🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info@uzbmb.uz 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz
#natija_chet_tili
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2025-yil 15-fevraldan 12-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
🇺🇸🇺🇸🇺🇸 😊😊😊
Chet tilini (🇺🇸 ingliz, 🇸🇦 arab, 🇹🇷 turk tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi
✅ 2025-yil 14-aprel kuni soat 9:00 da Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan tashkil etiladigan chet tilini (ingliz, arab, turk tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi
🗺 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
🗓 Ro‘yxatga olish muddati — 07-aprel soat 10-00 ga qadar.
⏳ To‘lov qilish muddati — 07-aprel soat 10-00 ga qadar.
✍️ Test o‘tkazish kuni — 14-aprel.
🤖 Natijangizni @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.
👥 MOCK guruhi @mockbba
☎️ (95) 515-68-68
🏢 @IlmiyMarkazUz
Davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi
✅ 2025-yil 26-fevral kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.
📱 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini dt.uzbmb.uz sayti orqali bilishlari va o‘z sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.
👨🏻💻 Buning uchun “Natijani ko‘rish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi
#turk_tili
✅ 2025-yil 2-mart kuni turk tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.
🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 2025-yil 3-martdan 14-martga qadar gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.
👨🏻🎓 Unda 4 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.
❕ Izoh: Test sinovi natijalari 24-martda e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Diagnostik test xizmati elektron shaklda yo‘lga qo‘yildi
Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMlarga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari o‘tkaziladi.
🖥 Mazkur xizmat hozirga qadar qogʻoz shaklida ko‘rsatilgan boʻlib, endilikda ushbu xizmatdan elektron shaklda foydalanish mumkin.
✅ Bunda barcha "Diagnostik test materiallarini elektron shaklda olish" xizmati orqali diagnostik test sinovi topshirib, uning natijasini "Diagnostik test sinovlari natijasini onlayn tekshirish" xizmati orqali tekshirishlari mumkin.
📚 Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimini sinovdan o‘tkazish va OTMlarga kirish test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Abituriyent2025 #JavoblarVaraqasi
⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.
💾 Javoblar varaqasini PDF shaklida yuklab olish.
👉 Fanlar majmuasi bu yerda
Bizni kuzating
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi
✅ 2025-yil 15-16-fevral kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.
🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 2025-yil 17-fevraldan 12-martga qadar gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.
👨🏻🎓 Unda 63 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.
❕ Izoh: Test sinovi natijalari 19-martda e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Ovozli_chat
2025-yil 12-mart kuni kimyo va biologiya fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning yozib olingan shakli e'tiboringizga havola etilmoqda.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Ovozli_chat
Kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha ovozli chat
📆 Ertaga (12-mart kuni) soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida ovozli chat o‘tkaziladi.
✅ Ovozli chat kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.
🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga javob beriladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
📆 2025-yil 10-mart qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilanganligi sababli, 15-16 - fevralda o‘tkazilgan chet tili imtihonining gapirish bo‘yicha sinovi 12-mart sanasiga ko‘chirilidi.
✅ Talabgorlar ruxsatnomada belgilangan vaqtda belgilangan joyga borishlari lozim.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
🟦🟦🟦
😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yildagi ustuvor vazifalar
🎙 Spiker: direktor maslahatchisi Nurmatov Javlonbek Abdunabiyevich.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi
📣 Chet tili (turk tili)ni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra:
✏️imtihonning yozma qismi — 2-mart kuni;
🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 3-14-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
❗️ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.
📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-02-27
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Navoiy viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi
Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bilimni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 24-fevral kuni Bilimni baholash agentligi direktor o‘rinbosari Farhod Mirzayev tomonidan Navoiy viloyatida o‘tkazildi.
Mazkur tadbir Navoiy viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasida aholi vakillari, yoshlar, maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida Bilimni baholash agentligi faoliyatiga tegishli masalalar bilan murojaat qilgan fuqarolar shaxsan qabul qilinib, ko‘tarilgan masalalarni hal qilishga yaqindan yordam berildi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda
Attanal Alarabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi.
Bunda nomzodlarning:
🔵 tinglab tushunish
🔵 o‘qish
🔵 gapirish
🔵 so‘z boyligi va grammatika
🔵 yozish ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi.
📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlar 11-martga qadar ro‘yxatga olinadi va to’lovni amalga oshirishadi.
➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: USTIGA BOSING
💰 To’lov qilish uchun havola: USTIGA BOSING
💰 Attanal Alarabi imtihoni narxi – 1 540 000 so‘m.
🗺 Imtihon 14-mart kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati) o‘tkaziladi.
☎️ (95) 515-68-68
🏢 @IlmiyMarkazUz
📖 Aniq va tabiiy fanlardan bilim darajasini baholash bo‘yicha test topshiriqlalini shakllantirish o‘quv dasturi asosida malaka oshirish kurslari
📖 Aniq va tabiiy fanlardan bilim darajasini baholash bo'yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
🗓 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, darslar 12-martdan onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.
⏳ Malaka oshirish kursida mashg‘ulotlar test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy shaklda o‘zbek tilida o‘tkaziladi.
✅ Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda A+ va A darajadagi Milliy sertifikatga talab qilinadi) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
😎 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 11-mart kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda malaka oshirish kursida ishtirok etishlari mumkin.
☎️ (95) 515-68-68
🏢 @IlmiyMarkazUz
⚡️ Guruh nazoratchiligiga ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar diqqatiga!
📣 Bilimni baholash agentligi tomonidan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.
📱 Unga ko‘ra 2025-yil 1-fevraldan 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga ikkinchi tanlov” bo‘limi orqali nomzodlar ro‘yxatga olindi.
📆 Ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun barcha hududlarda 24-mart kunidan oflayn tarzda o‘quv-seminar mashg‘ulotlari boshlanadi.
✅ O‘quv-seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etish bo‘yicha ruxsatnoma nomzodlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.
📝 Ruxsatnomada nomzodlar qachon, qayerda seminarda ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, ruxsatnomani my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin.
❕ Izoh: o‘quv-seminar mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
🌱 “Dolzarb bir oylik” – obodonlashtirish va yashil muhit sari muhim qadam!
😎 Bilimni baholash agentligi va uning hududiy bo‘limlari “Dolzarb bir oylik” obodonlashtirish safarbarligida faol ishtirok etmoqda. Ushbu tashabbus doirasida atrof-muhitni tozalash, hududlarni obodonlashtirish va yashillikni ko‘paytirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
✍️ Tashabbus doirasida quyidagi ishlar olib borilmoqda:
✅ Daraxt va gul ko‘chatlarini ekish, yashil maydonlarni kengaytirish;
✅ Chiqindilarni saralash va tozalash tadbirlarini amalga oshirish;
✅ Hududlarni tozalash, qurigan shox-shabbalarni yig‘ishtirish va chiqindilarni olib chiqish;
✅ Ish joylarida ekologik madaniyatni shakllantirish va energiya tejash choralarini ko‘rish.
🌿 Obodonlashtirish faqatgina tashqi ko‘rinishni yaxshilash emas, balki jamiyatimiz kelajagiga qo‘shilgan muhim hissa hamdir!
Atrof-muhitni asrash va yashil makon yaratish orqali nafaqat shahar va qishloqlarimizni go‘zallashtiramiz, balki ekologik muhitni yaxshilashga ham katta hissa qo‘shamiz. Har bir ekilgan ko‘chat kelajak avlodlar uchun sof havo va sog‘lom muhit demakdir.
Tabiat bizdan e’tibor kutadi! Har birimiz o‘z atrofimizni obodonlashtirishga hissa qo‘shishimiz kerak. Keling, birgalikda toza, yashil va ozoda muhit yaratamiz!
📢 Siz ham ushbu tashabbusga qo‘shiling va tabiatni asrash yo‘lida o‘z hissangizni qo‘shing!
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 2025-yil 15–16-mart (shanba-yakshanba) kunlari kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.
📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
📝 Unda jami 31 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 39 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
✅ Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Ko‘zi ojiz shaxslar uchun chet tili imtihoni o‘tkazildi
#maxsus_imtihon
📆 Bilimni baholash agentligi tomonidan ko‘zi ojiz shaxslarga xorijiy tillarni o‘rganishda qulay va maqbul muhit yaratish maqsadida alohida format ishlab chiqilib, 2024-yil noyabr oyida aprobatsiyadan o‘tkazilgan edi.
✅ Aprobatsiyadan kelib chiqqan holda tizim yanada takomillashtirilib, 2025-yil fevral oyida ko‘zi ojiz shaxslar uchun alohida format asosida chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari tashkil etilgan edi.
✅ 2025-yil 14-mart kuni ko‘zi ojiz shaxslar uchun alohida format asosida chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari ham talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kompyuterda maxsus ishlab chiqilgan dastur asosida o‘tkazildi.
🎧 Imtihon tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalarini baholashga asoslangan bo‘lib, jarayonda talabgorlarga assistent biriktirildi hamda respublika bo‘yicha jami 57 nafar talabgor ushbu maxsus imtihonda ishtirok etdi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Abituriyent2025 #BaholashMezoni
☄️ 2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).
💬Unga ko‘ra:
◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.
◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.
🟩2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
‼️Eslatma o‘rnida
👉 Fanlar majmuasi bu yerda
👉 Javoblar varaqasi bu yerda
Bizni kuzating
#Sayyor_qabul
Qoraqalpog‘iston Respublikasida sayyor qabul
📋Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
📆 Navbatdagi sayyor qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-oʻquv amaliy markazi boshligʻi Baratov Akmal Abdumajitovich tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkaziladi.
✅ Sayyor qabul 14-mart kuni soat 11:00 da – Bilim va malakalarni baholash agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi (Taxiatash guzari ko‘chasi raqamsiz uy)da bo‘lib o‘tadi.
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2025-yil 15–16-mart (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.
❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni (ko‘zi ojizlar) uchun ruxsatnomalar taqdim etildi
🔔 Ko‘zi ojiz talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari 2025-yil 14-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
📱 Talabgorlar imtihon joyi va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
❗️Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida 30 daqiqa oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
🌷 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!
Bilimni baholash agentligi barcha xotin-qizlarni ushbu ajoyib ayyom bilan muborakbod etadi hamda mustahkam sog‘liq, baxt va oilaviy farovonlik tilab qoladi.
Sizlarga izlanishdan to‘xtamaslikni, yangiliklarga intilib yashashni, yangi marralarni zabt etishni tilaymiz.
Hozir cheksiz imkoniyatlar davri, shuning uchun ham, aziz qizlarimiz, mavjud imkoniyatlardan foydalanib, hur fikrlaydigan, yetuk mutaxassis bo‘ling, o‘z oldingizga to‘g‘ri maqsadlarni belgilab, ular sari dadil qadam tashlang!
Bayramingiz bilan, aziz ayollar!
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Turk tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlaridan videolavhalar
🎤Imtihonning yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash bo'limi bo'yicha sinovlar —
3-martdan 14-martga qadar bo‘lib o‘tmoqda.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Turk tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘lib o‘tdi
✅ 2025-yil 2-mart kuni turk tilini bilish darajasini aniqlash imtihonining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.
📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
📝 Unda jami 5,2 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 9 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.
🎤Imtihonning yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash bo'limi bo'yicha sinovlar —
3-martdan 14-martga qadar bo‘lib o‘tadi.
Izoh: Imtihon natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Milliy sertifikat imtihonidan videolavha
📹 2025-yil 22–23-fevral kunlari matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihonidan videolavha.
✅ Ma’lumot uchun matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonida 27 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.
📆 Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
🇺🇸 iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda
iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:
🔹 tinglab tushunish;
🔹 o‘qish;
🔹 grammatika;
🔹 yozish;
🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.
📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlar 11-martga qadar ro‘yxatga olinadi va to’lovni amalga oshirishadi.
➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: USTIGA BOSING
💰 To’lov qilish uchun havola: USTIGA BOSING
😎 Imtihon 14-mart kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) o‘tkaziladi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.
✅ Imtihon topshirish narxi - 1 670 000 so‘m
➡️ iTEP uchun mock test 👉 https://www.iteptest.com/preview
🎓 iTEP xalqaro sertifikati orqali Siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga qabul qilinishingiz mumkin.
☎️ (95) 515-68-68
🏢 @IlmiyMarkazUz
⭕️⭕️⭕️
⚠️ Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi
✅ “Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
🗓 Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 12-martdan onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.
⏳ Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.
✅ Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda chet tilini bilishi haqida C1 darajadagi sertifikat talab qilinadi) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
➡️ Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 11-mart kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda malaka oshirish kursida ishtirok etishlari mumkin.
☎️ (95) 515-68-68
🏢 @IlmiyMarkazUz
🇺🇸🇺🇸🇺🇸 😊😊😊
Chet tilini (ingliz, arab, nemis, fransuz, turk tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi
✅ 2025-yil 11-mart kuni soat 9:00 da Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan tashkil etiladigan chet tilini (ingliz, arab, nemis, fransuz, turk tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi
🗺 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda https://bit.ly/40mDtTG havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
🗓 Ro‘yxatga olish muddati — 04-mart 10-00 ga qadar.
⏳ To‘lov qilish muddati — 04-mart 10-00 ga qadar.
✍️ Test o‘tkazish kuni — 11-mart.
🤖 Natijangizni @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.
☎️ (95) 515-68-68
🏢 @IlmiyMarkazUz