Хаётий ва Ибратли ҳикоялар... Хикматлар хазинаси... Инсон такдирини аччик синовлари... Hamkorlik va reklama uchun 👇👇 @Bronzam . . . . . .
Tabassum qiling! Hech nima yo‘qotmaysiz. Robbingiz bor, rizqingiz bitib qo‘yilgan, umringiz belgilab qo‘yilgan. Atrofni hamisha go‘zal ko‘rmoq uchun, o‘zingiz go‘zal bo‘ling!
— Shayx Sha’roviy
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Sen esa namozni ega boʻlishni xohlaganlaringni soʻrash uchun, boshinga muammo tushganida yordam tilash uchun oʻqiladigan narsa deb oʻylading. Adashding, qattiq adashding, nafsim. Namoz aslida istaganlaringga erishish uchun sen egiladigan bosh emas, balki in'om etilganlar uchun sen qilishing kerak boʻlgan shukrdir...
— Onur Qoplon "Alfido" asaridan.
Ps. Kecha katta qiziqish bilan shu kitobni oʻqishni boshladim, boshladim-u, unga bir zumda shaydo boʻldim qoldim. Asarda har bir inson oʻzini koʻrgandek boʻladi, goʻyo... Juda hayotiy, qalbdan yozilgan ekan. Asar qahramoni bilan birgan yigʻlaysiz, birga kuyinasiz, birga tavba qilasiz... Nima boʻlganda ham hali hulosa qilishga erta ☺️ kitobni tugatib, albatta batafsilroq gapirib berishga harakat qilaman, Inshaalloh...
Mohinur ))
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
Suriyadagi zilziladan keyin vayronalar ichidan bir ayolni jasadini chiqarib olishdi. Yonida xujjatlari yo‘q, shaxsini aniqlashni iloji bo‘lmadi. Xujjatlarga no’malum shaxs deb qayd etishdi. Ammo uni yonidan ayolni qoriya ekanligidan dalolat beruvchi muhr topildi!
Xammasi tushunarli bo‘ldi,, yerda ro‘yxatdan o‘tmagan noma’lum shaxs, arshi a’loda esa ro‘yhatning eng tepasida turuvchi QORIYA ayol bo‘lib chiqdi u!
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Rashk
Sud zali. Er: – Bu ayol bilan yashashni istamayman! Xotin: – Men ham!
Sudya: Qaroringiz qatʼiymi?
Er-xotin: Qatʼiy!
Hukm: Shu kundan boshlab sizlar qonunan er-xotin emassiz! Sud zalidan chiqaverishda ayolning telefoni jiringladi. – Kim u!? Erkakning ovozimi? Nima ishi bor ekan senda? – Oʻzingiz-chi, sud davomida kotiba qizdan koʻzingizni uzmadingiz-ku!
Nilufar SAPEVA
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
Ozgina tabassum 🙃
🤔 Nega endi tilingni to’satdan tishlab olsang rosa og’riydi?
🙁 Nega endi tilingni atay tishlasang umuman og’rimaydi?
Nega endi hozir hamma tilini tishlab ko’ryapti? 🤭
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Biz eng ko’p onamizga yolg’on gapirdik(gapirdim):
-“Ahvoling qanday?” deb so’radi
-“Hammasi yaxshi” dedim.
(“Ko’nglimni sindirishdi, onajon, ahvolim og’ir” deyolmadim…)
-“Nimaga ko’zlaring kirtaygan?” deb so’radi
-“Bugun ko’proq ishladim, balki shungadir” dedim.
(“Xayolimdagi o’ylar tinchlik bermayapti, ko’zlarimni yumolmayapman” deyolmadim…)
-“Nimaga ovqatingni yemayapsan?” deb so’radi
-“Yaqindagini ovqatlangandim” dedim.
(“Atrofdagi zarbalar meni to’ydirib qo’ydi!” deyolmadim…)
-“Nega ko’zlaring qizargan?” deb so’radi
-“Shamolda nimadir kirdi shekilli” dedim
(Yig’ladim, onajon, yig’ladim…” deyolmadim…)
Men eng ko’p onamga yolg’on gapirdim…
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
"Yaxshi pishmapti,
Tuzi koʻp boʻlipti,
Limonsiz bemaza,
Qiymasi oz boʻlipti..." deb yoqtirmaganingiz nima bor boʻlsa, bu idishga qoʻying. BIZ OCHMIZ...
☝️ Darhaqiqat inson zoti oʻta noshukurdir...
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Suratda ochlikdan halok bo‘lgan farzandini dafn qilishga hozirlik ko‘rayotgan ona tasvirlangan...
Bugungi dunyoning ahvoli:
• Afrika — suv va non;
• Yevropa — Ayfon va Samsung;
• Iroq, Suriya, Falastin, Yaman — hayot va o‘lim..
Darvoqe, suriyalik bolakayning ochlikdan vafot qilayotib "Oyijon, jannatda yegulik berishadimi?" deyishigacha majburlagan dunyoda yashayapmiz...
Biz esa isrof qilib yashayapmiz, kamiga juda noshukrmiz...😢
Nishondagi gap...
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Imkoniyat hammaga beriladi...
E’londa shunday yozilgandi:
- Dengiz bo‘yidagi uch qavatli villa sotiladi. Basseyn va bog‘i bor. Narxi bir dollar.
- Bema’nilik! - ming‘irladi daydi va gazetani irg‘itib yubordi.
Ko‘chada yegulik izlab yurib, devorga osilgan e’longa ko‘zi tushdi:
- Dengiz bo‘yidagi uch qavatli villa sotiladi. Basseyn va bog‘i bor. Narxi bir dollar.
- Adashib yozishganmikin? - o‘yladi u va yo‘lida davom etdi.
Shohko‘chaga chiqqach, katta qilib yozilgan e’lonni ko‘rdi:
- Dengiz bo‘yidagi uch qavatli villa sotiladi. Basseyn va bog‘i bor. Narxi bir dollar.
Daydi o‘ylanib qoldi. U bunday e’lonni qaysi ahmoq yozganligini bilishga qiziqdi va tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldi. Uning cho‘ntagida bir dollaridan boshqa yo‘qotadigan narsasi yo‘q edi. E’londagi manzilga borib, villaga ko‘zi tushdi.
Eshik qo‘ng‘irog‘ini chaldi. Eshikni bir go‘zal ayol ochdi.
- Kechirasiz, e’lon bo‘yicha keluvdim. Bu hazilmi?
- Nima deyapsiz! Aslo, hazil emas.
- Narxini aytaman: bir dollarmi?
- Ha bir dollar. Agar sotib olishni istasangiz, marhamat, kirib ko‘rishingiz mumkin.
Ko‘rganlaridan quvonchga to‘lgan daydi so‘nggi dollarini ayolga berdi va muhtasham villa sohibiga aylandi. Lekin baribir uning narxi nima uchun bunchalik arzonligini bilishga qiziqdi. Ayol unga jilmayganicha javob berdi:
- Marhum erim o‘limidan oldin qilgan vasiyatida ushbu villani sotishimni va pulini uning ma’shuqasiga berishimni aytgan. Erimning vasiyatini bajarishim kerak-ku. E’lon yarim yil osilib turdi va birgina siz ushbu e’longa qiziqib keldingiz...
Ozgina tabassum 🙃
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Chiroyli duolar ekan. Sizga ham ilindim dugonajonlar...
Mehribon Rahimli Alloh nomi bilan Boshlayman !
Allohim, Mehribonim,
Rahimli Rahmonim,
Xoliqim, Razzoqim,
Sultonim, Qiblagohim,
Sajdagohim Gʻoiblarni bilguvchi faqat Sensan, Bizlarni yo‘qdan bor qilgan zot o‘zingsan. O‘zingga banda, Xabibingga ummat qilganing uchun,O‘zini tanittirib Onalik (otalik) maqomini berganliging uchun O‘zingga Shukrlar,
Shukronalar bo‘lsin.
Robbim! Sendan Ojizlik bilan, xorlik, qullik bilan duo qilib so‘rayman o‘zingdan yalinib yolvorib so‘raganim gunohlarimni AFV ET, MAGFIRAT QIL. O‘tmishda qilgan katta-yu kichik, Kabira va Sag‘ira, Xufyona va oshkora gunohlarimni O‘zing kechir!Qolgan xayotimni, umrimni xayrli, barokatli, mazmunli, savobli amallar bilan o‘tkazishga qodir qil, Robbim! Dinu-Dunyo ishlarimni O‘zing o‘ngla, o‘zing oson qil, O‘zingdan boshqasiga, xatto o‘g‘il qizlarimgayam bir daqiqa, bir nafas muxtoj qilma, umrimni uzoq qilginki, sen bergan umrning natijasida tutolmagan ro‘zalarimni tutay, o‘qiyolmagan namozlarimni o‘qiy Sen meni nima uchun yaratgan bo‘lsang, faqat shu narsa bilan mashg‘ul bo‘lay, Kechasiyu - Kunduzi zikringda bo‘lib, Bergan ne’matlaringni Shukrini qilib, Sening rizoligingni topay, qarilik gashtini farzandlarim ardog‘ida,uylarining to‘rida, qo‘llarim hamisha duoda bo‘lib, Shirin so‘zlik bilan oʻg‘il-qizlarimga, Kelin, nevaralarimga Mehr berib , ulardan mehr-oqibat ko‘rishlikni nasib qil. Qayta-qayta Xaj, umralar qilib Ka’bai Muazzamani Tavoflar qilib, Ka’bapushga bosh qo‘yib erkalanish, Labbayka aytishdek Ulug‘ Baxtni nasib qil! Paymonam to‘lib, Umrim poyoniga yetganida Tahoratli pok xolimda, Men seni suyub turganimda, Sen meni sevib turganingda, Sen menga omonat qilib bergan butun vujudim O‘zimga bo‘ysinib turganida, tillarim zikringni qilgan xolatda, ko‘zlarim kalomingni ko‘rib turganida, Oyoqlarim ilm majlislaridan Uzilmagan vaqtlarida, Peshonam sajdada turgan xolatda,O‘z qo‘llarim bilan ehsonlar qilib, O‘zgalar omonati bo‘lsa Salomat bergan vaqtimda, Rizoligingni Topgan xolatimda, Laa ilaahaa Illalloh Muhammadur Rasululloh Kalimasi Tilimga jo bo‘lgan xolatda Omonatingni topshirishni so‘rayman!
Reaksiya bosib yaqinlaringizga yuborishni unutmang!
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌱 Shifoxonada yotgan qariyaning ahvoli to‘satdan og‘irlashib qoldi. Shifokor cholning aft-angorini ko‘rib, cho‘chib tushdi:
— Hamshira!
O‘limi yaqinlashganini sezgan chol:
— Shoshma, o‘g‘lim. Senga bir vasiyatim bor.
— Bolalaringizga xabar beraman...
— Yo‘q, shoshma! Avval gapimni eshit.
— Mayli, ayting.
Qariya ko‘zlarida yosh bilan:
— Uyimdagilarga kechqurun, soat 10 dan keyin xabar ber, bu juda zarur! Sababini so‘rama. So‘nggi iltimosim va vasiyatim shu...
Shifokor noiloj rozi bo‘ldi. Cholning joni peshinga yaqin uzildi. Vasiyatga amal qilib, uyidagilarga kechasi xabar qilishdi.
Tunda yetib kelgan to‘ng‘ich o‘g‘il:
— Kech xabar beribsiz? — dedi.
— Otangiz shunday vasiyat qildi.
— Vasiyat? — o‘g‘il turgan joyida kotib qoldi. Ko‘z yoshlari yonoqlariga oqib tusha boshladi, — Eh otaginam-a! Bugun men to‘y qilgandim... O‘g‘limning to‘yi buzilmasin deb, bechora otam hatto yaqinlari bilan ham vidolashmabdi-ya…
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿💔...
"Dada, men keldim... Bemalol bo'lib keldim. Ertalabdan keldim... Doim aytardingiz, "shoshib kelib, shoshib ketasan", deb. "Diydoringga to'ymayapmiz", der edingiz.. "Erta boraman, indin boraman deb sizni ko'p kuttirdim, vaqtida yo'qlolmadim.. Ihaq boʻlib, yoʻl poylashingingizni bilsam ham, oʻzimdan ortib kelolmadim... Xonangizga kirsam, tokchada men yaxshi ko'rgan tog' asali, yongʼoq, mayiz, yog'li qurut va... bir dasta pul turibdi. Onamning aytishicha, bularni men uchun saqlabsiz.. "Qizing kelganda beraman", deb kun sanabsiz.. Dada, sizning qo'lingizdan olganimdagina bu narsalar qadrli va yoqimli ekan... Endi hech biri tatimayapti... Dadajon, sizga manti qilib bermoqchi edim. Qovoq mantini yaxshi koʼrardingizku.. Ulgurolmadim... Endi hech qachon qovoq mantini yeyolmasam kerak, tomogʼimdan o'tmaydi, sizsiz..
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Bizning paytimizda g‘ijimlab otish yo‘q edi.
Yirtilsa, yamalar, tikilardi.
Hammasi yodimda — kattadan kichikka navbat bilan kiyilardi kiyimlar.
Ba’zan kichraygan kiyimlar o‘lchanar, kesilar, yopinchiq tikilardi.
"Uvol bo‘lmasin, qizim,- derdi buvim.- Bir joyga kerak bo‘ladi, bir narsaga kerak bo‘ladi..."
Bugun esa hamma narsa uvolu isrof.
Moddiy ne’matlarni qo‘ying, ma’naviy ne’matlaru, his- tuyg‘ular hattoki yaxshi insonlar ham uvol bo‘yapti...
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
Xotin nikohlariga oʻn yil toʻlganda eridan soʻramoqda:
– Men bilan yashashdan xursandmisiz?
Eri kuldi va: "Alloh seni yorlaqasin! Bu gaping bilan menga "Oʻzbekiston havo yoʻllari"ning ishini eslatib yubording. Oʻzi undan boshqa aviakompaniyamiz yoʻq. Ammo har uchganimda: "Bizni tanlaganingiz uchun sizdan minnatdormiz", – deb qoʻyadi. 😊
— Ayman Yogʻiy
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🖤 Yur Jannatga birga ketamiz…
Qur’onimiz bilan sunnatni olib, ozchilik ketayotgan yo’lga tushamiz…
Sen menga, men esa senga hamrohlik qilib..
Qani yur Jannatga birga ketamiz…
Qalbimiz berkitib shayton so’ziga, dunyoni qoldirib uning o’ziga…
G’arib ko’rinsak ham dunyo ko’ziga, qani yur Jannatga birga ketamiz, Jannat qalbligim…
Bilsang bas, tanlagan yo’limiz haqdir…
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Ta’lim dargohlarida jonzotlarning qancha turga ajralishi haqida gapirganlar inson joynamozda oladigan nafasning isidan og‘iz ochishmadi....
🌿 Imtixonlardan o‘tolmasak, yana bir yil o‘qishimizga to‘g‘ri kelishini aytishdi-yu, qabrda qaytadan imtixon topshirib bo‘lmasligi haqida gapirishmadi...
🌿 Ta’lim dargohidagi qoidalarni buzsak, jazoga tortilishimiz haqida ogohlantirishdi, biroq Allohning amrlariga itoat etmasak, bizni o‘rab olgan rahmatga qarshi isyon ko‘targan bo‘lishimiz to‘g‘risida miq etishmadi...
🌿 Holbuki, Yo Rab, Sening qoidalaringga amal qilganlar hatto chumoliga ham ozor bermaydi....
🌿 Holbuki, Yo Rab, Sening qoidalaringga rioya qilganlar ikki dunyoda ham saodatga erishadi...
— Orif Taskinning “Alfido” asaridan
Ps/ Kitob haqida yozgan postimizdan keyin koʻpchilik kitobni elektron variantini soʻrab yozishyapti. Afsus kitob yangi chop etilgan boʻlib, bilishimcha hali uning elektron varianti yoʻq. Oʻylashimcha, kitobni qoʻlda ushlab, varoqlab oʻqiganga yetmaydi baribir ☺️
Qalblar Allohning qo'lidadir... Alloh qalbingizni go'zal qalb ila to'ldirsin. Yuragingiz yoqimli sevgi bilan gullasin. Xudo sizni sevgingiz bilan asrasin... Sizni sevadigan va ranjitmaydigan, orzulari pok, tili asaldan shirin, ko'zlari haromga parda, aqli yomon o'ylardan xoli insonni Alloh taqdir yo'lingizda umr yo'ldosh qilsin... Omin.
🌿 Xayrli tun, qadrligim ))
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Saodat uyi haqida nimalarni bilasiz qadrligim?
1.Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning qabrlari.
2. Abu bakr roziyallohu anhuning qabri.
3. Umar roziyallohu anhuning qabri.
4. Oisha roziyallohu anho bu pardani Umar roziyallohu anhu koʻmilgandan keyin qoʻydi, Umar roziyallohu anhudan hayo qilib, chunki Umar roziyallohu anhu Oisha roziyallohu anhoga begona edi.
5. Boshqa Moʻminlar onalarining (paygʻambar sollallohu alayhi vasallam ayollarining) xonasiga chiqish eshigi.
6. Xonadan chiqish eshigi.
7. Oisha roziyallohu anhoning xonasi va yotadigan choyshablari (paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning vafotidan keyin).
8. Masjidga chiqadigan eshik.
9. Masjid nabiyni ziyorat qiladiganlar bu derazadan Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam, Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumlarga salom beradilar.
✨ Reaksiyalaringizni kutaman ))
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Bolalar uyiga borganimda, u yerda yoshiga nisbatan juda aqlli va shiringina qizchani ko'rdim. Bir kuni oʼsha qizaloq bilan gaplashib qoldik.
— Opa, pufakchalarni yaxshi koʼrasizmi? — qizaloq bayram arafasida xona shiftlariga osilgan rang-barang pufaklarga qarab gapirdi.
— Аlbatta, kim ularni yaxshi koʼrmaydi, deysan.
— Qiziq, ularning ichi boʼsh boʼlsa ham, hamma yaxshi koʼradi. Mening ichim toʼla mehr, lekin hech kimga kerak emasman...
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 U taksist edi. Har kuni kech qaytadi. Har kuni turli shirinliklar olib keladi. Xotini ko‘pincha uxlamay o‘tirgan bo‘ladi.
— Postdan eson omon o‘tib oldingizmi, — deydi u eriga hazillashib. U kuladi. “Postdan sezdirmay o‘tdim” deydi biroz jiddiylashib.
Ular yashaydigan hovlining etagida kichkina uy bor. Taksistning onasi yashaydi. U kelganida nuqul uyg‘oq bo‘ladi, albatta, o‘g‘ilga bu yoqmaydi. Qandaydir noqulay. Xotiniga olib kelgan narsalardan onasiga ham berib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun bu yerning nomini er-xotin “post” deb nomlab olishgan.
— Onangiz juda ta’magir-da, ertalabgacha sabr qilsalar, berasiz o‘sha ataganingizni, — deb suykaladi xotin.
Ona xavotir oladi. Zamon notinch. Taksistlik qiyin. Turli tuman odamlar chiqadi, yaxshi bor yomon bor. Otasining puliga mashinani pravasi bilan qo‘shib sotib olib, yurganlar ko‘p. Mashinani ichib xaydaydiganlar bor. O‘g‘liga qiyin. Eson-omon kelsin-da. Har kuni ona shu haqida o‘ylaydi. Qo‘sha qarisin. Turli balo-qazolardan o‘zing asragin. Ishqilib, umri otasiga o‘xshamasin. Yetim bolasini hech kimdan kam qilmay yedirdi, o‘stirdi. Birovga horlatib qo‘ymadi. Armoni — o‘qita olmadi. Mana, bechora o‘g‘li taksistlik qilyapti. O‘g‘li kelguncha ona ming o‘lib, ming tiriladi. Duo qiladi. Joynamozdan jilmaydi. Uyqu qayoqda. Bir paytlar onaning allasi o‘g‘lini uyquga ketkazardi, endi esa, o‘g‘lining sharpasi onaizorga alla vazifasini o‘taydi. O‘sha sharpadan so‘nggina, ona xotirjam uyquga ketadi.
Tashqarida esa o‘g‘il sezdirmay uyga kirib olish dardida — “Ishqilib, “post”dan eson omon o‘tib olay-da...”.
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Hatto quloqchin (naushnik) simlari ham chalkashib ketadigan bu dunyoda, Alloh taolo 97 000 km tomirlarni chalkashtirib yubormaydi.
U (Alloh) har qanday xato va kamchiliklardan pokdir!
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🧕🏻 Xotin eriga:
- Siz mendan qo’rqasiz!
🧔🏻♂ Er:
- O’zingcha nimalar deyabsan?!
🧕🏻 Xotin:
- Unda nega sovchilikka kelganda 4 ta odam bilan, unashtirishga kelganda 100 ta odam bilan, to’yga 300 ta odam bilan keldingiz, qalbim quvonchi
men sizni uyingizga bir o’zim keldim-ku…
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Germaniyalik shifokor aytadi:
- Arablarda ko‘zoynak ishlatilishi kamdan-kam uchraydigan holat. Sababi esa, ular o‘ngdan chapga qarab to‘g‘ri o‘qishadi. Biz yevropaliklar esa, lotinchani chapdan o‘ngga qarab o‘qiymiz. Holbuki, yaratilishiga ko‘ra, ko‘z o‘ngdan chapga qarab o‘qishga moslashtirilgan.
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
𝗣𝘀𝗶𝘅𝗼𝗹𝗼𝗴𝗶𝗸 𝘁𝗲𝘀𝘁 𝗳𝗮𝗾𝗮𝘁 𝗾𝗶𝘇𝗹𝗮𝗿 𝘃𝗮 𝗮𝘆𝗼𝗹𝗹𝗮𝗿 𝘂𝗰𝗵𝘂𝗻🌺
💋🌷Gullardan birini tanlang sizning tanlovingiz shaxsiyatingiz turini aytib beradi.💋🌷
Tez tanlab oling!
1️⃣🌸✨ 3️⃣🌹✨
2️⃣🌺✨ 4️⃣🌷✨
🥒🍅Қишга мазали тузламалар рецептлар🫑🍅
🍅🍅ПОМИДОРНИ КОНСЕРВАЦИЯСИЗ ЁПИШ🍅🍅
🥒🥒БОДРИНГ ТУЗЛАМА🥒🥒 СОЛЁНЫЙ 😋
🍅🥒ПОМИДОР МАРИНАДЛАШНИ ОСОН УСУЛЛАРИ🍅🥒
🍆🍆 БАҚЛАЖОНЛИ ИКРАЛАР 🍆🍆
🌶🌶ҚАЛАМПИР ТУЗЛАШ🌶🫑
😍😍ОСОН БУЗУЛМАЙДИГАН УСУЛДА МУЗЛАТИШ
👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/TP7HjVGUWDkvVKUD
🍀 O'zingizni baxtiyor eting
Bilasizmi? Ikki-uch bo'lmag'ur kishilar o'zingizni qiynashingizga arzimaydi... Yolg'on-yashiqni ma'rifat deb bilganlarni o'zingizga do'st tutmang... Sizni o'ylamaydiganlar uchun kechalaringizni bedor o'tkazishingiz shart emas... Va yana bir narsa: hech narsa yanoqlaringizga tabassum ilib olishingizdan muhim emas... 🙂 O'zingiz uchun ham o'zingizni oz bo'lsa-da baxtiyor eting!..
Har qanday holda ham Allohga nisbatan goʻzal gumon qiluvchilardan boʻling )) mana koʻrasiz, Inshaalloh hali hammasi yaxshi boʻladi 🙃 Har bir qaro tun ortida albatta yorugʻ bir tong bordir...!
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
‼️Hozirgi kunda trendga aylanayotgan syurprizlardan😀 biri bu kutilmaganda😀 yaqinlaringgizga qo'ng'iroq📞 qilish orqali professional boshlovchi tomonidan xursand qilish🎙 Tug'ulgan kun yoki boshqa sabablar bilan unitilmas tarzda qadrli insonlaringgizni tabriklash‼️
✅ Biz bilan shunday imkoniyatga ega bo'lasiz😀
✅ Professional boshlovchi🎤
✅ Kreativ mantaj 💥
✅ Unitilmas tilaklar📃
✅ Yaqin insoninggizni kutilmagan syurpriz tabriknoma💌 bilan sizni nominggizdan xursand qilamiz😀
✅ Estalik uchun sifatli audio🎙 va video yozuvi📽sizga taqdim etiladi. Yaqinlaringgizni xursand qilishni🎭 baxtli kunlaringgizni bizga ishonib topshirishinggiz mumkun🎬 Bu borada biz sizga yordam beramiz📲 Betakror tabriklar💌 loyihasi jamoasi yaxshi kunlaringgizda siz bilan birga🎬
‼️Biz bilan bog'lanish uchun adminga murojaat qiling ‼️
📱@video_xizmat24
Tel: +998999035318 📞
🌿 — Qattiq shamollabmanmi, hech tuzalay, demayapman. Onamlarnikiga borib, davolanib kelsammikin? Siz ham bolalar bilan qiynalyapsiz...
— Qachon "Onamnikiga boraman",
desang, "yo'q" demayman, gulim.
Faqat bu holatda enmas. Sabr qilamiz. Davolanishing, yotib dam olishing, kuchga kirishing uchun hamma sharoitni qilib beraman. Nimaiki dard orttirgan bo'lsang, hammasi - men, roʼzgʼorim, farzandlarim tufayli bo'ldi.
Kerak boʼlsa, do'xtirga olib boraman,
davolanasan. Faqat ota-onangga
sezdirma. Ularnikiga o' ynab-kulib
borib kel. Kasalingni koʼtarib borma.
Bo'ldi, sen u xonadondan chiqib
ketding. Sen menikisan - muammolaring, dardlaring ham meniki...
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🔥 ҲАЁТИНГНИ ЎЗГАРТИРИШГА ТАЙЁРМИСАН? 🔥
💪 Бу гал ёлғиз эмассан – биз билан БИРГА БЎЛ!
👭 Жамоа билан — ОСОНРОҚ, ҚИЗИҚАРЛИРОҚ ва САМАРАЛИРОҚ!
📅 СТАРТ: 7-Август
💸 НАРХИ: 69.000
⏳ ДАВОМИЙЛИК: 30 кун
🎯 НИМАЛАР КУТМОҚДА СЕНИ? ✅ Ҳафталик вазн назорати
✅ Шахсий диетолог маслаҳатлари
✅ Мотивацион чат ва доимий қўллаб-қувватлаш
✅ Қаттиқ диета ва дориларсиз!
🏄♀ Ишонч билан, эркинлик билан ва янги ҳаётга ҚАДАМ ҚЎЙ!
📥 ЖОЙЛАР СОНИ ЧЕКЛАНГАН!
📲 ҲОЗИРОҚ РЎЙХАТДАН ЎТИНГ:
📲 Биз билан боғланинг: 👇👇👇
@gozalxusanovna
📞 941631991
/channel/+zQ-EVBbPK143YjAy
#ДИҚҚАТ #МУҲИМ
😱 УЙИНГИЗДАГИ АТИГИ 1 ДОНА МАҲСУЛОТДАН ТАЙЁРЛАНАДИГАН ИЧИМЛИК ОРҚАЛИ СИЗ, МИОМА, КИСТА, БАЧАДОН ЯЛЛИҒЛАНИШИ ВА ҲИДЛАНИШЛАР БАРЧАСИГА ДАВО ТОПАСИЗ !!!
‼️ Гинекологлар биздан бу сирли рецептни ҳалигача яшириб келишмокда!
☝️ Бу рецептни ҳар бир аёл-қиз, айниқса ҳомиладорликни режа қилаётган аёллар билишлари шарт!
Бу маҳсулот.... батафсил ўқиш...👇