baholashuz | Unsorted

Telegram-канал baholashuz - Bilimni baholash agentligi

111858

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info@uzbmb.uz 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz

Subscribe to a channel

Bilimni baholash agentligi

#Qabul2024 #Abituriyent2024

📌 Test sinovlarini o‘tkazish tartibi (o‘zbek tilida)

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Hurmatli abituriyentlar!

❇️ Sizlarga 2024-yil 14-iyul kuni boshlanadigan test sinovlari oldidan omad tilagan holda, quyidagilarni yana bir bor eslatib o‘tamiz.

⏰ Test sinovlari o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan sana va vaqtda keling.

📌 O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz).

Test sinovlariga taqiqlangan vositalarni olib kirishga urinmang. Bu sizni chetlashtirish uchun asos bo‘ladi!

‼️ Unutmang! Kech qolgan, hujjatlarsiz kelgan yoki ularning nusxalarini taqdim etgan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi!!!



✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

❗️Ma'lumki, 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi.

📌 Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.

⚡️ Test sinovlari boshlanishiga sanoqli kunlar qolganligi bois abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz.

❗️Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

⭐️ Barcha abituriyentlarga test sinovlarida omad tilaymiz!!!


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ 2024/2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga
tayyorgarlik


🖥 2024/2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 5-iyun kuni boshlanib, 25-iyun kuni yakunlandi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti (my.uzbmb.uz) orqali onlayn tarzda amalga oshirildi.

📌 Joriy yilda jami 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 410 415 nafarini (46%) joriy yil bitiruvchilari, 483 864 nafarini (54%) esa avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar tashkil etdi. Ro‘yxatdan o‘tish talablarini to‘liq bajargan 805 688 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berildi (2023-yilda – 948 ming 486 nafar).

👨‍💼🧑‍💼Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlarning 422 400 nafarini xotin-qizlar (52,4 %), 383 288 nafarini erkaklar (47,6 %), tashkil etadi.

✅ Joriy yilda 489 118 nafar (60,7 %) abituriyent test sinovida ishtirok etish uchun belgilangan to‘lovdan ozod etilgan.

🏛 Joriy yilda doimiy yashash hududi bo‘yicha eng ko‘p Samarqand viloyatida 95 979 nafar, Qashqadaryo viloyatida 92 636 nafar, Farg‘ona viloyatida 79 808 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

🪕👮‍♀️ Abituriyentlarning 46 244 nafari alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga, 12 851 nafari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan.

Ro‘yxatdan o‘tishda 22 632 nafar abituriyent chet tilidan xalqaro sertifikat yuklagan bo‘lib, ulardan 20 063 tasining haqiqiyligi tasdiqlandi, 2 569 ta sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmadi.

🇺🇿 Bundan tashqari 30 637 nafar chet tilidan, 20 684 nafar umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

🏢 Joriy yilda test sinovlarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun binolar optimallashtirilib, hozirda 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino test sinovlariga tayyorlanmoqda. Ularda bir smenada 1 176 ta guruhda, 35 280 nafar, bir kunda esa 70 560 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi va test sinovlarining 12 kun davomida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

❇️ Test sinovlarini adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida keng jamoatchilik orasidan ochiq tanlov o‘tkazish orqali 2 690 nafar guruh nazoratchisi tanlab olindi. Bundan tashqari gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan abituriyentlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida 139 nafar surdotarjimon jalb etiladi.

🔑 Test sinovlarida foydalaniladigan 15 ta (tillar kesimida 29 ta) umumta’lim fanidan 40 mingdan ortiq yangi test topshirig‘i shakllantirildi va ekspertizadan o‘tkazildi.

☎️ Shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish uchun 1195 qisqa raqamli murojaatlar markazi (“Koll markaz”) doimiy xizmat ko‘rsatmoqda.

✅ Qabul jarayoniga oid mavzulashtirilgan videoroliklar (o‘zbek va rus tillarida surdotarjima bilan) tayyorlanib, e’lon qilib borilmoqda.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

“Qabul – 2024, oʻqishni koʻchirish va test jarayonlariga tayyorgarlik”

“Qoʻshtirnoq”ning bu galgi soni abituriyentlar va oʻqishni koʻchirish borasida savollari toʻplanib qolgan talabalarga bagʻishlandi.

Koʻrsatuv davomida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilimni baholash agentligi mutaxassislari quyidagi

➡️Ruxsatnomalar qachon beriladi?

➡️ Telefon yoʻqolib qolsa, qanday qilib ruxsatnoma olinadi?

➡️ Xorijdan Oʻzbekistonga oʻqishni koʻchirish osonmi?

➡️ Oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlgan yuqori bosqich talabasi oʻqishini koʻchirsa, qayta birinchi bosqichdan oʻqiydimi?

➡️5 tagacha OTMni tanlash saqlab qolinganmi?

➡️ Litsenziyasi bekor boʻlgan xususiy OTM talabalari taqdiri nima boʻladi?
kabi koʻplab savollarga javob berishgan.

Koʻrsatuvning toʻliq shaklini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
👇🏻

🎥https://youtu.be/OhoGLoE81Dw

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Endi oliygoh, vazirlik va korxonalarga tegishli laboratoriyalarning yagona onlayn platformasi yaratiladi.

Qaysi laboratoriyada qanday uskuna bor, ular qanday sinovlar qila oladi va qanday quvvatlarda ishlayapti, degan savolga javob bo‘ladi.

Yosh olimlar tadqiqotlari uchun kerak bo‘lgan uskuna, butlovchi qism va kimyoviy vositalar bojdan ozod qilinadi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Davlatimiz rahbari ushbu sharoitlarni karra-karra ko‘paytirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Mamlakatimiz jadal rivojlanishi uchun bizga “to‘rtinchi sanoat inqilobi” kasblari juda muhimligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan yoshlarni fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bog‘liq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinadi.

Yangi o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi.

Bu dasturlar asosida sertifikat olgan o‘quvchilar o‘sha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi.

Yoshlarimiz xorijiy oliygohlarda o‘qish uchun matematika, ingliz tili va ilmiy fikrlash bo‘yicha “SAT” imtihonini topshirmoqda. Bu testlarda 75 foizdan yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar chet elni eng nufuzli oliygohlariga grant yutayapti.

- Endi bunday yoshlarni o‘zimizni oliygohlarga ham grantga qabul qilamiz, - dedi Prezident.



✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🗣Majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun telegram boti ishlamoqda!

Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMning bakalavriatiga kirish imtihonlaridagi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun @BMB_Quiz_bot telegram boti ishga tushirilgan.

❗️Mazkur bot orqali majburiy fanlardan test topshiriqlarini elektron shaklda ishlash va bu orqali majburiy fanlardan test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

❄️Ushbu botdagi texnik nosozlik to‘g‘rilandi hamda yangilangan variantini /start buyrug‘i orqali faollashtirish mumkin!

👉🏻 @BMB_Quiz_bot 👈🏻

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

❗️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 1️⃣ soat qoldi

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 25-iyun (bugun) soat 23:59

📆
To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun (ertaga) soat 23:59


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

❗️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 3️⃣ soat qoldi

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 25-iyun (bugun) soat 23:59

📆
To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun (ertaga) soat 23:59.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Qabul2024   #Abituriyent2024   #Statistika

⚡️20242025-o‘quv yilida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ma’lumot

✅ 2024-yil 25-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 850 124 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan:

📍 Abituriyentlarning test topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:

👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 43 312 nafar
👉 Andijon viloyati  — 64 697 nafar
👉 Buxoro viloyati — 43 863 nafar
👉 Farg‘ona viloyati — 80 159 nafar
👉 So‘x tumani — 1 865 nafar
👉 Jizzax viloyati — 45 453 nafar
👉 Namangan viloyati — 55 648 nafar
👉 Navoiy viloyati — 45 631 nafar
👉 Qashqadaryo viloyati — 85 007 nafar
👉 Samarqand viloyati — 88 574 nafar
👉 Sirdaryo viloyati — 28 402 nafar
👉 Surxondaryo viloyati (Termiz shahri) — 37 666 nafar
👉 Surxondaryo viloyati (Denov tumani) — 21 553 nafar
👉 Toshkent shahri — 152 216 nafar
👉 Xorazm viloyati — 56 078 nafar

🧑‍🎓 Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:
       
     👨‍🏫 joriy yil bitiruvchilari — 403 751 nafar
     💁‍♂️ avvalgi yillar bitiruvchilari — 446 373 nafar

👬 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

     🤵‍♂️ erkaklar — 407 948 nafar
     👩🏻‍🔧 ayollar — 442 176 nafar

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 o‘zbek tili — 745 168 nafar
🇷🇺 rus tili — 81 122 nafar
🔘 qoraqalpoq tili — 21 380 nafar
🔘 boshqa tillar — 2 454 nafar

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Ovozli_chat
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat

📆
Bugun 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.

✅ Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va ishtirokchilarning savollariga batafsil javob beradi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

❗️ Bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

✅ Bugun
(25-iyun kuni) oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar bugun (25-iyun) 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va ertaga (26-iyun) 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Hurmatli abituriyentlar!

Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta'lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta'lim muassasasini ham) tanlashda e’tiborli bo‘ling!

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

▶️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

▶️To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda)



✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Qabul2024   #Abituriyent2024   #Statistika

⚡️20242025-o‘quv yilida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ma’lumot

🖥 2024-yil 24-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 742 479 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📎Shundan:

🏛 Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:

👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi -- 37 572 nafar
👉 Andijon viloyati  -- 56 298 nafar
👉 Buxoro viloyati -- 39 489 nafar
👉 Farg‘ona viloyati -- 70 240 nafar
👉 So‘x tumani -- 1 625 nafar
👉 Jizzax viloyati -- 38 939 nafar
👉 Namangan viloyati -- 48 007 nafar
👉 Navoiy viloyati -- 39 717 nafar
👉 Qashqadaryo viloyati -- 74 762 nafar
👉 Samarqand viloyati -- 77 704 nafar
👉 Sirdaryo viloyati -- 24 638 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 33 099 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 18 570 nafar
👉 Toshkent shahri --131 562 nafar
👉 Xorazm viloyati -- 50 257 nafar

🧑‍🎓 Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:
       
     👨‍🏫 joriy yil bitiruvchilari --380 583 nafar
      💁‍♂️avvalgi yillar bitiruvchilari -- 361 896 nafar

👬Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

     🤵‍♂️ erkaklar -- 353 698 nafar
     👩🏻‍🔧 ayollar -- 388 781 nafar

📚 Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 o‘zbek tili --649 735 nafar
🇷🇺 rus tili -- 72 253 nafar
🔘  qoraqalpoq tili -- 18 269 nafar
🔘  boshqa tillar -- 2 222 nafar


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

📣 Abituriyentlar diqqatiga!

📆 2024-yil 25-iyun — oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, shu kuni soat 23:59 da ro‘yxatdan o‘tish to‘liq yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Oldingi yillardan ma’lumki, qabulning so‘nggi kunlarida ro‘yxatdan o‘tuvchi abituriyentlar soni keskin ortadi va abituriyentlar shoshilib ro‘yxatdan o‘tishni boshlaydi.

Hurmatli abituriyentlar!

❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmang! Imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!

Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi (fanlar ketma-ketligini inobatga olgan holda), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling.

📱 25-iyun kuni soat 23:59 ga qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz.

Shu sababli qabulning so‘nggi kunlarini kutmasdan oldinroq ro‘yxatdan o‘tishni, tanlov qilishda e’tiborli bo‘lishni, ma’lumotlaringizni va to‘lov amalga oshirilganini shaxsiy kabinetingizdan tekshirib olishni tavsiya qilamiz.

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Qabul2024 #Abituriyent2024

📌 Порядок проведения тестовых испытаний (на русском языке)

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

❗️ Ertaga, 11-iyul kuni soat 11:00 dan 13:00 ga qadar yoki 14:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Qabul2024 #Abituriyent2024

⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
#abituriyent   #qabul2024

✅ Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5-19-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

🏛 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.

📱 Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnoma abituriyentning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) e’lon qilindi.

Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) imtihon ruxsatnomasini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Talabalikka yo‘l milliy sertifikat bilan!!!

2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul jarayoni “avval test, keyin tanlov” tamoyiliga asosan tashkil etiladi. Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 25-iyunda yakunlandi.

🖥 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar orasida Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani Sheyxon qishlog‘idan Cho‘liyeva Munavvara G‘ayrat qizi ham bor. Munavvara uchun “avval test” tamoyili amal qilmaydi. U faqat tanlovda ishtirok etadi. Buning boisi shundaki, Munavvara agentlik tomonidan o‘tkazib kelinayotgan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etib, oltita fan – biologiya, kimyo, o‘zbek tili va adabiyot, tarix, matematika hamda ingliz tilidan sertifikatni qo‘lga kiritgan.

🇺🇿Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 646-son qaroriga muvofiq umumta’lim fanlaridan A+, A darajali milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga ushbu fandan maksimal ball, B+, B, C+, C darajali milliy sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentga esa tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

💯 Munavvara maktabni joriy yil tamomlagan. U mutaxassislik fani sifatida biologiya va kimyo fanlarini tanlagan hamda mazkur fanlardan maksimal ball beradigan darajali sertifikatga ega. Shuning bilan birga, Munavvarada majburiy fanlardan ham milliy sertifikat mavjud bo‘lib, bu Munavvaraning muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plash mumkin bo‘lgan (189 ball) maksimal ballga ega bo‘lganligini bildiradi.

‼️ Shuningdek, Munavvara ingliz tilini puxta o‘zlashtirgan. Test sinovlarida ingliz tilidan imtihon topshirmasa-da, zamon talabidan kelib chiqqan holda ingliz tilidan B2 darajali milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan!

⭐️ Agentlik jamoasi Munavvara Cho‘liyevani eng yuqori natija bilan qutlaydi! Uning ota-onasiga, ta’lim bergan ustozlariga minnatdorlik bildiradi!

🏆 Omad senga, Munavvara!!!



✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi.

Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi o‘qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi.

Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan o‘qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi.

Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot boshlandi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini taʼkidladi.

Shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi.

Birgina taʼlim kreditidan 151 ming yoshlar foydalandi. Ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratildi.

Natijada oliy taʼlimda qamrov 9 foizdan 42 foizga yetdi.

Bugungi kunda 110 ming o‘g‘il-qizlarimiz xorijda tahsil olmoqda. “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetti yilda AQSHning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlarimiz bitirdi.

Bu nufuzli oliygohlarda o‘qiyotgan yoshlarimiz soni esa 200 dan oshdi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Qabul2024   #Abituriyent2024   #Statistika

⚡️20242025-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi

🖥 20242025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📎Shundan:

🏛 Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:

👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi -- 45 655 nafar
👉 Andijon viloyati  -- 67 688 nafar
👉 Buxoro viloyati -- 45 583 nafar
👉 Farg‘ona viloyati -- 83 837 nafar
👉 So‘x tumani -- 1 962 nafar
👉 Jizzax viloyati -- 48 276 nafar
👉 Namangan viloyati -- 58 268 nafar
👉 Navoiy viloyati -- 48 437 nafar
👉 Qashqadaryo viloyati -- 89 188 nafar
👉 Samarqand viloyati -- 93 092 nafar
👉 Sirdaryo viloyati -- 30 074 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 39 498 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 22 756 nafar
👉 Toshkent shahri --161 369 nafar
👉 Xorazm viloyati -- 58 596 nafar

🧑‍🎓 Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:
       
     👨‍🏫 joriy yil bitiruvchilari --410 334 nafar
      💁‍♂️avvalgi yillar bitiruvchilari -- 483 945 nafar

👬Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

     🤵‍♂️ erkaklar -- 431 806 nafar
     👩🏻‍🔧 ayollar -- 462 473 nafar

📚 Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 o‘zbek tili --784 458 nafar
🇷🇺 rus tili -- 84 774 nafar
🔘  qoraqalpoq tili -- 22 534 nafar
🔘  boshqa tillar -- 2 513 nafar

Izoh:
Test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lovni 26-iyun soat 23:59 gacha amalga oshirish mumkin. Shu boisdan yuqorida keltirilgan statistik ma'lumotlarda to‘lov amalga oshirish muddati yakunlangandan so‘ng o‘zgarish bo‘ladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

❗️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 2️⃣ soat qoldi

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 25-iyun (bugun) soat 23:59

📆
To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun (ertaga) soat 23:59


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Kimyo va geografiya fanlaridan apellatsiya natijalari

📣 2024-yil 26-may kuni kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilib, 2024-yil 12-iyun kuni imtihon natijalari e’lon qilingan edi.

📥 Natijalar e’lon qilingandan so‘ng, besh ish kuni davomida test natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlarning apellatsiya arizalari qabul qilindi.

📱 Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, Apellatsiya komissiyasining qarori talabgorlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizasi bergan talabgorlar my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan Apellatsiya komissiyasining qarori bilan tanishishi mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Ovozli_chat   #Qabul2024   #Abituriyent

2024-yil 25-iyun kuni oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning to‘liq audiosi


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ 2024-yilning III choragida xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish muddatlari

‼️ Oliy va professional ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarini o‘tkazish bilan bog'liq tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyati yopiq ish rejimiga o'tkazilishi sababli iyul oyida xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlari tashkil etilmaydi.

✅ Test sinovlari 2024-yilning avgust-sentabr oylarida quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:

✅ AVGUST
:
📆 2024-yil 23-avgust

✅ SENTABR:
📆 2024-yil 5-sentabr
📆 2024-yil 19-sentabr


❗️ DIQQAT: test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati, test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi maʼlumotlar qo‘shimcha ravishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan muddatdan kamida 5 kun oldin eʼlon qilinadi.

⚠️ Izoh: test sinovlarini o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, bu haqda qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

❗️ Ertaga oliy va professional ta'lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

✅ Ertaga
(25-iyun kuni) oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar ertaga 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, kiritilgan ma'lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin.

📆 Shuningdek, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Hurmatli abituriyentlar!

❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘nggi soatlarni kutmang! Tezroq bir qarorga kelib, imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!

Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta'lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta'lim muassasasini ham) tanlashda e’tiborli bo‘ling!

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

▶️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

▶️To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda)


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Qabul2024   #Abituriyent2024   #Statistika

⚡️20242025-o‘quv yilida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ma’lumot

🖥 2024-yil 23-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 650 715 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📎Shundan:

🏛 Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:

👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi -- 32 513 nafar
👉 Andijon viloyati  -- 49 165 nafar
👉 Buxoro viloyati -- 35 569 nafar
👉 Farg‘ona viloyati -- 61 267 nafar
👉 So‘x tumani -- 1 383 nafar
👉 Jizzax viloyati -- 33 779 nafar
👉 Namangan viloyati -- 41 200 nafar
👉 Navoiy viloyati -- 35 278 nafar
👉 Qashqadaryo viloyati -- 65 467 nafar
👉 Samarqand viloyati -- 68 692 nafar
👉 Sirdaryo viloyati -- 21 640 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 28 699 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 15 687 nafar
👉 Toshkent shahri --115 460 nafar
👉 Xorazm viloyati -- 44 916 nafar

🧑‍🎓 Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:
       
     👨‍🏫 joriy yil bitiruvchilari --350 647 nafar
      💁‍♂️avvalgi yillar bitiruvchilari -- 300 068 nafar

👬Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

     🤵‍♂️ erkaklar -- 308 392 nafar
     👩🏻‍🔧 ayollar -- 342 323 nafar

📚 Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 o‘zbek tili -- 568 425 nafar
🇷🇺 rus tili -- 64 827 nafar
🔘  qoraqalpoq tili -- 15 483 nafar
🔘  boshqa tillar -- 1 980 nafar


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Qabul2024   #Abituriyent2024   #Statistika

⚡️20242025-o‘quv yilida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ma’lumot

🖥 2024-yil 22-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 601 946 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📎Shundan:

🏛 Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:

👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi -- 29 724 nafar
👉 Andijon viloyati  -- 45 790 nafar
👉 Buxoro viloyati -- 33 280 nafar
👉 Farg‘ona viloyati -- 57 057 nafar
👉 So‘x tumani -- 1 276 nafar
👉 Jizzax viloyati -- 30 881 nafar
👉 Namangan viloyati -- 38 259 nafar
👉 Navoiy viloyati -- 32 775 nafar
👉 Qashqadaryo viloyati -- 60 793 nafar
👉 Samarqand viloyati -- 63 610 nafar
👉 Sirdaryo viloyati -- 19 986 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 26 497 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 14 236 nafar
👉 Toshkent shahri --105 553 nafar
👉 Xorazm viloyati -- 42 229 nafar

🧑‍🎓 Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:
       
     👨‍🏫 joriy yil bitiruvchilari --330 850 nafar
      💁‍♂️avvalgi yillar bitiruvchilari -- 271 096 nafar

👬Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

     🤵‍♂️ erkaklar -- 282 532 nafar
     👩🏻‍🔧 ayollar -- 319 414 nafar

📚 Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 o‘zbek tili -- 525 578 nafar
🇷🇺 rus tili -- 60 349 nafar
🔘  qoraqalpoq tili -- 14 167 nafar
🔘  boshqa tillar -- 1 852 nafar


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel