🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info@uzbmb.uz 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz
⚡️ Chet tili imtihonlarini o‘tkazish sanalariga o‘zgartirish kiritildi
📆 Ma'lumki, joriy yil 27–29-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.
✅ Oliy ta’limdan keyingi ta’lim (tayanch doktorantura va doktorantura)ga hujjatlarni qabul qilish 15-oktabrda yakunlanishi va talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda imtihon sanalariga o‘zgartirish kiritilmoqda.
📍 Shunga ko‘ra ingliz va arab tillaridan milliy sertifikat imtihonlari 21–22-sentabr kunlari o‘tkaziladi.
🖥 Imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Bunda 9-sentabr ro‘yxatdan o‘tishning, 10-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi sanasi hisoblanadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
✍️ Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish va imtihon uchun to‘lov https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service “Ilmiy markaz” bo‘limi platformasi orqali amalga oshirilmoqda va 13-sentabr soat 10:00 ga qadar davom etadi.
❗️ Imtihon 14-sentabr kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi va natijalar o‘sha kuni e‘lon qilinadi.
🌐 TOEFL ITP imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati taqdim etiladi (asl sertifikat 10 ish kunida yetib keladi).
💰 Imtihon topshirish narxi 1 050 000 so‘m.
🕯 Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:
🔹 TOEFL ITP — ma’lumot (https://www.ets.org/toefl) | qo‘llanma (https://www.ets.org/content/dam/ets-org/pdfs/toefl-itp-test-taker-handbook.pdf)
📱 @dtmtoefl
📞 (95) 515-68-68
🏢 @IlmiyMarkazUz
⚠️ Chet tillaridan yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi
✅ Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
📆 Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 18-30-sentabr kunlari onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.
⏳ Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.
📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda chet tilini bilishi haqida C1 darajadagi sertifikat talab qilinadi) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 16-sentabr kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.
☎️ Murojaat uchun telefon:
(95) 515-68-68,
(95) 507-70-72.
Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning oltinchi kuni yakunlandi
📋 2024-yil 22-avgustdan test natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlari ko‘rib chiqilmoqda.
✅ Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etilmoqda.
👨🏻🎓 Bugun(29-avgust) 158 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 26 nafari ( 16,5%) jarayonda ishtirok etdi, 132 nafari esa ishtirok etmadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#super_kontrakt
⚡️Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymati tasdiqlandi
‼️2024/2025-oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.
📌 Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10% lik chegirma beriladi.
💾 PDF shaklida yuklash
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning to‘rtinchi kuni yakunlandi
📋 2024-yil 22-avgustdan test natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlari ko‘rib chiqilmoqda.
✅ Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etilmoqda.
👨🏻🎓 Bugun(27-avgust) 600 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 139 nafari (23,2 %) jarayonda ishtirok etdi, 461 nafari esa ishtirok etmadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#tanlov2024 #Abituriyent2024
⚡️Bugun professional ta'lim muassasalariga tanlovning so‘nggi kuni
✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar tomonidan 2024-yil 18-avgustdan my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlash davom etmoqda.
❗️ Bugun (27-avgust) professional ta'lim muassasalariga tanlovning so‘nggi kuni bo‘lib, abituriyentlar soat 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari, shuningdek, tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.
🗓 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
⭐️ Bilimni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Ovozli_chat
Oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul bo‘yicha ovozli chat
📆 Bugun 11:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.
✅ Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.
🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.
❓ Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Qabul2024 #Statistika
⚡️ Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodi ayollar
👨🏻🎓 Joriy yilda test sinovi natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 186 871 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:
🙋🏻♂️ 96 516 nafari (51,6 %) — erkaklar;
🙋🏻♀️ 90 355 nafari (48,4 %) — ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.
🎓 Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarda ayollarning ulushi erkaklarga nisbatan ko‘proq ekanligini ko‘rish mumkin. Jumladan:
👉 erkaklar — 18 572 nafar (45,1%);
👉 ayollar — 22 581 nafar (54,9%).
🟢 2024—2025-o‘quv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha yoshi 19 yoshni (erkak va ayollarda bir xil) tashkil etdi.
📌 Talaba bo‘lgan ayollarning eng yoshi 15 yosh bo‘lsa, eng yoshi kattasi 69 yosh, erkaklarda esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 15 va 60 yoshni tashkil etadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Bugun (2024-yil 24-avgust kuni) 19:00 dan 22:00 ga qadar Bilimni baholash agentligining uzbmb.uz, my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlarida profilaktika ishlari olib boriladi.
Shu sababli bugun soat 19:00 dan 22:00 ga qadar uzbmb.uz, my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlarida uzilishlar bo‘lishi mumkin.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#nostrifikatsiya_test
Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi
✅ 2024-yil 23-avgust kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
🗺 Test sinovi talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun respublikaning 12 ta hududida tashkil etildi va unda 247 nafar talabgor ishtirok etdi.
📚 Test sinovida talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 50 ta test topshirig‘i (har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball) va ularni ishlash uchun 100 daqiqa vaqt berildi.
🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
✅ Test natijalariga ko‘ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan (bugungi test natijalariga ko‘ra 48 nafar) talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️Fuqaro muhofazasi instituti magistraturasiga kirish test sinovlari o‘tkazildi
❇️ Bilimni baholash agentligi tomonidan 2024-yil 23-avgust kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi instituti magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlari o‘tkazildi.
✅ Test sinovlarida jami 72 nafar talabgor ishtirok etdi.
❗️Test sinovi natijalari Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan e'lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Apellatsiya
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
✅ Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.
📆 Apellatsiya arizalari 27-avgustga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.
📌 Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
🔖 Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
❗️ Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Qabul2024
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha natijalar e’lon qilindi
📣 Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning 19-20-avgust kunlari o‘tkazilgan test sinovi natijalari kasbiy(ijodiy) imtihon natijalari qo‘shilgan holda e’lon qilindi.
✅ Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Qabul2024
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi
📣 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2024-yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.
Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️Xorijiy til sertifikati borlar talaba bo‘lgan
✅ Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi 81-son farmoniga muvofiq 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.
💯 Joriy 2024/2025 o‘quv yili qabulida ham fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha talabalikka tavsiya etilganlarning asosiy qismini xorijiy tildan sertifikatga ega abituriyentlar tashkil etadi. Jumladan, davlat grantiga yuz foiz (nemis va fransuz tilini istisno qilganda) chet tillaridan sertifikatga ega abituriyentlar tavsiya etilgan.
📌 Ma'lumotlar bilan rasmda batafsil tanishish mumkin.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
📚 Aniq va tabiiy fanlardan bilim darajasini baholash bo'yicha test topshiriqlarini shakllantirish o‘quv dasturi asosida malaka oshirish kurslari
✅ Malaka oshirish kurslari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
📆 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, darslar 18-30 sentabr kunlari onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.
💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 16-sentabr kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.
🗃 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
☎️ Murojaat uchun telefon:
(95) 515-68-68
Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
Chet tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam)
✅ 2024-yil 18-sentabr kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilini (ingliz, nemis, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi.
📍 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan holda tegishli to‘lov (119 000 so‘m)ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
🏢 Talabgorlarning ro‘yxatdan o'tishlari va https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali 12-sentabr kuni soat 18:00 ga qadar to‘lov qilishlari lozim bo’ladi.
⚠️ Natijangizni 🤖 @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.
☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
llmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
⚡️ Chet tili imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda
📆 2024-yil 27–29-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan malaka imtihonlari o‘tkaziladi.
✅ Imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 15-avgustdan boshlab my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tmoqda. 14-sentabr ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi sanasi hisoblanadi.
❗️Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgorlar bazaviy hisoblash miqdorining 1.5 baravarida to‘lov qilishadi.
15-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi muddati sanaladi.
✅Eslatma: chet tillaridan malaka imtihonlarining 2024-yil 2-yarimyillik uchun jadvali tez kunlarda e'lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning beshinchi kuni yakunlandi
📋 2024-yil 22-avgustdan test natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlari ko‘rib chiqilmoqda.
✅ Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etilmoqda.
👨🏻🎓 Bugun(28-avgust) 927 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 161 nafari ( 17,4%) jarayonda ishtirok etdi, 766 nafari esa ishtirok etmadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Ovozli_chat #Qabul2024 #Abituriyent
2024-yil 27-avgust kuni 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning to‘liq audiosi
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Qabul2024 #Apellatsiya
Bugun apellatsiya arizalarini qabul qilishning so‘nggi kuni
✅ 2024-yil 18-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi.
🖥 Shuningdek, 22-avgust kuni talabalar o‘qishini xorjiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi.
👨🏻💻 Apellatsiya arizalarini qabul qilish my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda va bugun (27-avgust) arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni hisoblanadi.
🔖 Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning uchinchi kuni yakunlandi
📋 2024-yil 22-avgustdan test natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlari ko‘rib chiqilmoqda.
✅ Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etilmoqda.
👨🏻🎓 Bugun(26-avgust) 600 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 129 nafari (21,5 %) jarayonda ishtirok etdi, 471 nafari esa ishtirok etmadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#tanlov2024 #Abituriyent2024
⚡️Professional ta'lim muassasalariga tanlov davom etmoqda
✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 27-avgustga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari mumkin.
❗️Abituriyentlarga tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirish imkoniyati beriladi.
🗓 Abituriyentlarning professional ta’lim muassasasiga tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
⭐️ Bilimni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️Agentlikda umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi
❇️ 24-25-avgust kunlari respublikamizning barcha hududlarida Mustaqillik bayrami arafasida an’anaviy umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
🪚 Hashar obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida bo‘lib o‘tmoqda.
✅ Shu munosabat bilan Bilimni baholash agentligida ham mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etgan holda xayriya hashari tashkil etildi.
🚮 Unda Agentlik xodimlari faol ishtirok etib, binolar va ularning atrofini tozalash, daraxtlarni butash va oqlash hamda ish joylarini tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning ikkinchi kuni yakunlandi
📋 2024-yil 22-avgustdan test natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlari ko‘rib chiqilmoqda.
✅ Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etilmoqda.
👨🏻🎓 Bugun(23-avgust) 600 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 118 nafari (24,5 %) jarayonda ishtirok etdi, 482 nafari esa ishtirok etmadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning birinchi kuni yakunlandi
📋 Bugun (22-avgust)dan test natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish boshlandi.
✅ Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etilmoqda.
👨🏻🎓 Bugun 600 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 154 nafari (25,7 %) jarayonda ishtirok etdi, 446 nafari esa ishtirok etmadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#qabul2024
⚡️Tanlovda o‘tish balli yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar
❗️2024–2025-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlarida bir qancha ta'lim yo‘nalishlari va oliy ta'lim muassasalarida o‘tish ballari baland bo‘lgan. Ularning yuqori beshtaligi bilan rasmda tanishish mumkin.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#tanlov2024 #Abituriyent2024
⚡️Professional ta'lim muassasalariga tanlov davom etmoqda
✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 27-avgustga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari mumkin.
❗️Abituriyentlarga tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirish imkoniyati beriladi.
🗓 Abituriyentlarning professional ta’lim muassasasiga tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
⭐️ Bilimni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Qabul2024
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi
🏢 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2024-yil 19–20-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida test sinovlari o‘tkazildi.
🚦Test sinovlarida 40 897 nafar talabgor ishtirok etdi. 2 902 nafar talabgor qatnashmagan bo‘lsa, 83 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.
🎙 20-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari bugun my.uzbmb.uz saytida e'lon qilinadi.
📱Talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin bo‘ladi.