўстлари ва касбдошлари қалбида мангу сақланиб қолади.
#Xotira_abadiy
9-may-Xotira va qadrlash kuni
Bugun Qarshi tumani, Beshkent shahridagi xotira xiyobonida 9-may Xotira va qadrlash kuni hamda buyuk g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali miting o‘tkazildi.
Tadbirda Qarshi tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi jamoasi, o'quvchi yoshlari ishtirok etdilar va motamsaro ona haykali hamda afg‘on urushida qatnashib, shahid bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik poyiga gulchambarlar qo‘ydilar.
📝Tantanali mitingda urushda qatnashib qahramonlarcha halok bo‘lgan va buyuk g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shgan o‘zbek o‘g‘lonlari hamda front ortida mardonavor mehnat qilgan yurtdoshlarimiz nomlari hurmat va eʼtibor bilan tilga olindi.
@Qashqadaryo_MMTB
#XOTIRA_MUQADDAS
Shahrisabz shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining 8 - umumiy o‘rta taʼlim maktabida tashkil etilgan "Mental arifmetika" tarmoq toʻgarak aʼzolari tomonidan 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Jadidlar izdoshlari - Barkamol avlod yoshlari" shiori ostida xotira kechasi o‘tkazildi.
Tadbirlarda o'quvchi yoshlar tomonidan ajdodlarimizni yod etib she'r va qo‘shiqlar ijro etildi.
@Qashqadaryo_MMTB
Qarshi tumani 44-umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlangʻich sinf o'qituvchisi Bo'riyeva Zarina G'ofur qizi attestatsiya sinovlariga ishtirok etib, 94 ball bilan oliy malaka toifasiga ega bo'ldi.
@Qashqadaryo_MMTB
#XotiraVaQadrlash
#QashqadaryoDMTT
#Qarshi_shahar
@Qashqadaryo_MMTB
#XotiraVaQadrlash
#QashqadaryoDMTT
@Qashqadaryo_MMTB
Qashqadaryolik oʼqituvchi malaka toifa sinovlarida 94 ballik natijani qayd etdi
Mirishkor tumani 30-maktabning B
boshlangich ta'lim fani o'qituvchisi Ramazonova Sevara Bahodir qizi 94 ballni qo'lga kiritdi.
Xotira abadiy va muqaddas!
Muborak tumani 12-Davlat Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Motamsaro ona" majmuasiga MMTB ruxsati asosida ekskursiya tashkillashtirildi.