qashqadaryo_mmtb | Unsorted

Telegram-канал qashqadaryo_mmtb - Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

13744

|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz

Subscribe to a channel

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Shahrisabz tumanida bitiruvchi qizlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Shahrisabz tumanidagi 42-, 43-, 47- va 68-maktablardan 47 nafar bitiruvchi qizlar ishtirokida viloyat “Oqila ayollar” harakati a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda qizlarga oliy ta’limning ahamiyati, davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlar, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi.

Uchrashuvda “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Sheralieva Jasmina Erkin qizi ham ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

“Гимнастикага илк қадам” – кичкинтойлар учун катта саҳна

Нишон тумани Спорт мактаби мажмуасида “Гимнастикага илк қадам” фестивали бўлиб ўтди.

Унда тумандаги 24 та Давлат мактабгача таълим ташкилотларидан 79 нафар тарбияланувчи иштирок этди.

Фахр билан таъкидлаймизки, якка тартибда 18-сонли Давлат мактабгача таълим тарбияланувчиси Боймуродова Мадина Суюн қизи 1-ўринни қўлга киритди.

Жамоавий баҳсларда ҳам 18-сонли ДМТТ тарбияланувчилари ғолиб бўлишди.

Тадбир якунида ғолибларга диплом ва медаллар тантанали равишда топширилди.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

‼️‼️‼️

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”da faol ishtirok eting!

2025-yil 1- maydan 1-iyunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” o‘tkazilmoqda.

Oylik doirasida maktablar va MTTlarda:
➡️Profilaktik suhbatlar va o‘quv mashg‘ulotlari
➡️“Halollik qadriyatlari” kabi mavzularda targ‘ibotlar
➡️“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida rasmlar tanlovi
➡️“Stop korrupsiya” chellenji
➡️"O‘quvchi yoshlar halollik tarafdori” 10 kunligi amalga oshiriladi.

Mazkur oylikni tashkil etilishidan maqsad — tizim xodimlarida va o‘quvchi-yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va huquqiy ongini oshirishdan iboratdir.

Hurmatli pedagoglar, aziz ota-onalar!

Barchangizni mazkur oylikda faol ishtirok etishga chaqiramiz!

Eslatib oʼtamiz, Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 30-apreldagi 143-sonli "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligini oʼtkazish" toʼgʼrisidagi buyrugʼiga asosan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshligʼining buyrugʼi ishlab chiqilgan hamda pedagog jamoaga yetkazilgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

TAʼLIM TIZIMIDA KORRUPSIYAGA JOY YO‘Q!

Shahrisabz shahar maktabgacha va ta’limi bo’limida shahar maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi xodimlari, Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari va maktab direktorlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Korrupsiya — bu nafaqat qonunbuzarlik, balki ta’lim tizimidagi islohotlarga, bolalar kelajagiga, o‘qituvchi sha’niga va jamiyat ishonchiga zarba!
U adolat, tenglik va halollik tamoyillarini buzadi.

Maktabgacha, umumiy o‘rta va oliy ta’limda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi qatʼiyan rad etiladi!

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryodagi «Eng yaxshi maktab-internat direktori» ga ovoz bering!

So‘rovnoma 19-may, soat 23:59 gacha davom etadi.

Natijalarga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan 1 nafar maktab direktori boshqarma tomonidan g‘olib deb topiladi va yakunida eʼtirof etilishini maʼlum qilamiz.

📢 Taklif va savollar uchun:

@Javohir2954444
@ReytingKontrol

👉 Ovoz bering va o‘z fikringizni bildiring!

(Ovozlar admin tomonidan nazorat qilinadi soxtalashtirishga urinilsa avtomatik blokka kiritiladi)

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Davlatimiz rahbari boshchiligida sohaga doir kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tizimni yanada isloh qilish bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Mazkur yig‘ilish yuzasidan soha vakillari o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.

➖”O‘zbekiston 24” telekanali — Maxsus reportaj | Maktab ta'limi tizimidagi islohotlar samarasi
➖ “O‘zbekiston 24” telekanali — Axborot 24 | Maktab ta'limidagi islohotlarning yangi bosqichi
➖”Sevimli TV” — Maktab ta’limiga oid vazifalar
➖ “O‘zbekiston 24” telekanali — Studiya 24 | Maktab ta'limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirishning ustuvor vazifalari belgiland
➖ “O‘zbekiston 24” telekanali — Axborot 24 | Maktab ta'limidagi islohotlarning yangi bosqichi
“O’zbekiston 24” telekanali — Insondan insongacha
“O‘zbekiston 24” telekanali — Ахборот 24 | Новый этап реформ в школьном образовании
➖ “O‘zbekiston 24” telekanali — Axborot 24 | Prezident raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi
➖ “O‘zbekiston 24” telekanali — Ахборот 24 | Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам дальнейшего повышения эффективности реформ в школьном образовании и приоритетным задачам на перспективу
_____

🎙️Shuningdek, mavzu yuzasidan “O‘zbekiston 24” radiokanalida jonli muloqotlar ham tashkil etildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#tashabbus #ulashing

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Tashabbus 3 asosiy yoʻnalishda amalga oshiriladi:

Al-Beruniy xalqaro maktabi – unga yurtimiz boʻylab eng iqtidorli oʻquvchilar saralab olinadi. Ular uchun dunyoning ilgʻor tajribalari asosida yuqori darajada taʼlim beriladi. Darslarni xorijdan jalb qilingan malakali ustozlar olib boradi.

“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi – unga Oʻzbekiston boʻylab 3 000 nafar iqtidorli oʻquvchi tanlab olinadi va oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar bilan qurollantiriladi. Har yili “Renessans” oromgohida xorijiy ustozlar bilan 3 haftalik intensiv sessiyalar tashkil etiladi. Ushbu ikki yoʻnalishdagi oʻquvchilar Harvard, Yale, Princeton, UPenn, Cornell kabi yetakchi universitetlarga qisqa muddatli kurslarga yuboriladi. Agar ular shu universitetlarga oʻqishga qabul qilinsa, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi oʻqish xarajatlarini moliyalashtiradi.

Prezident iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamjamiyati – u mamlakatning eng salohiyatli intellektuallarini bir joyga jamlaydi. Ularga Oʻzbekistondagi islohotlarda bevosita ishtirok etish, oʻz gʻoyalari va tashabbuslarini ilgari surish imkoniyati yaratiladi. Hamjamiyat aʼzolari vazirliklar, idoralar va yirik kompaniyalar bilan bevosita muloqotda boʻladi.

Aziz yoshlar, aziz vatandoshlar, endi siz kuzatuvchi emas, bu tarixiy jarayonning faol ishtirokchisi boʻlishingiz mumkin.

Agar siz tajribali IT yoki xalqaro aloqalar mutaxassisi boʻlsangiz yoki “TOP-100” universitetda tahsil olib, ushbu oliygohlarga kirish borasida bilim va tajribangiz bilan boshqalarga yoʻl koʻrsata olsangiz Biz aynan sizni qidiryapmiz!

Safimizga qoʻshilishni istasangiz oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda @uzedu_vazirbot manziliga yuboring, takliflaringizni ham yoʻllashingiz mumkin.

Iqtidorli, gʻoyalarga boy yoshlar, keling, safimizda qoʻshiling!

@hilola_umarova

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

TOMOSHA KO'RSATGAN O'QUVCHILAR

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Диққат_эълон

📣 Professor-oʻqituvchilar uchun yangi imkoniyat!

Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi.

Universitetda 2025-2026-oʻquv yilida xorijiy taʼlim dasturlari asosida Aniq fanlar maktabi tashkil etilib, unda Matematika, Axborot texnologiyalari hamda Sunʼiy intellekt va robototexnika yoʻnalishlarida 400 nafar talaba qabul qilinishi koʻzda tutilgan.

🌐 Kurs yakuni boʻyicha Kembrij universitetining malaka sertifikatiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar 2025-2026-oʻquv yilidan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida ish faoliyatini boshlaydi.

Aniq fanlar maktabida hisob (calculus), dasturlash, fizika, chiziqli algebra, diskrit matematika, maʼlumotlar tuzilmalari va algoritmlar, sunʼiy intellekt va robototexnika, ingliz tili fanlaridan dars beruvchi professor-oʻqituvchilar tanlab olinib, Kembrij universitetida malaka oshirishlari maqsad qilingan.

Tanlovda ishtirok etuvchi professor-oʻqituvchilarga qoʻyiladigan birlamchi talablar:

➖fan nomzodi (PhD) yoki fan doktori (DSc) ga ega boʻlishi;
➖5 yil va undan ortiq pedagogik ish stajiga egaligi;
➖ingliz tilini B2 darajada bilishi (til bilish sertifikati);
➖ Scopus, web of science xalqaro ilmiy jurnallari hamda yuqori indeksga ega ilmiy jurnallarda maqolalar chop etganligi;
➖oʻz fani yoʻnalishida turli grant va loyihalardagi ishtiroki.

❗️Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjat va maʼlumotlarni
tanlov.uzedu.uz havola orqali yuborishingiz mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

👍 18-may kuni bo'lib o'tadigan KHISO olimpiadasiga hozirgacha ro'yxatdan o'tgan ishtirokchilar!

Soat 01:35 holatiga ko‘ra 167 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi.

Shoshiling: ➡️ t.me/khiso_karshi/82

Eslatib o'tamiz shu kuni KHISO olimpiadasidan keyin COPERNICUS xalqaro olimpiadasiham bo'lib o'tadi, bunga ro'yxatdan o'tgan o'quvchilar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin /channel/khiso/4878

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Viloyat hokimi kubogi uchun “Maktablar ligasi” sport musobaqasining voleybol sport turi bo‘yicha viloyat birinchiligi o‘tkazildi

Qarshi shahri 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Maktab o‘quvchilari o‘rtasida viloyat hokimi kubogi uchun “Maktablar ligasi” sport musobaqasining voleybol sport turi bo‘yicha viloyat birinchiligi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa doirasida:

Qizlar bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin Qamashi tumani 65-maktab jamoasi, 2-o‘rin Qarshi tumani 48-maktab jamoasi, 3-o‘rin Kitob tumani 78-maktab jamoasi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin Qarshi tumani 11-maktab jamoasi, 2-o‘rin Kitob tumani 30-maktab jamoasi, 3-o‘rin Koson tumani 49-maktab jamoasi.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryo – Chuvashiya: taʼlim sohasida yangi qadamlar!

Yaqinda Chuvashiya delegatsiyasi Qashqadaryodagi taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan tanish va taʼlimga oid yirik kelishuvlarga erishilgan edi.

Bugun Chuvashiya Respublikasi taʼlim vazirligi masʼullari bilan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshligʼi oʼrinbosari D.Tojiyev hamda maktab oʼquvchilari ishtirokida videokonferensiya shaklida muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida o'quvchilarga Yakovlev nomidagi Chuvash Davlat pedagogika universiteti, Chuvash Davlat pedagogika universiteti hamda Chuvash Davlat qishloq xo'jaligi universitetlari haqida batafsil ma'lumotlar taqdim qilindi.

Mazkur videokonferensiyada xorijiy oliygohlarning rektorlari va universitet vakillari ham ishtirok etdi.

Unda xorijiy taʼlimdagi hamkorlik imkoniyatlari, shuningdek, maktab bitiruvchilarini kasb-hunar va oliy taʼlim tizimlariga yo‘naltirish, ularni xalqaro dasturlarga jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, o‘quvchilar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish va ustozlar malakasini oshirishga doir aniq rejalarni belgilab oldilar.

Shuningdek, viloyatdagi ilg‘or maktablar negizida Chuvashiya bilan tajriba almashish markazlari tashkil etish taklifi ilgari surildi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lida doimiy aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Mavzuga doir: Yaqinda Chuvashiya Respublikasi delegatsiya bilan hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"Yangi avlod" olimpiadasining tuman bosqichi o‘tkazildi!

Yosh avlodning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiluvchi "Yangi avlod" olimpiadasining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Olimpiadada tumandagi umumta’lim maktablarining eng faol va bilimli o‘quvchilari ishtirok etib, o‘zaro bilim bellashuvlarida qatnashishdi. Fanlar bo‘yicha chuqur bilim va ijodiy yondashuv namoyon etgan yoshlarimiz hakamlar hay’ati tomonidan e’tirof etildi.

G‘oliblar keyingi — viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi va ular oldinda yanada mas’uliyatli bellashuvlar kutib turibdi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryodagi «Eng yaxshi maktab direktori» ga ovoz bering!(KASBI)

So‘rovnoma 20-may, soat 23:59 gacha davom etadi.

Natijalarga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan 3 nafar maktab direktori boshqarma tomonidan g‘olib deb topiladi va yakunida eʼtirof etilishini maʼlum qilamiz.

👉 Ovoz bering va o‘z fikringizni bildiring!

(Ovozlar admin tomonidan nazorat qilinadi soxtalashtirishga urinilsa avtomatik blokka kiritiladi)

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryodagi «Eng yaxshi maktab direktori» ga ovoz bering!(KOSON)

(DAVOMI)

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qamashi tumanida “Xayr bogʻcha – salom maktab” tadbiri boʻlib oʻtdi

Qamashi tumanidagi 1-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Xayr bogʻcha – salom maktab” nomli tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbir maktabgacha ta'limni tamomlayotgan tarbiyalanuvchilarni maktab bosqichiga kuzatish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir davomida bolajonlar oʻzlarining she’rlar, qoʻshiqlar va sahna koʻrinishlari bilan yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🔰BRIFING

Pedagoglarni malaka toifa sinovlari uchun o‘tkazilgan test natijalari

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmat rahbari Dilfuza Sobirova ishtirok etmoqda.

🔴 JONLI EFIR

📍 Brifing Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tmoqda.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Диққат_эълон

📣 Professor-oʻqituvchilar uchun yangi imkoniyat!

Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi.

Universitetda 2025-2026-oʻquv yilida xorijiy taʼlim dasturlari asosida Aniq fanlar maktabi tashkil etilib, unda Matematika, Axborot texnologiyalari hamda Sunʼiy intellekt va robototexnika yoʻnalishlarida 400 nafar talaba qabul qilinishi koʻzda tutilgan.

🌐 Kurs yakuni boʻyicha Kembrij universitetining malaka sertifikatiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar 2025-2026-oʻquv yilidan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida ish faoliyatini boshlaydi.

Aniq fanlar maktabida hisob (calculus), dasturlash, fizika, chiziqli algebra, diskrit matematika, maʼlumotlar tuzilmalari va algoritmlar, sunʼiy intellekt va robototexnika, ingliz tili fanlaridan dars beruvchi professor-oʻqituvchilar tanlab olinib, Kembrij universitetida malaka oshirishlari maqsad qilingan.

Tanlovda ishtirok etuvchi professor-oʻqituvchilarga qoʻyiladigan birlamchi talablar:

➖fan nomzodi (PhD) yoki fan doktori (DSc) ga ega boʻlishi;
➖5 yil va undan ortiq pedagogik ish stajiga egaligi;
➖ingliz tilini B2 darajada bilishi (til bilish sertifikati);
➖ Scopus, web of science xalqaro ilmiy jurnallari hamda yuqori indeksga ega ilmiy jurnallarda maqolalar chop etganligi;
➖oʻz fani yoʻnalishida turli grant va loyihalardagi ishtiroki.

❗️Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjat va maʼlumotlarni
tanlov.uzedu.uz havola orqali yuborishingiz mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqdaryolik oʼquvchilarning maqolasi xorij nashrlarida chop etildi

Qarshi shahridagi "Avitsenna" tibbiyot maktabining 8-B sinf oʼquvchisi Negmatova Nodirabegim Nurbekovnaning "KIMYOVIY BOG'LANISHLAR" mavzusidagi maqolasi Germaniya mamlakati Berlin shahrida oʼtkazilgan "MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFECIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH" nomli xalqaro ilmiy-online konferensiyada nashr etildi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Bugun o‘tkazilgan KHISO olimpiadasi berilgan topshiriqlarning video yechimlarini e’lon qilamiz

🚀 Olimpiada ishtirokchilarining eng katta yutug‘i - olimpiadada yecha olmagan savollarining yechimlarini o‘rganishi!

Bugun 1-8 sinf o‘quvchilar uchun butun Respublika miqiyosida o‘tkazilgan #khiso_olimpiadasi da berilgan testlarning yechimlari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin

🎞 1-2 sinf topshiriqlarining video yechimlari: ➡️ https://youtu.be/nc7hQ7pu7tI

🎞 3-4 sinf topshiriqlarining video yechimlari: ➡️ https://youtu.be/GHJ3AUqBvUU

🎞 5-6 sinf topshiriqlarining video yechimlari: ➡️ https://youtu.be/P8Y_zoXVOVQ

🎞 7-8 sinf topshiriqlarining video yechimlari: ➡️ https://youtu.be/7Z37n2HNUC0

ℹ️ #khiso_olimpiadasi natijalar 2 kun ichida e’lon qilinadi.

ℹ️ COPERNICUS xalqaro olimpiadasining natijalari va video yechimlari ertaga e’lon qilinadi.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

MUNOSABAT

Boshlanayotgan haftada yurtimiz maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq jaranglaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tadbir oʻtkazilishi taqiqlangani, cheklovlar oʻrnatilgani haqida turli notoʻgʻri xabarlar tarqalmoqda.

Joriy o‘quv yilining oxirgi kuni 25-may, yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari 24-may – shanba kuni o‘tkazilishi belgilangan.

So‘nggi qo‘ng‘iroq har bir inson hayotida unutilmas taassurotlarga boy bo‘ladi. Ayniqsa, katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan 11-sinf bitiruvchilari uchun bu kunning ahamiyati va qadri o‘zgacha. Bir tomondan, ko‘p yillik qadrdon sinfdoshlar, mehribon ustozlar, jonajon maktab bilan umrbod xayrlashish oson emas. Ikkinchi tomondan, mustaqil hayotga qadam qo‘yish zavqi, yangi marralar chorlovi, talabalik sururi. Bu endi chinakam bayram!

Vazirlik shuni ma’lum qiladiki, maktablarimizda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarini ko‘tarinki kayfiyatda, tantanalar bilan o‘tkazish an’anasi bu yil ham davom etadi.

Faqat maktablarimiz jamoalarini, bitiruvchilarimizni, hurmatli ota-onalarimizni tadbirlar jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini so‘raymiz!

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

😀 Qarshida bo‘ladigan ertangi olimpiada uchun jami 201 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi!

📆 Ertaga 18-may kuni soat 9:00 da Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida KHISO olimpiada maktabi tomonidan 1-sinfdan 8-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun matematika fanidan 4 - #khiso_olimpiadasi o‘tkaziladi!

❗️ BU MUHIM: 3-8 sinf o‘quvchilari o‘z titul raqamlarini bilib olishlari shart (FAYLNI ICHIDA BERILGAN). Ertaga javoblar varaqasiga yozishlari kerak.

IZOH: COPERNICUS RO‘YXATI ALOHIDA E’LON QILINADI!

🏅 G‘oliblar medallar va diplomlar bilan taqdirlanadi.

📍 Olimpiada Qarshi shahar 10-maktabda o‘tkaziladi.

👍 Qashqadaryodagi rasmiy kanal: 👉 @khiso_karshi

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

😀 Super finalchilar soni 87* taga yetdi!

Oldinroq xabar berganimizdek, yozda mutlaqo yangi va o‘z sinfida barcha hududlar bo‘yicha eng kuchli o‘quvchilargina qatnasha oladigan "SUPER FINAL" olimpiadasini o‘tkazamiz. Bu haqida batafsil video-tushuntirish berganman.

😇 Hozircha olimpiadalarimiz rasman Toshkent shahar, Samarqand, Buxoro, Xoraz, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilmoqda. 2025-yildagi dastlabki 9 ta olimpiadadan keyin jami 87* ta "super finalchi" aniqlandi. Bulardan 42 tasi Xorazm, 23 tasi Toshkent shahar, 7 tasi Buxoro, 6 tasi Farg‘ona, 3 tasi Jizzax, 3 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 1 tasi Samarqand va 1 tasi Andijon viloyatidan. Hozircha Sirdaryo, Namangan va Qashqadaryodan "super finalchi" aniqlanmadi.

🚛 Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida bu safardan olimpiadalarimiz yo‘lga qo‘yilmoqda.

📊 18-may kuni bir vaqtda o‘n to‘rtta hududda bir vaqtda KHISO va COPERNICUS xalqaro olimpiadalari o‘tkaziladi. Ushbu olimpiadalardagi #top_natija li o‘quvchilar "SUPER FINAL" olimpiadasiga yo‘llanma ham olishadi. Ro‘yxatdan o‘tishga kech qolmang: ➡️ t.me/khiso/4879

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

📰📰📰📰📰📰📰

O‘zbekistonda “SmartED” loyihasi doirasida sifatli va inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yangi bosqich boshlandi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.

Ushbu tashabbus Islom taraqqiyot banki (IsDB), Islom birdamlik jamg‘armasi (ISFD) va Global ta’lim hamkorligi (GPE) tomonidan moliyalashtirilayotgan “SmartED” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

🌐 Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlari va materillarini yangilash, barcha bolalar, jumladan, qizlar va alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv va kompetensiyaga asoslangan ta’lim muhitini yaratishdan iborat.

Hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan asosiy yo‘nalishlar:

📝 Milliy o‘quv dasturi va baholash tizimini yangilash: kompetensiyalarga asoslangan, hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi va ijtimoiy-emotsional o‘qitishni qo‘llab-quvvatlovchi yangi mazmunga ega dasturlar ishlab chiqiladi.

🔹O‘qituvchilar salohiyatini oshirish: zamonaviy pedagogika, o‘yin asosida o‘qitish, o‘quvchi markazlashgan yondashuv va raqamli vositalardan foydalanish bo‘yicha o‘qituvchilar tayyorlanadi.

Ta’limda inklyuzivlikni kengaytirish: ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun teng va sifatli ta’lim olish imkoniyatlari yaratiladi.

🌍 Iqlim o‘zgarishiga mos ta’lim: ta’lim muassasalarida iqlim xabardorligini oshirish va barqaror rivojlanish maqsadlariga yo‘naltirilgan kontentni integratsiya qilish.

📊 Xalqaro va mahalliy hamkorlik: UNICEF va xalqaro ekspertlar bilan birgalikda global ilg‘or tajribaga asoslangan yechimlar joriy qilinadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🏆 4-may kuni o‘tkazilgan #khiso_olimpiadasi g‘oliblari ertaga Qarshi shahar 10-maktab binosida taqdirlanadi!

😊 Qashqaryo viloyatida 4-marta o‘tkazilgan #khiso_olimpiadasi gʻoliblari 17-may kuni soat 14:00 da Qarshi shahar 10-maktab binosida medal, diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishadi.

Eslatib o‘tamiz, Qashqaryo viloyatida keyingi olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda: ➡️ t.me/khiso_karshi/82

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🌍🌍🌍🌍🌍

Prezident boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida navbatdagi “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda kuni kecha Davlatimiz rahbari boshchiligida tizimdagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish, kelgusidagi ustuvor masalalar bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda belgilangan vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tar ekan, yig‘ilishda berilgan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va samarali tashkil etish uchun barcha mas’ullar “favqulodda to‘qson kunlik” ish rejimiga o‘tib ish olib borishi zarurligini alohida qayd etdi.

“Eng asosiy maqsadimiz, bog‘chalarni kun davomida bolani faqat vaqtini o‘tkazadigan emas, ularning ta’lim olishlari uchun ilk ko‘nikmalarni shakllantiradigan maskanga aylanishiga erishishdir.

Shu sababli maktabgacha ta’limda sifat samaradorligiga erishish kechiktirib bo‘lmas masala ekanligini mas’ullar his qilishi kerak”,

— dedi vazir.

📊 Shundan kelib chiqqan holda soha mutasaddilari oldiga bog‘cha tarbiyachilarining malakasi, mahorati, psixologik tayyorgarligini oshirish uchun kasbiy sertifikatlash tizimini joriy etish, iyun-avgust oylarida 7 mingta bog‘chalardagi 118 ming nafar tarbiyachini yangi dasturlar bilan ishlashga o‘rgatish vazifalari qo‘yildi.

🌐
BATAFSIL

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

📰📰📰📰📰📰📰

Qashqadaryo – Chuvashiya: taʼlim sohasida yangi qadamlar!

Yaqinda Chuvashiya delegatsiyasi Qashqadaryodagi taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan tanish va taʼlimga oid yirik kelishuvlarga erishilgan edi.

Bugun Chuvashiya Respublikasi taʼlim vazirligi masʼullari bilan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshligʼi oʼrinbosari D.Tojiyev hamda maktab oʼquvchilari ishtirokida videokonferensiya shaklida muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida o'quvchilarga Yakovlev nomidagi Chuvash Davlat pedagogika universiteti, Chuvash Davlat pedagogika universiteti hamda Chuvash Davlat qishloq xo'jaligi universitetlari haqida batafsil ma'lumotlar taqdim qilindi.

Mazkur videokonferensiyada xorijiy oliygohlarning rektorlari va universitet vakillari ham ishtirok etdi.

Unda xorijiy taʼlimdagi hamkorlik imkoniyatlari, shuningdek, maktab bitiruvchilarini kasb-hunar va oliy taʼlim tizimlariga yo‘naltirish, ularni xalqaro dasturlarga jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, o‘quvchilar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish va ustozlar malakasini oshirishga doir aniq rejalarni belgilab oldilar.

Shuningdek, viloyatdagi ilg‘or maktablar negizida Chuvashiya bilan tajriba almashish markazlari tashkil etish taklifi ilgari surildi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lida doimiy aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Mavzuga doir:

Yaqinda, Chuvashiya Respublikasi delegatsiya bilan hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Tashrif davomida esa, xorijlik delegatsiya Qarshi shahridagi 10-maktab oʼquvchilari uchun yaratilgan sharoitlar va ularni kasb-hunarga yoʼnaltirishga doir jarayonlar bilan tanishgan edi.Keyin esa Prezident maktabi faoliyati bilan tanishgan edi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabidagi muzey faoliyati bilan tanishdi.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryodagi «Eng yaxshi maktab direktori» ga ovoz bering!(MUBORAK)

So‘rovnoma 20-may, soat 23:59 gacha davom etadi.

Natijalarga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan 3 nafar maktab direktori boshqarma tomonidan g‘olib deb topiladi va yakunida eʼtirof etilishini maʼlum qilamiz.

👉 Ovoz bering va o‘z fikringizni bildiring!

(Ovozlar admin tomonidan nazorat qilinadi soxtalashtirishga urinilsa avtomatik blokka kiritiladi)

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryodagi «Eng yaxshi maktab direktori» ga ovoz bering!(KOSON)

So‘rovnoma 20-may, soat 23:59 gacha davom etadi.

Natijalarga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan 3 nafar maktab direktori boshqarma tomonidan g‘olib deb topiladi va yakunida eʼtirof etilishini maʼlum qilamiz.

👉 Ovoz bering va o‘z fikringizni bildiring!

(Ovozlar admin tomonidan nazorat qilinadi soxtalashtirishga urinilsa avtomatik blokka kiritiladi)

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryodagi «Eng yaxshi maktab direktori» ga ovoz bering!(MIRISHKOR)