baholashuz | Unsorted

Telegram-канал baholashuz - Bilimni baholash agentligi

111858

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info@uzbmb.uz 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz

Subscribe to a channel

Bilimni baholash agentligi

📚📚📚📚📚📚📚📚

📚 Umumta’lim fanlaridan milliy test tizimi hamda chet tillari bo‘yicha repetitsion (diagnostik) test sinovlari uchun ro‘yxatga olish boshlandi

🏢 2025-yil 5- may kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan quyidagi fanlar bo‘yicha navbatdagi repetitsion test sinovlari o‘tkaziladi:

Umumta’lim fanlari:
🌓 fizika
🌎 geografiya
🌱 biologiya

Chet tillari:
🇺🇸 ingliz tili
🇸🇦 arab tili
🇹🇷 turk tili

🗺 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

🗓 Ro‘yxatga olish muddati - 28-aprel soat 10-00 ga qadar.

📝 Test o‘tkazish kuni 5-may. (Test o‘tkazish joyi va vaqti ruxsatnomada ko‘rsatiladi. Test sinovlaridan uch kun oldin ruxsatnomalar taqdim etiladi.)

🤖 Natijangizni @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

👥 MOCK guruhi @mockbba

☎️ Murojaat uchun:

🔹 (95) 515-68-68.

🏢 @IlmiyMarkazUz

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🔸 Ingliz tili hamda arab tilini bilish darajangizni xalqaro darajada tasdiqlovchi iTEP va Attanal Alarabi imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

🗺 Imtihon endilikda 9 ta hududda ham o‘tkaziladi.

☎️ Murojaat uchun:

🔹 (95) 515-68-68.

🏢 @IlmiyMarkazUz

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

📅Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Madjit Malikovich Karimov 16-aprel kuni Bilim va malakalarni baholash agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilgan yangi binosiga tashrif buyurdi.

📚Mazkur bino yil davomida test sinovlarini o'tkazishga mo'ljallangan bo'lib, tashrif davomida Madjit Malikovich Karimov abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

📝Shu kunning oʻzida Bilim va malakalarni baholash agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi binosida o‘quv markaz rahbarlari, maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida "Sayyor qabul" o‘tkazildi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Farg‘ona viloyatida sayyor qabul

📋Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

📍Navbatdagi sayyor qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi bosh mutaxassisi Normurodov Asror Bazarovich tomonidan Farg‘ona viloyatida o‘tkaziladi.

Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashda natijalarni RASH modeli (Rasch model) asosida hisoblash yuzasidan talabgorlarga tushuntirishlar beriladi.


📆Sayyor qabul 18-aprel kuni soat 14:00 da – Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi (Farg'ona shahri, Al-Farg'oniy ko‘chasi, 82-uy)da bo‘lib o‘tadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Qoraqalpog‘iston Respublikasida sayyor qabul o‘tkazildi.

📅 Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan sohaga oid muammolarni joylarda o‘rganish, hal qilish maqsadida navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 16-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazildi.

✅Sayyor qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi binosida o‘quv markaz rahbarlari, maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida tashkil etildi.

📝Sayyor qabulga tashrif buyurgan fuqarolar, o‘quv markaz rahbarlari, o‘quvchilar va abituriyentlarning murojaatlariga tegishli tartibda huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ular tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar Agentlik tomonidan o'rganib chiqilishi bildirib o‘tildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida sayyor qabul

✍️Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

🗓 Navbatdagi sayyor qabullar Bilimni baholash agentligining Test texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Olimbekov Zafarbek Olimbek o‘g‘li tomonidan o‘tkaziladi.

👇

Unda umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari yuzasidan fuqarolar murojaatlari qabul qilinadi.


✅ Sayyor qabul:

📍 16-aprel kuni soat 15:00 da – Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limi binosida (Sirdaryo viloyati Guliston shahri 4-mavze "Buyuk kelajak" massivi);

📍17-aprel kuni soat 10:00 da – Jizzax davlat pedagogika universiteti akademik litseyi faollar zali (Jizzax shahri "Sayiljoyi" MFY Sayiljoyi ko‘chasi 45-uy);

📍18-aprel kuni soat 10:00 da – Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi (Samarqand shahri Amir Temur ko'chasi 70-uy)da bo‘lib o‘tadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Qoraqalpog‘iston Respublikasida sayyor qabul

📋Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

📆 Navbatdagi sayyor qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkaziladi.

✅ Sayyor qabul 16-aprel kuni soat 11:00 da – Qoraqolpog'iston Respublikasidagi Bilim va malakalarni baholash agentligi binosi (Nukus shahri, Janabazar MFY, Nukus To'rtko'l avtomagistrali shossesi, 53/2-uy)da bo‘lib o‘tadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🇺🇸 iTEP imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi!

📢 Hurmatli talabgorlar!

Ingliz tilini bilish darajangizni xalqaro darajada tasdiqlovchi iTEP (International Test of English Proficiency) imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

🗺 Imtihon endilikda 9 ta hududda ham o‘tkaziladi:

📝 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 21-aprelgacha — ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish zarur.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: 👉 my.uzbmb.uz/ilmiy-service

💰 To‘lov havolasi:👉 payme.uz to‘lov sahifasi

💰 Imtihon narxi: 1 657 000 so‘m

📊 Natijalar: 24 soat ichida e'lon qilinadi.

🇺🇸 iTEP sertifikati orqali siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga topshirishingiz mumkin!

📚 iTEP diagnostik test:
👉 https://www.iteptest.com/preview

🔻 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan imtihon o‘tkaziladigan joylar:
➡️ https://telegra.ph/Ilmiy-oquv-amaliy-markazi-04-14-2

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📱 @bba_ilmiy_markaz

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi

✅ 2025-yil 14-aprel kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

🗺 Mazkur test sinovi talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 13 ta hududida tashkil etildi.

📚 Test sinovida talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 50 ta test topshirig‘i (har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball) va ularni ishlash uchun 100 daqiqa vaqt berildi.

🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Test natijalariga ko‘ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 2025-yil 12–13-aprel kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 39 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 11 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

✅ Mazkur fandan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlari 19–20-aprel (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tishi belgilangan.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

📆 Sayyor qabul o‘tkazildi

😎 Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bilimni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

🗓Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 11-aprel kuni Bilimni baholash agentligi direktori maslahatchisi Xayitov Abduvoxxob Tolliboyevich tomonidan Navoiy viloyatida o‘tkazildi.

✅ Ushbu tadbir Navoiy viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasida tashkil etildi. Sayyor qabul davomida Bilimni baholash agentligi faoliyatiga oid ma'lumotlar taqdim etildi hamda fuqarolarning savollariga batafsil javob berildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

📚 Bugun - Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun!

🗓 10-aprel 1894

Bugun o‘zbek adabiyotining buyuk namoyandasi, roman janrining asoschisi, nodir iste’dod egasi Abdulla Qodiriy dunyoga kelgan kun!

✍️ U “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” kabi durdona asarlari bilan o‘zbek adabiyotida yangi sahifa ochgan. Qodiriy ijodida millat, erk, muhabbat va halollik kabi ulug‘ tushunchalar o‘z aksini topgan.

🕊 U 1938-yilda hayotdan erta ketgan bo‘lsa-da, uning ma’naviy merosi hanuz xalq yuragida yashab kelmoqda.

📖 Abdulla Qodiriy – o‘zbek romanchiligining otasi!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Navoiy viloyatida sayyor qabul

📋Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

📆 Navbatdagi sayyor qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi direktor maslahatchisi Xayitov Abduvoxxob Tolliboyevich tomonidan Navoiy viloyatida o‘tkaziladi.

✅ Sayyor qabul 11-aprel kuni soat 15:00 da – Navoiy viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasi (Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 41a-uy)da bo‘lib o‘tadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

📚 ONLAYN DIAGNOSTIK TEST — Endi test topshiriqlarini elektron shaklda – onlayn ishlang va natijangizni darhol bilib oling!

🏢 Universitetga kirish testlariga tayyorlanyapsizmi? Unda siz uchun ajoyib imkoniyat mavjud!

📤 Endi abituriyentlar diagnostik test materiallarini elektron shaklda olishlari, test topshiriqlarini onlayn yechishlari va javoblarini darhol tekshirishlari mumkin!

🖥 Xizmat qanday ishlaydi?
Rasmiy platformaga kirib ro‘yxatdan o‘ting: https://my.uzbmb.uz/
Test fanlarini tanlang va diagnostik testni yuklab oling
Javoblaringizni tizim orqali avtomatik tekshirib, natijangizni bilib oling

Nega bu test sizga foydali?
🎯 Test savollarining shakli va murakkabligi haqidagi real tasavvurga ega bo‘lasiz.
🧠 Bilimingizni baholaysiz va qaysi yo‘nalishlarda tayyorgarlikni kuchaytirish kerakligini aniqlaysiz.
🏫 Universitetga kirish testlarining formati bilan tanishasiz.
📈 Imkoniyatlaringizni oshirasiz!

💡 Kimlar uchun?
• Abituriyentlar
• Universitetga tayyorlanayotgan o‘quvchilar
• Repetitorlar bilan shug‘ullanayotganlar
• Test savollarini oldindan ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan barcha

🕐 Foydalanishga oson, qulay va istalgan vaqtda onlayn!

🏢 @IlmiyMarkazUz

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Ovozli_chat
Milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha ovozli chat

📆
Ertaga (9-aprel kuni) soat 16:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida ovozli chat o‘tkaziladi.

✅ Ovozli chat 2025-yil 12–13-aprel va 19–20-aprel (shanba-yakshanba) kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga javob beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Jizzax viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi

✍️ Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish va hal qilish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati tomonidan hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

✅ Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 17-aprel kuni Bilimni baholash agentligining Test texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Olimbekov Zafarbek Olimbek o‘g‘li tomonidan Jizzax viloyatida o‘tkazildi.

📚 Sayyor qabulda Agentlik tomonidan o‘tkazilayotgan umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholash milliy test tizimi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi hamda milliy sertifikat imtihonlari yuzasidan fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

🔰 Sayyor qabulga tashrif buyurgan fuqarolar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va abituriyentlarning murojaatlariga tegishli tartibda huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, ular tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar agentlik faoliyatida inobatga olinishi bildirib o‘tildi.

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Xorazm viloyatida sayyor qabul

📋 Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

📆 Navbatdagi sayyor qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi direktor maslahatchisi Nurmatov Javlonbek Abdunabiyevich tomonidan Xorazm viloyatida o‘tkaziladi.

✅ Sayyor qabul 21-aprel kuni soat 15:00 da – Xorazm viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasi (Urganch shahar, G‘.G‘ulom 1-tor ko‘chasi 6-uy)da bo‘lib o‘tadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Sirdaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi

✍️ Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish va hal qilish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati tomonidan hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

✅ Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 16-aprel kuni Bilimni baholash agentligining Test texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Olimbekov Zafarbek Olimbek o‘g‘li tomonidan Agentlikning Sirdaryo viloyatidagi bo‘limi binosida o‘tkazildi.

📚 Sayyor qabulda Agentlik tomonidan o‘tkazilayotgan umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholash milliy test tizimi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi hamda milliy sertifikat imtihonlari yuzasidan fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

🔰 Sayyor qabulga tashrif buyurgan fuqarolar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va abituriyentlarning murojaatlariga tegishli tartibda huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, ular tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar agentlik faoliyatida inobatga olinishi bildirib o‘tildi.

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Navoiy viloyatida sayyor qabul

📋Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

📆 Navbatdagi sayyor qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi Pedagogik o‘lchovlarni rivojlantirish ilmiy tadqiqot bo‘limi boshlig‘i Ermamatov Mirshod Jumaqulovich tomonidan Navoiy viloyatida o‘tkaziladi.

Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashda natijalarni RASH modeli (Rasch model)asosida hisoblash yuzasidan talabgorlarga tushuntirishlar beriladi.


✅ Sayyor qabul 18-aprel kuni soat 15:00 da – Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyi (Navoiy shahri, G‘alaba shohko‘chasi, 186-uy)da bo‘lib o‘tadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Guruh nazoratchiligiga seminarda ishtirok etgan talabgorlar diqqatiga!

📣 Bilimni baholash agentligi tomonidan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.

📱 Unga ko‘ra 2025-yil 1-fevraldan 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga ikkinchi tanlov” bo‘limi orqali nomzodlar ro‘yxatga olindi.

📆 Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun barcha hududlarda 24-martdan 1-aprelgacha oflayn tarzda o‘quv-seminar mashg‘ulotlari bo'lib o'tdi.

✅ 2025 -yil 21-aprel kuni o‘quv-seminar mashg‘ulotlarida qatnashgan talabgorlar uchun test sinovlari tashkil etiladi.

📝 Ruxsatnomada nomzodlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, ruxsatnomani my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin.

Izoh: Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar tanlovning suhbat bosqichiga o‘tkaziladi. Test sinoviga kelmagan talabgorlar tanlovdan chetlatiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🌱 Ekologiyaga oid bilimlar kuni 🌍

Bugun, 2025-yil 15-aprel kuni, yurtimizda ilk bor "Ekologiyaga oid bilimlar kuni" sifatida nishonlanmoqda!

🔹 Ekologik madaniyatni oshirish — bu har birimizning burchimiz. Shunday ekan, tabiatga mehr, kelajak avlodga esa toza muhit qoldirish yo‘lida birgalikda harakat qilaylik!

♻️ Tabiatni asraylik. Kelajagimizni himoya qilaylik!

#EkologiyaKuni

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

📢 Attanal Alarabi imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi!

😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan At-tanal Al-Arabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda!

🇸🇦 At-tanal Al-Arabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihon hisoblanadi.

🗺 Imtihon endilikda 9 ta hududda ham o‘tkaziladi:

💻 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 21-aprelgacha

💰 Imtihon narxi: 1 267 000 so‘m

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish: USTIGA BOSING

💰 To‘lov qilish: USTIGA BOSING

🔻 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan imtihon o‘tkaziladigan joylar:
➡️ https://telegra.ph/Ilmiy-oquv-amaliy-markazi-04-14-2

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

📱 @bba_ilmiy_markaz

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#sertifikat_natija

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2025-yil 15–16-mart kunlari o‘tkazilgan kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball.

❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️

⚡️ Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

🆔 2025-yil 14-apreldan 🧑‍🔬 kimyo, 🌓 fizika, 🏛 tarix, 🌱 biologiya, matematika va 🌎 geografiya fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi.

✍️ Ro‘yxatga olish 20-aprel 23:59 ga qadar davom etadi.

❗️21-aprel – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

🗓 Test sinovlarini 3-4-, 24-25-may kunlari oʻtkazish rejalashtirilmoqda. Test sinovining aniq sanasi, joyi va vaqti ruxsatnoma orqali ma’lum qilinadi

❗️ DIQQAT! Test sinovining aniq sanalari talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Ichki ishlar vazirligi tizimidagi xodimlarning bilimi sinovdan o‘tkazildi

🇺🇿Davlat boshqaruv akademiyasida tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari, tashkiliy boshqarma boshlig'ining o‘rinbosarlari hamda ichki ishlar akademiyasi magistratura tinglovchilari uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish, mahalla jinoyatchiligini barvaqt oldini olish hamda energetik xavfsizlikni ta'minlash faoliyatini samarali tashkil etish mavzularida o‘quv-amaliy seminarlar bo‘lib o‘tdi.

⚖️ 2025-yil 12-aprel kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘quv-amaliy seminar yakuni bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.

💻Test sinovi kompyuterda elektron shaklda o‘tkazilib, talabgorlar o‘z natijalarini shu zahotiyoq bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#imtihon_video_lavha_1

📹 5-6-aprel kunlari o‘tkazilgan chet tili imtihonlarining yozma qismidan video lavhalar
🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 7-25-aprel kunlari bo‘lib o‘tmoqda.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislariga sertifikat berish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi

✅ Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda.

🖥 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimida 2025-yil 10-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

👨‍🏭Test sinovlarida jami 513 nafar talabgor ishtirok etdi.
🚫Test sinovlaridan jami 5 nafar talabgor tartib qoidalarni buzgani uchun chetlatildi.

❇️ Talabgorlar imtihon natijalarini shu vaqtning o‘zida bilishadi hamda test sinovlari qaydnomasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Ovozli_chat

Milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha ovozli chat

📆
Bugun soat 16:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida ovozli chat o‘tkazildi.

✅ Ovozli chat 2025-yil 12–13-aprel va 19–20-aprel (shanba-yakshanba) kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etdi va ishtirokchilarning savollariga javob berdi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🌐 TOEFL iBT va GRE testlari ETS tashkilotining rasmiy test markazi – Ilmiy-o‘quv amaliy markazida!

📣 Rasmiy ETS hamkorligi asosida! Promo kod orqali $30 chegirma bilan test topshiring!

💎 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi dunyo miqyosida tan olingan — TOEFL iBT va GRE testlarini o‘tkazish bo‘yicha ETS (Educational Testing Service) bilan rasmiy hamkorlik qilmoqda.

👑 TOEFL IBT testini topshirish to‘lov miqdori ETS tashkiloti tomonidan 195 AQSh dollari etib belgilangan. Lekin ro‘yxatdan o‘tish jarayonida markazning UZB1013101 promo kodini kiritish orqali siz 30 AQSh dollari miqdorida chegirmaga ega bo‘lishingiz mumkin.

🟢 Promo kod: UZB1013101

🗺 Test markazi: Ilmiy-o‘quv amaliy markaz (Scientific and Educational Practical Center under The Agency for Assessment of Knowledge and Competences)

Nega aynan TOEFL iBT va GRE?
🌍 TOEFL iBT — AQSh, Kanada, Yevropa va boshqa ko‘plab mamlakatlardagi 11 500+ universitetda tan olinadi.
🎓 GRE — magistratura va doktorantura bosqichiga kirishda talab etiladigan yetakchi test.
Testlarni markazimizda qulay, zamonaviy sharoitda, rasmiy va xavfsiz muhitda topshirasiz.

Ilmiy-o‘quv amaliy markaz sizga taklif qiladi:
• ETS tomonidan akkreditatsiyalangan test markazi
• Malakali texnik ko‘mak va koordinatorlar
• Bepul ro‘yxatga olish bo‘yicha maslahat (@bba_ilmiy_markaz)
• Chegirmali promo kod orqali tejamkor imkoniyat
________________________________________

💎 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: (@bba_ilmiy_markaz)

🏢 @IlmiyMarkazUz

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#test

Milliy test tizimida ekspertlik, imtihonlar va malaka oshirish bo‘yicha yangi imkoniyatlar!


🧑‍🔬 Kimyo fanidan ekspert sifatida ishlash imkoniyati

🔶 Ona tili va adabiyot fanidan tashqi ekspert sifatida ishlash imkoniyati

🇹🇷 Turk tilidan jamoatchi (tashqi) ekspert sifatida ishlash imkoniyati

🌱 Biologiya fanidan ekspert sifatida ishlash imkoniyati

⚠️ Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi

❗️ TOEFL iBT va GRE imtihonlari

🇺🇸 iTEP imtihoni

😎 Attanal Alarabi imtihoni

🔷 Chet tilini (ingliz, arab, turk tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi

🇺🇿 Ona tili va adabiyot fanidan (milliy test tizimi bo‘yicha ) repetitsion test sinovi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…
Subscribe to a channel