Хаётий ва Ибратли ҳикоялар... Хикматлар хазинаси... Инсон такдирини аччик синовлари... Hamkorlik va reklama uchun 👇👇 @Bronzam . . . . . .
🌿Dillarga ozor yetkazib qoʼymang...
👉 Yetimdan «ota-onang qanday vafot etganlar?» deb soʼramang.
👉 Farzandidan judo boʼlgan ota-onalardan «farzandingiz qanday vafot etgan?» deb soʼramang.
👉 Ishsiz odamdan «siz nima uchun ishlamaysiz?» deb odamlar orasida soʼramang.
👉 Faqirga «sizga qancha pul kerak?», deb soʼramasdan koʼnglingizdan chiqarib beravering. Chunki faqirda ham oʼziga yarasha gʼururi bor. Bir kun kelib koʼz-koʼzga qayta tushishi mumkunligini ham unutmaylik.
👉 Turmushga chiqmagan qizdan «yoshingiz nechada yoki sovchilar kelayaptimi?» deb aslo soʼramang.
👉 Farzandi yoʼq ayolga «farzandingiz yoʼqmidi?» deb ayta koʼrmang.
👉 Biron bir kishini yuzida chandiq yoki bitgan yaraning izini koʼrib qolsangiz buning sababini soʼramang. Chunki yuz insonning nozik yerlardan biri hisoblanib, u har qancha yashirishga urinmasin buning ilojisi yoʼqdir.
👉 Mehmondan nima tanovvul etishini yoki ichishini soʼramang. Chunki soʼrab uning bu istagidan mahrum etib qoʼyishingiz ehtimoli bor. Shuning uchun, soʼramasdan mehmoningizga boringizni taqdim etavering.
👉 Kimlarnidir kulgusi va rohatini deb doʼstingizni mazah kilish hayolingizga ham kelmasin. Chunki bu doʼstingizga juda ham ogʼir botadi.
Har doyim oʼzingizni shu insonlar qatoriga qoʼyib, ularning hissiyoti bilan yashashga urinib koʼring!
✨Kun hikmati✨
Senga ozor beradigan narsadan chetda boʼl.Oʼzing uchun shunday solih doʼst tanlaginki, bunday doʼst kamdan-kam uchraydigan boʼlsin. Ishingni Аllohdan qoʼrqadiganlar bilan maslahat qil!
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu.
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🍃 "Yomon ham yolg‘iz qolganda yig‘lasa kerak... "
🍃 "Shallaqi ayol ham uni bir soniya tildan qoldiradigan guldastani ko‘rgan-da,
"ayol"ligi esiga tushsa kerak...
🍃 "Puli oshib toshib ketgan boy ham bir chetda o‘tirib, bir bog‘lam pulga- bir dona sodiq inson sotib olish mumkin bo‘lgan savdoni orzu qilar, balki..."
🍃 "Barcha yomon ko‘radigan odamning uyidagi devorda uni chin dildan yaxshi ko‘rgan inson-onasining surati osig‘liq tursa kerak..."
🍃 "Umr bo‘yi ateist bo‘lib yashagan xudosiz ham yonginasida avtoxalokat sodir bo‘lganida, beihtiyor "xudoga shukr" deb yuborar, balki..."
🍃 "Yomonlar- biz ko‘rib, xulosa qilishimiz uchungina yaratilgan... "
🍃 Hech kimni ayblamaydigan, hammani Allohning bir hohishi va hikmati sabab "dunyo ko‘rgani" ga imon keltirgan odam- mana shularni o‘ylaydi!!!
©️ Ummu Zaynab Ummu
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Muso alayhissalom beshikdagi zaif, kuchsiz chaqaloq bo‘lishiga qaramasdan dengizda cho‘kmadi, chunki Alloh uni O‘z himoyasiga olgan edi. Lekin fir’avn o‘z hukmronligida buyuk kuch-qudratga ega bo‘lgan holda dengizga g‘arq bo‘ldi, chunki Alloh uni halok qilishni xohlagan edi. Shunday ekan, Allohga tavakkal qiling va ishlaringizni U Zotga topshiring! Zero, Alloh "bo‘l" deganni hech kimsa to‘xtatib qololmaydi va "bo‘lma" deganni hech kim ro‘yobga chiqarib qo‘yolmaydi...
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
Bizda mahzun boʻlishimiz uchun hech qanday sabab yoʻq... Qurʼonning barcha oyatlari “Albatta, Alloh biz bilan birga” ekanini taʼkidlaydi. Shunday ekan, xursand boʻling...!
- Zokir Nayk
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
Koshkiydi men bilan Makkani orasida bir donagina koʻcha boʻlsayu, yuragim har siqilganda u yerga borsam...
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
Nafaqaga chiqqan o‘qituvchining o‘rniga boshqa muallima sinfga kirdi. Darsni tushuntirishni boshladi. Talabalarning biridan savol so‘ragandi, boshqa barcha talabalar kulib yubordi. O‘qituvchi xayron bo‘ldi. Talabalarga qarab o‘rinsiz kulguning siriga yetdi. Sabab: sinfda xamma axmoq, aqlan noqis xisoblaydigan talabaga savol bergani ekan. Dars tugab talabalar sinfni tark etadigan maxal, muallima o‘sha talabani chaqirdi. U bilan xoli qolib, qog‘ozchaga yozilgan ikki qator baytni berdi va:
- Buni ismingni yodlagandek yodlab kel, hech kimga aytma, - dedi.
Keyingi darsda muallima o‘sha ikki qator she’rni yozuv taxtasiga yozdi. Uni ma’nosini, fasoxatini tushuntirdi. So‘ng uni o‘chirib:
- Kim xozirgi she’rni yodlab qololdi, - deb so‘radi. Xech kim churq etmadi.
Faqat o‘sha "ikkichi" ming hayajon, iymanish bilan qo‘l ko‘tardi. O‘qituvchi:
- Qani, javob ber, - dedi. U she’rni yodlab berdi. Ustoz uni ko‘p maqtadi, boshqalar o‘rnak olishini aytdi. Talabalar bu xolatda xayratga tushar, kimdir kecha kulgani uchun xijolat bo‘lar, kimdir xayrat bilan qarar edi. Bu xol xafta davomida davom etdi. O‘qituvchi u talabani maqtardi. O‘quvchilarning u xaqidagi tushunchalari o‘zgara boshladi. U bolaning xam ruxiy xolati ijobiy tomonga burilish yasadi. O‘ziga bo‘lgan ishonch uyg‘ondi. Oldingi o‘qituvchi xisoblagandek axmoq emasligini angladi.
Talabalar bilan ilmda musobaqa qila olishini, o‘z ustida ishlasa, a’lochi bo‘la olishini bildi. Nafaqat shu fandan, balki, boshqalaridan xam a’lo baxolar ola boshladi. Maktabni yaxshi natijalar bilan bitirib, oliygoxga kirdi, so‘ng magistraturani bitirdi. Doktor bo‘lishni xam maqsad qildi.
U o‘qituvchisi xaqida yozarkan:
"Insonlar ikki toifaga bo‘linadilar: biri yaxshiliklar kaliti bo‘lsa, boshqasi uning qulfidir. Birlari sizni shijoatlantirib, qo‘lingizdan tutib, umid bag‘ishlaydi. Sizdagi dardu alamni xis qiladi. Xayot yo‘lingizni belgilashingizga sabab bo‘ladi.
Boshqalari esa, sizdagi iqtidorni berkitib, yomonliklarni ochadi. U sizni ruxan ezishdan, o‘zgalar oldiga yerga urishdan, azob berishdan roxat tuyadi. Qanchadan-qancha insonlar bunday o‘qituvchilarning qurboniga aylanadi. Butun umri o‘zini tiklolmay o‘tadi" dedi.
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Duo qilish qanchalik ulkan ne’mat ekanini bilganingizda, tilingiz duodan bo‘shamas edi...
Bir o‘ylab ko‘ring-a? Hamma narsaga qodir, hamma narsaning sohibi bo‘lgan Zotdan biron narsa so‘rash va so‘raganingiz sari ne’matlarning ziyoda bo‘lib kelishi, Uning muhabbatiga sazovor bo‘lish, Unga yaqin bo‘lish hamma hammasi shu duoda mujassam. Duoning ijobatida ham Alloh taolo sizdan ko‘p narsani so‘ramadi.
Faqatgina O‘zidan so‘rashga va duoning ijobat bo‘lishida shak qilmaslikka buyurdi. Yomon bo‘lsangiz-da, duoning ijobatidan shak qilmang.
Duo qiling va aniq keladi deb kuting.
Eslang, insoniyatning eng yomoni bo‘lsa-da, Alloh Fir’avnni duosini ijobat qildi. Siz Fir’avndan ko‘ra yomonroqmisiz? Yoki siz Fir’avn duoning ijobatiga ishonganchalik ishona olmaysizmi?!
— Orif Taskinning «Hayot menga shuni o‘rgatdi» kitobidan.
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
Befarzand ayol....
🌿 Alloh Rahmlilarning eng rahmlisidir...
Bir ayol Allohning payg‘ambari Muso alayhissalomning oldilariga kelib:
“Ey Allohning Nabiysi,
Robbingizga menga qalbimni shodlikka to‘ldiradigan solih farzand berishini so‘rab duo qiling” - dedi.
Muso alayhissalom Robbilariga o‘sha ayolga farzand berishini so‘rab duo qildilar. Alloh azza va jalla u zotga:
- Men uni “Aqiym” (Tug‘mas) deb yozib qo‘yganman”- deb javob berdi. Muso alayhissalom haligi ayolga:
“Alloh azza va jalla “Men uni “Aqiym” deb yozib qo‘yganman”, deyapti” - dedilar.
Ayol qaytib ketdi...
Oradan bir yil o‘tgach, ayol yana kelib, Muso alayhissalomga:
“Ey Allohning Nabiysi,
Robbingizga yana bir bor menga solih farzand berishini so‘rab duo qiling” - deya iltimos qildi.
Muso alayhissalom Robbilaridan u ayolga farzand berishini so‘rab duo qildilar. Alloh azza va jalla:
“Men uni “Aqiym” deb yozib qo‘yganman” - dedi.
Muso alayhissalom haligi ayolga:
“Alloh azza va jalla: “Men uni “Aqiym” deb yozib qo‘yganman” deyapti”, dedilar.
Oradan bir yil o‘tgach, Muso alayhissalom boyagi ayolni qo‘lida chaqaloq ko‘tarib ketayotganini ko‘rdilar.
Undan: “Bu bola kim?” deb so‘radilar.
Ayol: “Bu mening o‘g‘lim” deya javob berdi.
Muso alayhissalom Robbilaridan: “Ey Robbim, Sen u ayolni “Aqiym” deb yozib qo‘yganding. Qanday qilib unda bola bo‘ldi?!” - deb so‘radilar.
Shunda Alloh taolo:
“Har safar “Aqiym” deganimda, u “Rohiym” derdi. Bas, "Rahmatim" qudratimdan ustun keldi” - deb marhamat qildi!
Ey rahmlilarning eng rahmlisi!
Naqadar buyuksan!
Ey karamlilarning eng Karamlisi!
Naqadar mehribonsan!
Ey farzand ne’matiga
erisholmay, umdsizlikka tushayotganlar!
Allohning rahmatidan noumid bo‘lmanglar!
Allohga bo‘lgan gumonlaringizni go‘zal qilinglar!
“Boshqalar qatori menga ham solih farzand ato etadi" deb yaxshi gumonda bo‘linglar...
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
ЭСЛАБ ҚОЛИШ ВА УНУТИШ...
Кўпни кўрган кекса онахондан сўрашибди:
–Бувижон! Сиз жуда оғир ҳаёт кечирдингиз, бироқ кўнг лингиз ҳалиям ёш. Бунинг бирор сири борми?
– Бор албатта,– жавоб берибди онахон,– менга қилинган барча яхшиликни юрагимга, нима ёмонлик қилишса, сувга ёздим. Акс ҳолда юрагим тўла чандиқ бўларди. Ҳозир юрагим хушбўй гуллар билан тўла боғ!
Яратганга беадад шукрлар бўлсин, У зот бизга эслаб қолиш ва унутиш неъматини берган. Бизга қачон яхшилик қилинса, миннатдорчилик уни эслаб қолишга, меҳр эса ёмонликни унутишга мажбур қилади...
@ibratli_sozlar
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Ta’lim dargohlarida jonzotlarning qancha turga ajralishi haqida gapirganlar inson joynamozda oladigan nafasning isidan og‘iz ochishmadi....
🌿 Imtixonlardan o‘tolmasak, yana bir yil o‘qishimizga to‘g‘ri kelishini aytishdi-yu, qabrda qaytadan imtixon topshirib bo‘lmasligi haqida gapirishmadi...
🌿 Ta’lim dargohidagi qoidalarni buzsak, jazoga tortilishimiz haqida ogohlantirishdi, biroq Allohning amrlariga itoat etmasak, bizni o‘rab olgan rahmatga qarshi isyon ko‘targan bo‘lishimiz to‘g‘risida miq etishmadi...
🌿 Holbuki, Yo Rab, Sening qoidalaringga amal qilganlar hatto chumoliga ham ozor bermaydi....
🌿 Holbuki, Yo Rab, Sening qoidalaringga rioya qilganlar ikki dunyoda ham saodatga erishadi...
— Orif Taskinning “Alfido” asaridan
Ps/ Kitob haqida yozgan postimizdan keyin koʻpchilik kitobni elektron variantini soʻrab yozishyapti. Afsus kitob yangi chop etilgan boʻlib, bilishimcha hali uning elektron varianti yoʻq. Oʻylashimcha, kitobni qoʻlda ushlab, varoqlab oʻqiganga yetmaydi baribir ☺️
Qalblar Allohning qo'lidadir... Alloh qalbingizni go'zal qalb ila to'ldirsin. Yuragingiz yoqimli sevgi bilan gullasin. Xudo sizni sevgingiz bilan asrasin... Sizni sevadigan va ranjitmaydigan, orzulari pok, tili asaldan shirin, ko'zlari haromga parda, aqli yomon o'ylardan xoli insonni Alloh taqdir yo'lingizda umr yo'ldosh qilsin... Omin.
🌿 Xayrli tun, qadrligim ))
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Saodat uyi haqida nimalarni bilasiz qadrligim?
1.Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning qabrlari.
2. Abu bakr roziyallohu anhuning qabri.
3. Umar roziyallohu anhuning qabri.
4. Oisha roziyallohu anho bu pardani Umar roziyallohu anhu koʻmilgandan keyin qoʻydi, Umar roziyallohu anhudan hayo qilib, chunki Umar roziyallohu anhu Oisha roziyallohu anhoga begona edi.
5. Boshqa Moʻminlar onalarining (paygʻambar sollallohu alayhi vasallam ayollarining) xonasiga chiqish eshigi.
6. Xonadan chiqish eshigi.
7. Oisha roziyallohu anhoning xonasi va yotadigan choyshablari (paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning vafotidan keyin).
8. Masjidga chiqadigan eshik.
9. Masjid nabiyni ziyorat qiladiganlar bu derazadan Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam, Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumlarga salom beradilar.
✨ Reaksiyalaringizni kutaman ))
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Bolalar uyiga borganimda, u yerda yoshiga nisbatan juda aqlli va shiringina qizchani ko'rdim. Bir kuni oʼsha qizaloq bilan gaplashib qoldik.
— Opa, pufakchalarni yaxshi koʼrasizmi? — qizaloq bayram arafasida xona shiftlariga osilgan rang-barang pufaklarga qarab gapirdi.
— Аlbatta, kim ularni yaxshi koʼrmaydi, deysan.
— Qiziq, ularning ichi boʼsh boʼlsa ham, hamma yaxshi koʼradi. Mening ichim toʼla mehr, lekin hech kimga kerak emasman...
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 U taksist edi. Har kuni kech qaytadi. Har kuni turli shirinliklar olib keladi. Xotini ko‘pincha uxlamay o‘tirgan bo‘ladi.
— Postdan eson omon o‘tib oldingizmi, — deydi u eriga hazillashib. U kuladi. “Postdan sezdirmay o‘tdim” deydi biroz jiddiylashib.
Ular yashaydigan hovlining etagida kichkina uy bor. Taksistning onasi yashaydi. U kelganida nuqul uyg‘oq bo‘ladi, albatta, o‘g‘ilga bu yoqmaydi. Qandaydir noqulay. Xotiniga olib kelgan narsalardan onasiga ham berib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun bu yerning nomini er-xotin “post” deb nomlab olishgan.
— Onangiz juda ta’magir-da, ertalabgacha sabr qilsalar, berasiz o‘sha ataganingizni, — deb suykaladi xotin.
Ona xavotir oladi. Zamon notinch. Taksistlik qiyin. Turli tuman odamlar chiqadi, yaxshi bor yomon bor. Otasining puliga mashinani pravasi bilan qo‘shib sotib olib, yurganlar ko‘p. Mashinani ichib xaydaydiganlar bor. O‘g‘liga qiyin. Eson-omon kelsin-da. Har kuni ona shu haqida o‘ylaydi. Qo‘sha qarisin. Turli balo-qazolardan o‘zing asragin. Ishqilib, umri otasiga o‘xshamasin. Yetim bolasini hech kimdan kam qilmay yedirdi, o‘stirdi. Birovga horlatib qo‘ymadi. Armoni — o‘qita olmadi. Mana, bechora o‘g‘li taksistlik qilyapti. O‘g‘li kelguncha ona ming o‘lib, ming tiriladi. Duo qiladi. Joynamozdan jilmaydi. Uyqu qayoqda. Bir paytlar onaning allasi o‘g‘lini uyquga ketkazardi, endi esa, o‘g‘lining sharpasi onaizorga alla vazifasini o‘taydi. O‘sha sharpadan so‘nggina, ona xotirjam uyquga ketadi.
Tashqarida esa o‘g‘il sezdirmay uyga kirib olish dardida — “Ishqilib, “post”dan eson omon o‘tib olay-da...”.
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Hatto quloqchin (naushnik) simlari ham chalkashib ketadigan bu dunyoda, Alloh taolo 97 000 km tomirlarni chalkashtirib yubormaydi.
U (Alloh) har qanday xato va kamchiliklardan pokdir!
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Taqdirning ba’zi bir yo‘llaridan yolg‘iz, kuchsiz, ilojsiz bo‘lsang-da, bosib o‘tmaslikning imkoni yo‘q...
Bu qorong‘u yo‘laklar boshiga Seni turfa hil sabablar, turfa hil vositalar keltirib tashlaydi...
Ba’zan najotsiz o‘tgan kunlaringga o‘girilib qararkansan, aslida o‘zing boshqalar uchun "najot" bo‘lib yuborilganligingni tushunasan...
Ba’zan esa kimlarnidir xayotingga "sinov" bo‘lib yuborilganini-yu, ular bilan sinalganingni ham tan olging keladi...
Hamma gap ohirgi manzilimiz qayerda tugashiga bog‘liq.
Jannatdan umidvormiz...
To o‘sha so‘nggi manzil tomon intilarkanmiz, yo‘lda bizga uchraydiganlar xayrli odamlar bo‘lib chiqishini ham istayveramiz!
Balki shu boisdanmi, "Sen-la umr kechiruvchi jufting iymoningni yarmi bo‘ladi!" deyishadi...
Kimdir o‘sha yarim iymonda yutuqqa erishadi, kimdir esa yo‘q...
Insonlar borasida ham xayrlisini so‘rang, manzil tomon qadamingizga ana shundaylar dalda bo‘lishadi!
©️Ummu Zaynab Ummu
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🍀 Omonat....
Hazrat Umar r.a. bir juma kuni uylarida ushlanib qolib, masjidga hadeganda chiqavermadilar. Jamoat u kishini kutib qoldi. Nihoyat eshikda hazrat Umar koʻrinib, minbar tomon yoʻnaldilar.
- Kuttirib qoʻyganim uchun uzr! Egnimdagi libosimni yuvgan edim. Qurishi qiyin boʻldi. Kechikishimning sababi shu.
“Moʻminlar amiri, boshqa kiyim kiysangiz boʻlardiku. Shuni kiyish shartmidi?” - deguvchi topilmadi. Chunki hazrat Umarning boshqa kiyimi yoʻqligi hammaga maʼlum edi.
Umar ibn Xattob toʻrt xalifadan biri boʻlib, oʻsha vaqtda hozirgi Saudiya Arabistoni, Iroq, Eron, Suriya, Misr, Liviya va boshqa hududlarga hukmdorlik qilardi. Juda koʻp mulkka ega boʻlgan bayt-ul mol (xalq puli) uning qoʻlida edi.
Tirikligidayoq jannat kalitiga ega chiqqan, paygʻambarimiz Muhammad s.a.v. sanab oʻtgan oʻnlab insonlardan biri edi. Hatto u ham shunday oddiy yashadi. Endi fikr qiling! Ular kim ediyu biz kimmiz....?!
Solijonov sahifasidan.
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
Yo‘lning qiyinligidan umidsizlikka tushmang! "Sirot" ham jahhanam ustidadur... Ammo u jannatga olib boradi...
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
Bizda qadr-qiymat masalasi ikki kaft orasida oʻlchanadi. Qancha koʻp yaxshi koʻrsak, shuncha koʻp duolarimizda eslanadi...!
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Odamlardan farishtalikni talab qilmang...
Chunki bu dunyoda ojiz bandalar yashaydi farishtalar emas...
Xar birimiz adashamiz, xato qilamiz, bilib bilmay kimnidir koʻngliga ozor beramiz....
Lekin koʻnglimizga ozor bergan oʻsha yomonni xam, qandaydir bir yaxshi xislati.....
Biz uchun eng mukammal boʻlgan insonni xam bir yomon odati boʻladi...
Bizga ozorlarni eslab yurmasligimiz uchun Unutish va Kechirish tuygʻulari berilgan... Agar kechira olmasak demak biz xam yaxshi odam emasmiz.....
Shunday ekan yomon odamlar yoʻq... shunchaki yomon odatlar bor xalos....
Yaqinlaringizdan va doʻst-u yoringizdan kichkina yomon odati uchun voz kechmang... kechiring... unuting... 🙂
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
Болажоним😭
Эндигина кўзи ёриган ёш она кучли ҳаяжонда: – Чақалоғимни кўрсам бўладими? – деб сўради. Қучоғига юмшоқ бир юргак берилди ва бахтли она чақалоғининг жажжи юзини кўрмоқ учун унинг юзини очди ва ҳайратга тушганидан тили тутилиб қолди. Она ва чақалоқни кузатиб турган дўхтир шартта орқасига ўгрилиб деразадан кўчани томоша қила бошлади. Чақалоқнинг ...
Ўқинг фақат йиғламанг😔👇
🌿 O‘tmishda qilgan xatolaringizdan afsuslanmang. Agar ular bo‘lmasa, xozirgi darajangizda bo‘lmas edingiz...
Ishoning xunuk o‘tmishdan ko‘ra, xunuk buguningiz yomonroqdir. Eng achinarlisi esa kelajagingiz yomonroq bo‘lishi. Amallar nihoyasiga qarab o‘lchanar ekan, fursatni achinish uchun emas, o‘zingizni yaxshilash uchun sarflang...
Xabarlarda kelishicha Alloh taolo bandalariga shu qadar mehribon-ki, tavba bilan gunohlarni faqatgina nomai amoldan o‘chiribgina qolmay, bandam xijolat bo‘lmasin deya farishtalarning xotiralaridan xam o‘chirib yuborar ekan. O‘tmishdagi gunohlarni yo‘qotish uchun xam, kelajakdagi xayrni ko‘paytirish uchun xam imkoningiz bor. Umidingizni uzmang...
— Orif Taskinning "Hayot menga shuni o‘rgatdi" kitobidan.
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
ИНСОННИНГ САОДАТИГА САБАБ БЎЛУВЧИ ОМИЛЛАР
1.Солиҳ амал: "Эркакми ё аёлми - кимда - ким мўмин бўлган ҳолда бирон эзгу иш қилса, бас, Биз унга ёқимли ҳаёт бахш этурмиз" (Нахл сураси, 97-оят).
2. Яхши аёл: "... Парвардигоро, хотинларимиздан ва зурриётларимиздан бизларга кўз қувончини бахш эт ва бизларни тавбадорларга пешво қил !" (Фурқон сураси, 74-оят).
3. Кенг уй: Ҳамдис: "Эй Аллоҳ, мен учун ҳовлимни кенг қилгин".
4. Ҳалол, покиза касб: Ҳадис: " Аллоҳ покдир, покизаларни севар".
5. Чиройли хулқ ва инсонлар меҳрини қозониш: "Яна мени қаерда бўлсам баракотли қилди" (Марям сураси, 31-оят).
6. Қарздан саломат ва нафақада тежамкор бўлиш:
"Улар эҳсон қилганларида исроф ҳам, хасислик ҳам қилмаслар, (тутган йўллари) бунинг ўртасида-мўътадилдир" (Фурқон сураси, 67-оят).
"(Бахиллик қилиб) кўлингизни бўйнингизга боғлаб ҳам олманг.(Исрофгарчилик қилиш билан) уни бутунлай ёйиб ҳам юборманг!" (Исро сураси, 29-оят).
☝️ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
Tabassum qiling! Hech nima yo‘qotmaysiz. Robbingiz bor, rizqingiz bitib qo‘yilgan, umringiz belgilab qo‘yilgan. Atrofni hamisha go‘zal ko‘rmoq uchun, o‘zingiz go‘zal bo‘ling!
— Shayx Sha’roviy
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Sen esa namozni ega boʻlishni xohlaganlaringni soʻrash uchun, boshinga muammo tushganida yordam tilash uchun oʻqiladigan narsa deb oʻylading. Adashding, qattiq adashding, nafsim. Namoz aslida istaganlaringga erishish uchun sen egiladigan bosh emas, balki in'om etilganlar uchun sen qilishing kerak boʻlgan shukrdir...
— Onur Qoplon "Alfido" asaridan.
Ps. Kecha katta qiziqish bilan shu kitobni oʻqishni boshladim, boshladim-u, unga bir zumda shaydo boʻldim qoldim. Asarda har bir inson oʻzini koʻrgandek boʻladi, goʻyo... Juda hayotiy, qalbdan yozilgan ekan. Asar qahramoni bilan birgan yigʻlaysiz, birga kuyinasiz, birga tavba qilasiz... Nima boʻlganda ham hali hulosa qilishga erta ☺️ kitobni tugatib, albatta batafsilroq gapirib berishga harakat qilaman, Inshaalloh...
Mohinur ))
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
Suriyadagi zilziladan keyin vayronalar ichidan bir ayolni jasadini chiqarib olishdi. Yonida xujjatlari yo‘q, shaxsini aniqlashni iloji bo‘lmadi. Xujjatlarga no’malum shaxs deb qayd etishdi. Ammo uni yonidan ayolni qoriya ekanligidan dalolat beruvchi muhr topildi!
Xammasi tushunarli bo‘ldi,, yerda ro‘yxatdan o‘tmagan noma’lum shaxs, arshi a’loda esa ro‘yhatning eng tepasida turuvchi QORIYA ayol bo‘lib chiqdi u!
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Rashk
Sud zali. Er: – Bu ayol bilan yashashni istamayman! Xotin: – Men ham!
Sudya: Qaroringiz qatʼiymi?
Er-xotin: Qatʼiy!
Hukm: Shu kundan boshlab sizlar qonunan er-xotin emassiz! Sud zalidan chiqaverishda ayolning telefoni jiringladi. – Kim u!? Erkakning ovozimi? Nima ishi bor ekan senda? – Oʻzingiz-chi, sud davomida kotiba qizdan koʻzingizni uzmadingiz-ku!
Nilufar SAPEVA
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
Ozgina tabassum 🙃
🤔 Nega endi tilingni to’satdan tishlab olsang rosa og’riydi?
🙁 Nega endi tilingni atay tishlasang umuman og’rimaydi?
Nega endi hozir hamma tilini tishlab ko’ryapti? 🤭
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Biz eng ko’p onamizga yolg’on gapirdik(gapirdim):
-“Ahvoling qanday?” deb so’radi
-“Hammasi yaxshi” dedim.
(“Ko’nglimni sindirishdi, onajon, ahvolim og’ir” deyolmadim…)
-“Nimaga ko’zlaring kirtaygan?” deb so’radi
-“Bugun ko’proq ishladim, balki shungadir” dedim.
(“Xayolimdagi o’ylar tinchlik bermayapti, ko’zlarimni yumolmayapman” deyolmadim…)
-“Nimaga ovqatingni yemayapsan?” deb so’radi
-“Yaqindagini ovqatlangandim” dedim.
(“Atrofdagi zarbalar meni to’ydirib qo’ydi!” deyolmadim…)
-“Nega ko’zlaring qizargan?” deb so’radi
-“Shamolda nimadir kirdi shekilli” dedim
(Yig’ladim, onajon, yig’ladim…” deyolmadim…)
Men eng ko’p onamga yolg’on gapirdim…
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
"Yaxshi pishmapti,
Tuzi koʻp boʻlipti,
Limonsiz bemaza,
Qiymasi oz boʻlipti..." deb yoqtirmaganingiz nima bor boʻlsa, bu idishga qoʻying. BIZ OCHMIZ...
☝️ Darhaqiqat inson zoti oʻta noshukurdir...
📚 Ibratli Hikoyalar 📚