🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info@uzbmb.uz 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz
⚠️ Yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kurslari
✅ Chet (nemis, fransuz, turk, arab, xitoy, yapon, urdu, pushtu, ispan va italyan) tillaridan yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kurslari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
📆 Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, mashg‘ulotlar sanasi va ro‘yxatga olish muddatlari yuqoridagi rasmda keltirilgan.
⏳ Malaka oshirish kursi tinglovchilarga yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar shaklida o‘zbek tilida o‘tkaziladi.
📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda chet tilini bilishi haqida C1 darajadagi sertifikat talab qilinadi) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
💻 Talabgorlar belgilangan kunga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda malaka oshirish kursida ishtirok etishlari mumkin.
☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
llmiy markazning telegram kanali:
🏢 @IlmiyMarkazUz
⚡️ Kimyo va biologiya fanlaridan aprobatsiya sinovlari o‘tkazildi
📆 2024-yil 22-sentabr Nukus shahri, viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining yangi formati aprobatsiyadan o‘tkazildi.
📌 Aprobatsiya sinovida jami 1 004 nafar talabgor ishtirok etdi.
✅ Aprobatsiya sinovi natijalari mutaxassislar tomonidan ilmiy tahlil qilinadi va tahlil natijalaridan biologiya, kimyo fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining yangi formatini amaliyotga joriy etishda foydalaniladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi
🖥 Bugun 23-sentabrdan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 29-sentabr 23:59 ga qadar davom etadi.
❗️30-sentabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.
📆 Test sinovlari 12–13-oktabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Kimyo va biologiya fanlaridan o‘tkaziladigan aprobatsiya sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2024-yil 22-sentabr (yakshanba) kuni Nukus shahri, viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida kimyo va biologiya fanlaridan o‘tkaziladigan aprobatsiya sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱 Aprobatsiya sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani kimyo, biologiya havolalari orqali yuklab olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
✅ Talabgorlar aprobatsiya sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
❗️Aprobatsiya sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha aprobatsiya o‘tkazilmaydi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Ovozli_chat #Chet tili #Gapirish
2024-yil 19-sentabr kuni chet tillarining gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning audiosi (videotaqdimot).
Shuningdek, talabgorlar gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bilan ushbu havola orqali ham tanishishlari mumkin: https://uzbmb.uz/page/cefr_speaking
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Ovozli_chat #Chet tili #Gapirish
2024-yil 19-sentabr kuni chet tillarining gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning audiosi (1-qism).
Shuningdek, talabgorlar gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bilan ushbu havola orqali ham tanishishlari mumkin: https://uzbmb.uz/page/cefr_speaking
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi
🔔Xabaringiz bor, chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonlar sanasi 27–29-sentabrdan 22-sentabrga o‘zgartirilgan edi. Shunga ko‘ra imtihon sanasi sifatida 27–29-sentabrni tanlagan talabgorlar uchun ham test sinovlari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:
✏️test sinovining yozma qismi — 22-sentabr kuni;
🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 23–27-sentabr va 2–4-oktabr kunlari (dam olish kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi.
📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
❗️Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.
📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tilini-bilish-09-16
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Ma'lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan umumta'lim fanlaridan 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlarini o‘tkazish sanalari e'lon qilingan. Talabgorlardan ushbu imtihonlarga qanday tayyorgarlik ko‘rish, fanlar bo‘yicha topshiriqlarning qaysi mazmunda va shaklda bo‘lishi yuzasidan murojaatlar bo‘lmoqda.
✅ Shunga ko‘ra Bilimni baholash agentligi umumta'lim fanlaridan sertifikat imtihonlarini topshirish istagida bo‘lgan talabgorlarga agentlik rasmiy saytida berilgan ma'lumotlar bilan tanishishlari hamda shu asosda imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkinligini tavsiya qiladi.
👉 Rasmiy saytda sertifikat o‘tkaziladigan fanlar tafsiloti(spetsifikatsiyasi), namunaviy test topshiriqlari, baholash mezoni hamda yozma ishni baholash mezoni kabi ma'lumotlar berilgan.
❗️Izoh: kimyo va biologiya fanlaridan sertifikat imtihonlarini yangi formatda tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, aprobatsiya natijalaridan so‘ng ushbu fanlar spetsifikatsiyasiga o‘zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Milliy sertifikat uchun biologiya va kimyo fanlaridan aprobatsiya test sinovlari o‘tkaziladi
⏳Agentlik tomonidan biologiya va kimyo fanlaridan yangi formatda milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yilning 22-sentabr kuni aprobatsiya test sinovlari o‘tkaziladi.
📱 Bunda biologiya va kimyo fanlaridan tayyorgarlik ko‘rayotgan va ushbu fanlardan aprobatsiya test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinadi.
Buhda:
👉 biologiya fani uchun https://my.uzbmb.uz/service/28 havolasi orqali;
👉 kimyo fani uchun https://my.uzbmb.uz/service/27 havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
📍 Biologiya va kimyo fanlaridan aprobatsiya test sinovlari Nukus shahri, viloyatlar markazi hamda Toshkent shahrida tashkil etiladi.
🖥 Aprobatsiyada ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo‘lib (hududlarda har bir fandan 60 nafar), hududlar uchun belgilangan o‘rinlar soni to‘lganda, ro‘yxatga olish yakunanadi. Aprobatsiya sinovlarida ishtirok etish bepul.
❗️Kelgusida tashkil etiladigan imtihonlarning yanada sifatli bo‘lishini ta'minlash maqsadida biologiya va kimyo fanlaridan tayyorgarlikka ega bo‘lgan va aprobatsiya sinovlarida albatta ishtirok etish imkoniyati mavjud bo‘lgan talabgorlarning ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz!
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlandi
📋 Ma'lumki, joriy yil 22-avgustdan boshlab belgilangan sanalarda OTMlariga kirish hamda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlari Apellatsiya komissiyasi a'zolari tomonidan ko‘rib chiqildi. Apellatsiya jarayoni 2024-yil 10-sentabr kuni to‘liq yakuniga yetdi.
👨🏻🎓 Apellatsiya komissiyasi tomonidan 4 055 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 831 nafari (20,5%) jarayonda ishtirok etdi, 3 224 nafari esa ishtirok etmadi.
🏢Bilimni baholash agentligi tomonidan joriy yilda ilk marta Nukus shahrida apellatsiya shikoyati bergan qoraqalpog‘istonlik abituriyentlarning e'tirozlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha sayyor Apellatsiya komissiyasi tashkil etildi.
📌 Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra Apellatsiya komissiyasining qarori bo‘yicha ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etiladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlari ko‘rib chiqildi
📋 2024-yil 10-sentabr kuni OTMlariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlari Apellatsiya komissiyasi a'zolari tomonidan ko‘rib chiqildi.
👨🏻🎓 Bunda 124 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 13 nafari ( 10,5%) jarayonda ishtirok etdi, 111 nafari esa ishtirok etmadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Rasmiy bayonot
So‘nggi vaqtlarda ko‘pchilikka nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari tomonidan o‘qishga taklif qilish bo‘yicha turli SMS-xabarlar yuborilmoqda.
Bu holat nafaqat joriy yilda, balki o‘tgan yillarda ham kuzatilgan.
Qayd etish kerakki, ushbu xabarlar faqat abituriyentlarga emas, barchaga, jumladan, Agentlik xodimlariga ham kelmoqda.
Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:
1) Agentlik fuqarolarning roziligisiz uchinchi shaxslarga ular to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim etmaydi (Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda OTMlariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar bundan mustasno).
2) Agentlikning axborot tizimlarida axborot xavfsizligi ta'minlangan bo‘lib, ularga hech qanday kiberhujum uyushtirilmagan va uchinchi shaxslar tomonidan abituriyentlarning ma'lumotlari qo‘lga kiritilmagan.
Shu o‘rinda fuqarolarga ishonchsiz manbalardan foydalanmaslikni va turli manbalarga shaxsiy ma'lumotlarini kiritmaslikni tavsiya qilamiz.
Fuqarolarimizda ushbu holat yuzasidan shubha bo‘lgan taqdirda, Agentlik tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish o‘tkazilishiga tayyorligini ma'lum qiladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️Bank-moliya akademiyasi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga kirish imtihonlari o‘tkazildi
📍2024-yil 5–6-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan Bank-moliya akademiyasi hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun test sinovlari o‘tkazildi. Test sinovlari 2 smenada tashkil etildi.
❗️Imtihonlarda Bank-moliya akademiyasiga kirish uchun hujjat topshirgan 5 221 nafar talabgordan 4 039 nafari ishtirok etdi, 1 182 nafari esa qatnashmadi. Imtihonlarda belgilangan tartib-qoidani buzgan 3 nafar talabgor chetlatildi.
‼️ Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bo‘yicha esa 569 nafar talabgordan 525 nafari test sinovlarida qatnashdi, 44 nafari ishtirok etmadi.
❇️ Test sinovi natijalari tegishli ta'lim muassasalari tomonidan e'lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni uchun 27–29-sentabr sanalarini tanlagan talabgorlar diqqatiga!
‼️ Chet tillaridan imtihon o‘tkazish sanalariga o‘zgartirish kiritilgani sababli 27–29-sentabr sanalarini tanlagan talabgorlar uchun ham imtihonlar 21–22-sentabr kunlari o‘tkaziladi.
📌 Talabgorlar aynan qaysi sana va smenada test sinovida ishtirok etishlarini shaxsiy kabinetlari orqali imtihon o‘tkazilish sanalaridan kamida uch kun oldin test sinovi ruxsatnomasi orqali bilib olishlari mumkin.
❇️ 27–29-sentabr sanalarini tanlagan talabgorlardan shaxsiy kabinetlarini kuzatib borishlari so‘raladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
🇺🇿Mustaqilligimizning 33 yilligi muborak bo‘lsin!
Aziz yurtdoshlar!
🎆 Bilimni baholash agentligi barchangizni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
✨Mustaqillik bizga milliy o‘ziga xosligimizni, or-nomus va g‘ururimizni, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimiz bilan faxrlanish hissini qaytargan bayram sifatida abadiy qoladi va jonajon Vatanimiz yilnomasiga oltin harflar bilan yoziladi.
🌅Shunday qutlug‘ damda yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilaymiz.
⭐️Yana bir bor mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! Har birimiz uchun qudrat manbayi, saodat maskani bo‘lgan jonajon O‘zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo‘lsin! Bayramingiz qutlug‘ kelsin azizlar!
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
📢📢 So'rov yakunlanmoqda!
Fikringizni bildirishga ulguring! 📣
Kirish imtihonlari shaffof o'tkazilishiga o'z hissangizni qo'shing!
So’rov, doimgidek, U-Reportda – Hukumat bilan Siz yoshlarni muloqotingizni ta’minlovchi platformada o’tmoqda: 👉 @UReportUzbBot
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi
✅ 2024-yil 22-sentabr kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.
📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
📝 Unda jami 9,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 12 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 23–27-sentabr, 2–4-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️Chet tillarini bilish darajasini baholashning ko‘p darajali(multilevel) tizimida gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha videoyo‘riqnoma.
❗️Ushbu yangi format talabgorlarning ingliz, fransuz, nemis va arab tillaridan gapirish ko‘nikmasini baholashda joriy etiladi.
👉 Gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin: https://uzbmb.uz/page/cefr_speaking
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Chet tili #Gapirish
2024-yil 19-sentabr kuni chet tillarining gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatga oid ma'lumotlar.
Shuningdek, talabgorlar gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bilan ushbu havola orqali ham tanishishlari mumkin: https://uzbmb.uz/page/cefr_speaking
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Ovozli_chat #Chet tili #Gapirish
2024-yil 19-sentabr kuni chet tillarining gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning audiosi (2-qism).
Shuningdek, talabgorlar gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bilan ushbu havola orqali ham tanishishlari mumkin: https://uzbmb.uz/page/cefr_speaking
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Ovozli_chat
Chet tilining gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha ovozli chat
📆 Bugun 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz)da ovozli chat o‘tkaziladi.
✅ Ovozli chat chet tillarining gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.
🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari
🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.
✅ Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi. Bunda ajratilgan qabul parametrlarining:
🔸 Toshkent shahridagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;
🔸 Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;
🔸 viloyatlardagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
✅ 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.
👨🏻💻 Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
📋 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkaziladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlari o‘tkazildi
❇️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-son qarori asosida respublikadagi oliy ta'lim muassasalari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi - qo‘shma ta’lim dasturida o‘qitish olib boriladigan chet tilidan kirish imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.
📆 Joriy yil 13-sentabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. Unda talabgorlar Bilimni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan elektron platforma orqali test sinovlarini topshirdilar.
❗️Test sinovlarida 900 nafarga yaqin talabgor ishtirok etdi. Imtihon natijalarini talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan bilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
❓ OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tdi?
📋 “U-Report” loyihasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilimni baholash agentligi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
📱 So‘rovnoma 2024-yilda bo‘lib o‘tgan oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bo‘yicha abituriyentlarning fikrini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan.
✅ So‘rovnoma natijalari oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini takomillashtirishga yordam beradi.
❔ So’rov U-Report – yoshlar muloqot platformasida o’tmoqda: 👉 @UReportUzbBot
So‘rovnomada ishtirok eting va o‘z fikringizni bildiring. Sizning fikringiz biz uchun muhim!
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
🔔 TOEFL IBT hamda GRE imtihonlari endi Agentlikda
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda 🇺🇸 Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Educational Testing Service - ETS” tashkiloti o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Shu kungacha ikki tashkilot kelishuvi asosida Agentlikda TOEFL ITP hamda TOEIC testlari o‘tkazib kelinmoqda.
🗓 Joriy yilning sentabr oyidan boshlab Agentlikda “Educational Testing Service - ETS” tashkiloti tomonidan TOEFL IBT hamda “Graduate Record Examinations - GRE” imtihonlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.
💻 Imtihon topshirish istagini bildirgan talabgorlar www.ets.org sayti orqali test topshirish manzili sifatida Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markaz (Scientific and educational practical center under The Agency for assessment of knowledge and competences)ni tanlashlari hamda ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
➡️ Ro‘yxatdan o‘tish shartlari, imtihon to‘lovlari, shaxsiy kabinet ochish va imtihonga tayyorlov materiallari va yo‘riqnomalar bilan www.ets.org sayti orqali tanishish mumkin.
📱 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68
🏢 @IlmiyMarkazUz
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari
✅ Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlari ko‘rib chiqildi
📋 2024-yil 6–7-sentabr kunlari Nukus shahrida OTMga kirish hamda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlari Apellatsiya komissiyasi a'zolari tomonidan ko‘rib chiqildi.
👨🏻🎓 Bunda 446 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 91 nafari ( 20,4%) jarayonda ishtirok etdi, 355 nafari esa ishtirok etmadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
✍️ Bilimni baholash agentligining Chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi tomonidan gapirish (ingliz, turk, fransuz, nemis, arab tillari) ko‘nikmasini baholash uchun yangi format loyihasi ishlab chiqildi.
🗺 Ushbu yangi format bo‘yicha gapirish ko‘nikmasini baholashning aprobatsiya test sinovi 2024-yil 10-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Ilmiy o‘quv-amaliy markazi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
➡️ Aprobatsiya test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 8-sentabr kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service platformasi orqali ro'yxatdan o‘tishlari mumkin.
⏰ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 8-sentabr soat 08:00 gacha.
💰 Narxi: 25 000 so‘m.
🗓 To‘lovni amalga oshirish muddati: 2024-yil 8-sentabr soat 10:00 gacha.
📱 @bba_ilmiy_markaz
📱 /channel/BaholashUz/6512
📞 (95) 515-68-68
llmiy markazning telegram kanali:
🏢 @IlmiyMarkazUz
⚡️ Professional ta'lim muassasalarining yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2024 #Natija
✅ 2024–2025-o‘quv yili uchun professional (kollej yoki texnikum) ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
📌 Abituriyentlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz saytida shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube