baholashuz | Unsorted

Telegram-канал baholashuz - Bilimni baholash agentligi

111858

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info@uzbmb.uz 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz

Subscribe to a channel

Bilimni baholash agentligi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

✅ 2025-yil 5-6-aprel kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 31,7 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 27 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 7-apreldan 25-aprelga qadar bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari 2025-yil 2-mayda e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🇺🇸🇺🇸🇺🇸 😊😊😊

Chet tilini (
🇺🇸 ingliz, 🇸🇦 arab, 🇹🇷 turk tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi

2025-yil 14-aprel kuni soat 9:00 da Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan tashkil etiladigan chet tilini (ingliz, arab, turk tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi

🗺 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

🗓 Ro‘yxatga olish muddati — 07-aprel soat 10-00 ga qadar.
To‘lov qilish muddati — 07-aprel soat 10-00 ga qadar.
✍️ Test o‘tkazish kuni — 14-aprel.

🤖 Natijangizni @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

👥 MOCK guruhi @mockbba

☎️ (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

📆 Sayyor qabul o‘tkazildi

😎 Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bilimni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

🗓Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 4-aprel kuni Bilimni baholash agentligi direktori maslahatchisi Xayitov Abduvoxxob Tolliboyevich tomonidan Jizzax viloyatida o‘tkazildi.

✅ Ushbu tadbir Jizzax viloyat xalq qabulxonasida tashkil etildi. Sayyor qabul davomida Bilimni baholash agentligi faoliyatiga oid ma'lumotlar taqdim etildi hamda fuqarolarning savollariga batafsil javob berildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Ovozli_chat
Chet tilidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha ovozli chat

📆
Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida ovozli chat o‘tkaziladi.

✅ Ovozli chat 5-6 aprel kunlari o‘tkaziladigan chet tilidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etishdi va savollarga javob berildi.

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Ovozli_chat
Chet tilidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha ovozli chat

📆
Ertaga (4-aprel kuni) soat 16:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida ovozli chat o‘tkaziladi.

✅ Ovozli chat 5-6 aprel kunlari o‘tkaziladigan chet tilidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga javob beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Guruh nazoratchiligiga nomzodlar uchun o‘quv-seminar mashg‘ulotlari yakunlandi

📆 2025-yil 24-martdan 1-aprelga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida guruh nazoratchiligiga nomzodlar uchun o‘quv-seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

📝 O‘quv-seminar mashg‘ulotlari guruh nazoratchiligiga 2-tanlovga ro‘yxatdan o‘tgan (2025-yil 1-fevraldan 1-martga qadar) nomzodlar uchun har kuni 2 smenada tashkil etildi.

✅ Unda guruh nazoratcihligiga 2-tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarning 6,2 ming nafardan ziyodi ishtirok etdi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

"Олдимизда минтақамизни нафақат барқарор, балки фаровон маконга айлантириш учун тарихий имконият турибди". Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Самарқанддаги "Марказий Осиё - Европа Иттифоқи" биринчи саммити олдидан "Euronews"га берган эксклюзив интервьюси.

"Перед нами стоит исторический шанс сделать наш регион не только устойчивым, но и процветающим". Эксклюзивное интервью Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева "Euronews" в преддверии первого саммита "Центральная Азия - Европейский Союз" в Самарканде.

"We are facing a historic chance to make our region not only sustainable but also prosperous". Exclusive interview of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev to Euronews on the eve of the first “Central Asia - European Union” summit in Samarkand.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⭕️⭕️⭕️

🇺🇿 Ona tili va adabiyot fanidan (milliy test tizimi bo‘yicha ) repetitsion test sinovi uchun ro‘yxatga olish boshlandi

⚠️ DIQQAT! Hurmatli talabgorlar! Shoshiling! Joylar soni chegaralangan.

📖 2025-yil 16-aprel kuni soat 9:00 da Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan ona tili fanidan (milliy test tizimi bo‘yicha) navbatdagi diagnostik test sinovi o‘tkaziladi.

👀 Bilim sari yana bir qadam tashlashga tayyormisiz? O‘zingizni sinab ko‘ring, natijalaringiz sizni hayratda qoldirishi mumkin!

Afzalliklari:
- Haqiqiy milliy test tizimi imtihoniga tayyorgarlik ko‘rish;
- O'zbek tili va adabiyoti fani bo'yicha bilim darajangizni baholash, kuchli va zaif tomonlaringizni aniqlash;
- Natijangiz to‘g‘risida tezkor (10 kun) xabardor bo'lish;
- O‘z ustingizda ishlash uchun ajoyib imkoniyatlardan biri hisoblanadi.

🗺 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Bunda https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havola orqali ro‘yxatdan o‘tib, tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirib test sinovlarida qatnashishingiz mumkin.

🗓 Ro‘yxatga olish muddati - 07-aprel soat 10-00 ga qadar.
Test o‘tkazish kuni 16-aprel.

🤖 Natijangizni @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

👥 MOCK guruhi @mockbba

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68.

llmiy markazning telegram kanali:
🏢 @IlmiyMarkazUz

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Korrupsiya

📞 Korrupsiya haqida xabar bering!

Hurmatli fuqarolar! Agar siz, Bilimni baholash agentligida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga xabar berishingizni so‘raymiz:

📞 Ishonch telefoni: +998951991914

✍️ Xolis fuqaro: uzbmb.uz/page/reception

📫 Elektron pochta: antikor@uzbmb.uz

🤖 Telegram-bot: @bmbaanticor_bot

Call-markaz: 1195

❗️ Eslatib o‘tamiz: Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi

2025-yil 28-mart kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

🗺 Mazkur test sinovi talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 13 ta hududida tashkil etildi.

📚 Test sinovida talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 50 ta test topshirig‘i (har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball) va ularni ishlash uchun 100 daqiqa vaqt berildi.

🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Test natijalariga ko‘ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#korrupsiya_kurashish
#yigʻilish

Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha kelgusidagi rejalar belgilab olindi

📌Joriy yil 5-mart kuni davlatimiz rahbari raisligida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligida korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
📝 Unda Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimlari hamda Bosh prokuratura mutasaddilari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish va kelgusi profilaktik choralarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda

Attanal Alarabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi.

Bunda nomzodlarning:
🔵 tinglab tushunish
🔵 o‘qish
🔵 gapirish
🔵 so‘z boyligi va grammatika
🔵 yozish ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlar 15-aprelga qadar ro‘yxatga olinadi va to’lovni amalga oshirishadi.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: USTIGA BOSING

💰 To’lov qilish uchun havola: USTIGA BOSING

💰 Attanal Alarabi imtihoni narxi – 1 267 000 so‘m.

🗺 Imtihon 18-aprel kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati) o‘tkaziladi.

☎️ (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Yer_vaqti
25-mart kuni butun dunyoda “Sayyoramiz soati” aksiyasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu aksiya doirasida Yer sayyorasiga g‘amxo‘rlik qilish, tabiiy resurslarni asrash maqsadida bir soatga elektr jihozlarini o‘chirish tavsiya etiladi.

Sizni ham ushbu global tashabbusda ishtirok etishga chorlaymiz! Keling, tabiatga o‘z e’tiborimizni qaratib, ekologik muammolar haqida birgalikda o‘ylaylik. Har birimizning kichik hissamiz kelajak uchun katta o‘zgarish yasashi mumkin! 🌱✨

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

💚 Navro‘zingiz muborak!

🌸Navro‘z – yangi kun, sharqona yil boshi, qadriyatlar bayrami.

🌿Yangilanish borliqqa chiroy, insoniyatga xush kayfiyat baxsh etadi. Navro‘z azaldan yangilanish avvali, tabiatning uyg‘onishi, atrof yashillikka burkanishi, yerga rizq-baraka urug‘lari qadalishi, nav-nihollar ekilishi bilan uyg‘un kechadigan bahorning eng go‘zal, qadrli va boqiy ayyomidir.

🌹Navro‘z mehr-oqibat, xayr-saxovat, azaliy qadriyatlar va go‘zal an’analar bayrami hamdir.

🌺Bu yilgi bahor, Navro‘z yurtimizga va xonadonlarimizga qutlug‘, xayrli va barakali kelsin!

🌺Navro‘z bilan boshlanadigan yasharish, yashnash, ko‘rkamlik va iliqlik barchamizga faqat yaxshiliklarni tuhfa etsin!

🎉Navro‘zi Olam muborak, aziz yurtdoshlar!

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🍀Bugun Bilim va malakalarni baholash agentligida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo'lib o'tdi!

🌸Tadbirda taniqli adib va ijodkor Bobur Bobomurod hamda yosh olima Orzigul Hamroyeva mehmon bo'lishdi. Navro‘z ruhi hammani birlashtirgan ushbu mushoirada bayramga oid go'zal she'rlar aytildi va ijodiy chiqishlar taqdim etildi.

Adabiyot va bayramona kayfiyat uyg‘unligi barcha ishtirokchilarga unutilmas taassurot qoldirdi. 🌸✨

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Tuman (shahar) prokurorlarining bilimi sinovdan o‘tkazildi

🇺🇿2025-yil 1-5-aprel kunlari Davlat boshqaruv akademiyasida tuman (shahar) prokurorlari uchun o‘quv-amaliy seminarlar o‘tkazildi.

⚖O‘quv-seminari jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish, yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali foydalanishda yangicha yondashuvga oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda yoqilg‘i-energetika sohasida qonunchilik ijrosini taʼminlash hamda nazoratni amalga oshirishni takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda yurtimizning barcha hududlaridan 230 nafardan ziyod tuman (shahar) prokurorlari ishtirok etdi.

🧑‍💻2025-yil 5-aprel kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan seminarda ishtirok etgan tuman(shahar) prokurorlari uchun o‘quv-seminari yakuni bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.

💻Test sinovi kompyuterda elektron shaklda o‘tkazilib, talabgorlar o‘z natijalarini shu zahotiyoq bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Profilaktika ishlari olib borilmoqda

2025-yil 5-aprel Agentlikning my.uzbmb.uz saytida profilaktika ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

Shu sababli 5-aprel kuni 11:00 dan 15:00 gacha my.uzbmb.uz saytida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 2025-yil 12–13-aprel va 19–20-aprel (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:00 dan 08:30 ga qadar, 2-smenada 12:30 dan 14:00 ga qadar kiritiladi.

⚠️Test sinoviga 1-smenada 08:30 dan, 2-smenada 14:00 dan kech kelgan talabgorlar kiritlmaydi. Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🇹🇷 Turk tilidan jamoatchi (tashqi) ekspert sifatida ishlash imkoniyati‼️

🎙 “Turk tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

🗓 Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 22-apreldan onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga turk tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan (portfolio)
Turk tilidan C1 darajasidagi sertifikatga ega (Milliy sertifikat yoki TYS)
Oliy ta'lim diplomiga ega

(Filologiya va tillarni o'qitish(turk tili), Lingvistika (turk tili), Adabiyotshunoslik (turk), Tarjima nazaryasi va amaliyoti (turk tili), Sinxron tarjima (turk tili), Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (turk) yo'nalishlari yoki shunga tenglashtirilgan va tan olingan xalqaro diplom) talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.


➡️ Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 21-aprel kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy/4 havolasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda malaka oshirish kursida ishtirok etishlari mumkin.

☎️ (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Jizzax viloyatida sayyor qabul

😎 Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

🗓 Navbatdagi sayyor qabul Bilimni baholash agentligi direktori maslahatchisi Xayitov Abduvoxxob Tolliboyevich tomonidan Jizzax viloyatida o‘tkaziladi.

Sayyor qabul 4-aprel kuni soat 14:00 da – Jizzax viloyat Xalq qabulxonasi (Jizzax shahri Sh.Rashidov shoh ko‘chasi 117-uy)da bo‘lib o‘tadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Milliy test tizimida Biologiya fanidan ekspert sifatida ishlash imkoniyati

🧬 Biologiya fanidan bilim darajasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi!

👤 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 11-aprel kuni Zoom platformasi orqali onlayn shaklda tashkil etiladi.

📚 Kurs mazmuni:
⏳ Tinglovchilarga Biologiya fanidan test topshiriqlarni shakllantirish, ochiq test topshiriqlarini hamda yozma ishlarni baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

✅ Malaka oshirish kursini MUVAFFAQIYATLI tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimlarni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

✅ Ilmiy-o‘quv amaliy markazida Biologiya fanidan malakasini oshirgan fan mutaxassislaridan kurs yakunida portfolio, mutaxassislik bo‘yicha diplom, hamda Milliy sertifikat (B, B+, A yoki A+ daraja) talab qilinadi.

🎯 Kimlar qatnashishi mumkin?
✅ Ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan, jamiyat va Vatan rivojiga hissa qo‘shishga chin dildan intilgan, fidoiy pedagoglarni kutib qolamiz.

📌 Ro‘yxatdan o‘tish tartibi:
➡️ Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 11-aprelga qadar my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

📞 Murojaat uchun: (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️imtihonning yozma qismi — 5-6-aprel kunlari;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 7-25-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya):
https://telegra.ph/Chet-tili-04-01-4

❗️ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

⚠️Talabgorlarni imtihon o'tkaziladigan binoga kiritish imtihon boshlanishidan 30 daqiqa oldin yakunlanadi.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Milliy test tizimida Kimyo fanidan ekspert sifatida ishlash imkoniyati

🔬 Kimyo fanidan bilim darajasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

👤 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 11-aprelda Zoom platformasi orqali onlayn shaklda tashkil etiladi. Kurs davomida xorijlik (Niderlandiya) mutaxassislar ham jalb qilinadi.

Kursda tinglovchilarga Kimyo fanidan test topshiriqlarni shakllantirish hamda ochiq test topshiriqlarni va yozma ishlarni baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

Malaka oshirish kursini MUVAFFAQIYATLI tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

☝️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazida Kimyo fanidan malakasini oshirgan fan mutaxassislaridan kurs yakunida portfolio, mutaxassislik bo‘yicha diplom hamda fanni bilish darajasi bo‘yicha Milliy sertifikat (B, B+, A yoki A+ darajadagi) talab qilinadi;

Ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan hamda jamiyat va Vatan rivojiga hissa qo‘shishga chin dildan intilgan, fidoiy pedagoglarni kutib qolamiz.

➡️ Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 11-aprel kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda malaka oshirish kursida ishtirok etishlari mumkin.

☎️ (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🎙 Qadrli yurtdoshlar!

😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi dillarimizga quvonch, dasturxonlarimizga qut-baraka, oilamizga tinchlik ne’matlarini olib keluvchi, mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ramzi bo‘lgan Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) bilan samimiy muborakbod etadi!

🇺🇿 Xalqimizni marhamatli Alloh ezgulik va shukronalik, Haq yo‘lida sobitqadamlik bilan siylasin! Orzularingiz ijobatini ziyodasi bilan tuhfa etsin! Ramazon oyining muqaddas kunlarida qilingan savob ishlaringiz, pok niyatlaringiz, ibodatlaringiz va ezgu duolaringiz ro‘yobi nasib etsin!

🟡 Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🇺🇸 iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

🔹 tinglab tushunish;
🔹 o‘qish;
🔹 grammatika;
🔹 yozish;
🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlar 15-aprelga qadar ro‘yxatga olinadi va to’lovni amalga oshirishadi.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: USTIGA BOSING

💰 To’lov qilish uchun havola: USTIGA BOSING

😎 Imtihon 18-aprel kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) o‘tkaziladi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

Imtihon topshirish narxi - 1 657 000 so‘m
➡️ iTEP uchun mock test 👉 https://www.iteptest.com/preview

🎓 iTEP xalqaro sertifikati orqali Siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga qabul qilinishingiz mumkin.

☎️ (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislariga sertifikat berish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi

✅ Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda.

🖥 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimida 2025-yil 27-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

👨‍🏭Test sinovlarida jami 789 nafar talabgor ishtirok etdi.
🚫Test sinovlaridan jami 9 nafar talabgor tartib qoidalarni buzgani uchun chetlatildi.

❇️ Talabgorlar imtihon natijalarini shu vaqtning o‘zida bilishadi hamda test sinovlari qaydnomasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⭕️⭕️⭕️

⚠️ Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi

Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

🗓 Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 22-apreldan onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda chet tilini bilishi haqida C1 darajadagi sertifikatga ega pedagogik kadrlar) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

➡️ Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 21-aprel kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda malaka oshirish kursida ishtirok etishlari mumkin.

☎️ (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Chet tili (turk tili) imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2025-yil 2-14-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tili (turk tili)ni bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#sertifikat_natija

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2025-yil 22–23-fevral kunlari o‘tkazilgan matematika, fizika, geografiya va tarix fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball.

❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#natija #chet_tili

⚡️ Ko‘zi ojiz shaxslar uchun o‘tkazilgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2025-yil 14-mart kuni bo‘lib o‘tgan ko‘zi ojiz shaxslar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel