baholashuz | Unsorted

Telegram-канал baholashuz - Bilimni baholash agentligi

111858

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info@uzbmb.uz 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz

Subscribe to a channel

Bilimni baholash agentligi

🗣🗣🗣🗣
BaholashUz">⚡️ Guruh nazoratchiligiga test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar diqqatiga!

📅 2025 -yil 21-aprel
kuni o‘quv-seminar mashg‘ulotlarida qatnashgan talabgorlar uchun test sinovlari tashkil etilgan edi.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar tanlovning suhbat bosqichida ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

📝 Tanlovning suhbat bosqichi barcha hududlarda 2025-yil 6-7-8-may kunlari o‘tkaziladi.

Izoh: Tanlovning suhbat bosqichiga kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#natija_chet_tili

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2025-yil 5-apreldan 25-aprelga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

📆 Surxondaryoda sayyor qabul o‘tkazildi

Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish va hal qilish maqsadida Bilimni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

🗓Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 2-may kuni Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi bosh mutaxassisi Normurodov Asror Bazarovich tomonidan Surxondaryo viloyatida o‘tkazildi.

📚 Sayyor qabulda Agentlik tomonidan o‘tkazilayotgan umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholash milliy test tizimi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi hamda milliy sertifikat imtihonlari yuzasidan o‘qituvchi, yoshlar va ularning ota-onalarining fikrlari o'rganildi hamda savollariga batafsil javob berildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Surxondaryo viloyatida sayyor qabul

📝 Bilimni baholash agentligi tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

🗓 Navbatdagi sayyor qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi bosh mutaxassisi Normurodov Asror Bozorovich tomonidan Surxondaryo viloyatida o‘tkaziladi.


Unda umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari yuzasidan fuqarolar murojaatlari qabul qilinadi.


✅ Sayyor qabul 2-may kuni soat 15:00da – Bilim va malakalarni baholash agentligi Surxondaryo viloyati bo‘limi binosi (Termiz shahri "Tinchlik" mahallasi Shodiyona ko'chasi 1A-uy)da bo‘lib o‘tadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

✅ 2025-yil 25-28-aprel kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 45,3 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 71 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 28-apreldan 23-may kunlariga qadar bo‘lib o‘tadi (shanba, yakshanba va bayram kunlaridan tashqari).

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Xushxabar

😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markaz “Cambridge University Press and Assessment” tashkiloti bilan rasmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

✍️ 2023-yil fevral oyida Bilim va malakalarni baholash agentligi delegatsiyasi “Cambridge University Press and Assessment” tashkilotiga tashrif buyurgan edi. Ushbu tashrif davomida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va “Cambridge” imtihonlarini Agentlikda tashkil etish yuzasidan memorandum imzolandi.

🇺🇿 Mazkur hamkorlik O‘zbekistonda xalqaro tan olingan test tizimlarini joriy etish va ta’lim sifatini xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirishga xizmat qiladi.
“Cambridge” imtihonlarini mamlakatimizning barcha hududlarida tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, bu yoshlar va mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Ilmiy-o‘quv amaliy markazida tashkil etilishi rejalashtirilgan imtihonlar ro‘yxati:

🔹 TKT Module 1 - Background to language learning and teaching
🔹 TKT Module 2 – Lesson planning and use of resources for language teaching
🔹 TKT Module 3 – Managing the teaching and learning process
🔹 New Linguaskill
🔹 Cambridge English Qualifications:
🔸 Pre A1 Starters
🔸 A1 Movers
🔸 A2 Flyers
🔸 A2 Key / A2 Key for Schools
🔸 B1 Preliminary / B1 Preliminary for Schools
🔸 B2 First / B2 First for Schools
🔸 C1 Advanced
🔸 C2 Proficiency


*Yuqoridagi deyarli barcha imtihonlar tegishli qaror (3515) bo‘yicha O‘zbekistonda tan olinadi.

🌎 Cambridge University Press and Assessment — dunyodagi eng nufuzli ta’lim tashkilotlaridan biri bo‘lib, 170 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi. Ushbu tashkilot har yili millionlab talabalar va mutaxassislarga malakasini xalqaro darajada baholash imkoniyatini yaratadi.

🔻 Imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tish tartibi, topshirish jarayoni va to‘lov miqdori bo‘yicha batafsil ma’lumotlar tez orada e’lon qilinadi.

☎️ Murojaat uchun:

🔹 (95) 515-68-68.

🏢 @IlmiyMarkazUz

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislariga sertifikat berish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi

✅ Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda.

🖥 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimida 2025-yil 24-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

👨‍🏭Test sinovlarida jami 414 nafar talabgor ishtirok etdi.
🚫Test sinovlaridan jami 1 nafar talabgor tartib qoidalarni buzgani uchun chetlatildi.

❇️ Talabgorlar imtihon natijalarini shu vaqtning o‘zida bilishadi hamda test sinovlari qaydnomasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Xorazm viloyatida sayyor qabul

😎 Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

🗓 Navbatdagi sayyor qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi bosh mutaxassisi Sattiyev Abdulaziz Rasuljonovich tomonidan Xorazm viloyatida o‘tkaziladi.

Sayyor qabul 28-aprel kuni soat 15:00 da – Bilim va malakalarni baholash agentligi Xorazm viloyati bo‘limi binosi (Urgаnсh tumani, Yuqоri dо‘rmаn, Yuqoriovul MFY, O‘zbekiston shox ko‘chasi, 2/2-uy)da bo‘lib o‘tadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Xotin-qizlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

🗓 2025-yil 23-aprel kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Xotin-qizlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🆔 Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-401-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida hamda Agentlikning 2025-yil 28-yanvarda tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq tashkil etildi.

👩‍💼 Yig‘ilishda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdibayeva ishtirok etib, “Xotin-qizlarning ijtimoiy, huquqiy va siyosiy faolligini oshirish” mavzusida ma’ruza qildi. Unda xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, gender tenglikni ta’minlash, ularni ish bilan ta’minlash va jamiyatdagi faol ishtirokini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.

✍️ Tadbirda Agentlik xotin-qizlari tomonidan bildirilgan savollarga ma’ruzachi tomonidan batafsil javob berildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🇺🇿 Statistika boʻyicha test sinovlari

✅ 2025-yil 22-aprel kuni Milliy statistika qo‘mitasi tizimidagi statistika faoliyati bilan shug‘illanadigan xodimlarga sertifikat berish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.

🗺 Mazkur test sinovi talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida barcha hududlarda tashkil etildi.

📚 Test sinovida talabgorlarga 30 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 60 daqiqa vaqt berildi.

🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Ko‘p sonli talablarga muvofiq 5-may kuni bo‘lib o‘tadigan diagnostik (repetitsion) test ishtirokchilari uchun testni ishlash texnologiyalari bo‘yicha VEBINAR! 🎓

🇺🇿 Ona tili va adabiyot fanidan (milliy test tizimi bo‘yicha ) repetitsion test sinovi uchun ro‘yxatga olish boshlandi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Ko‘p sonli talablarga muvofiq 5-may kuni bo‘lib o‘tadigan diagnostik (repetitsion) test ishtirokchilari uchun testni ishlash texnologiyalari bo‘yicha VEBINAR! 🎓

Hurmatli ishtirokchilar!

Sizni 5-may kuni, soat 17:00 dan 19:00 gacha Bilimlarni baholash agentligi tomonidan Zoom platformasi orqali tashkil etiladigan bepul vebinarga taklif etamiz!

🔍 Vebinar davomida quyidagi mavzular yoritiladi:
📘 Test topshiriqlarini to‘g‘ri yechish usullari
📝 Matn mazmunini tahlil qilish
💡 Malakali mutaxassislardan foydali maslahatlar va tushuntirishlar
📌 Vebinar ingliz tili hamda ona tili va adabiyot fanlari repetitsion test ishtirokchilari uchun tashkil etiladi va qatnashish mutlaqo bepul!
👉 Bilimingizni mustahkamlash, testga tayyorgarlik darajangizni oshirish va professional maslahatlar olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
📅 Sana: 5-may
🕓 Vaqt: 17:00 – 19:00
📲 Zoom havolasi va qo‘shimcha ma’lumotlar SMS xabarnomada yuboriladi.
👥 MOCK guruhi @mockbba
☎️ Murojaat uchun: 🔹 (95) 515-68-68.

🏢 @IlmiyMarkazUz

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️

Milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi


🇺🇿 2025-yil 19–20-aprel kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

🗺 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 42 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 10 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Navoiyda sayyor qabul o‘tkazildi

📝Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat berish maqsadida Bilimni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

🗓Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 18-aprel kuni Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amali markazi bo‘lim boshlig‘i Ermamatov Mirshod Jumaqulovich tomonidan Navoiy viloyatida o‘tkazildi.

✅ Ushbu tadbir Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyida tashkil etildi. Sayyor qabulda Bilimni baholash agentligi faoliyatiga oid ma'lumotlar taqdim etildi hamda fuqarolarning savollariga batafsil javob berildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Agentlikda tashkil etiladigan “Cambridge” imtihonlari to‘g‘risida vebinar

😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Cambridge University Press and Assessment” tashkiloti bilan hamkorlikda “Unlock Global Opportunities: Cambridge Exams Now at the Agency for Assessment of Knowledge and Competences!” mavzusida onlayn vebinar tashkil etilmoqda.

🗓Vaqti: 2025-yil 13-may, 16:00.
📌 Vebinar davomida quyidagilar haqida batafsil ma’lumot beriladi:
- Cambridge imtihonlari va ularning maqsadi
-
Agentlikda qaysi Cambridge imtihonlari mavjud ekanligi
- Imtihonlar sizga qanday global imkoniyatlar taqdim etishi
- Ro‘yxatdan o‘tish va tayyorgarlik bosqichlari


🔴 Vebinar: Ingliz va o‘zbek tillarida olib boriladi.
🟢 Ishtirok etish: Bepul
🎤 Maxsus mehmon: Cambridge vakili Darren Perret
✍️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun bosing: https://bit.ly/3YqtwTG
🎓 Cambridge sertifikati orqali ta’lim va karyerangizni yangi bosqichga olib chiqing!

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📞 (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | ilmiy-oquvamaliymarkaz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Qashqadaryoda sayyor qabul o‘tkazildi

Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish va hal qilish maqsadida Bilimni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 2-may kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi bosh mutaxassisi A.R.Sattiyev hamda agentlikning viloyat bo‘limi rahbari A.O‘tkirovlar tomonidan Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida o‘tkazildi.

📚 Sayyor qabulda Agentlik tomonidan o‘tkazilayotgan umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholash milliy test tizimi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi hamda milliy sertifikat imtihonlari yuzasidan o‘qituvchi, yoshlar va ularning ota-onalarining fikrlari o'rganildi hamda savollariga batafsil javob berildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul

📝 Bilimni baholash agentligi tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

🗓 Navbatdagi sayyor qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi bosh mutaxassisi Sattiyev Abdulaziz Rasuljonovich tomonidan Qashqadaryo viloyatida o‘tkaziladi.

Unda umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari yuzasidan fuqarolar murojaatlari qabul qilinadi.


✅ Sayyor qabul 2-may kuni soat 10:00da – Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi faollar zali (Qarshi shahar, Alisher Navoiy ko'chasi, 64-uy)da bo‘lib o‘tadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩

🌐 Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi

🗓 2025-yil 29-aprel kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

🗺 Mazkur test sinovi talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 13 ta hududida tashkil etildi.

🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Test natijalariga ko‘ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.

➡️ Xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha Bilimni baholash agentligiga murojaat qilish uchun bot

🤖 @NostrifikatsiyaBBA_bot

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️

Xorazm viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi

✍️ Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 28-aprel kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi bosh mutaxassisi Sattiyev Abdulaziz Rasuljonovich tomonidan Agentlikning Xorazm viloyati bo‘limi binosida o‘tkazildi.

📚 Sayyor qabulda Agentlik tomonidan o‘tkazilayotgan umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholash milliy test tizimi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi hamda milliy sertifikat imtihonlari yuzasidan yoshlarning fikrlari o'rganildi.

🔰 Tadbirda o‘quvchilar va abituriyentlarning murojaatlariga tegishli tartibda tushuntirish berildi. Shuningdek, ular tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar Agentlik faoliyatida inobatga olinishi bildirib o‘tildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2025-yil 3–4–5-may (shanba-yakshanba-dushanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish:
⚠️ 1-smena uchun soat 7:00 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 2-smena uchun soat 13:00 dan 14:30 ga qadar amalga oshiriladi. (2-smenada Soat 14:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).

IZOH: Talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda fizika, tarix, matematika va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni may oyi davomida o‘tkaziladi. Aniq imtihon sanalari imtihondan bir hafta oldin e'lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Qoraqalpog'iston Respublikasida sayyor qabul o‘tkazildi

✍️ Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

✅ Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 25-aprel kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi bosh mutaxassisi Normurodov Asror Bazarovich tomonidan Qoraqalpoq davlat universiteti akademik litseyida o‘tkazildi.

📚 Sayyor qabulda Agentlik tomonidan o‘tkazilayotgan umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholash milliy test tizimi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi hamda milliy sertifikat imtihonlari yuzasidan yoshlarning fikrlari o'rganildi.

🔰 Tadbirda o‘quvchilar va abituriyentlarning murojaatlariga tegishli tartibda tushuntirish berildi. Shuningdek, ular tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar Agentlik faoliyatida inobatga olinishi bildirib o‘tildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Buxoro viloyatida sayyor qabul

😎 Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

🗓 Navbatdagi sayyor qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi direktor o'rinbosari Baratov Akmal Abdumajitovich tomonidan Buxoro viloyatida o‘tkaziladi.

✅ Sayyor qabul 25-aprel kuni soat 16:00 da – Bilim va malakalarni baholash agentligi Buxoro viloyati bo‘limi binosi (Buxoro tumani "Bog‘idasht" MFY. Mo‘ljal: Buxoro shahri 7-kichik tuman 43-maktab orqa tomoni)da bo‘lib o‘tadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Qoraqalpog'iston Respublikasida sayyor qabul

⏱Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

🗓 Navbatdagi sayyor qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi bosh mutaxassisi Normurodov Asror Bazarovich tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasida o‘tkaziladi.

✅ Sayyor qabul 25-aprel kuni soat 11:00 da – Bilim va malakalarni baholash agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo‘limi binosi (Nukus shahri, Janabazar MFY, Nukus To'rtko'l avtomagistrali shossesi, 53/2-uy)da bo‘lib o‘tadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️imtihonning yozma qismi — 25-28-aprel kunlari;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 28-apreldan 23-may kunlariga qadar bo‘lib o‘tadi (shanba, yakshanba va bayram kunlaridan tashqari).

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/chet-tili-04-22-5

❗️ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

⚠️Talabgorlarni imtihon o'tkaziladigan binoga kiritish imtihon boshlanishidan 30 daqiqa oldin yakunlanadi.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy o‘quv-amaliy markazi tomonidan umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy test tizimi hamda chet tillari bo‘yicha repetitsion (diagnostik) test sinovlari muntazam ravishda tashkil etib borilmoqda.

Ushbu sinovlar:
🔹 Bilim darajasini aniqlash
🔹 Imtihonlarga tayyorgarlikni baholash
🔹 Real test muhitida o‘zini sinab ko‘rish imkonini beradi.

❗️Test sinovlarida ishtirok etishni istaganlar uchun batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish tartibi Ilmiy o‘quv-amaliy markazi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

👥 MOCK guruhi @mockbba

☎️ Murojaat uchun:

🔹 (95) 515-68-68.

🏢 @IlmiyMarkazUz

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Guruh nazoratchiligiga talabgorlar uchun test sinovlari oʻtkazildi

📆 2025 -yil 21-aprel kuni o‘quv-seminar mashg‘ulotlarida qatnashgan talabgorlar uchun test sinovlari tashkil etiladi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📈 Unda jami 4,7 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.

Izoh: Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar tanlovning suhbat bosqichiga o‘tkaziladi. Test sinoviga kelmagan talabgorlar tanlovdan chetlatiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Xorazm viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi

✍️ Sohaga oid muammolarni joylarda o‘rganish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati tomonidan hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

✅ Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 21-aprel kuni Bilimni baholash agentligi direktori maslahatchisi Javlonbek Nurmatov tomonidan Xorazm viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasida o‘tkazildi.

📚 Sayyor qabulda Agentlik tomonidan o‘tkazilayotgan imtihonlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi hamda milliy sertifikat imtihonlari, qabul imtihonlari va Agentlikda tashqi fan eksperti sifatida faoliyat yuritish yuzasidan fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

🔰 Sayyor qabulga tashrif buyurgan fuqarolarning murojaatlariga tegishli tartibda huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, ular tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar Agentlik faoliyatida inobatga olinishi bildirib o‘tildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Farg‘ona viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi

✍️ Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish va hal qilish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati tomonidan hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

✅ Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 18-aprel kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi bosh mutaxassisi Normurodov Asror Bazarovich tomonidan Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida o‘tkazildi.

📚 Sayyor qabulda Agentlik tomonidan o‘tkazilayotgan umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholash milliy test tizimi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi hamda milliy sertifikat imtihonlari yuzasidan fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

🔰 Sayyor qabulga tashrif buyurgan fuqarolar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va abituriyentlarning murojaatlariga tegishli tartibda huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, ular tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar Agentlik faoliyatida inobatga olinishi bildirib o‘tildi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Samarqand viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi

✍️ Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati tomonidan sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat berish maqsadida hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

✅ Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 18-aprel kuni Bilimni baholash agentligining Test texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Olimbekov Zafarbek Olimbek o‘g‘li tomonidan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi binosida o‘tkazildi.
📚 Sayyor qabulda Agentlik tomonidan o‘tkazilayotgan umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholash milliy test tizimi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi hamda milliy sertifikat imtihonlari yuzasidan fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel